|
Microsoft Excel
|
bet | 1/3 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 58,43 Kb. | | #132276 |
Bog'liq Microsoft Excel
Microsoft Excel
Microsoft Excel (baʼzan Microsoft Office Excel deb ataladi[1]) — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows NT va Mac OS, shuningdek Android, iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 ning dasturlash tili VBA (Visual Basic for Application). Microsoft Excel Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar qatoriga kiradi.
Excel 2007 yangi formatlari
|
Format
|
Kengaytmasi
|
Eslatma
|
Excel ish kitobi
|
.xlsx
|
Excel 2007ning standart ish kitobi formati. Makroslardan holi. XML-hujjatlarning siqilgan ZIP-arxividir.
|
Makrosli Excel ish kitobi
|
.xlsm
|
Makroslarni qoʻllay olishi bilan farqlanadi
|
Ikkilik Excel ish kitobi
|
.xlsb
|
Makroslarni qoʻllay oluvchi va maʼlumotlarni ikkilik formatda saqlovchi Excel ish kitobi. Hujjatlarni XMLga nisbatan tez ochadi.
|
Makrosli Excel andazasi
|
.xltm
|
Ishchi kitoblar uchun andaza sifatida yaratilgan va makroslarni qoʻllay oladi. Eski. xlt formatini oʻrniga.
|
Ustqurma Excel
|
.xlam
|
Excelga qoʻshimcha funksional imkoniyatlar va vositalar qoʻshish uchun moʻljallangan.
|
Excelning asosiy elementlari
MICROSOFT EXCEL dagi barcha maʼlumotlar jadval Koʻrinishida namoyon boʻlib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) maʼlum qismiga boshlangʻich va birlamchi maʼlumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va boshlangʻich maʼlumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat boʻlgan axborotlardir.
Elektron jadval yacheykalariga uch xil maʼlumotlarni kiritish mumkin:
Matnli maʼlumotlar sarlavha, belgi, izohlarni uz ichiga oladi.
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar boʻyicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar har doim „=“ belgisini qoʻyish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil boʻladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri oʻzgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi maʼlumotlar boʻyicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.
EXCELning asosiy ishlov berish obʼyekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega boʻlgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar „Ishchi kitob“ deb ataladi. Bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni oʻz ichiga olishi mumkin. Ularning har biri „ishchi varaq“ deb ataladi. Bir ishchi varaq oʻz nomiga ega boʻladi. Ishchi kitobni xosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, yaʼni elektron jadval xisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.
Yacheyka — bu jadvaldagi manzili koʻrsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oraligʻida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil boʻlgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini koʻrsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va ung quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4
Excel ishchi menyusi boʻlimlari
Excel 2003 versiyasining ishchi menyusi quyidagi boʻlimlardan tashkil topgan:
Pravka boʻlimidagi „Zapolnit“ va „Ochistit“ boʻlimlari kataklarning belgilangan yoʻnalishda nusxasini oladi yoki tozalaydi. Udalit list boʻlimi belgilangan varaqni oʻchiradi. Peremestit \ skopirovat list Excel ishchi kitobi sahifasini kerakli joyga siljitadi yoki nusxasini yangi sahifada hosil qiladi. Qolgan boʻlimlar Microsoft Office guruhidagi dasturlar uchun umumiy boʻlgan vazifalarni bajaradi.
|
| |