Moddalar sarfini olchashning zamonaviy usullari va vositalarini tahlil qilish




Download 60.72 Kb.
bet1/13
Sana01.04.2024
Hajmi60.72 Kb.
#184148
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Moddalar sarfini olchashning zamonaviy usullari va vositalarini -fayllar.org
2016 kvant, 5Практическое занятие, 098981ab6b55a7d9317c024970b18133 Ma`lumotlar bazasi Sh Nazirov, A Ne`matov, R Qobulov, N Mardonova, Календарный план, dreamweaver mx imkoniyatlaridan fojdalanib orgatuvchi dasturlar yaratish metodikasi , 8- MAVZU, 1-MA\'RUZA, javoblar varaqasi, Qobilyat va kasb, Elshod tjmo, etq mustaqil ish, Abduaziz work, Tiggo-7-Pro-price-UZ, 4. Тажриба - МТА (lot)-2022й., 2

Moddalar sarfini olchashning zamonaviy usullari va vositalarini tahlil qilish

Moddalar sarfini olchashning zamonaviy

usullari va vositalarini tahlil qilish













































KIRISH.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini oshirish
zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o‘lchash masalalarini muvaffaqiyatli hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf o‘lchash tizimlarining qo‘llanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug‘, yonilg‘i) hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha ko‘pgina texnik masalalarning hal qilinishini soddalashtiradi, jarayonning eng maqbul rejimini ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlariga bog‘liq holda tez aniqlashga imkon beradi.
Mahsulotni hisobga olish jarayonlarida moddalarning sarfi va miqdorini
o‘lchash vositalariga juda yuqori aniqlik jihatidan katta talablar qo‘yiladi.
Sarf o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o‘lchagichlar deb ataladi.
Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori modda
sarfi deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi.
Moddaning hajmiy sarfi l/s, m3/s, m3/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat
va hokazolarda o‘lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta’minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarf o‘lchagichlar deyiladi Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi.
Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va hokazo) mobaynida o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, m3) yoki massa (kg, t) birliklarida
ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi
bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi. Sanoatda keng tarqalgan sarf va miqdor o‘lchagichlar ishlash prinsipi va tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug‘
va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1) bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar; 2) bosim farqi o‘zgarmas sarf
o‘lchagichlar; 3) tezlik bosimi sarf o‘lchagichlari; 4) o‘zgaruvchan sathli sarf
o‘lchagichlar; 5) induksion sarf o‘lchagichlar; 6) ultratovush sarf o‘lchagichlar; 7)
kalorimetrik (issiqlik) sarf o‘lchagichlar; 8) ionli sarf o‘lchagichlar.
O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut ,bug‘,
gaz va hokazolarni o‘lchagichlariga bo‘linadi.
Suyuqlik va gazlarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi asosiy
guruhlarga bo‘linadi:
1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3) vazn hisoblagichlari.
Quyida texnologik jarayonlarni nazorat qilishda keng tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan.


Download 60.72 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 60.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moddalar sarfini olchashning zamonaviy usullari va vositalarini tahlil qilish

Download 60.72 Kb.