Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
 
 
 
A.V. VAHOBOV, N.F. ISHONQULOV, A.T. IBROHIMOV
 
 
 
 
MOLIYAVIY VA 
BOSHQARUV TAHLILI
 
 
 
 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
sifatida tavsiya etilgan 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent 
«IQTISOD-MOLIYA» 
2013 



UO‘K: 336 (075) 
К
B
К
: 65.261 
V-13 
 
Taqrizchilar
:
M.Q. Pardayev
– i.f.d., professor; 
E.A. Akramov
– i.f.d., professor 
Moliyaviy va boshqaruv tahlili /
Darslik: A.V. Vahobov, N.F. Ishonqulov, A.T. Ibrohimov; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent moliya instituti. – 3-
qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashri. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2013. – 600 b.
Bugungi kunda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga 
asoslanib oliy ta’lim sohasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yangi, zamonaviy 
darsliklarni yaratish, o‘quv jarayonlarida yangi pedagogik texnologiyalarni, uslublarni qo‘llash, 
ayniqsa, talabalarni o‘z ustida mustaqil ish olib borishi uchun erkin fikrlashga o‘rgatishga 
mo‘ljallangan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish muhim masala bo‘lib qolmoqda. 
Mazkur darslik iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va liberallashtirish sharoitidagi 
talablardan kelib chiqib tayyorlangan.
«Moliyaviy va boshqaruv tahlili» fanini o‘qitish, uning mazmunini respublikamizda amal 
qilayotgan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonun va boshqa qonunlar, normativ hujjatlar 
talablaridan kelib chiqqan holda tubdan yangilashni taqozo etmoqda. Bu yangi o‘zgarishlarni 
nazarda tutib, mualliflar oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» fani 
dasturiga asoslanib, ushbu darslikni yaratdilar. Darslikning birinchi bo‘limida iqtisodiy tahlilning 
fan sifatida tashkil topishi va rivojlanish tarixi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida 
iqtisodiy tahlilning maqsadi, vazifasi, tahlil etish metodi, iqtisodiy tahlilni tashkil etish 
bosqichlari, tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari va ularga qo‘yiladigan talablar 
o‘rganilgan. 
Darslikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobotlarini moliyaviy va 
boshqaruv tahlil qilish uslublari keltirilgan bo‘lib, talaba har bir mavzuni o‘rganganidan so‘ng 
mazkur mavzuga tegishli tayanch iboralarga, takrorlash uchun berilgan savollarga javob 
berishlari, bilimini mustahkamlash uchun berilgan topshiriqlarni mustaqil ravishda yechishi 
hamda mavzuga oid testlarga javob berishlari mumkin bo‘ladi. 
Mazkur darslikda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilishning 
metodik asoslari, korxonalarni boshqarishda boshqaruv tahlili ma’lumotlariga ko‘proq tayangan 
holda faoliyat yuritish maqsadga muvofiq bo‘lishi hamda ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘llarini ko‘rsatib berishning uslubiyati amaliy 
ma’lumotlar asosida tahlil qilib chiqilgan va ularning mazmuni ko‘rsatib berilgan. 
Darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari, professor-o‘qituvchilar va katta ilmiy xodim-
izlanuvchilar, menejerlar, moliyachilar, soliqchilar, bank xodimlari, qimmatli qog‘ozlar va 
sarmoyalar bozori ishtirokchilari, buxgalterlar, auditorlar hamda boshqa iqtisodchi mutaxassislar 
uchun mo‘ljallangan.

Download 2,53 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish