• II BOB. O’ZBEK VA YOQUT TILI TARIXI TARAQQIYOTI
  • XULOSA…………………………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………. KIRISH
  • Yoqut tilining leksik xususiyatlari




    Download 270.5 Kb.
    bet1/9
    Sana29.11.2022
    Hajmi270.5 Kb.
    #32230
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Yoqut tilining leksik xususiyatlari
    8-m. Dif.integ.masofa docx, Dilbar(5), 1.1, SENSOR TARMOQ, 1212, Logotip dizayn, Ibroximova Surayyoxon, o-zbek-tilida-biriktiruv-va-ayiruv-munosabatini-ifodalovchi-bog-langan-qo-shma-gaplar-tahlili, Shaharni qo’lda tasvirlash, 7130 15.------------, presuppozitsiya pragma, Erkin Vohidov Abdulla Oripov Rauf Parfi, 7.OVOZ BILAN BOG`LIQ MASHQLAR, 5.TO`G`RI NAFAS OLISH

    YOQUT TILINING LEKSIK XUSUSIYATLARI

    MUNDARIJA
    KIRISH………………………………………………………………………….
    I BOB. TURKIY TILLARNING GENEOLOGIK XUSUSIYATLARI

      1. Turkiy tillarning so’z tarkibi haqida ayrim mulohazalar…………………..

      2. O’zbek-yoqut tilining o’ziga xos ba’zi belgilari……………………………

    II BOB. O’ZBEK VA YOQUT TILI TARIXI TARAQQIYOTI
    2.1. Yoqut tilining ayrim leksik xususiyatlari………………………………….
    2.2. O’zbek va Yoqut tillardagi otning ma’no turlariga oid nomlarning qiyosiy tahlili…………………………………………………………………………………
    XULOSA……………………………………………………………………………
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….

    KIRISH
    O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘tgan yillar tom ma‘noda rivojlanish va yuksalish yillari bo‘ldi. Bu hayotimizning har bir jabhasida ko‘zga tashlanib turibdi. Xalqning qaddini tiklash uchun birinchi navbatda uninig qadriyatlarini tiklash zarur. Ona tili-millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat, o‘zligidan jido bo‘lishi muqarrar. Har bir millat umumiy madaniyat daryosiga o‘z jilg‘alarini quya borib, umumjahon oqimiga yondashadi va undan nimadir unga tuhfa etadi. Milliy istiqlol ona tilimiz va adabiyotimizning ijtimoiy-siyosiy mavqei, ma`naviy nufuzini oshirishdi hamda milliy ong, milliy tafakkur va
    mafkuraning muhim suyanchiqlaridan, yosh avlodga ijodiy tafakkur ko`nikmalarini singdirish uning asosiy vositalaridan biriga aylanishiga imkon berdi. Qisqa davr ichida fanimizda bir necha yangi yo`nalish-u maktablar shakllandi va ular jadal rivojlanmoqda.
    XX asrda, ayniqsa, uning ikkinchi yarmida fan taraqqiyotining sur‘ati, o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga erishdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Statistik ma‘lumotlar bu davrda to‘plangan ilmiy ma‘lumotlar, insoniyatning butun tarixi davomida to‘plangan bilimlar hajmining ¾ qismidan ortig‘ini tashkil qilganligini e‘tirof etadi. Fan, texnika, texnologiyaning jadal sur‘atdagi samarali taraqqiyoti ishlab chiqarish usullarining ham, aniq fanlarning ham, ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham o‘zgarib, takomillashib borishiga, shuningdek, fanlarning o‘rganilishiga ham, o‘rgatilishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Tabiiyki, ishlab chiqarish usullarining o‘zgarishi, ta‘lim sohasidagi tegishli o‘zgarishlarni taqozo etadi.
    Respublikamizda ta‘lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq o‘zgarishlar
    ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish, uni milliy ruh bilan sug‘orish, samarali an‘anaviy usullarni saqlab qolgan holda yangilarini yaratish va amaliyotda qo‘llash borasida olib borilayotgan ishlarga bog‘liq. Bu yo‘nalish keng qamrovli bo‘lib, mazmunan takomillashib bormoqda. Ta‘limda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta‘limning, jumladan, ona tili va adabiyot fani ta‘limining butun jarayonini aniq reja asosida tashkil qilish hamda o‘quv jarayonini jamiyatning ijtimoiy buyurtma sifatida ta‘lim oldiga qo‘ygan maqsadiga ko‘ra individuallashtirishni nazarda tutadi. Ta‘lim tizimining fan, texnika va ishlab chiqarish sohalari bilan
    integratsiyalashuviga erishuvini ta‘minlashni bugungi kunning dolzarb muammosi sifatida kun tartibiga qo‘yilishi bu borada muayyan vazifalarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Malakali kadrlarni tarbiyalash uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, ushbu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshishi yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan o‘qitish texnologiyalarini ta‘lim jarayonida qo‘llashni va keng ko‘lamli axborotlardan foydalanishda tezkorlikka erishishni taqozo etadi. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma‘naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta‘limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir.
    «O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lishi shart»1ligi fanimiz oldiga tadqiqotlarni jahon andozalari darajasiga ko‘tarish majburiyatini qo‘yadi.
    Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishini ta‘minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida»gi PQ-3160-son, 2017-yil 17-fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2789-son, 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3271-sonli «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu kurs ishi tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

    Download 270.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 270.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yoqut tilining leksik xususiyatlari

    Download 270.5 Kb.