Mavzu : Manzili va niqoblari orqali qism tarmoq manzillarini
aniqlash
Ishdan maqsad. Manzili va niqoblari orqali
qism tarmoq manzillarini
aniqlash ko`nikmalariga ega bo`lish.
Nazariy qism
IP manzil (o'qilishi (ay-pi adres) ingilizcha
Internet Protocol)-
Qurilmaning tarmoqdagi takrorlanmas virtual adresidir. Internet va lokal
tarmog'idagi qurilmalar bir-biri bilan IP protokoli orqali bir-birini IP
adreslariga ma'lumot junatish orqali aloqa qilishadi. Bu aloqaning o'ziga
yarasha qonun qoidalari bor va shu qonun
qoida asosida bir IP manzil
ikkinchi
IP
adresga
xabar(paket)
jo'natadi
va
shu
qonun
qoida
protokol deyiladi.
IP adreslarning hozirda ikki avlodi mavjud.
1. IPv4 (Internet prtocolining to'rtinchi avlodi).
2. IPv6
(Internet prtocolining oltinchi avlodi).
IPv4
adres 32 bitdan tashkil topgan bo'ladi. Bitlar ikkilik sanoq
tizimida
0 va 1 larni ifodalaydi. Demak IP manzil 32 ta 0 va 1 larning ketma-
ketligidan tashkil topgan bo'ladi. Ikkilik ko'rinishda
11111111 11111111
11111111 00000000
bunday ko'rinishda yoziladi. Biz uchun bunday
holatda o'qish qiyinchilik va tarmoqda chalkashlik xosil qiladi ya'ni eslab
qolish yoki biron bir sonni noto'g'ri kirgazish. O'zimiz uchun qulay bo'lishi
uchun o'nlik sanoq tizimiga o'tkazib foydalanamiz. 32
bitlik adreslar
sxemasida
4 mlrd dan ortiq ip larni tuzush mumkin.
IPv6— yangi avlod hisoblanib, ipv4 dan farqli ravishda keng
imkoniyatga ega. IPv6
128 bit dan tashkil topgan bo'ladi. IPv6 ning
ko'rinishi quyidagicha
fe80:0:0:0:200:f8ff: fe21:67cf.
Manzillar ikki nuqta
bilan ajratiladi. Bu ip manzillar facebook.com va shunga o'xshash mashxur
saytlarga o'rnatilgan. Biz manzillarni o'nlik sanoq tizimida ishlatganimiz
bilan tarmoq interfeyslari IP manzilni ikkilik ko'rinishi bilan ishlaydi. Shunda
IP manzilning har-biri 8 bitdan iborat bo'lgan to'rtta
oktetlardan tashkil
topgan sonlar to'plami bo'ladi. Undagi har-bir bit o'z qiymatiga ega
bo'ladi. IP manzil kiritilishini quyidagi turlari mavjud
1.
Statik
2.
Dinamik
Static ip manzillar foydalanuvchiga o'zgarmas ip manzil beradi.
Masalan sayt yoki biron bir server va hakozolarning egasi bo'lsangiz.
Dinamic ip manzillar esa o'zgaruvchan ip manzillar degani.
Bu degani ip
manzillarni boshqa kompyuterniki bilan bir xil bo'lib qolishidan
himoyalaydi. Chuqurroq kiradigan bo'lsak, masalan internet pravayderining
4000 ta foydalanuvchisi bor, lekin real vaqtda 1000ta foydalanuvchi
ishlaydi. Demak 1000 ta ip manzil
yetadi degani va tarmoq
administratorining vazifasini yengillashtiradi. Dinamic ip manzil bir martda
beriladi kompyuterning tarmoqqa qayta kirganda unga yangi ip manzil
beriladi. Bu degani, tarmoqqa
ulangan har bir kompyuter, qayta ulanishni
amalga oshirganda, har gal har xil IP manzil oladi.
IP manzillar tarmoqda foydalanishiga ko'ra ikki xil buladi.
1.global
(real,
beliy,
oq)
2.
lokal (seriy)
Lokal ip manzillar global tarmoqda ishlatilmaydi va bu ip manzillarga
global ip manzil orqali kirib bo'lmaydi va xavfsizlik ta'minlanadi. Quyida
lokal manzillarning ro'yxati keltirilgan, ular cheklangandir.
10.0.0.0
—
10.255.255.255,
172.16.0.0
—
172.31.255.255,
192.168.0.0
—
192.168.255.255
127.0.0.0 – 127.255.255.255
Tarmoq manzili ikki qismdan iborat:
tarmoq manzili va ushbu
tarmoqdagi asosiy manzil. Tarmoq maskasi - bu manzillarni ajratuvchi
bo'linadigan chiziq.
Tarmoq niqobi, tarmoqning IP-manzilida qancha bitni aniqlaydi.
Xususiy manzillarni (RFC1918) "C" sinfidagi tarmoqlardan ko'rib chiqamiz:
ular 192.168.0.0 - 192.168.255.255 oralig'ini egallaydi. Ushbu
segmentning maskasi 192.168.0.0/16.
192.168.0.0 / 16 (255.255.0.0) yozuvi tarmoq manzilini 16 bit bilan
egallagan degan ma'noni anglatadi. Agar manzil ikkilangan bo'lsa, birinchi
16 bit 192.168 ni tashkil qiladi. Bu tarmoq manzili: 192.168.0.0.
Tarmoqdagi IP-manzil: 11000000 10101000 00001010 00100010
(192.168.10.34)
Subnet maskasi: 11111111 11111111 00000000 00000000
(255.255.0.0)
Tarmoq manzili: 11000000 10101000 00000000 00000000
(192.168.0.0)
1-jadval. Firma tarmog’i maskalari strukturasi.
Topshiriq
Quyida keltirilgan ip manzil maydonlarining
manzili va niqoblari orqali
qism tarmoq manzillarini aniqlang.
1.
10.0.0.0/8------32
2.
172.16.0.0/8-----32
3.
192.168.0.0/8-----32