Microsoft Word kurs ishi doc




Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
Sana19.12.2023
Hajmi2.05 Mb.
#123317
Bog'liq
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining O\'zbekistonga ta\'siri
444111, LAZIZAI, informatika va raqamli texnologiyalar MI, didaktika ta’lim nazariyasi sifatida reja, TRAINER 1, Word bo\'yicha topshiriq, Mustaqil ishi, 19-DMTT yig`ilish ma`lumotnomasi, 5., 1 Birinchi yordam ko`rsatish vositalari-fayllar.org, Kechinmalar psixologiyasi, Отабоев Азамат 962-20 сам раб1, Сораулар algoritm, AP juwmaqlaw juwap uzb






Reja:
Kirish………………………………………………………….……………3 
I.BOB.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi. 
1.1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining kelib chiqish sabablari va
shart-sharoitlari………………………………………………………….....4 
1.2.Globallashuv tushunchasining mohiyati va rivojlanish evolyutsiyasi…9 
1.3.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining namoyon bo‘lish shakllari va 
globallashuv jarayoniga ta’sir etuvchi omillar………………………...….16 
1.4. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ko‘rsatkichlari va ustuvor 
yo‘nalishlari..…………………………………………………………...…20 
II. BOB. Globallashuvni O’zbekistonga ta’siri 
2.1. O ‘zbekiston Respublikasining jahon xo‘jaligi tizimiga iqtisodiy 
integratsiyalashuvi yo‘nalishlari…………..................................................24 
2.2. O ‘zbekistonda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan
chora-tadbirlar tizimi…………………………….…………………....…. 28 
2.3. O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat………………………………...31 
Xulosa……………………………………………………………...….…..38 
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………...…….……39 



Kirish 
Mavzuning dolzarbligi: Globallashuv jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishining murakkab bosqichi bo‘lib, dastlabki bosqichdanoq barqaror 
taraqqiyotga yangi tahdidlarni yuzaga keltiradi. Bir qarashda ular G'arbdan tashqari 
barcha mamlakatlarga taalluqlidek tuyulsada, aslida bu jarayon yer yuzidagi 
ko'pchilik insoniyatga tegishli. Bu esa barcha mamlakatlarni dunyoda ro‘y 
berayotgan barcha hodisalarda, jahon tizimini barqarorlashtirishga qaratilgan sa’yi-
harakatlarda mas’uliyatni oshirishga undaydi. Globallashuv jahon iqtisodiyotining 
barcha soha va tarmoqlarini, shuningdek, investitsion faoliyat va aktivlarni 
boshqarishni qamrab oladi, milliy iqtisodiyotlarning rivojlanishida tashqi va ichki 
omillar muvozanatini ta’minlaydi.
Kurs ishining maqsadi: Bugungi kunda ishlab chiqarish omillariga, asosan, 
mashina va kapitalga, aktivlarni boshqarishga doimiy talab tufayli hech bir davlat 
oʻz milliy iqtisodiyotining hajmi va rivojlanish darajasidan qatʼi nazar, oʻzini-oʻzi 
toʻliq yoki yetarli darajada taʼminlay olmaydi. Jahon iqtisodiy tizimining asosiy 
ishtirokchilarining xulq-atvorini va ularning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini, 
shuningdek, investitsion kapital qo'yilmalarni jalb qilmasdan turib, hech bir davlat 
o'zining iqtisodiy rivojlanish strategiyasini maqsadli shakllantira olmaydi va 
samarali amalga oshira olmaydi. 
Kurs ishining vazifasi:
Iqtisodiy integratsiya jarayonlari bir qancha 
mamlakatlar va mintaqalarda kuzatilmoqda va davom etayotgan integratsiyadan 
maqsad mintaqaviy rivojlanish, aktivlarni oqilona boshqarishni ta’minlashdan 
iborat. Globallashuv xalqarolashuvning eng yuqori bosqichi bo'lib, u odamlar, 
investitsiyalar, tovarlar harakati, bilim, ma'lumot almashish, aktivlarni 
boshqarishni kuchaytirishga asoslangan. Globallashuv natijasida aholining erkin 
migratsiyasi, milliy chegaralar orqali tovar va xizmatlar, texnologiyalar va 
ma’lumotlar 
ko‘rinishidagi 
investitsiyalarning 
erkin 
oqimi, 
xorijiy 
investitsiyalarning kengayishi, mintaqaviy va ixtisoslashgan bozorlarning o‘zaro 
integratsiyasi, ekologik, boshqaruv va demografik muammolarni umumiy 
muammoga aylantirish kuzatiladi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi jamiyat 
hayotining turli sohalari va jabhalarining bir-biriga ta'sir qilishiga va tobora 
kuchayib borishiga olib keladi
.
Globallashuv tushunchasi ko'pchilik adabiyotlarda 
uchraydi. Ammo ularning hech birida bu tushunchaning aniq va to'liq ta'rifi yo'q. 
Maxsus adabiyotlarda mualliflar bu tushunchani turlicha izohlaydilar. Masalan, 
AQSHning Kaliforniya universiteti sotsiologi professor Kastels Manuel 
globallashuvni “yangi kapitalistik iqtisodiyot” deb taʼriflab, uning asosiy 
koʻrinishlariga eʼtibor qaratdi. 



I.BOB.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi. 
1.1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining kelib chiqish sabablari va 
shart-sharoitlari 
Jahon iqtisodiyotida XX-XXI asrlarda globallashuv tushunchasi tobora keng 
qo‘llanilmoqda. Globallashuv muammolari tarixchilar, iqtisodchilar, texnologlar, 
faylasuflar va ko‘plab mamlakatlarning siyosatchilari tomonidan muhokama 
qilinmoqda. 
Ayni paytda globallashuv tarafdorlari bilan unga qarshi bo‘lgan qarashlarning 
vujudga kelishi, asosan, ushbu tushunchaning turlicha talqin qilinishi bilan bog‘liq 
bo‘lmoqda. Globallashuv jarayoni tarafdorlarining fikricha, globallashuv iqtisodiy 
o‘sishni rag‘batlantiradi, aholi farovonligini oshiradi, yangi ish o‘rinlari 
yaratilishiga imkon beradi.
Bu jarayonga qarshi bo‘lganlar esa, globallashuv rivojlanayotgan mamlakatlarda 
savdo ekspansiyasining kuchayishi, iqtisodiy jinoyatlarning ortishi (qalbaki 
mahsulotlar ishlab chiqarish, noqonuniy reeksport, narkotik moddalar savdosining 
ortishi va h.k.), atrof-muhit ifloslanishi, texnika xavfsizligiga amal qilmaslik, 
bolalar mehnatidan foydalanish va boshqa noxush hodisalar bilan bog‘liq 
muammolar kuchayishiga olib keladi, deb hisoblaydilar. Biroq qanchalar xavotirli 
bo‘lgani bilan globallashuv jarayonini baribir to‘xtatib bo‘lmaydi. Tahlilchilar 
globallashuv jahon iqtisodiy rivojlanishining u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy, 
texnologik va ekologik tendensiyalarga qanday ta’sir ko‘rsatishini chuqur 
o‘rganishlari lozim bo‘ladi.
XX asrning oxirgi choragi jahon iqtisodiyoti o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga, 
ya’ni global darajaga o‘tishni boshlanganligi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiy 
rivojlanishning bu yangi bosqichi oldingilaridan tubdan farq qiladi.
Mutaxassislar tomonidan uzoq muddatli tamoyillarni belgilash va kelajakdagi 
iqtisodiy strategiyani aniqlashga intilgan holda tuzilmaning eng xarakterli 
belgilarini muhokama qilish davom etayotgan bo‘lsa-da, hozirgi kunda xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tuzilmasining quyidagi xususiyatlari o‘z-
o‘zidan namoyon bo‘lib turibdi:
a) samarali, yuqori texnologik hamda resurslarni tejovchi ijtimoiy ishlab chiqarish 
bilan tavsiflanuvchi axborotlar iqtisodiyotini shakllantirish;
b) konveyer, keng xalq ommasi iste’moliga asoslangan industrial tizimni davlat, 
aralash va ayniqsa, xususiy sektorning kreativ (ijodiy) alohida yo‘naltirilgan 
xo‘jalik faoliyatiga o‘zgartirish;
v) milliy iqtisodiyotlarni ochiqlashtirish tamoyillarining hududiy miqyosdagi yopiq 
iqtisodiy bloklarni shakllantirish tamoyili bilan qo‘shilib ketishi;



g) xalqaro korporatsiyalar ahamiyatining ortib borishi sharoitida davlatning 
tartibga solish rolining kuchayishi;
d) hal etilishi jihatidan jahondagi barcha mamlakatlarning jamoaviy harakatlarini 
talab qiluvchi, sivizatsiyaning global muammolari deb atalmish ekologik, 
xomashyo, demografik muammolar yechimining dolzarblashuvi.
Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim belgilarini sanab 
o‘tgan holda, kasbiy faoliyati xo‘jalik sohasi bilan bog‘liq har bir mutaxassis 
uchun o‘z faoliyatida u bank, zavod yoki savdo kompaniyasi bo‘lishidan qat’i 
nazar, alohida korxona doirasidagi jarayonlarga jahon bozorining ta’sir qilish 
omillarini bilishi va hisobga olishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarlarning asosiy ko‘rinishlari globallashuvini o‘rganish, ularni 
modellashtirish usullari ko‘p omillarga asoslangan tahlil va statistikaning 
qo‘llanishiga qarab turli-tuman bo‘lishiga qaramasdan, makro va mikrodarajada 
jahon va milliy xo‘jalik kon’yuktarasidan maqsadli xabardorlikning zaruriy shart-
sharoitlari hisoblanadi.
Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotining turli sohalarini qamrab oladi. Bu 
sohalar tarkibiga asosan quyidagilar kiradi:
- tashqi, xalqaro, jahon miqyosidagi tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intelektual 
mulk ob’ektlari savdosi;
- ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati (ishchi kuchi, kapital, axborot);
- xalqaro moliya-kredit va valyuta operatsiyalari (beg‘araz moliyalashtirish va 
yordam, iqtisodiy munosabatlar sub’ektlarining kredit va qarzlari, qimmatbaho 
qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar, maxsus moliyaviy mexanizmlar va vositalar, 
valyuta operatsiyalari);
- ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologik, injiniring va axborot sohasidagi 
hamkorlik.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi jarayonlarda namoyon 
bo‘ladi:
- ishlab chiqarish baynalmilallashuvining chuqurlashuvi, ya’ni iste’mol uchun 
yaratiladigan mahsulotni tayyorlashda jahonning turli davlatlari ishlab 
chiqaruvchilari qatnashishi.
- kapital baynalmilallashuvining chuqurlashuvi, ya’ni davlatlararo xalqaro kapital 
harakatining o‘sishi, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ko‘rinishidagi fond 
bozorlarining baynalmilallashuvi;
- ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy, texnologik bilimlar vositalari almashinuvi, 
shuningdek, xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuv, xalqaro miqyosda ishlab 
chiqarish resurslarining joylashuvi natijasida ishlab chiqarish kuchlarining 
globallashuvi;
- xalqaro hamkorlikni amalga oshirishni ta’minlovchi global miqyosdagi material, 
axborot, tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmaning shakllanishi;
- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida ayirboshlash 
baynalmilallashuvining kuchayishi, bunda xalqaro xizmatlar sohasi hamkorlikning 
ishlab chiqarish sohasiga nisbatan asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanadi;



- xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining o‘sishi, bunda rivojlangan davlatlarda 
kambag‘al davlatlardan kelgan ishchi kuchlarini malaka talab qilmaydigan yoki 
past malaka talab qiladigan ishga jalb etilishi;
- ishlab chiqarish va iste’molning baynalmilallashuvini atrof-muhitga ta’sirining 
ortishi, bu esa zamonaviy global muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan xalqaro 
hamkorlikka bo‘lgan ehtiyojning ortishi.
Globallashuv jarayoni quyidagilarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi: 
-mintaqaviy integratsion jarayonlarni jadallashtirish;
- hozirgi paytda xo‘jalik yuritishni to‘liq erkinlashtirmagan davlatlar iqtisodiyoti 
ochiqligini ta’minlash;
- barcha bozorlardagi ishtirokchilarning munosabatlarda to‘siqlarsiz qatnashuvini 
ta’minlash;
- moliyaviy va savdo operatsiyalarning qoida va chegaralarini universallashtirish;
-bozorlarni tartibga solish va nazorat qilishni unifikatsiyalash;
-kapitalni joylashtirish, investitsiya jarayonlari va umumjahon to‘lov-hisob tizimini 
standartlashtirish.
Makroiqtisodiy darajadagi globallashuv davlatlar va integratsion uyushmalarning 
iqtisodiy faollikka intilishi, savdo va investitsion to‘siqlarni olib tashlash, erkin 
savdo hududlarini tashkil qilish asosida paydo bo‘ladi. Shu bilan birga 
globallashuv jarayoni davlatlararo xo‘jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, 
axborot va siyosiy miqyosdagi o‘zaro kelishuvlarni ham qamrab oladi.
Mikroiqtisodiy darajadagi globallashuv kompaniyalar faoliyatining ichki bozordan 
tashqarida kengayishi natijasida paydo bo‘ladi. Ko‘pgina yirik transmilliy 
korporatsiyalar (TMK) global miqyosda harakat qiladi: ular chegarasi va milliy 
mansubligidan qat’i nazar, birinchi navbatda iste’molchilarning talabini qondirishi 
kerak. TMK uchun ichki bozorga nisbatan ko‘pincha tashqi iqtisodiy faoliyat 
muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, ular globallashuv 
jarayonining sub’ekti bo‘ladi. TMK – bu globallashuvning asosi, uni harakatga 
keltiruvchi asosiy kuchdir
3
.
Globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi bir nechta muhim iqtisodiy jarayonlar 
bilan bog‘liq holda yuz beradi. Ushbu jarayonlarga xalqaro kapital migratsiyasi, 
erkin savdo, tashqi savdo siyosati kabi jarayonlarni kiritish mumkin.
So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsion texnologiyalar taraqqiy etishi bilan 
birgalikda xorijiy investitsiyalar, portfelli investitsiyalar va bank ssudalaridan 
iborat kapitallarning xalqaro harakatining kuchayishi globallashuvning diqqatga 
sazovor xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy mablag‘lar xalqaro oqimining 
o‘sish sur’atlari xalqaro savdo hajmining o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada ortda 
qoldirmoqda. Ayniqsa, bevosita xorijiy investitsiyalar oqimining o‘sib borayotgani 
diqqatga sazovordir.
Xalqaro kapital harakati uning barcha ishtirokchilariga daromad keltiradi. Xorijiy 
investorlar xalqaro miqyosdagi bozorlarga kirish orqali tavakkalchilikni 
diversifikatsiyalanishiga erishib, jahon miqyosida daromad olish imkoniyatini 
qo‘lga kiritmoqdalar. Odatda, investitsiya qabul qiluvchi davlatlarda foyda hajmi 



yuqori bo‘lib, bu investorlarning yuqori foydani ko‘zlagan holda o‘z kapitallarini 
ma’lum hududlarga yo‘naltirishiga turtki bo‘ladi.
O‘tish davridagi iqtisodiyotga ega mamlakatlarda milliy xo‘jalik tizimini 
rivojlantirish, shuningdek, diversifikatsiyaga erishish maqsadida ishlab chiqarish 
va eksportning mavjud tarmoqlarni rivojlantirish va yangilarini yaratishga ehtiyoj 
yuqori hisoblanadi. Shu vaqtning o‘zida, bunday iqtisodiyotga ega aksariyat 
mamlakatlar ushbu maqsadlarga erishishda ichki resurslarning cheklanganligi bilan 
bog‘liq turli muammolarga duch kelmoqdalar. Bunday sharoitda jahonning ulkan 
kapital resurslari bozoriga kirish ushbu mamlakatlar uchun jamg‘arishdan ko‘ra 
ko‘proq investitsiyalarni amalga oshirish, iqtisodiyotni isloh qilish va o‘sish 
sur’atlarini jadallashtirish, moliyaviy tizimni barqarorlashtirish hamda milliy 
valyuta va bank tizimini mustahkamlash kabi masalalarni hal qilishda jahon moliya 
bozorlari afzalliklaridan foydalanish imkoniyatini beradi
4
.
Tovar va xizmatlarning erkin savdosi globallashuvning o‘ziga xos xususiyatidir. 
Ma’lumki, iqtisodiyotning nisbiy afzalliklarga ega tarmoqlari ixtisoslashuvi va 
xalqaro savdoda ishtirok etishi aholi daromadlari va farovonligi oshishining 
qo‘shimcha manbai bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro savdo bu kabi yutuqlarga boshqa 
yo‘llar orqali ham erishishi mumkin. Xalqaro savdo orqali fan-texnika 
yutuqlaridan foydalanish natijalari boshqa mamlakatlarga bilvosita va bevosita 
tarqaladi. Bevosita tarqalish fan-texnika yutuqlarini o‘zida mujassam etgan 
texnologiyalarning jahon bozorida sotilishida va boshqa mamlakatlar ularni xarid 
qilishi loqali ham sodir bo‘ladi. Bilvosita tarqalish esa, odatda, yangi texnika va 
texnologiya ishlab chiqilgan mamlakat eksport tarmoqlari samaradorligi oshishida 
va tovarlar sifatining yaxshilanishi orqali ro‘y beradi.
Erkin savdo milliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari sifatining 
yaxshilanishi orqali iqtisodiy o‘sish sur’atlarining oshishi, import orqali ishlab 
chiqaruvchilar soni kam bo‘lgan yoki xorijiy tovar sifati darajasiga yetmagan 
iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatni vujudga keltirib, tovar tannarxining pasayishini 
ta’minlaydi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning kuchli raqobat mavjud bo‘lgan 
jahon bozorlariga chiqishi tovar hamda xizmatlar sifatining oshishi bilan birga 
tannarx pasayishining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Globallashuv jarayonlari 
va raqobat kuchaysa, ishchi resurslarining ma’lumoti va malakasi, ishlab 
chiqarishni tashkil etish va uni boshqarish tizimi, ilmiy-texnik ustuvorlik hamda 
sifatli infratuzilmaga talab oshadi. Ishlab chiqarish omillari sifatini oshirish, ishlab 
chiqarishni tashkil etish, faol axborot almashinuvini ta’minlash, infratuzilmani 
rivojlantirish hamda iqtisodiy strategiyalarni o‘z vaqtida tuzatib borish orqali 
mavjud ustuvorliklarni asrab qolish, ularni rivojlantirish va pirovard natijada 
mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga erishish mumkin.



Globallashuv jarayonlari inson salohiyatini oshirishga ham zarurat tug‘dirmoqda. 
U iqtisodiyotning muhim innovatsion omili sifatida izlanish va tadqiqotlar, ta’lim 
va tajriba sohasida xalqaro malaka oshirish, qo‘shma korxonalar va xorijda tajriba 
almashinishning jadallashuvi orqali namoyon bo‘lmoqda. Internet va axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi xo‘jalik sub’ektlarining faoliyat 
doirasini kengaytirmoqda. 
Xo‘jalik yurituvchilar uning yordamida nisbatan kam xarajatlar evaziga zarur 
axborotlarga ega bo‘lmoqdalar. Shuningdek, boshqaruv jarayonida yangi sifat 
darajalariga erishish, xo‘jalik yuritish salohiyatining oshishi, talab va taklif 
o‘zgarishlariga xos qarorlarni o‘z vaqtida qabul qilish imkoniyatiga ega 
bo‘lmoqdalar. Erkin savdo va proteksionizm yaxlit holda samarasiz ekani 
shubhasizdir. Globallashuvning kutilmagan o‘zgarishlari mamlakat tashqi savdosi 
shartlariga o‘tkazadigan ijobiy ta’sirlarini imkon qadar oshirishi, salbiy ta’sir 
tahdidlarini kamaytirishda iqtisodiyotning boshqa sohalari kabi tashqi savdoda olib 
boriladigan islohotlar ham muhim ahamiyatga ega. Chunki valyuta bozorini 
erkinlashtirish orqali eksport-import operatsiyalarini rag‘batlantirish, erkin raqobat 
muhitida ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali tashqi savdoning iqtisodiy 
rivojlanishdagi ahamiyatini oshirish imkoni qo‘lga kiritiladi. Bundan tashqari 
sanoat siyosatini olib borish orqali iqtisodiyotning strategik muhim eksport 
tovarlari jahon bozori kon’yukturasining o‘zgarishlariga bog‘liqlik darajasini 
kamaytirishga erishish mumkin.
Pol Roberts uchta savdo blokini taklif etadi. Bloklar mos ravishda Uchinchi, 
Ikkinchi va Birinchi olam mamlakatlari uchun tashkil etilib, mamlakatlar yashash 
tarzining o‘sishiga muvofiq holda bir blokdan ikkinchisiga o‘tadi. Bu kabi 
yondashuvning 
sababi, 
birinchidan, 
rivojlangan 
va 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarning savdodan oladigan salmoqli nafini kamaytirishi hisobiga umumiy 
boyliklarning 
qisqarishidir. 
Ikkinchidan, 
rivojlanayotgan 
mamlakatlar 
iste’molchilarining xarid qobiliyati pastligi hisobiga savdoda salmoqli naf ko‘ra 
olmasligi bilan bog‘liq muammo tufayli ularda na iqtisodiy o‘sish va na aholi 
farovonligida sezilarli darajada yaxshilanish ro‘y beradi
5

Ikkinchi variant – odil savdo nazariyasi. Uning mazmun-mohiyati turli 
mamlakatlarda savdodan olinadigan nafning birmuncha tekis taqsimlanishi hamda 
ijtimoiy va ekologik standartlarning tenglashtirilishi maqsadida xalqaro tashkilotlar 
yordamida rivojlanayotgan mamlakatlar mahsulotlariga qiyosiy narxlar 
o‘rnatishdan iborat. Bu nazariyani Laura Tayson qo‘llab - quvvatlaydi. Ammo 
mazkur nazariyaning kamchiligi shundaki, bu kabi narx mexanizmiga aralashuv 
bozor munosabatlari qonuniyatlariga ziddir. Bundan tashqari unda ko‘zda tutilgan 
jarayonlar qimmatga tushib, uzoq kelajakda ko‘zlangan maqsadga erishilmaydi va 
iqtisodiyot faoliyatida samaradorlik pasayadi.



