|
Telekommunikatsiya texnologiyalari yunalishi
|
bet | 1/5 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 190,4 Kb. | | #100432 |
Bog'liq Mavzu kompyuter buyruqlarining asosiy tizmi, buyruqlar turlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari yunalishi
Mavzu: Kompyuterning asosiy buyruqlar asosiy tizmi, buyruqlar turlari, ularning xususiyatlari
Topshirdi: Normuminov.M
Qabul qildi: Xudayberganov.T
Mavzu: Kompyuterning asosiy buyruqlar tizimi, buyruqlar turlari, ularning xususiyatlari
Reja:
1 Buyruqlar tizimi arxitekturasi
2 Buyruqlar tizimi
3 Parallel va ketma-ket shina turlari haqida ma’lumot bering.
4 Tezkor qo’shimcha xotira turlari haqida ma’lumot bering.
5 Buyruqlarning turlari. Buyruqlarning formatlari haqida ma’lumot bering
Buyruqlar tizimi arxitekturasi
Kompyuter arxitekturasini bir nechta sathlar ierarxiyasidan iborat ko‘rinishda ifodalab o‘rganish amalga oshirilgan. Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq sathlardan iboratdir.
Ushbu rasmda kompyuter arxitekturasining olti sathdan iborat tuzilishga ega ko‘rinishda ifodalangan chizmasi keltirilgan.
Nolinchi sath – bu kompyuterning apparat taminoti sathi hisoblanadi. Raqamli mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’ektlari ventillar, 8 ya’ni uzgich-ulagichlar deb ataladi. Ular yordamida - И, ИЛИ, НЕ (AND, OR, NOT) kabi oddiy mantiqiy funksiyalar bajariladi
Birinchi sath – mikroarxitektura sathi deb ataladi. Ushbu sathga tegishli bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan dasturlarni bajaradi, ya’ni kompyuterda ishlatilgan protsessorga mos keladigan dasturlarni bajaradi.
|
| |