|
Mexanizm – bir yoki bir nechta qattiq jismlarning tartibli harakatini boshqa qattiq jismlarning kerakli harakatiga aylantirib beradigan suniy yaratilgan tizim
|
bet | 1/6 | Sana | 11.04.2024 | Hajmi | 1.28 Mb. | | #193164 |
Bog'liq 1-Ma`ruza 8-grade cw (2), 10 15 31, yangi malumotnoma njjvghj, 1-ma\'ruza, 197422792, autoref-metodika-obucheniya-semiotike-yazykov-programmirovaniya-budushchikh-uchitelei-informatiki, qo\'shish jadvali, 1 - Laboratoriya topshirig'i, 2e704a78-b458-4165-a47c-b8c2bc05d69d, 05 09 02 Geotexnika-Yo‘llar-yo‘llarni-raqamlashtirish-va-yo‘l-harakati-xavfsizligi.-Yo‘l-telematikasi-yo‘nalishlari-bo‘yicha, 3-маъруза, Matematikadan mantiqiy savollar va masalalar javobi bilan, 3-mustaqil ish
Ma`ruza 1
Kirish. Mashina va mexanizmlar nazariyasi fanining maqsad va vazifalari. Mexanizmlarning asosiy turlari.Parametrlar, mexanizmlar analizi va sintezi. Mexanizmlarning tuzilishi.
Maʼruza rеjasi:
1. «Mеxanizm va mashinalar nazariyasi» fanining maqsad va vazifalari
2. Mexanizm turlari
3. Mеxanizmlarning tuzilishi
4. Kinеmatik juftlar tasnifi
Mexanizm va mashinanalar nazariyasi fani umumiy mashinasozlikda ishlatiladigan mexanizm va mashinalarni oʻrganadi. SHuning uchun birinchi navbatda, ular haqidagi tushunchalarga toʻxtalib oʻtamiz.
Mexanizm – bir yoki bir nechta qattiq jismlarning tartibli harakatini boshqa qattiq jismlarning kerakli harakatiga aylantirib beradigan suniy yaratilgan tizim.
Bu yerda qattiq jism absolyut qattiq emas, balki deformatsiyalanadigan boʻlishi
ham mumkin.
Mexanizmlarning asosiy vazifalari esa, bir turdagi harakatni uzatish yoki harakatni boshqa turga aylantirishdir. Masalan, aylanma harakatni ilgarilanma harakatga yoki aksincha.
Zamonaviy mashinalarda texnologik jarayonni bajarilishini ta’minlaydigan,turli xil harakat qonuniga ega boʻlgan mexanizmlar qoʻllaniladi. Mexanizmlar mashinalarning asosini tashkil etadi.
Mashinani umumiy holda quyidagicha ta’riflash mumkin.
Mashina bu mexanik qurilma boʻlib, mexanik foydali ish bajarishga hamda bir turdagi energiyani boshqa tur energiyaga aylantirishga moʻljallangan mexanizm yoki mexanizmlar majmuasidir.
Mashina soʻzi frantsuzcha machine va lotincha machina soʻzlaridan olingan boʻlib, inshoot degan ma’noni bildiradi.
Mashinalarni taraqqiy etishi natijasida juda katta sifat oʻzgarishlari sodir boʻlmoqda. Ilgarilari mashina insonning mehnat unumdorligini oshiradigan va qoʻlda bajaradigan ishlarini yengillashtiradigan mexanik tizim sifatida qaralgan.Yuqoridagilardan kelib chiqib, mashinaga quyidagicha ta’rif beramiz.
Mashina – inson tomonidan yaratilgan, tabiat qonunlari asosida qoʻl mehnatini va aqliy mehnatini yengillashtirish va odamni toʻla yoki qisman fiziologik hamda mehnat qilish funktsiyasini bajaradigan qurilmadir.
Bu ta’rifdagi material oʻzgartirish sifatida maxsulotlarga ishlov berish, qayta ishlash, yuk tashish va boshqalar tushiniladi. Axborot oʻzgartirish esa,ma’lumotlarni saqlash, ishlov berish, uzatish va hakozolardir.
Hozirgi kunda mashinalarni 1-rasmda keltirilgan guruhlarga ajratish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mexanizm – bir yoki bir nechta qattiq jismlarning tartibli harakatini boshqa qattiq jismlarning kerakli harakatiga aylantirib beradigan suniy yaratilgan tizim
|