1.2. Globallashuv tushunchasining mohiyati va rivojlanish 
evolyutsiyasi 
Globallashuv jarayonlarining oqibatlari to‘g‘risidagi turli nuqtai nazarlar mavjud 
bo‘lib, ularning ayrimlari jahon iqtisodiy tizimiga jiddiy tahdid solmoqda, 
boshqalari esa keyingi iqtisodiy taraqqiyot uchun vosita bo‘lmoqda. 
Globallashuvning oqibatlari ijobiy yoki salbiy bo‘lishi noaniq, ammo, vaziyat 
shundayki, uning muqobili yo‘q. Shuning uchun asosiy e’tiborni ushbu jarayonlar 
keltiradigan xavf-xatarlar (tahdidlar) hamda globallashuv jarayonida yuzaga 
keladigan imkoniyatlar va foydalarni o‘rganishga qaratish zarur. Sababi 
globballashuv bir jihatdan katta xavf-xatar bo‘lishi bilan birga ikkinchi tarafdan 
keng imkoniyatlar hamdir. Muhimi to‘g‘ri harakatlanish orqali jarayonni o‘z 
foydasiga hal qilishdir.
Globallashuv jarayonining mohiyati, uning shart-sharoitlari, o‘ziga xos 
ko‘rinishlari, uning ijobiy hamda salbiy oqibatlariga aniqlik kiritish muammolarini 
hal qilish to‘g‘ri yondashuvni shakllantirishga asos bo‘ladi.
Xalqaro ishlab chiqarish hamkorligi, umuman, xalqaro mehnat taqsimoti, tashqi 
savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi natijasida milliy 
iqtisodiyotlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi ortib boradi. Sababi tashqi 
omillarni hisobga olmasdan iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin emas. Bu 
hodisa iqtisodiy hayotning baynalmilallashuvi deb ataladi. Bu tushunchaning 
umumiy ta’rifi quyidagicha: “Xo‘jalik faoliyatining baynalmilallashuvi alohida 
mamlakatlar iqtisodiyotidagi munosabatlar va o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning milliy iqtisodiyotlarga ta’siri va 
mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida ishtirok etish darajasi va holatidir”.
Globallashuv jarayoni o‘zi rivojlanish taraqqiyotida bir necha bosqichlarni bosib 
o‘tdi. Dastlab u xalqaro iqtisodiy hamkorlik sifatida qaralgan: u, birinchi navbatda, 
muomala madaniyati sohasiga ta’sir ko‘rsatdi. Bu esa xalqaro savdoning paydo 
bo‘lishi (XVIII asr oxiri – XX asr boshlari) bilan bog‘liq edi. XIX asr oxiriga kelib 
kapitalning xalqaro harakati yanada mustahkamlanib bordi, munosabatlar 
kengayib, iqtisodiy hamkorlik avj oldi.
Xalqaro iqtisodiy hamkorlik mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida barqaror iqtisodiy 
aloqalar o‘rnatish, reproduktiv jarayonni milliy chegaralardan tashqarida ham 
rivojlantirish demakdir.
Keyingi bosqich xalqaro iqtisodiy integratsiya bo‘lib, xalqaro mehnat 
taqsimotining chuqurlashuvi, kapitalning baynalmilallashuvi, ilmiy-texnologik 
taraqqiyotning globallashuvi va milliy iqtisodiyotlarning ochiqligi va savdo 
erkinligining oshishi bilan uzviy bog‘langan. Shu o‘rinda integratsiya so‘ziga izoh 


10 
berib o‘tadigan bo‘lsak, integratsiya (lotincha integratio) – alohida qismlarning 
umumiy, bir butun, bir butunlikka bog‘lanishini bildiradi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya milliy iqtisodiyotlarning yaqinlashuvi va o‘zaro 
moslashuvi, ularning xalqaro miqyosda takror ishlab chiqarish jarayoniga 
qo‘shilishidir. Xalqaro iqtisodiy integratsiyani alohida milliy iqtisodiyotlar 
o‘rtasidagi mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiy birlashuvi jarayoni, chuqur va 
barqaror munosabatlarni rivojlantirish orqali turli shakl va darajadagi o‘z 
iqtisodiyotlarini boshqalarga nisbatan baholashlari deb ta’riflash mumkin.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo‘jaligi rivojida ancha yuqori, samarali va 
istiqbolli bosqich, iqtisodiy munosabatlarni baynalmilallashtirishda sifat jihatidan 
yangi va murakkab bosqich hisoblanadi. Bu bosqich nafaqat milliy iqtisodiyotlarni 
bir-biriga yaqinlashtiradi, balki iqtisodiy muammolarni birgalikda hal etishni ham 
ko‘zda tutadi. Binobarin, iqtisodiy integratsiyani mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro 
iqtisodiy munosabatlar jarayoni sifatida baholash mumkin. U iqtisodiy 
mexanizmlarning yaqinlashishiga olib keladi, davlatlararo bitimlar maqomini 
oladi, uning shartlari davlatlararo tashkilotlar tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Iqtisodiy integratsiya quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
- turli mamlakatlar milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi hamkorlik (ularni to‘liq yoki 
qisman birlashtirish); 
- Dunyo mamlakatlari o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnat harakati 
sohasida mavjud to‘siqlarni bartaraf etish;
- yagona umumiy bozorni shakllantirish uchun alohida mamlakatlarning har biri 
bozorlarining yaqinlashuvini ta’minlash; 
- hamkorlikka kirishgan agentlar o‘rtasidagi farqlarning yiriklashishi;
Iqtisodiy integratsiya jarayonlari ikki tomonlama – mintaqaviy yoki global asosda 
kechadi. Hozirgi davrda integratsion birlashmalarning xarakterli xususiyati 
ularning mintaqaviy darajada rivojlanganligidir: umumiy va davlatlararo 
boshqaruv tizimlariga ega bo‘lgan integral mintaqaviy iqtisodiy majmualarga 
endilikda asos solinmoqda.
Hozirgi bosqichda barcha xalqaro munosabatlar tizimida chuqur o‘zgarishlar yuz 
bermoqda. Bu esa globallashuvning muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, iqtisodiy 
integratsiya va globallashuvga olib keluvchi o‘zaro bog‘langan jarayonlar zanjirini 
quyidagicha ifodalash mumkin (1.1-rasm).


11 
1.1-rasm. Xo‘jalik faoliyatini baynalmilallashtirish bosqichlari
Globallashuv zamonaviy jahon boshqaruv tizimining eng muhim xususiyatiga – 
sayyoramizning rivojlanish yo‘lini belgilab beruvchi eng nufuzli kuchlardan biriga 
aylandi. Globallashuvning hukmronlik nuqtai nazariga ko‘ra, jamiyatda hech 
qanday harakat, hech qanday jarayon (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va 
boshqalar)ni to‘liq cheklangan deb hisoblash mumkin emas.
Xalqaro munosabatlarning globallashuvi bu – ijtimoiy hayot va xalqaro 
munosabatlar sohasidagi turli faoliyat sohalarida o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro 
ta’sirning ortishidir. U ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalariga, jumladan, 
iqtisodiyot, siyosat, mafkura, ijtimoiy soha, madaniyat, ekologiya, xavfsizlik, 
turmush tarzi va inson mavjudligining jamiki shart-sharoitlariga ta’sir ko‘rsatadi.
“Globallashuv” tushunchasi so‘nggi paytlarda iqtisodiy adabiyotlarda keng 
tarqalgan bo‘lsa-da, u hali ham konseptual xarakterga ega bo‘lgan amaliy jihatdan 
ro‘y berishi aniq bo‘lgan uzoq yo‘ldir.
Globallashuv jarayonining iqtisodiy munosabatlardagi o‘ziga xos ko‘rinishi 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
- ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi (bunda dunyoning ko‘plab 
mamlakatlaridan ishlab chiqaruvchilarning yakuniy mahsulotni yaratishda turli 
shakl va bosqichlarda ishtirok etishlari kuzatiladi;
- mamlakatlar o‘rtasida, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya shaklida 
(tashqi savdo va ishlab chiqarish tezroq o‘sib borayotgan xorijiy mamlakatlardagi 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi bilan) xalqaro kapital oqimlarining o‘sishi 
hisobiga kapitalning baynalmilallashuvini chuqurlashtirish va shu asosda dunyo 
fond bozorining baynalmilallashuvi;
- integral ishlab chiqarish va iste’mol tizimlarida iqtisodiy birliklarni bog‘lovchi 
ishlab chiqarish vositalari va ilmiy-texnik, texnologik bilimlar almashinuvi, 
shuningdek, xalqaro ixtisoslashuv va hamkorlik shaklida ishlab chiqarish 
kuchlarining globallashuvi hamda ishlab chiqarish hamkorligi, ishlab chiqarish 
resurslarining xalqaro harakati;
- xalqaro hamkorlikni ta’minlovchi global material, axborot, tashkiliy va iqtisodiy 
infratuzilmani shakllantirish;

xalqaro 
mehnat 
taqsimotining 
chuqurlashuvi 
asosida 
birjalarning 
baynalmilallashuvini mustahkamlash, mujassamlashgan tovarlar bo‘yicha xalqaro 
savdo miqyosini kengaytirish va sifatini oshirish;
- xalqaro mehnat migratsiyasining oshishi;
- ishlab chiqarish va iste’molning atrof-muhitga ta’sirida baynalmilallashuvning 
ortishi.
Globallashuv jarayonlari kelajakda quyidagi ko‘rinishlarda yuzaga kelishi bashorat 


12 
qilinmoqda:
- mintaqaviy integratsiya jarayonlarining intensivlashuvi;
- o‘z iqtisodiy faoliyatini hali to‘liq erkinlashtirmagan davlatlar iqtisodiy 
tizimlarining yanada ochiqligi;
- Har qanday bozorga barcha ishtirokchilarning hech qanday cheklovlarsiz kirishi;
- savdo va moliyaviy operatsiyalar uchun qoidalarni universallashtirish;
- bozorni tartibga solish va nazorat qilishni unifikatsiyalash;
- kapital harakati, investitsiya jarayoni va global to‘lov va hisob-kitob tizimiga 
bo‘lgan talablarni standartlashtirish.
1.2-rasm. 
Jahon 
iqtisodiyoti 
globallashuvining 
tarkibiy 
qismlari
Globallashuv va integratsiyaning bir nechasini ajratib ko‘rsatish mumkin:
-mintaqaviy va xalq xo‘jaligi (makro daraja);
- tovar, moliya va valyuta bozorlari, mehnat bozorlari (mezodaraja);
- induvidial kompaniyalar (mikro daraja).
Globallashuvning makroiqtisodiy darajasi davlatlar va integratsio birlashmalar 
savdoni erkinlashtirish, savdo va investitsion to‘siqlarni olib tashlash, erkin savdo 
zonalarini yaratish va shu kabi usullar bilan o‘z chegaralaridan tashqarida iqtisodiy 
faoliyat bilan shug‘ullanishga intilishida namoyon bo‘ladi.
Globallashuvning mikroiqtisodiy darajasi kompaniyalar faoliyatini ichki bozordan 
tashqarida 
kengaytirishda 
namoyon 
bo‘ladi.Eng 
yirik 
ko‘p 
millatli 
korporatsiyalarning aksariyati jahon miqyosida faoliyat yuritishi kerak: ularning 
bozori iste’mol darajasi yuqori bo‘lgan har qanday sohaga aylanadi, ular chegara 
va millatidan qat’i nazar, hamma joyda iste’molchilar talabini qondira olishi kerak.
Barcha iqtisodiy sub’ektlarning erkin va samarali biznes faoliyati uchun yagona 
global iqtisodiy, huquqiy, axborot va madaniy makonni shakllantirish, tovar va 
xizmatlar, kapital va mehnat uchun yagona global bozorni yaratish va turli 
mamlakatlarning iqtisodiy yaqinlashuvi va majmuaga o‘zaro global iqtisodiy 
birlashuvi dolzarb bo‘lib kelmoqda.


