|
Mehnat faoliyati
|
bet | 1/4 | Sana | 11.11.2022 | Hajmi | 27.86 Kb. | | #29919 |
Bog'liq Rektor sahifa Paraphrasing Strategies 10 Simple Techniques For Effective Paraphrasing removed (1), 04.10.2022, 22.5 guruh sobirov abbos, 6, KARIMOV BAXTIYORJLKVCJKVJC, DEYMAAA, 5 Mavzu Yer va yer egaligi munosabatlari tarixi Turk xoqonligi davrida, 2-ЖАҲОН УРУШИ ДАВРИДА (2), Авестода атроф муҳит мухофазаси масалаларининг акс этиши. Конфренцияга тезис, MA, asaadbek, Ashtarxoniy hukmdorlar, таклифнома тренинг (2), Fayziboyev Xudayarov
Mehnat faoliyati
1995 yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tarix yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
2019 yildan “Ijtimoiy falsafa” ixtisosligi bo’yicha falsafa fanlari doktori (PhD 01 №001675).
2008 yil may oyida Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida joylashgan Leningrad Davlat Universitetida malaka oshirgan.
1995-2021 yillarda Urganch Davlat Universiteti “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasida o‘qituvchi, katta o’qituvchi, dotsent v.b. lavozimlarida ishlagan.
2021 yil sentyabr oyidan Ma’mun Universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.
Rektorning lavozim vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
Ma’mun Universitetida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
Ma’mun Universitetining tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, Ma’mun Universitetining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
Ma’mun Universitetining daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy g‘oyani shakllantirish;
Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni universitetga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki-mehnat tartibiga rioya etilishini ta’minlash;
Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
Ma’mun Universitetida mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;
Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzilishini tashkil etish;
Ma’mun Universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, Ma’mun Universiteti Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, Ma’mun Universitetining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;
Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash;
O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish
|
| |