• MUNDARIJA KIRISH
  • SANOAT TARMOQLARIDA RESURSLAR TEJAMKORLIGINI TA’MINLASH YO’NALISHLARI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
  • «iqtisodiyot» kafedrasi




    Download 0.51 Mb.
    bet1/9
    Sana22.06.2023
    Hajmi0.51 Mb.
    #75137
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Farg’ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv
    portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

    ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV


    FAKULTETI

    «IQTISODIYOT» KAFEDRASI





    “Mikroiqtisodiyot” fanidan


    KURS ISHI
    Mavzu: Korxonalarda resurs tejamkorligini oshirish yo’nalishlari

    Bajardi: 3-kurs C 23-19 I guruh talabasi Muxtorov Iqboljon


    Ilmiy rahbar: N.M.Ismailov


    MUNDARIJA
    KIRISH

    1. IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH VA MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SANOAT KORXONALARIDA RESURS TEJAMKORLIGINI TA’MINLASHNING NAZARIY ASOSLARI




    1. SANOAT KORXONALARIDA RESURS TEJAMKORLIGIGA ERISHISH VA XARAJATLARNI OPTIMALLASHTIRISH DARAJASI TAHLILI




    1. SANOAT TARMOQLARIDA RESURSLAR TEJAMKORLIGINI TA’MINLASH YO’NALISHLARI

    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

    KIRISH




    Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizning O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436 hamda 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risidagi PQ-916-sonli qarorlari yurtimizda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarida resurs tejamkorligini ta’minlash, bu yo’nalishda innovatsiya sohasiga qaratilayotgan etiborni yanada kuchaytirdi.
    O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek:
    «...iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo’yicha maqsadli loyixalarni amalga oshirish bilan bog’liq»1.
    Agar, bu xil vazifalar dunyodagi barcha mamlakatlarning iqtisodiyotiga keskin ta’sir ko’rsatayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida, ya’ni dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin o’zgarib turishi xolatida amalga oshirilishini inobatga oladigan bo’lsak, raqobat muhitining keskinlashuvi sharoitida zamonaviy ishlab chiqarish sohasida innovatsiya faoliyatini kuchaytirish, uning texnik va texnologik bazasini mustahkamlash, uning sifat darajasini ko’tarish uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo’lishi lozim.
    Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g’oyalarni qo’llab- quvvatlash bo’yicha samarali mexanizmlar o’z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy muammo bo’lib qolmoqda. Shuningdek, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etishning sustligi ham iqtisodiy taraqqiyot yo’lida to’siq bo’lmoqda. Ayni



    1 I.Karimov «Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir». //Xalq so’zi. 2010 yil.30 yanv.
    paytdagi, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarini raqobatbardoshligini ta’minga qaratilmoqda. Buning uchun esa eng avvalo mahsulot va xizmatlar tannarxini pasaytirish, mavjud resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni talab etiladi. Mamlakatimiz Prezidenti SH.M.Mirziyoyev bu boradigi ishlarni tanqidiy tahlil qilgan holda quyidagilarni ta’kidlaydi:
    “Eng yomoni, istiqbolli yirik loyihalarni belgilash va amalga oshirishda jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yilgani, xorijiy kreditlar samarasiz ishlarga sarflangani iqtisodiyot rivojiga xalaqit bermoqda. Masalan, mamlakatimizda 25 yil davomida olingan kreditlarning aksariyati yetarlicha iqtisodiy samara bermaganini turli ekspert va mutaxassislar ochiq tan olmoqda. Misol uchun, Qoraqalpog’istonda barpo etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi kutilgan iqtisodiy foydani bermayapti. Moliya vazirligida o’tirgan ba’zi “vallomatlar” vaqtida bu – dunyodagi eng zo’r loyiha, deb butun olamga jar solgan edi. Lekin qani natija?2

    Download 0.51 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.51 Mb.