rasm. 2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni maxalliylashtirishning xududlar kesimi bo’yicha tavsifi (bazaviy tarmoq korxonalaridan tashqari)




Download 0.51 Mb.
bet4/9
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#75137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Farg’ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

rasm. 2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni maxalliylashtirishning xududlar kesimi bo’yicha tavsifi (bazaviy tarmoq korxonalaridan tashqari).


Buning isboti sifatida 2015 yil yakunlari bo’yicha mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8 %ga, sanoat mahsulotlarining 8 %ga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 7 %ga, qurilish montaj ishlarining 18 %ga oshgani va


makroiqtisodiy barqarorlik ya’ni davlat byudjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 % profitsit bilan bajarilganini ko’rishimiz mumkin. 2015 yil yakunlariga muvofiq inflyatsiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya’ni prognoz ko’rsatkichlari doirasida bo’ldi. Iqtisodiyotning barqaror o’sish sur’atlari iste’mol talabini rag’batlantirishga doir amalga oshirilgan chora-tadbirlar bilan birga aholi ichki yalpi daromadini 17,4 foizga oshirishga yordam berdi. Bu esa chakana savdo aylanmasi hajmi 15 foiz va aholiga pullik xizmatlar ko’rsatish 10,8 foizga oshishida muhim omil bo’ldi[2]. Shuningdek, qolgan ijtimoiy- iqtisodiy ko’rsatkichlarni 2-rasmda ko’rishimiz mumkin.
Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy ko’rstakichlarni iqtisodiyotimizni yanada rivojlanishi uchun tatbiq qilinayotgan iqtisodiy dasturlar natijasi sifatida ko’rishimiz mumkin. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, yuqori texnologiyali muhim quvvatlarni ishga tushirishni jadallashtirish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini izchil rivojlantirish asosida tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirishga qaratilgan investitsiya siyosatining faol amalga oshirilishi natijasida joriy yilning birinchi choragida iqtisodiyotda o’zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2,7 milliard AQSH dollarni tashkil qildi [5] va 2014 yilga nisbatan 8,7 foizga o’sdi. 2015 yilda tayyor mahsulotlar, butlovchi qisimlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish doirasida 2015 yilning birinchi choragida 504 loyiha bo’yicha qiymati 620 milliard so’mdan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi, import o’rnini bosish bo’yicha hisoblab chiqilgan samara 260 million dollardan oshdi. Mazkur loyihalarni amalga oshirishda 430 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar, jumladan, ekskavator ehtiyot qismlari, “Damas” avtomobilining shtamplangan kuzov detallari, kompressor agregatlari ehtiyot qism va uzellari, motor moylari, gidravlika suyuqliklari, shaxta vagonchalari, yangi turdagi maishiy muzlatgich va sovutgichlar, elektr pechlar, maishiy yoritgichlar, energiya tejaydigan yorug’lik diodli chiroqlar, maishiy texnika uchun butlovchi buyumlar, velosipedlar, sport trenajyorlari va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarildi SHuningdek, bazaviy tarmoq va hududlar
korxonalari uchun mahalliy xomashyo resurslari negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi qisimlar va materiallar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalari tasdiqlangan bo’lib, unga ko’ra jami 57 turdagi tabiiy xomashyo va nodir metallar ishlab chiqarish resurslari o’zlashtirilishi belgilangan.


Islom Abdug’anievich Karimov Vazirlar Mahkamasi yig’ilishidagi ma’ruzasida amalga oshirilgan, erishilgan yutuqlarni qayd etish bilan birga, bugungi kunda davlat va jamiyat qurilishi sohasida mamlakatimiz oldida turgan ulkan vazifalar, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgan og’ir bir sharoitda iqtisodiyotimizning yanada barqaror rivojlanishini ta’minlash, uni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash kabi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi to’g’risida ham batafsil to’xtalib o’tdilar.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish Vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa eng avvalo iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur bo’ladi. SHunga ko’ra, jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab- quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etib, respublikamizda ushbu jarayon bir qator asosiy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirildi (4-rasm).
Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo’llab-quvvatlashda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutdi.
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko’lamda amalga oshirilishi raqobatdosh
mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Biroq, bu boradagi jiddiy muammo – ayrim mahsulotlarimiz tannarxining yuqori darajada qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.




  1. Download 0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



rasm. 2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni maxalliylashtirishning xududlar kesimi bo’yicha tavsifi (bazaviy tarmoq korxonalaridan tashqari)

Download 0.51 Mb.