13 
Iqtisodiyotda 
globallashuvning 
o‘ziga 
xos 
xususiyati 
avtonom 
va 
integratsiyalashuv jarayonlarining birlashuvidir, deb belgilangan
6
. Bu “Naisbitt 
paradoksi”da o‘z aksini topgan: “Iqtisodiyotning globallashuv darajasi qanchalik 
yuqori bo‘lsa, uning eng kichik ishtirokchilari shunchalik kuchli bo‘ladi
7
”. 
J.Naisbitt bu fikri bilan bir tomondan siyosiy mustaqillik va o‘z-o‘zini boshqarish 
harakatini qayd qilgan.
Binobarin, globallashuv paradoksi jamiyatning ichki aloqalari qanchalik boy va 
mustahkam bo‘lsa, uning iqtisodiy va ijtimoiy mustahkamlanish darajasi 
shunchalik yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Uning ichki resurslari qanchalik to‘liq 
amalga 
oshirilsa, 
integratsion 
aloqalarning 
afzalliklaridan 
shunchalik 
muvaffaqiyatli foydalana oladi va jahon bozori sharoitlariga shunchalik oson 
moslashadi.
Zamonaviy globallashuv jarayonlari, birinchi navbatda, sanoati rivojlangan 
mamlakatlar o‘rtasida rivojlangan bo‘lib, keyingi navbatda rivojlanayotgan 
mamlakatlarni qamrab oladi. Ushbu jarayon birinchi navbatda rivojlangan 
mamlakatlar mavqeini mustahkamlaydi va ularga qo‘shimcha afzalliklar beradi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi jahon iqtisodiy maydonini o‘zgartirish, uni 
yagona hududga aylantirish, tovarlar (xizmatlar), axborot va kapitalning 
cheklanmagan harakatini yo‘lga qo‘yish jarayonida o‘z ifodasini topadi. Bu 
hududda g‘oyalarni tarqatish va ommaviy axborot vositalarini ko‘chirish ham oson 
bo‘lib, tegishli institutsional sub’ektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik tizimlarini 
o‘rnatishga va bu orqali ayrim sub’ektlar rivojlanishiga yordam beradi.
Shu tariqa xalqaro miqyosda madaniy, axborot, huquqiy va iqtisodiy jihatdan 
yagona hududning paydo bo‘lishi jahon tizimlarining globallashuvi natijasidir. 
Boshqacha aytganda, globallashuv hodisasi iqtisodiy soha bilan cheklanmaydi, 
balki jamiyatning barcha asosiy sohalari – mafkura, madaniyat va siyosatga katta 
ta’sir ko‘rsatadi. Shak-shubhasiz, bu hodisa yangi asr jahon iqtisodiyotida yuqori 
mavqega ega bo‘lib, u globallashuvga moslashgan siyosat va iqtisodiyotda 
yangilangan 
jahon 
munosabatlari 
tizimining 
shakllanishidan 
iborat.
Jahon xo‘jaligi XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib tom ma’noda to‘liq 
tizimga aylandi. Biroq, jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayoni bir necha 
rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tdi. Jumladan:
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi shakllanishining birinchi bosqichi (XIV – XIX asr 
oxiri) jahon tovar bozori va jahon savdosining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, 
keyinchalik jahon xo‘jaligi globallashuv jarayonining dastlabki belgilarini o‘zida 
mujassam etadi.


14 
Jahon xo‘jaligi rivojlanishining ikkinchi bosqichi (XIX asr oxiri - XX asr boshlari) 
kapitalizmning ishlab chiqarishni monopoliyalashtirish bosqichiga o‘tishining 
dastlabki ko‘rinishi sifatida tavsiflanishi mumkin. Shuningdek, bu vaqtda yetakchi 
kuchlar o‘rtasida jahon hududlari va iqtisodiy ta’sir zonalari bo‘lib olinishi yuz 
berib, transchegaraviy kapital oqimlari (eksport) ortib bordi. Mamlakatlar 
o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning turli shakllari rivojlanib bordi. Tovarlar 
almashinuvi bilan bir qatorda davlatlar o‘rtasida ishlab chiqarishning alohida 
omillari migratsiyasiga ham amal qilinadi. Bu bosqichda xalqaro mehnat 
taqsimotining, shuningdek, jahon savdosining kelajakdagi globallashuvi sohasida 
fundamental asoslar shakllandi.
Globallashuvning uchinchi bosqichi (I va II jahon urushlari o‘rtasidagi davr) jahon 
iqtisodiy munosabatlarini o‘rnatishda erishilgan muvaffaqiyatlar uchun halokatli 
bo‘ldi. Bu davrda iqtisodiy rivojlanish sezilarli darajada tezlashgan bo‘lsa-da 
(birinchi xalqaro korporatsiyalar paydo bo‘ldi), bu davrdagi transmilliy 
xarakterdagi moliya tizimi o‘ta beqarordir. Buning oqibatida sanoat 
mamlakatlaridan uzoq muddatli kapital olib chiqib ketilganini qayd etish mumkin.
To‘rtinchi bosqich (ikkinchi jahon urushi oxiridan 90-yillar boshigacha) - davlatlar 
o‘rtasidagi iqtisodiy reja munosabatlarini yangicha qayta qurish, jahon iqtisodiyoti 
uchun yangi tartib-qoidalar izlab topishga urinish davri bo‘ldi. Bu davrda tashqi 
savdo siyosatini erkinlashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, fan-texnika 
taraqqiyotini jadallashtirish natijasida misli ko‘rilmagan iqtisodiy o‘sish sur’atiga 
erishildi. Bu bosqichda jahon moliyasini globallashtirish uchun poydevor qo‘yilib, 
iqtisodiy taraqqiyotni tartibga soluvchi moliya-xo‘jalik tashkilotlarining 
makrotizimi tarkib topdi (BMT, XVF, jahon banki va IB va JSTning savdo 
tashkilotlari).
Beshinchi bosqich (90-yillar boshidan hozirgi davrga qadar) jahon iqtisodiyoti 
rivojlanishining hozirgi davridir. Bu davrning asosiy omillari sotsialistik 
tuzumning qulashi, binobarin, Markaziy va Sharqiy Yevropadagi sobiq ijtimoiy 
blok davlatlar va ularning mustamlakalari bo‘lgan mamlakatlarda bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish ochiq bozorlarning keskin o‘sishi bilan xarakterlanadi.
Jahon banki statistikasiga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 200 dan ortiq 
mamlakatlar mavjud. Shu munosabat bilan, ayniqsa, iqtisodiy sohada ko‘plab 
mamlakatlarning milliy suvereniteti va globallashuv qonuniyatlari o‘rtasida keskin 
ziddiyatlar mavjud. Globallashuv sharoitida eksport subsidiyalari va import 
to‘siqlari, markaziy bankning qayta moliyalash stavkalari va milliy valyutalar kursi 
kabi iqtisodiyotni makro jihatidan tartibga solishning milliy miqyosdagi an’anaviy 
instrumentlari samaradorligi sezilarli darajada pasayadi.


15 
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi jarayonlari quyidagi holatlarni keltirib 
chiqardi:
1. Globallashuv mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy masofa deb ataladigan jahon 
rivojlanishining ob’ektiv omillari, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, 
transport va aloqa sohasidagi ilmiy va texnologik taraqqiyot singari sohalarda 
oraliq masofani kamaytirishga sabab bo‘ladi. 
2. Savdo va iqtisodiyotni erkinlashtirishning boshqa shakllari proteksionistik 
siyosatni cheklab qo‘ydi va jahon savdosini erkinlashtirdi.
3. Transmilliylashuv hodisasi mamlakatning ayrim iste’mol va ishlab chiqarish, 
daromad va import, eksportni xalqaro markazlarning qarorlari bilan uning 
chegaralaridan 
tashqarida 
belgilanishiga 
olib 
keladi. 
Bu 
tizimda 
baynalmilallashuvda asosiy o‘yinchilar va uning natijasi bo‘lgan xalqaro 
korporatsiyalar (TMK) egallaydi.
4. Bozor iqtisodiyoti va erkin savdo tizimini baholashda global konsensusga 
erishish. Bu jarayon 1978-yilda Xitoyda islohotlar asosida yo‘lga qo‘yildi. Bundan 
tashqari Sobiq Sovet Ittifoqining qulashi oqibatida va MDH mamlakatlari siyosati 
va iqtisodiyotida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Bu jarayonlar natijasida sotsialistik 
va bozor mafkuralarining yaqinlashuvi sodir bo‘lib, ular o‘rtasidagi tafovutlar 
iqtisodiyotga bozor yondashuvining deyarli bir xil ko‘rinishidagi shakli bilan 
to‘ldirildi. Bu yaqinlashishning tabiiy oqibati sotsialistik lager mamlakatlarining 
iqtisodiyotda bozor tushunchasining faol kirib kelishi bo‘ldi.
5. Globallashuv madaniy taraqqiyotga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Globallashuv 
sharoitida ommaviy san’at, mashhur madaniyat va ommaviy axborot vositalarida 
bir xillikka asoslangan va ingliz tilining keng tarqalishiga qaratilgan yondashuv 
mavjud.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining yana bir xususiyati XX asr oxirida moliya 
bozorlarining kosmik sur’atlar bilan rivojlanishi bo‘ldi. Bu davrda kredit, valyuta 
va fond bozorlarining o‘zgaruvchan roli xalqaro iqtisodiyot arxitekturasining 
o‘zgarishiga olib keldi. Jahon moliyasini globallashtirish markazlari sifatida uchta 
yirik iqtisodiy hudud belgilanadi: AQSh, G‘arbiy Yevropa va Yaponiyadir. 
Bugungi kunda bu uchlik va ularda amalga oshirilayotgan iqtisodiy operatsiyalar 
jahon iqtisodiyotida hal qiluvchi darajadagi muhim kuchga ega.


16 
1.3.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining namoyon bo‘lish shakllari va 
globallashuv jarayoniga ta’sir etuvchi omillar. 
XX asr oxirlariga kelib jahon xo‘jaligining rivojlanishi va faoliyati globallashuv 
jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsata boshladi. Bundan tashqari globallashuv 
insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar faoliyat sohalarida namoyon bo‘la 
boshladi. Jamiyat hayotining u yoki bu sohasida sodir bo‘layotgan jarayonlar 
globallashib, boshqa sohalardagi jarayon va hodisalarga ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda globallashuvning huquqiy makonning 
globallashuvi, 
siyosiy 
munosabatlarning 
globallashuvi, 
iqtisodiyotning 
globallashuvi, axborot-kommunikatsiya makonining globallashuvi, etnik 
globallashuv va boshqa turlari farqlanadi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi so‘nggi davrlarda turli ko‘rinishlarda 
namoyon bo‘lmoqda. Ular turli mamlakatlarning huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy hayotida o‘z aksini topgan.
Sohaga oid adabiyotlarda globallashuv ko‘rinishlari sifatida integratsion jarayonlar 
va integratsiya shakllari, xususan, integratsion birlashmalar ko‘rsatiladi.
Integratsion birlashmalarning turkumlanishi, asosan, ishtirokchi mamlakatlar 
iqtisodiyotining makro va mikro darajada o‘zaro yaqinlashish va bir-biriga naqadar 
chuqur kirib borish holatini baholashda namoyon bo‘ladi. Bu mezonga ko‘ra 
integratsiyaning to‘rt ko‘rinishi (erkin savdo hududi, bojxona ittifoqi, umumiy 
bozor va iqtisodiy ittifoqlar)ni ajratib ko‘rsatish mumkin (1.1-jadval).


17 
Erkin savdo hududlari (ESH) xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarining 
boshlang‘ich bosqichi sanaladi. Erkin savdo hududi zamonaviy talqinda 
preferensial hudud hisoblanib, uning doirasida bojxona va miqdoriy 
cheklanishlardan holi savdo tartibiga rioya qilinadi.
Erkin savdo hududlari amalda ikki va undan ortiq davlatlarning o‘zaro savdosi 
aloqalari turli bojlar, litsenziya va kvotalarni muzlatish va asta-sekin bekor qilish 
to‘g‘risidagi bitimlarning imzolanishi natijasida shakllanadi. Bunda, YEI, NAFTA 
va MERKOSUR tajribasidan ma’lumki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan 
savdo rejimini erkinlashtirish cheklangan tartibga ega, bu dastlab bojxona 
nomenklaturasidagi ba’zi pozitsiyalarni qamrab oladi.
Erkin savdo hududlarining ijobiy jihatlariga kelsak, eng avvalo, ishtirokchi 
mamlakatlarning savdo siyosatida barqarorlikning o‘rnatilishini kiritish mumkin. 
Erkin savdo hududlari a’zo mamlakatlarni xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb 
etish jarayonining tezlashishiga yordam beradi, ular xalqaro mehnat taqsimotidan 
maksimal darajada samarali foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.
Erkin savdo hududlarining salbiy jihatlariga esa, ichki bozorda raqobatning 
kuchayishi bilan belgilanadi. Bu milliy ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta’sir etishi 
va ular uchun bankrotlik xavfini kuchaytirishi mumkin.
Bundan tashqari erkin savdo hududlarini yaratish millatlararo tartibga soluvchi 
organlarni tashkil etish holatlarida kuzatilmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, qarorlar 
qabul qilishni sekinlashtiradi, shuningdek, qabul qilingan qarorlar bajarilishini 
nazorat qilishni qiyinlashtiradi. Biroq qiyinchiliklar va muammolarga qaramasdan, 
integratsiyaning boshlang‘ich bosqichidagi erkin savdo hududlari jahon 
iqtisodiyotida keng tarqalishi ham mumkin.
Bojxona ittifoqi (BI) huquqiy nuqtai nazardan olganda ikki va undan ortiq davlatlar 
o‘rtasida o‘zaro va uchinchi bir mamlakatlarga nisbatan soddalashtirilgan soliq 
siyosatining o‘rnatilishini anglatadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan olganda esa bojxona 
ittifoqini tashkil etish – bu yagona iqtisodiy makonni shakllantirish va bu makon 
doirasida esa har qanday bojxona chegaralarini olib tashlanishini anglatadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlatlararo tartibga solishning bu ko‘rinishi Bojxona 
ittifoqi qatnashchilari o‘rtasida bojsiz savdonigina emas, balki uning tashqi 
chegaralarida muvofiqlashtirilgan tarif tizimini joriy qilishni ham nazarda tutadi. 
Bojxona ittifoqining erkin savdo hududidan farqi ham ana shundadir.
Bojxona ittifoqlarining yaratilish va ularning shakllanishining aniq natijalari unga 
a’zo mamlakatlarning ishlab chiqarish va iste’mol sohasida yuz beradigan tarkibiy 
o‘zgarishlarda o‘z aksini topadi. Boshqacha qilib aytganda, bojxona ittifoqi 
savdoning kengayishi hisobiga aholining turmush farovonligini oshiradi, biroq 
ayni bir paytda ishlab chiqaruvchilarning arzon mahsulotlariga nisbatan qimmat 
tovar ishlab chiqarishga moslashishlari hisobiga farovonlikni pasaytiradi.
Tashqi savdoni davlatlararo tartibga solishning keng tarqalgan ko‘rinishi sifatida 
bojxona ittifoqi haqida gapirganda shuni esdan chiqarmaslik lozimki, uning 
faoliyati uzoq vaqt mobaynida alohida olingan mamlakatlarning jami tovarlar va 
xizmatlar nomenklaturasiga tarqalmasligi mumkin.


18 
Bojxona ittifoqlarining rivojlanishi jarayonlarini birgalikda tartibga solish 
sohasining asta-sekin kengayib borishidan darak beradi. Ya’ni bosqichma-bosqich 
olib boriladigan mazkur jarayon oxir-oqibat millatlararo muvofiqlashtiruvchi 
tashkilotlar va institutlarni tashkil etishni taqazo etadi.
Bojxona ittifoqining erkin savdo hududidan asosiy farqi ittifoq chegaralarida 
muvofiqlashtirilgan savdo-bojxona rejimini joriy etishdir.
Integratsion jarayonlarning keyingi rivojlanishi integratsiyaning eng yuksak 
ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan umumiy bozor hamda iqtisodiy ittifoqning 
shakllanishiga olib keladi.
Jahon iqtisodiyotida ko‘plab iqtisodiy birlashmalarning vujudga kelishi va 
taraqqiyotidan ma’lumki, aynan umumiy bozor va iqtisodiy ittifoq eng ko‘p 
diqqatga sazovordir.
Umumiy bozorni iqtisodiy ittifoqqa aylantirishning zamonaviy bosqichida Yevropa 
Ittifoqining ahamiyati kattadir. Bu tashkilot iqtisodiy integratsion jarayonlarning 
eng yuqori cho‘qqisiga intilishini yaqqol namoyish etayotgan hozirgi kundagi 
yagona iqtisodiy ittifoqdir.
Globallashuvning yuqorida qayd etilgan ko‘rinishlari qator omillar ta’sirida yuzaga 
keladi. Globallashuv hodisasi mohiyatini tushuntiruvchi sabablarning tizimli tahlili 
uning taraqqiyotini belgilovchi quyidagi omillar guruhini ajratishni taqazo etadi 
(1.3-rasm):
1.3-rasm. Globallashuv jarayoni rivojlanishini belgilovchi omillarning 
asosiy guruhlari. 


19 
1.Iqtisodiy omillar – kapitalning ulkan konsentratsiyasi va markazlashuvi, xalqaro 
korporatsiyalar qudratining o‘sishi, ishlab chiqarish va hamkorlik xalqaro 
ixtisoslashuvini intensivlashtirish, xalqaro marketing, elektron tijorat, xalqaro 
logistika.
2. Siyosiy omillar – davlat chegaralari asta-sekin shaffoflashib, odamlar, tovarlar, 
xizmatlar va kapitalning harakat erkinligiga ko‘proq imkoniyat yaratib beradi.
3.Xalqaro omillar – uning dinamikasini globallashuv jarayonini rag‘batlantiruvchi 
yirik xalqaro voqealar sanalari bilan bog‘laydi.
4. Texnik-texnologik omillar – axborot, texnologiyalar, tovarlar va moliyaviy 
resurslarni tezkor tarqatishga imkoniyatlar yaratadigan zamonaviy transport 
vositalari, axborot tizimlari va texnologiyalari, aloqa va telekommunikatsiyalar, 
moslashuvchan avtomatlashtirilgan, vositalar majmuidan iborat bo‘lib, ularni 
ishlab chiqarishni rivojlantirish natijasida xarajatlar hajmi kamayadi.
5. Ijtimoiy omillar – an’analar, ijtimoiy aloqalar va urf-odatlar ahamiyatining 
zaiflashuvi odamlarning geografik, ma’naviy va hissiy jihatdan harakatchanligini 
oshirishga yordam beradi.
6.Tovar va kapital bozorlarini erkinlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish, 
bojxona, savdo va soliq qonunlarini yumshatish va birlashtirish milliy iqtisodiyot 
va ularning tadbirkorlik sub’ektlarining o‘zaro iqtisodiy bog‘liqligini ham oshirdi.
Quyidagi omillar globallashuvni harakatga keltiruvchi moliyaviy tizimlarning 
o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va bu ta’sir butun global tizimlarning u yoki bu 
darajada o‘zgarishiga olib keladi:
-iqtisodiy munosabatlarni transmilliylashtirish va milliy moliya bozorlarida 
integratsiyalash jarayonini jadal rivojlantirish;
- global moliyaviy bozorlarni tartibga solishning nisbiy yengillashuvi (ularning 
hajmlari va aylanmalarning ortishi bilan raqobatning ortishi);
- rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga kirib borishi bilan global 
moliya tizimining kengayishi;
- kapital hajmining doimiy o‘sishi va o‘ta harakatchanligi keskin vaziyatni yuzaga 
keltiradi; makroiqtisodiy va global (davlatlararo iqtisodiy integratsiya, shu 
jumladan, moliyaviy va pulning tarkibiy qismlari) darajada moliyaviy resurslarning 
yuqori konsentratsiyasi;
-kapital konsentratsiyasiga moyillik, global tijorat va moliyaviy tuzilmalar 
mustaqilligining ortib borishi;
- moliyaviy operatsiyalarning intensivligi, harakatchanligi va moliyaviy bozorlar 
o‘zaro bog‘liqligining ortib borishi;
-moliyaviy vositalarning xilma-xilligi va ularning yuqori darajadagi 
harakatchanligi. 


20 
1.4.Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ko‘rsatkichlari va ustuvor 
yo‘nalishlari 
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi - siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy qarorlar qabul 
qilishda sezilarli ta’sir ko‘rsatish salohiyatiga ega bo‘lgan alohida shaxslar xulq-
atvoriga (nano daraja), alohida korxonalar (mikro daraja), davlatlar ichidagi 
mintaqalarning tovar, moliyaviy, valyuta va mehnat bozorlari (mezo daraja), milliy 
iqtisodiyot (makro daraja) va xalqaro, shu jumladan, mamlakatlararo mintaqaviy 
daraja (mega darajasi)da ta’sir qiluvchi iqtisodiy munosabatlarga ta’sir qiluvchi 
ko‘p darajali hodisadir (1.2-jadval).


21 
Bozor munosabatlari sharoitida nano va mikro darajadagi alohida korxonalar, 
firmalar va tadbirkorlar xalqaro iqtisodiy munosabatlarning barcha shakllaridagi 
belgilovchi sub’ektlar bo‘lganligi tufayli globallashuvning tarkibiy asosini tashkil 
etadi. Globallashuv ta’sir sohalarida kapital eksporti va xalqaro qayta 
taqsimlanishidagi transmilliy korporatsiyalarning iqtisodiy va siyosiy manfaatlarini 
belgilovchi nano va mikro darajadagi sub’ektlar yetakchi o‘rinni egallaydi. Jahon 
xo‘jaligi aloqalari mezo darajada – yirik davlatlar tarkibidagi mintaqalar, tovar va 
xizmatlar, kapital, mehnat, moliya-kredit va valyuta bozorlari darajasida ham 
amalga oshadi.
Globallashuv omillarining jahon iqtisodiy shart-sharoitlari iyerarxiyasiga 
ta’sirining megavariantligi bozor munosabatlarida o‘z-o‘zini tartibga solish 
tamoyillaridan foydalanib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham global 
tendensiyalar va ochiqlik bilan bir qatorda rivojlanayotgan va o‘tish davri 
iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar bilan bir qatorda rivojlangan 
mamlakatlarda ham proteksionistik yo‘nalish saqlanib qolmoqda. 
Globallashuv mega darajada milliy iqtisodiyotlarning xalqaro o‘zaro ta’siri 
ko‘rinishida to‘liqroq namoyon bo‘ladi. Bir tomondan, xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar sohasidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish va kamaytirish 
borasidagi maqsadli sa’y-harakatlar mega darajada muhim ahamiyat kasb etmoqda, 
boshqa tomondan esa, globallashuv jarayonlarini rag‘batlantirish, iqtisodiy va 
ijtimoiy dasturlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga 
oshirish va umuman, jahon hamjamiyatiga ta’sir qiluvchi global, xususan, keng 
ko‘lamli muammolarni hal qilish uchun zaruriy resurslarni jamlash kerak. Bu 
jarayonlarni ta’minlash vazifasi mintaqaviy va xalqaro, hukumatlararo va nodavlat 
tashkilotlar zimmasiga tushadi. Globallashuvning ustun ko‘rinishlari sifatida 
tovarlar, xizmatlar, moliyaviy kapitalning harakati, texnologiyalar diffuziyasi va 
ishchi kuchi migratsiyasi sohasidagi transchegaraviy tranzaksiyalarning ortishi 
bilan aloqador davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ortishini tushungan holda 
globallashuv jarayonining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin (1.4-rasm). 
1.4-rasm. Globallashuv jarayonini baholovchi asosiy ko‘rsatkichlar
11


22 
O‘tgan yarim asrdan ko‘proq vaqt mobaynida globallashuv ko‘rsatkichlaridan biri 
sifatida xalqaro savdo yo‘nalishida sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga 
qaraganda tezroq o‘sish dinamikasi kuzatilmoqda. Bu davrda jahon tovar va 
xizmatlar eksporti jahon birlashgan yalpi ichki mahsulotidan qariyb uch barobar 
oshdi. XX asrning 70-yillaridan boshlab, Bretton-Vuds konferensiyasining asosiy 
kelishuvlari rad etilgandan so‘ng, tariflar va savdo to‘g‘risidagi Bosh bitim 
(GATT) bo‘yicha savdoni erkinlashtirishga asoslangan yangi iqtisodiy tartib 
paradigmasi va Jahon savdo tashkiloti (1995 yil)ning shakllanishi bilan davom 
etdi. U global iqtisodiy rivojlanish uchun yangi shart-sharoitlar yaratdi. 1947 yili, 
ya’ni GATT tashkil etilgan vaqtda shartnomada qatnashuvchi rivojlangan 
mamlakatlar import tariflarining o‘rtacha tortilgan darajasi 40% ga teng bo‘lib, 
1970 yilga kelib bu ko‘rsatkich 8-10 %ga, 1990 yilga kelib esa 6,3% ga qisqardi. 
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda import bojxona tarifining o‘rtacha 
tortilgan darajasi Jahon savdo tashkiloti a’zolari uchun 3,8% ni, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda esa 15,5% ni tashkil etadi
10
.
Shu bilan birga, tashqi savdoni tartibga solish jarayonida amalda qo‘llaniladigan 
kvotalar, litsenziyalar va boshqa shakldagi tarifsiz cheklovchi to‘siqlarning 
ahamiyati ortib bormoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, xalqaro savdoni yanada 
erkinlashtirish jarayonlari aniq emas, chunki ular rivojlanayotgan mamlakatlar va 
o‘tish davri iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun ma’lum darajada xavf 
tug‘diradi. Shu sababli ular milliy iqtisodiyotning rivojlanish muammosini hal 
qilish uchun yetakchi iqtisodiy kuchlar bilan farqni kamaytirish uchun 
proteksionistik chora-tadbirlardan oqilona foydalanish kerak.
Iqtisodiy globallashuvdagi liderlik o‘rniga moliya sektori asosiy da’vogar bo‘lib, 
uning xalqaro darajada jadal rivojlanishi muayyan muammolar va ziddiyatlar bilan 
bog‘liq. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida “moliyaviy makon” tushunchasi paydo 
bo‘ldi. Bu asosan quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
 
iqtisodiy birjalarni mustahkamlash (TMKlar faoliyati, investitsiyalarni 
rivojlantirish);
 
valyuta bozorlari orqali katta miqdorda pul o‘tkazish, transmilliy bitimlar 
tuzish va bir davlatdan tashqarida mulkiy huquqlarni amalga oshirish;
 
moliyaviy sektorning real sektordan o‘zib ketishi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalar hajmining jahon savdosiga nisbatan tez ortib borishi;
 
valyuta va moliya bozorlaridagi bitimlar hajmining xalqaro savdo hajmidan 
ortib ketishi va hakazo.


23 
O’tgan asrning oxirgi o‘n yilligining boshida xalqaro kapital transfertlari kuniga 
1,3 trln. $ dan oshib ketdi, bu esa 130 yil davomida taxminan 20 barobar o‘sishni 
anglatdi.
Bu davrda yillik valyuta savdosi 400 trillion $ dan oshib, jahon savdosi yillik 
hajmining deyarli 80 barobarini tashkil etdi. Oxirgi ikki o‘n yil mobaynida bu 
ko‘rsatkich 40 barobarga o‘sdi. Bunday operatsiyalarga xizmat ko‘rsatishda eng 
yangi aloqa va axborot tizimlaridan foydalaniladi.
Jahon moliyaviy oqimlarining salmoqli qismi tovar va xizmatlarning xalqaro 
harakatiga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, kapitalning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalari bilan bog‘liq. Butun dunyo bo‘ylab harakatlanayotgan kapitalning 
bu qismini turli shakllarda erkinlashtirish iqtisodiyotda yaxshi samara berdi, 
ko‘plab milliy iqtisodiyotlarga va jahon iqtisodiy munosabatlari tizimiga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatdi. Bu hodisalarning barchasi moliyaviy globallashuvning jadal 
rivojlanayotganligini ko‘rsatadi va u quyidagi ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi 
(1.5-rasm).
1.5-rasm. Moliyaviy globallashuvning asosiy ko‘rsatkichlari
12


24 
II. BOB. Globallashuvni O’zbekistonga ta’siri 
2.1. O‘zbekiston Respublikasining jahon xo‘jaligi tizimiga iqtisodiy 
integratsiyalashuvi yo‘nalishlari
Jahon xo'jaligi globallashuvining zamonaviy bosqichida O‘zbekiston ijtimoiy-
iqtisodiy hayotini erkinlashtirish sharoitda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv 
jarayonlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishning ustuvor yo'nalishlarida kuch-
g‘ayratni jamlash zaruriyati yuzaga keldi. Yetakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy, 
va gumanitar tashkilotlar, ilg‘or Yevropa mamlakatlari va AQSh, Osiyo qit’asi 
davlatlari, MDH mamlakatlari va ayniqsa, Rossiya, shuningdek Markaziy Osiyo 
davlatlari bilan xamkorlikni mustahkamlash ana shunday yo‘nalish hisoblanadi.
O‘zbekiston milliy iqgisodiyotining jahon xo‘jalik tizimiga chuqur 
integratsiyalashuvi muammolarini hal qilish uchun respublikaning eksport 
salohiyatini ancha mustahkamlash, eksport qilinayotgan tayyor mahsulotlar 
assortimenti hajmini va turini oshirish va kengaytirish, mamlakatning jahon 
bozoridan o ‘rin olishini faol mustahkamlash zarur. Hozirgi vaqtda amal qilayotgan 
rag‘batlantirishlar va imtiyozlar bilan birga, milliy ishlab chiqarishning eksportga 
yo‘naltirilganligini kuchaytirish, import qilinadigan mahsulotlaming o‘mini 
bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni oqilona asoslangan holda rivojlantirish 
bilan uyg‘un ravishda yakuniy mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qiiishni 
rag‘bailantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish muhimdir. 
Yuqorida aytib o ‘tiiganlardan kelib chiqqan xolda, nazarimizda, 
davlatlararo iqtisodiy integratsiya - iqtisodiy rivojlanish darajasi birbiriga yaqin 
bo‘lgan davlatlar birlashisnining ob'ektiv jarayonidir. U faqat tegishli mamlakatlar 
tashqi savdosi sohasi, ularning bozor aloqalarinigina (xalqaro hamkorlikda bu 
ko'pincha uchrab turadi) qamrab olish bilan cheklanmay, balki mazkur 
mamlakatlar moddiy ishlab chiqarishi sohasiga chuqur kirib boradi. turli darajada 
va har xil shakllarda qayta ishlab chiqarish 
tuzilmaiarining tobora mustah kamroq 
o'zaro hamkorligiga olib keiadi. 
Jahon xo‘jalik aloqalarining moddiy-ashyoviy asoslarini u yoki bu mintaqaviy 
guruhlar yoxud ittifoqlarga birlashgan mamlakatlaming integratsiyaviy salohivati 
tashkil qiladi. Mamlakatning integratsion salohivati deganda, fikrimizcha, xalqaro 
iqtisodiy integratsiyaning alohida iomonlari-sub’ektlari (integratsiyalashayotgan 
mamlakatlar) amaigs oshiradigan xalqaro ishlab chiqarish-iqtisodiy hamkorlik va 
aimashuv predmeti bo'lgan milliy tabiiy, mehnat, ishlab chiqarish, moliya-kredit, 
savdo resurslari, ilmiy xodimlar va odamlarning aqliy qobiliyati majmuini 
tushunish zarur.


