Nashriyot
tizimlari
D.B.Hasanova
Buxoro soliq kolleji
“Axborotlashtirish va TV” kafedrasi o’qituvchisi
Microsoft Office Publisher
Buxoro 2014
Microsoft Office Publisher dasturi.
Microsoft Office Publisher dasturi nashrdan yoki bosmadan
chiqarish uchun turli
ko’rinishdagi e’lonlar, bukletlar, taqvimlar, konvertlar, taklifnomalar va h.o.
larni elektron
shaklda tayyorlash dasturiy mahsuli hisoblanadi. Publisher Microsoft korporatsiyasining
Microsoft Office amaliy dasturlar jamlanmasi tarkibida joylashgan bo’lib,
OFFICE dasturlar
to’plamidagi MsWord, MsExcel, Ms PowerPoint dasturlar bilan birga o’rnatiladi. Dasturninng
asosiy qulayliklaridan biri bu foydalanuvchining hujjat tayyorlash jarayonida keng ko’lamdagi,
turli shakl va ko’rinishdagi oldindan tayyorlangan hujjat namunalarini ko’rsatish mumkin. Ms
Publisher dasturida ishlash jarayonida foydalanuvchi o’zining
ehtiyojlaridan kelib-chiqib
boshidan mustaqil hujjat ustida ish olib borishi bilan bir qatorda dastur tarkibida mavjud shablon
va maketlardan ixtiyoriy vaqtda foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
Ms Offise dasturlar
to’plamining qolgan dasturlari kabi Publisherda ham hujjatni habar shaklida kompyute tarmog’i
orqali jo’natish yoki web-sahifa shaklida tayyorlash mumkin.
Microsoft Office Publisher dasturini ishga tushirish. (rasm 1)
Dasturni ishga tushirish uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi:
Пуск→Все программы→ Microsoft Office→Microsoft Office Publisher
(1 rasm)
Microsoft Office Publisher dasturining muloqot oynasi.
Publisher ishga tushirilganda quyidagi asosiy qismlaridan
iborat muloqot oynasi ishga
tushadi (rasm2)