TA`LIM SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Burxonova М.М., Mo'minova N.B.
(2023). Yosh olimlar, doktorantlar va tadqiqotchilarning onlayn ilmiy forumi.
TA`LIM SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR O’RNI VA AHAMIYATI.218-223.
TATUFF-EPAI.
218
TA`LIM SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR O’RNI VA
AHAMIYATI
Burxonova Malohat Mamirovna.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
Farg’ona filiali “Kompyuter tizimlari” kafedrasi assistenti.
Mo’minova Nozimaxon Baxtiyorjon qizi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
Farg’ona filiali talabasi.
Annotatsiya:
ushbu maqolada ta`lim sifatini oshirishda zamonaviy texnologiyalar o’rni va
ahamiyati masalasi muhokama qilingan.
Kalit so’zlar
: axborot texnologiyalari, IT xizmatlar, ta’lim sifati, kadrlar.
Hozirgi kunda ta'lim sohasidagi sifatni oshirish maqsadida
qilinayotgan tashabbuslar
soni sezilarli darajada oshmoqda. Ta'lim sifatini yaxshilash uchun asosiy vositalardan biri bu
zamonaviy texnologiyalardir. Bugungi kunda deyarli barcha insonlar internet tarmog'idan:
smartfon, kompyuter, planshet shu va shu kabi qurulmalardan foydalanishni bilishadi. Bundan
bolalar ham mustasno emas. Maktab yoshiga yetgan bolalar bu qurulma va tarmoqlardan
deyarli muammosiz foydalana olmoqdalar.
Albatta bu quvonarli holat, lekin, shu bilan birga
o'qituvchilardan ham yaxshigina mahorat va bilim talab qiladi.
Pedagogning AKT sohasidagi bilim salohiyati ularning malakasini oshirish orqali
amalga oshiriladi.
Dars sifatini oshirish uchun o'qituvchilar AKT bo'yicha malakalarini
muttasil oshirib
borishlari kerak, shu kabi talablarini bajarish maqsadida indivudial ta’lim olish orqali o‘z
bilimlarini oshirish zamonaviy ta'lim tizimi hisoblanadi. Bundan tashqari, o'qituvchilar uchun
turli xil ilmiy-amaliy usullardan foydalanish foydali bo'lmaydi,
Ular konferentsiyalar, seminar
materiallari, o'qituvchilarning forumlari, hamkasblar bilan ijtimoiy
tarmoqlar orqali tajriba
almashishlari mumkin. Shunday qilib, dars sifatini oshirish uchun AKTni joriy etish va
internetdan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
O'qituvchilarning kasbiy mahorati sohasidagi imkoniyatlar;
O‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish;
O‘qituvchilarning o‘z kasbiga ijodiy yondashishlari uchun ko‘plab imkoniyatlar ;
O‘qituvchilarning mustaqil ta’lim olishlari va masofaviy ta’lim
olishlari uchun keng
imkoniyatlar;
O’ylashimcha , zamonaviy o'qituvchilar ta’lim dasturlari, raqamli ta’lim resurslari va
axborot resurslaridan foydalanishlari, kerakli ma’lumotlarni topishlari va ta’lim masalalarini hal
qilish uchun moslarini tanlashlari, axborot vositalaridan, shuningdek skanerdan, raqamli suratga
olish
moslamalari, videokamera, raqamli mikroskop, proyeksiya
uskunalaridan foydalanishni
bilishlari kerak. Pedagogik kadrlarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda ta’lim jarayoni axborot
va axborot texnologiyalari tizimi haqida chuqur bilim berish zarur. Ayni paytda o‘quv jarayonida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tomonidan taqdim etilgan zamonaviy
jihozlardan foydalanish ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Ta'lim jarayoniga AKTni joriy etish quyidagi afzalliklarga ega ekanligi haqida ko'p
ta'kidlanadi: