• GURUH: 131-21 RAQAMLI IQTISODIYOT YONALISHI BAJARDI: BOBOBEKOV FIRDAVS TEKSHIRDI: ISAYEVA NARGIZA TOSHKENT-2023 REJA
  • 1. Xususiy korxonalarning mohiyati va respublika iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati.............................................5
  • 4. O’zbekiston Respublikasida xususiy korxonalarning rivojlanish denamikasi tahlili va ular faoliyatini takomillashtirish yo’llari......................................................24
  • KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti individual loyiha




    Download 48.19 Kb.
    bet1/5
    Sana05.03.2024
    Hajmi48.19 Kb.
    #167004
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    individual loyiha
    Alibaba, Бухг хисоби тамойиллари ўзб 200 тест, EvaS 5-amaliy, Makro Iqtisodiyot (maruza) 1-dedline, 1. Iqtisodiyot fanining predmeti, uslubi va vazifalari Ehtiyojla, burhonnnn, Algoritmlar


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    INDIVIDUAL LOYIHA
    MAVZU: MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING TASHKILIY-IQTISODIY ASOSLARI
    PATOK-CP006
    4-VARIANT
    GURUH: 131-21 ''RAQAMLI IQTISODIYOT'' YO'NALISHI
    BAJARDI: BOBOBEKOV FIRDAVS
    TEKSHIRDI: ISAYEVA NARGIZA


    TOSHKENT-2023
    REJA


    Kirish...................................................................3
    1. Xususiy korxonalarning mohiyati va respublika iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati.............................................5


    2. Xususiy korxonalarning tashkiliy-huquqiy asoslari...........................................15


    3. Xususiy korxona faoliyatining iqtisodiy asoslari...........................................20


    4. O’zbekiston Respublikasida xususiy korxonalarning rivojlanish denamikasi tahlili va ular faoliyatini takomillashtirish yo’llari......................................................24


    Xulosa............................................................33


    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.........................................34


    KIRISH
    Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bugungi kunda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik faoliyati asosiy o’rinni egallaydi.Tadbirkorlikning ahamiyatini to’iq anglagan holda bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash,tadbirkorlarning huquqlari poymol etilishiga yo’l qo’ymaslik,ularning erkin faoliyat yuritishiga to’sqinlik qiluvchi turli xildagi buyrokratik to’siqlarni olib tashlash uchun chora-tadbirlar rejasi tuzilib, tizimli ishlar olib borilmoqda.Muxtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 7-fevralda e’lon qilingan farmoni asosida “2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Unga ko’ra “ Xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, barcha turdagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivojiga to‘liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi” degan prinsipni amalga oshirish”belgilab qo’yildi. Mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlikni jadal
    rivojlantirish borasida qator ijobiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda.
    O’z o’rnida, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish borasida ham qonunchilikda muhim qarorlar qabul qilinib, davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yishni avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Bu esa aholi hamda xorijiy sarmoyadorlarning o’z shaxsiy biznesini yo’lga qo’yish va rivojlantirish uchun muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.Olib borilgan ishlar qisqa muddatda o’z samarasini ko’rsata boshladi. Bugungi kunda O’zbekistonda mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxona va tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib bormoqda.bu korxonalar orasida chet el kapiatali asosida ish yuritayotganlari ham bor. Birgina raqmlarga to’xtaladigan bo’lsak,” 2018 yilning yanvar-dekabr oyida Respublikada 55,0 mingtaga yaqin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan14,0 mingtaga ko’pdir. Natijada, faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni o’tgan yilning shu davriga solishtirilganda 38,0 mingta (13,3 %) ga o’sgan hamda ularning umumiy soni 323,5 mingtani tashkil etgan1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, xo`jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste`mol bozorini to`ldirish bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiy maqsadlarni ham ta`minlamoqda.
    Mustaqillik yillarida O'zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo'lgan xususiy
    mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini
    qayd etish zarur. O'rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini
    barqaror yuksaltirish, yangi ish o'rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning
    muhim omili bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish
    bo'yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar
    yaratilmoqda.Tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bugungi jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotida mamlakat ertangi kunida yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlashning asosiy sharti bo’lib qolmoqda. Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish davr talabiga aylanib borayotgan bir davrda kichik biznes va xususiy korxonalarni tashkil qilishning tashkiliyhuquqiy asoslari, muammolarni bartaraf qilish yo‘llarini bilish talab etiladi.

    Download 48.19 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 48.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti individual loyiha

    Download 48.19 Kb.