25 
O‘zbekistonning integratsion aloqalarini jadailashtirishga xizmat qiladigan omillar 
va sharoitlar orasidan respublika integratsion salohiyatining quyidagi aniq-ravshan 
ustunliklarini sanab o'tish mumkin, ya’ni: 
- O‘zbekistonning Yevroosiyo q it’asidagi qulay geostrategik joylashuvi; 
- yer, mineraf-xom ashvo va o'sim ’iklaming ancha katta zahirasi, shuningdek, 
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun qulay bo'lgan tengi yo'q tuproq-iqlim 
sharoitlari; 
- muhim ilmiy-ishlab chiqarish va eksport salohiyati; 
- tegishli davlatlararo koopresiyalashuv va birgalikdagi investitsiya lar mavjud 
bo'lganda ancha qisqa muddatlar ichida tayyorgarlikning yuqori darajasiga ega 
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilishga imkon beradigan yirik 
ishlab chiqarish salohiyati; 
- odamlar salohiyati, tez ko'payib borayotgan bilimli mehnat resurslari, 
shuningdek, nisbatan arzon (jahon miqyosida olib qaraganda) ish kuchi mavjudiigi; 
- rivojlangan ishlab chiqarish infratuzilmasi, birinchi navbatda respublikani 
MDHning boshqa mintaqalari bilan bog'lab turadigan, avtomobil va temir yo‘l 
magistrallari, telekommunikatsiya tizimining mavjudligi; 
- mamlakatda chet el kapitalini investitsiya qilish, o‘zaro foydali tashqi iqtisodiy 
va integratsion hamkorlikning yaxshi kafolati bo'lgan barqaror siyosat.
Yuqorida ko‘rsatilgan pozisiyalar bo'yicha milliy iqtisodiyotning ochiq bozor 
iqtisodiyotiga o'gayotgan sharoitida mamlakat integratsiyaviy salohiyatidan 
samaraliroq foydalanish uchun bu salohiyatning hozirgi holatiga baho berish kerak. 
Birinchi navbatda, bu potensialning tarkibiy qismlari bo'lgan geostrategik 
joylashuv, tabiiy-xomashyo va mehnat resurslari, shuningdek eksport imkoniyatlari 
kabilami tavsiflash lozim.
XXI asr kirib kelishi bilan jahon iqtisodiyotidagi integratsiyaviy moyillik 
juda yaqqol namoyon bo'ldi. Xalqaro mehnat taqsimoti shu darajaga yetdiki, milliy 
xo'jaliklar tobora ko'proq integratsiyalashuv xususiyatini kasb etmoqda. Bu esa 
xalqaro xo'jalik faolijatining baynalmilallashuviga olib kelayotganligi haqida 
gapirishga imkon beradi. Bu sharoitlarda o'zaro hamkorlikning an’anaviy shakllari
-xalqaro savdo, kapitallaming ko'chishi, ish kuchiniing migratsiyasi yangi, aniq 
ifodalangan institusionai shakllarga ega bo'lmoqda. 
Bir tomondan, davlatiararo mintaqaviy birlashmalar tuzilmoqda (eng yaqqol misol 
-Yevrohukumat va Yevroparlamentga ega bo'lgan Yevropa Ittifoqi), boshqa 
tomondan - o'z faoliyatining xususiyati bo'yicha ham alohida davlatlar, ham butun 
mintaqalarning hayotiga jiddiy ta’sir ko'rsatadigan yirik transmiliiy korporatsiyalar 
(TMK) keng miqyos olmoqda. Integratsiya haqida gapira turib, O'zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab o'tganlaridek: "Jahon 


26 
hamjamiyatiga integratsiyalashuv iqtisodiy jihatdan rivojlangan bozor tizimiga ega 
bo'lgan demokratik davlatlar tushunchasiga muvofiq kelgandagina mumkin bo'ladi.
Ayni paytda mamlakatmi zamonaviylashtirish uning, shubhasiz, jahon 
hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, ya’ni xalqaro mehnat taqsimotida o'zining 
munosib o'mini topishi, mintaqaviy va global xavfsizlik tizimini yaratish shartlari 
mavjud bo'lgandagina mumkin bo'ladi".
O'zbekiston Respublikasi uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va jahon iqtisodiyotiga 
integratsiyalashuv muammosi aynan bugun, rsspublikamiz davlaichiligi 
shakllanayotgan, jahon xo'jalik tizimida o'z o'mini izlayotgan bir paytda va 
sivilizatsiyalashgan demokratik jamiyat qurishda o‘ta muhim.
Eksport salohiyatini rivojlantirish O ‘zbekistonga XXI asr jahon iqtisodiyotiga xos 
bo‘lgan hamda alohida milliy iqtisodiyotlaming o'zaro bir-biri bilan bog‘liqligi va 
xo‘jalik hayotining baynamilallashuvi bilan tavsiflanuvchi globalizatsiya 
jarayonlarida faol ishtirok etish imkonini beradi.
Ko'p tomonlama xalqaro iqtisodiy, valyuta-moliyaviy va savdo tashkilotlarining 
ahamiyati milliy iqtisodiyot uchun ham, jahon iqtisodiyoti uchun ham katta 
ahamiyat kasb etadi, chunki aynan ana shu tashkilotlar shunday huquqiy makonni 
yaratishga yordam beradi, jahondagi tashqi iqtisodiy va integratsion aloqalar shu 
makon doirasida amalga oshiriladi.
O'zbekistonning BMT, YeXHT, Yel, NATO, Jahon banki, XVF, EKO, OIK, ShHT 
va boshqa tashkilotlar faoliyatida faol ishtiroki mamlakatimizga ijtimoiy-iqtisodiy 
muammoiami hal etish borasidagi jahcn tajribasidan foydalanish, muhim bo'lgan 
zamonaviy ilmiy-texnikaviy axborotlar, "nou-xau"lami. beg'araz beriladigan hujjat 
va materiallami olish imkoniyatini beradi. 
BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalari turli tarmoqlarda ko'p tomonlama 
hamkorlikni tartibga solishning tengi yo'q me’yoriy-ijodiy mexanizmi hisoblanadi. 
Valyuta-moliya va savdo muassasalari savdo hamda valyuta-kredit sohasida juda 
muhim tartibga soluvchi rolni o'ynaydi va O'zbekistonga davlat va xususiy 
investitsiyalami jalb qilishga ko'maklashadi. 
O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining negizida tashqi aloqalarda ochiqlik, 
teng huqukli va o ‘zaro manfaatli hamkorlik, o'z milliy-davlat manfaatlari 
ustunligini saklagan holda o‘zaro manfaatlami hisobga olish, umum e’tirof etilgan 
xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilish va xalqaro standartlarga bosqidima-
bosqich o ‘tish tamoyillari yotadi. 
Respublikamizning o ‘z taraqqiyot modelini takomillashtirish va joriy etishni 
ishlab chiqishda rivojlangan davlatlar tajribasini o'rganish sezilarli rol o‘ynaydi. 
Rivojlangan davlatlar tajribasini o'rganish respublikada islohotlarni yanada 
samaraliroq amalga oshirish va boshqa davlatlar yo‘l qo'ygan xatolarni 
takrorlamaslik uchun zarurdir.


27 
O‘zbekiston bozor islohotlarini amalga oshirishning asoschisi hisoblanmaydi. 
Buning juda ko‘p ijobiy tomonlari bor, zero bizning respublikamizga boshqa 
mamlakatlar yo‘l qo‘ygan xatolardan saboq olish, shu bilan birgalikda, ulaming 
yutuklarini yurtimiz shart-sharoitlaridan kelib chiqqan xolda joriy qilish imkoniyati 
beriigan. Alohida mamlakatlar rivojlanish modelidan ko'r-ko‘rona andoza olish 
kerak emas, ko'plab davlatlar tajribasini ichki shart-sharoitiarga muvofiq ravishda 
uvg‘unlashtirish zarurdir. Tashqi iqtisodiy siyosat respublikaning jahon bozoridagi 
mavqeini mustahkamlashga, uning to'lov balansini yanada yaxshilashga, qulay 
investitsiya muhitini yaratishga yo'naltirilishi kerak.
Buning uchun respublikamizda zarur shart-sharoitlar va negizlar mavjud. 
Rivojlanish va taraqqiyot yo‘liga o'tgan O'zbekiston juda ko‘p nufuzli xalqaro 
iqtisodiy hamkorlik tashkilotlarining teng huquqi a ’zosiga aylandi. Qisqa vaqt 
ichida respublikamiz Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banklar guruhi, Xalqaro 
mehnat tashkiloti (XMT), Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro 
elektraloqalari ittifoqi, Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Hududiy iqtisodiy hanido‘stlik 
tashkiloti, Bojxona hamdo‘stligi kengashi kabi mashhur xalqaro iqtisodiy va 
moliyaviy tashkilotlarga qabul qilindi.Respublikamizning Jahon savdo tashkilotiga 
a’zo bo'lib kirishi uchun faol tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Eksport tarkibini xom ashyo resurslaridan O'zbekiston uchun foydaliroq 
bo’lgan eksport ko'rinishlari: qishloq xo'jaiigi mahsulotlarini qayta ishlash orqali 
tayvorlangan tayyor mahsulotlar, yengil sanoat va ilm taiab tarmoqlar tovarlari 
eksporti yo‘nalishiga tubdan o'zgartirish kerak. 
Xom ashyoga yo‘naltirilgan eksportni saqlab turish respublika uchun istiqbolli 
emas.Paxtani esa respublikaning o‘z to'qitnachilik va vengil sanoati qudratli 
rivojlangunga qadar eksport qilish darkor.Paxta tolasi bilan emas, balki 
siviiizatsiyaiashgan mam lakatlar singari tayyor mahsulot bilan savdo qilish lozim. 
Faqat ichki bozorda emas, balki. eng aw alo, jaqon bozorida xaridorgir mahsulotlar 
ishlab chiqarishni ta’minlash bosh vazifa b o iish i kerak. Jahon bozorlarida 
allaqachon talahga ega bo‘lishga ulgurgan, kiritilgan investitsiya lami qisqa 
vaqtda-ikki-uch yilda qoplabgina qolmasdan, balki respublikamizga valyuta 
tushumlarining mustahkam manbai sifatida xizmat qiladigan eksportga 
yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlar ustuvor ravishda ri-vojlantirilishi darkor. 


28 
2.2. O ‘zbekistonda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 
chora-tadbirlar tizimi
Tashqi savdo aloqalari xalqaro hamkorlikning muhim sohalaridan biri 
bo‘lib, turli mamlakatlar bilan ilmiy-texnik, madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish ular 
o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish iqtisodiyotni faol va har tomonlama 
rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda yordam beruvchi 
vositadir.
Mamlakatimizda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, jahon bozorlariga 
yuqori sifatli tayyor mahsulotlar bilan kirib borish va mustahkam o‘rin egallash, 
eksport hajmini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Mazkur islohotlar doirasida mamlakatimizda eksport qiluvchilar faoliyatini 
rag‘batlantirish uchun qator imtiyozlar yaratib berilgan. Ushbu imtiyozlar 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
— qo'shilgan qiymat solig'iga imtiyozlar;
— aksiz solig‘iga imtiyozlar;
— daromad solig‘iga imtiyozlar; 
— mulk solig‘iga imtiyozlar.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 212-moddasiga asosan 
tovarlarni chet el valutasida eksportga realizatsiya qilish oborotiga nol darajali 
stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi, ya’ni bu eksport qilinadigan 
tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan moddiy resurslar uchun qo‘shilgan 
qiymat solig‘i summasini to‘lashdan ozod etilishini anglatadi. Quyidagilarga esa 
aksiz solig‘i solinmaydi: 
— aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan 
eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aktsiz to'lanadigan tovarlarning ayrim 
turlari mustasno;
— keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib 
ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga 
joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aktsiz 
to‘lanadigan tovarlarni topshirishga ( O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 230-
modda). 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-iyundagi PF-2613-
sonli «Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoniga muvofiq, eksportga mahsulot 
ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini kengaytirish, ularni 
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, amaldagi 
soliq imtiyozlarini tartibga solish va eksportga mo‘ljallangan raqobatdosh 


