• Mavzu: Elektr yoritish tarmoklarida elektr eneriyasini tejash. Bajardi
  • Toshkent – 2019
  • Mexanizatsiyalash muxandislar instituti




    Download 337.47 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana03.07.2023
    Hajmi337.47 Kb.
    #76132
    TuriReferat
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Elektr yoritish tarmoklarida elektr eneriyasini tejash
    maruza 1, maruza3, 10-mavzu. Shaxsning ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor Reja , 2021y «Axborot texnologiyalari asoslari» fani ishChi o’quv dastu-fayllar.org, 1. Ehtimollar nazariyasining predmeti. Tasodifiy hodisalar, ular-fayllar.org, vpn-orqali-masofadan-xavfsiz-kirishni-tashkil-etish, Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim», Узбекское агентство связи и информатизации, 1-ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish asoslari, Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim» (2), Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim» (1), Reja Axborot tizimi tushunchasi, Tarmoq tushunchasi, White and Black Certificate of Achievement Landscape


     
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
     
    TOSHKENT IRRIGASIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI 
    MEXANIZATSIYALASH MUXANDISLAR INSTITUTI 
     
    Fan: Energiya tejamkorlik asoslari 
     
    Kafedra: “ETvaEJF” 
    REFERAT 
    Mavzu: Elektr yoritish tarmoklarida elektr eneriyasini tejash. 
    Bajardi: 
     
     
     
     
     
     
    Umirov B. 
     
    Tekshirdi:
     
     
     
     
     
    Matchonov O. 
     
    Toshkent – 2019 
     


     
    Mavzu: Elektr yoritish tarmoklarida elektr eneriyasini tejash. 
     
    Reja: 
    1. Elektr yoritish qurilmalarini tanlash. 
    2. Yoritish normalari 
    3. Elektr yoritgichlardan oqilona foydalanish 
    4. Elektr energiya isrofini kamaytiruvchi chora-tadbirlar 
     
    1. 
    Elektr yoritish qurilmalarini tanlash 
    Xozirgi davrda qishloq xo„jalik ishlab chiqarishida bo„layotgan umumiy energiya 
    iste‟molidan 10-15% elektr yoritishga sarflanadi. Elektr yoritish tarmoqlarida elektr energiya 
    sarfini kamaytirish uchun lampa va yoritgichlarni to„g„ri tanlash kerak, ulardan oqilona 
    foydalanish va kuchlanishni kerakli darajada saqlab turish kerak. Elektr energiya sarfi qabul 
    qilingan yoritish normalari, yoritgichlarni turlari va ularning ish rejimlari bilan bog„liqdir. 
    Yoritish qurilmasi mumkin qadar kam elektr energiyasi va pul mablag„ini sarflab talab 
    qilingan ko„rish sharoitlarini ta‟minlashi lozim. 
    Ko„rish sharoiti ravshanlikning ko„rish maydonidagi rejasi va taqsimlanishi bilan 
    aniqlanadi. Amaliy sharoitlarda ravshanlikni hisoblash va o„lchash juda ko„p qiyinchiliklar bilan 
    bog„liq. Shuning uchun ish yuzasidagi yoritilganlik darajasini me‟yorlashda uning qaytarish 
    koyeffitsIyenti hisobga olinadi. Bizning kundalik tajribamiz shuni ko„rsatadiki, biror ishning 
    o„zini har xil darajadagi yoritilganliklarda bajarish mumkin. 
    Yoritilganlikni ko„tarishni davom ettirsak ko„rish qulayligiga, ya‟ni har qanday 
    operatsiyani bajarishga yetadigan yoritilganlikka erishish mumkin. Ko„rish qulayligini 
    ta‟minlashga kerak bo„ladigan yoritilganlik ishlatilayotgan yorug„lik manbalari nurlanishining 
    spektral tarkibiga bog„liq bo„ladi. 
    Hozirgi vaqtda o„rnatilgan yoritilganlik me‟yorlari hamma korxona va uyushmalar uchun 
    majburiy hisoblanadi. Yoritilganlik me‟yorining qiymati bir qancha faktorlarga bog„liq bo„lib, 
    ulardan asosiylariga quyidagilar kiradi: 
    - ko„rilayotgan detal ish yuzasining qaytarish koyeffitsenti. Qaytarish koyeffitsenti 
    qancha katta bo„lsa, uning yorqinligi shuncha katta bo„ladi va boshqa teng sharoitlarda ish 
    yuzasiga kam yoritilganlik kerak bo„ladi: 
    - ko„rilayotgan detalning eng kichik burchak o„lchami (detal kichik o„lchamining undan 
    ko„zgacha bo„lgan masofaga nisbati); 
    - fon va detal orasidagi tiniqlik; 
    - ko„rish kuchlanganligini nisbiy davomiyligi; 
    - yuzalarning ko„rish maydonida atrof foni ravshanligidan katta farq qiladigan ravshanlik 
    bo„lishi; 
    - ish jarayoniga jarohatlanish xavfi darajasi. 
    Yoritilganlikni tanlashda asosiy me‟yoriy xujjat sifatida «Qurilish me‟yorlari va 
    qoidalari» misol bo„ladi. 
    Loyihachilar va ekspluatatsiya qiluvchilar ishini yengillashtirish uchun yoritilganlikning 
    soha me‟yorlari hizmat qiladi, ular xalq xo„jaligining u yoki bu sohasiga xos bo„lgan spetsifik 
    ishlab chiqarish sharoitini hisobga olgan holda umumiy me‟yorlar asosida tuzilgan. Soha 

    Download 337.47 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 337.47 Kb.
    Pdf ko'rish