• Uchinchi sath
  • To‘rtinchi va beshinchi sathlar
  • Buyruqlar formatlarining to‘rtta xili.
  • MOVE R1, 4
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari yunalishi




    Download 190,4 Kb.
    bet2/5
    Sana17.11.2023
    Hajmi190,4 Kb.
    #100432
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu kompyuter buyruqlarining asosiy tizmi, buyruqlar turlari,

    Ikkinchi sathbuyruqlar to‘plami arxitekturasi sathi deb ataladi. Kompyuter ishlab chiqaruvchi har bir firma, o‘z kompyuterida ishlatilgan protsessorga mos mashina tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U tavsifi keltirilgan buyruqlar to‘plami interpretator-mikrodastur yoki apparat ta’minoti tomonidan bajarilishi va bu sathga oid ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
    Uchinchi sath – operatsion tizim sathi. Ushbu sath gibrid sath hisoblanadi. Operatsion tizim sathining bunday deb atalishiga sabab, uning tilidagi ko‘pchilik buyruqlar, undan pastroqda joylashgan buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathida ham, mavjuddir. Biron bir sathga tegishli buyruqlar, boshqa bir sathda ham ifodalanishi va ishlatilishi mumkin. Operatsion tizim sathi ba’zi bir qo‘shimcha xususiyatlarga ega. Bu – unda xotiraning boshqacha tashkil qilinganligi, bir vaqtda ikki va undan ortiq 11 dasturlarni bajara olish imkoniyatining borligi, hamda operatsion tizim sathining yangi buyruqlar to‘plamiga ega ekanligi xususiyatlaridir.

    To‘rtinchi va beshinchi sathlar – dasturchilar uchun ishlab chiqilgan quyi va yuqori sath tillaridan iboratdir. To‘rtinchi sath - turli xil protsessorlar uchun ishlab chiqilgan turli xil assembler tillaridan iborat bo‘ladi. Beshinchi sath esa amaliy dasturchilar uchun mo‘ljallangan yuqori sath tillari - C, C++, Java kabi tillardan tashkil topgan bo‘ladi.
    Buyruqamal kodi, ushbu amalda qatnashayotgan operanda yoki operandalar qayerdan olinishi va natija qayerga yozilishi kerakligi haqidagi axborotlardan iborat bo‘ladi.
    Buyruqlar formatlarining to‘rtta xili.
    a) adressiz buyruq; b) bir adresli buyruq;
    c) ikki adresli buyruq; d) uch adresli buyruq.
    Buyruqlarda amal kodi - har doim bo‘ladi, ammo adreslar esa buyruqlarda bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday buyruqlar adressiz buyruqlar deb ataladi. Qolgan xil buyruqlarda esa bitta, ikkita yoki uchtagacha adreslar ishtirok etishi mumkin.
    MOVE R1, 4 – bir adresli buyruq; ADD R1, R2 – ikki adresli buyruq.

    Download 190,4 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 190,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Telekommunikatsiya texnologiyalari yunalishi

    Download 190,4 Kb.