29 
mahsulot 
ishlab 
chiqarishni 
ko'paytirishga 
shunday 
imtiyozlarning 
rag‘batlantiruvchi ta ’sirini kuchaytirish maqsadida, eksport qiluvchi korxonalar 
uchun foyda solig‘i va mulk solig‘ini to‘lash tartibi umumiy sotish hajmida o‘zi 
ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valutaga sotilgan tovarlar, ishlar, 
xizmatlar eksportidagi (ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan joydan qat’i nazar) 
ulushiga bog‘liq holda quyidagicha belgilangan: 
— eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda boiganida belgilangan foyda 
solig‘i va mulk solig'i stavkalari 30 foizga kamaytiriladi;
— eksport ulushi 30 va undan ko‘proq foiz boiganida belgilangan foyda solig‘i va 
mulk solig‘i stavkalari 50 foizga kamaytiriladi. Mazkur imtiyozlar erkin 
almashtiriladigan valutaga xomashyo mahsulotlari 
— paxta tolasi, ip gazlama kalavasi, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz kondensati, 
tabiiy gaz, elektr energiyasi, qimmatbaho, rangli va qora metallar eksport qiluvchi 
savdo-vositachilik korxonalariga, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalariga tatbiq 
qilinmaydi. Mikrofirma va kichik korxonalar, o ‘zi ishlab chiqargan mahsulotlar 
eksportidan olingan xorijiy valutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod etiladi, 
tabiiy gaz eksporti va tranzitini amalga oshiruvchi korxonalar bundan mustasno. 
Ishlab chiqarish korxonalariga tovarlarini eksport qilish uchun o‘z ishlab 
chiqarish mahsulotlarini reklama qilish va tashqi bozorning marketing 
tadqiqotlarini olib borish maqsadida xorijda savdo uylari hamda vakolatxonalar 
ochishga ruxsat beriladi. Tovar konsignatsiya shartlarida, bank kafolatnomasi yoki 
siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sug‘urtalash polisini 
taqdim etmasdan eksportchi tomonidan chet eldagi korxona nomiga: 
— o‘z ishlab chiqargan mahsulot ustav jam g‘armasida eksportchining ulushi 
kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda 
yetkazib berilishi mumkin; 
— bojxonada rasmiylashtirilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida eksportchi 
shartnomalar (kontraktlar) asosida chet eldagi korxonalar nomiga olib chiqilgan 
tovarlar bo'yicha valuta tushumi tushishini yoxud ushbu tovarlarning O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga qaytarishni ta’minlaydi.
Bundan tashqari, mazkur Qarorga muvofiq, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik 
subyektlari 
tovarlarini 
eksport 
qilishga 
ixtisoslashtirilgan 
«O‘ztadbirkoreksport» tashqi savdo kompaniyasi tashkil etilgan va lining asosiy 
vazifalari etib quyidagilar belgilangan: 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ularning tovarlarini to‘g'ridan 
to'g‘ri eksport qilish shartnomalari bo‘yicha, shuningdek, xorijda tashkil etiladigan 
savdo uylari orqali sotishda ko‘maklashish;


30 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini eksport qilishga 
doir amaldagi shartnomalar garovi asosidan eksportdan oldingi moliyalashtirishni 
tashkil etish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari buyurtmalariga ko‘ra 
respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, 
butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni yetkazib berish;
- eksport mahsulotlarini sertifikatlashtirishda kichik biznes korxonalariga 
ko'maklashish, reklama tadbirlarini o‘tkazish, xalqaro yarmarkalar va 
ko‘rgazmalarni tashkil etish va qatnashish, manfaatdor kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlarini axborot va maslahat xizmatlari bilan ta’minlash. 


31 
2.3. O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat 
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan 
savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning 
eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy 
kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko‘proq tajriba orttirishga imkon beradi. 
Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo‘ladi. 
Respublikada bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan eksportni 
rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo 
muvozanatini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 
2023- yil yanvar-mart oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda 
TSA) 14,8 mlrd. AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-mart oylariga 
nisbatan 1,6 mlrd. QSH dollariga yoki 11,9 % ga ko‘paydi.


32 
Tashqi savdo aylanmasi – muayyan davr uchun mamlakat eksporti va importi 
qiymatining miqdori hisoblanadi. Tovarlarning tashqi savdo statistikasida 
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish (import) yoki O‘zbekiston 
Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish (eksport) natijasida mamlakat 
material resurslari zaxiralariga qo‘shiladigan yoki ulardan ayirib tashlanadigan 
tovarlar hisobi tashqi savdo umumiy hisob tizimi asosida yuritiladi. 
TSAda eksport hajmi 5 688,9 mln. AQSH dollariga (2022- yilning yanvar-
mart oylariga nisbatan 2,6 % ga kamaydi) va import hajmi 9 090,8 mln. AQSH 
dollariga (23,4 % ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida -3 401,9 mln. AQSH dollari 
qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi. 
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 167 mamlakati bilan savdo aloqalarini 
amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (15,9 %), 
Rossiyada (15,1 %), Qozogʻistonda (7,5 %), Turkiyada (5,6 %), Germaniyada 
(4,6%), Koreya Respublikasida (4,1 %) va Turkmanistonda (1,8 %) qayd etilgan 


33 
Shuningdek, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, 
mamlakatlarni iqtisodiy-ijtimoiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi 
aloqalarini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini ko‘rish 
mumkin. Xususan, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iz Respublikasi va Qozog‘iston 
kabi qo‘shni davlatlar bilan TSAda so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlar kuzatilyapti. 
Misol uchun, so‘nggi uch yilda TSA Tojikiston va Qozog‘iston bilan 1,2 barobarga 
oshdi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta 
davlatda ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan. Xususan, Afg‘oniston, Qirg‘iz 
Respublikasi va Tojikiston davlatlari shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar 
bilan manfiy tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent 
shahri 39,4 % ulush bilan 5 830,2 mln. AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa 
Surxondaryo viloyati 0,5 % ulush bilan 75,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.


34 
2023- yil yanvar-mart oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining 
ulushi 32,3 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2022- yilning mos 
davriga nisbatan 1,9 % ga ko‘paydi. 
Oʻzbekistonning boshqa xorijiy davlatlar bilan TSA 2023- yilning yanvar-
mart oylarida 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,9 % ga kamaydi va jami 
TSAdagi ulushi 67,7 % ni tashkil etdi.
Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023- yil 
yanvar-mart holatiga koʻra, 4 771,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan 
eksport 1 695,5 mln. AQSH dollariga yetgan boʻlsa, import 3 076,5 mln. AQSH 
dollari qiymatida qayd etildi.
Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng 
yuqori hajmlari Rossiya (46,9 %), Qozogʻiston (23,2 %) hamda Turkmaniston (5,5 
%) davlatlari bilan qayd etildi.


35 
Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi 
savdo aylanmasi 3 759,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport hajmi 
1 112,2 mln. AQSH dollari, import hajmi esa 2 647,7 mln. AQSH dollariga yetdi. 
Shuni takidlash lozimki, YEOIIning aʼzo davlatlari (Rossiya, Belarus, 
Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iz Respublikasi) o‘rtasida tovarlar va xizmatlar 
harakati, migrantlar harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi taʼminlangan 
bo‘lib, yagona bojxona tizimiga ega bo‘lgan umumiy iqtisodiy hudud 
shakllantirilgan.


36 
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI EKSPORTI
Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga 
ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin 
yaratadi. Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini 
kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar soni 4 
049 taga yetdi va ular tomonidan 3 278,6 mln. AQSH dollari (nomonetar oltindan 
tashqari) qiymatidagi (2022- yilning mos davriga nisbatan 14,1 % ga ko‘paydi) 
tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.
Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar tashqi savdosi statistik koʻrsatkichlarini 
shakllantirishda, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda 
TIF TN) bilan birgalikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro 
standartlashgan savdo tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda – XSST) ishlatiladi.
Bu oʻz navbatida tahliliy maqsadlarda eksport va import qilinadigan tovarlarni 10 
ta katta qismga guruhlash uchun imkon beradi. Tovarlarni XSST boʻyicha 
kodlashtirish, TIF TN va XSST oʻrtasida oʻtish kalitlari yordamida amalga 
oshiriladi.


37 
MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI EKSPORTI
Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga 
katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi 
yildan-yilga ortib bormoqda.
Jumladan, 2023- yil yanvar-mart oylarida 217,6 ming tonna meva va 
sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2022- yilning mos 
davriga nisbatan 1,2 barobarga yoki 41,4 ming tonnaga kamaydi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (24,8 %), 
Pokiston (22,2 %), XXR (16,7 %), hamda Qozog‘iston (14,1 %) davlatlari 
hissasiga to‘g‘ri kelgan.
MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI EKSPORTI 2023- yil yanvar-mart 
oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 182,0 mln. AQSH 
dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning 
mos davriga nisbatan 7,5 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 3,2 % ni 
tashkil etdi.


38 
Xulosa 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro 
manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy 
tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, 
hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat 
mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, 
yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, 
respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish.
Respublika harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaslik kursiga sodiq bo'lib, o'z 
hududida xorijiy harbiy bazalar va ob'ektlarni joylashtirishga, shuningdek, 
mamlakat harbiy xizmatchilarining chet eldagi tinchlikparvarlik amaliyotlarida 
yoki harbiy mojarolarda ishtirok etishiga yo'l qo'ymaydi. O'zbekiston barcha 
qarama-qarshiliklar va nizolarni faqat tinch siyosiy yo'llar bilan hal qilish tarafdori. 
O'zbekiston davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan 
tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga 
aralashmaslik; xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish, inson huquqlarini hurmat 
qilish va himoya qilish va xalqaro huquqning boshqa umume'tirof etilgan 
tamoyilllari va normalari; xavfsizlikning bo'linmasligi, ochiqlik va pragmatizm, 
qo'shni mamlakatlar bilan har tomonlama yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini 
rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash kabi asosiy 
tamoyillarga tayangan holda tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo'lida barcha 
sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor. 
Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-
2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirish bo’ldi. 
Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir. 
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlikni 
ta’minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal etishga, shu 
jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilishga ko‘maklashishga qaratilgan. 
O‘zbekiston mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning 
transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo transchegaraviy 
daryolarining suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish hamda 
mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash, chegaralarni delimitatsiya va 
demarkatsiya qilish jarayonini yakuniga yetkazish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga 
oshiradi.


39 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi // http:// www.Lex.uz.
2. Xodiyev B.Yu. va b. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari 
va choralari» nomli asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisodiyot, 
2009.
3. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – 
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. 389 Mamlakatimizni 
2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga 
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 
yil 4 yanvar. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 104 b.
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «O’zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi 
Farmoni // O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son, 70-
modda, 20-son, 354-modda, 23-son, 448-modda, 37- son, 982-modda. 
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi «Bandlik 
sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati 
samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni // Xalq 
so’zi, 2017-yil 25-may. 
6.
Xankeldiyeva G.Sh. “Global iqtisodiy rivojlanish” o’quv qo’llanma 
7. B.E.MAMARAHIMOV “Global iqtisodiy rivojlanish” o’quv qo’llanma 
1. 
http://fayllar.org/
2. 
http://arxiv.uz/
3. 
http://ziyonet.uz/ru
4. 
http://stat.uz/
5. 
http://aim.uz/

Download 2.05 Mb.




Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish