• 3.MS VISIO dasturi yordamida multimediya fayllarini yaratish taxrirlash va qayta ishlash. tayanch tushunchalar
  • Multimediali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar Reja: Multimediya tizimlari




    Download 25.62 Kb.
    Sana15.03.2023
    Hajmi25.62 Kb.
    #45601
    Bog'liq
    4. Multimediali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar Reja Multimedi
    Информаика укитишнинг асосий дидактик тамойиллар, 2-Mustaqil ish topshiriqlari, Простой Python просто с нуля (2019), Elektron talim muhitida videokontentlarn (1), butun haqiqiy tur, misol11a1, 9, 4. Ташков Восстанавливаем данные на 100%, CMS tizimlari fan dasturi, 1, 2., 2, 10, 3- amaliy mashg‘uloti Mavzu , Avaliy mashgulot

    Multimediali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar
    Reja:
    1. Multimediya tizimlari, ularda fayllarni yaratish (tovush, matn, animatsiya).
    2. Unigraphics dasturida multimediya fayllarini qayta ishlash. AdodeFlash dasturi texnik tizimdagi fayllarni dasturda taqdim etish va saytlarda, multimediya komplekslarida qo‘llash.
    3.MS VISIO dasturi yordamida multimediya fayllarini yaratish taxrirlash va qayta ishlash.


    tayanch tushunchalar: prezentasiyalar, animasion roliklar, o’yinlar, videoilovalar, multimediali galereyalar, audioilovalar, web uchun ilovalar. 
    Multimediali texnologiya (multi – ko’p, media – muhit) bir vaqtning o’zida ma’lu-mot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animasiya, videotasvir va ovoz. Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta’sir o’tkaza olishga qodirligi hisoblanadi.
    So’nggi yillar davomida ko’plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o’rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar. Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar). Ma’ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko’rgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qo’llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproyektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo’lishi ma’ruzachi nutqini ovoz, video va animasiya jo’rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o’zida mujassam qilgan ko’rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi.
    Endi bir savol tug’iladi- taqdimot nima uchun samarali? Biz bunga quyidagicha javob beramiz. So’nggi o’n yillik dunyoda kompyuter revolyusiyasi davri bo’ldi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o’zgaruvchan dinamik turi bo’lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e’tiborini tortish, qiziqtirish uchun ma’lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to’g’risida savol tug’iladi. Ma’lumki, inson ma’lumotning ko’p qismini ko’rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnolo-giyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animasiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
    Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya’ni interfaol bo’lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma’lumotni to’g’ridan-to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho’ziladigan audio va video yozuvlar, animasiya va uch o’lchamli grafikalarni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, ko’paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi.
    Multimediali vositalarni tasniflashda bir nechta yondashuvlar mavjud. Ko’p hollarda ular funksional yoki uslubiy maqsadi (vazifalari) bo’yicha tasniflanadi.
    Multimediali o’quv vositalarini funksional maqsadlari bo’yicha tasniflash
    Ta’lim beruvchi o’quv axborotini taqdim etadi va o’quvchi egallagan bilimi,
    imkoniyatlari va qiziqishlariga muvofiq ta’lim olishini yo’naltiradi;

    Tashxis vositalari o’quvchining ongi va tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun mo’ljallangan;


    Jihozlar, dasturiy vositalar ishlab chiqish, o’quv-uslubiy materiallarni tayyorlash uchun mo’ljallangan;
    Fanga yo’naltirilgan, modellashtirish uchun mo’ljallangan;
    Boshqaruv vositalari, ishni bajarish jarayonida o’quvchilar faoliyatini boshqarish uchun mo’ljallangan;
    Ma’muriy vositalari, ta’lim jarayonini tashkil etish, hujjat tayyorlash va
    almashish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan;
    O’yin vositalari, turli xil o’yin va o’yinli o’quv faoliyatlarini ta’minlaydi.
    . Multimediya tizimlari, ularda fayllarni yaratish (tovush, matn, animatsiya).
    2. Unigraphics dasturida multimediya fayllarini qayta ishlash. AdodeFlash dasturi texnik tizimdagi fayllarni dasturda taqdim etish va saytlarda, multimediya komplekslarida qo‘llash.

    3.MS VISIO dasturi yordamida multimediya fayllarini yaratish taxrirlash va qayta ishlash.

    Tovushlar va videoelementlar (video) bilan ishlash multimedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan komputer multimedia - kompyuter deb ataladi.

    Multimedia atamasining lug’aviy ma’nosi multimuhitni anglatadi. Ammo multimedia tushunchasining aniq ta’rifi mavjud emas. Odatda multimedia deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu avvalo tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan birga multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham multimedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan holi emas.


    Informatsion ta’minotda multimedia.


    Multimedia printsiplarida qurilgan elektron ma’lumotnomalar (spravochnik), entsiklopediyalar, tarjimonlar va lug’atlar kishini hayratga soladi. Tarix, geografiya, tibbiyot (meditsina), sport va boshqa sohalar bo’yicha turli entsiklopediyalar bor.

    Ta’lim sohasida multimedia.


    Ma’lumki, ma’ruzani talabalarning 25% iga yaqini o’zlashtiradi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bir vaqtning o’zida ham ma’ruzani eshitish, ham materialni kompyuter ekranida ko’rish va uni ekranga chiqarishni faol boshqarish o’zlashtirish sifatini oshiradi. Hozir multimedia o’quv dasturlaridan Math CAD, PLUS 6.0 kabi kuchli dastur mahsulotlari tarkibida foydalaniladi. Multimedia texnologiyalaridan foydalanadigan etarlicha jiddiy dasturlar hozircha yo’q. Asosiy muammo - professor-o’qituvchilarning multimedia imkoniyatlarini yaxshi biladigan programmistlar bilan birgalikda ishlashining tashkil etilmaganidir. Bunday o’quv dasturlarini ishlab chiqish va oliy o’quv yurtlarida keng tarqatish lozim.

    Dasturlash texnologiyasida multimedia


    Bu zamonaviy dastur mahsulotlarini yaratishdagi yangi texnologiyadir. Bu professional bo’lmagan foydalanuvchini muloqot tavsiyanomalari, chiroyli tasvirlar, sintezlangan tovushlar, musiqa tovushlari, dinamik grafika-ning turli samaralari kabi dastur ob’ektlarini dasturlashtirishdek murakkab ishdan ozod qiladi.

    Multimediaga mansub texnik vositalar mos ma’lumotni, masalan, tovush va videoelementlarni, taqlidli, uzluksiz shakldan kompyuter tushunadigan raqamli shaklga o’tkazadi. Shu bilan birga saqlangan va qayta ishlangan mos ma’lumotni inson adekvat qabul qila olishi uchun multimedia qiziqtirayotgan raqamlardan zarur obrazlar, masalan tovush va videoelementlar yaratadi.

    Multimedia - kompyuterlarning zaruriy elementi, tovushni qayta ishlovchi tovush platasidir. Tovush platasiga, tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka tinglagichlar, hamda audio ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofonlar ulanadi. Tovush platasiga shuningdek magnitofon, elektr musiqa qurollari kabi boshqa audiokomplektlar ham ulanishi mumkin.

    Video bilan to’laqonli ishlash uchun videoma’lumotni kompyuterga mos shaklga va asliga qaytaruvchi moslama - videokarta zarur. Unga videoka-mera, videomagnitofon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin. Ammo videoshakllarni kompyuterda qayta ishlash bilan odatda tor doiradagi mutaxassislar shug’ullanadi xolos. Aksariyat foydalanuvchilar uchun videoelementlarni monitorda ifodalay olish etarli bo’ladi. Bunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy kompyuterda mavjud bo’lgan videoadapter va monitor etarlidir.

    Tovushli (audio) va ayniqsa videoma’lumotni kompyuterda saqlash uchun taqqoslaganda nihoyatda kichik sig’imlar kerak bo’ladi. Shu bois multimedia sifatiga ega bo’lgan dasturiy mahsulotlar (o’quv qo’llanmalari, ma’lumotnoma, entsiklopediya, hordiq chiqarishga mo’ljallangan turli dasturlar) odatda kompakt disklarda tarqatiladi. Bunday mahsulotlardan foydalana olishimiz uchun CD-ROM deb ataladigan jamlovchi zarur bo’ladi. U bo’lmasa kompyuterni muhokama etilayotgan ma’nodagi imkoniyatlari, kompyuter o’yinlari bilan chegaralanadi.

    Tovush va video bilan ishlashni istagan foydalanuvchilar multimedia mahsulotlari kompyuter ma’lumotlari uchun mo’ljallangan doimiy xotiraga hamda SHKning mikroprotsessori, operativ xotirasi va videotizimga yuqori talablarni qo’yishini bilishlari lozim. Bunday yuqori sifatlar ayniqsa videoma’lumotlar bilan ishlashda zarurdir. Tabiiyki kelajakda bu yo’nalishdagi talablar yanada ortadi.

    Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari keng ekranli videoma’lumotlarni to’laqonli tasvirlash uchun etarli bo’lmagani uchun bu ma’lumotlarni zichlashtirishga majbur bo’ladilar. Bu amal oddiy ma’lumotlarni zichlashtirishdan farqli o’laroq, mos ma’lumotning to’laqonligini yo’qotadi. Videomagnitofonlarni zichlashtirish uchun texnik hamda dasturiy vositalar mavjud audioma’lumotlarni ham zichlashtirish mumkin, mos hajmlar katta bo’lmagani uchun bu amal unchalik dolzarb emas.

    Tovush va video bilan ishlashga mo’ljallangan bir qator dasturiy vositalar mavjud.

    CD Plaer dasturi vositasida tovushli kompakt disklarni tinglash mumkin. CD-ROM turidagi jamlovchilarni yaratilishidan avval kuy, musiqiy va tovushli kompozitsiyalar kabi asarlar yozilgan kompakt disklar CD-ifodalovchi vositasida tinglanar edi. Hozirgi vaqtda o’zimiz yoqtiradigan musiqiy asarni asosiy ishimizdan chetlashmagan holda, bevosita kompyuterlarning o’zida tinglashimiz mumkin. Buning uchun kompakt disk jamlovchiga (disk yurituvchi) o’rnatiladi va Play klavishasi bosiladi. Tovush balandligi yuzadagi paneldagi o’rnatuvchi bilan boshqariladi. Bunday o’rnatuvchi bo’lmagan holda dasturiy vositalardan foydalanishga to’g’ri keladi. Yana yuzadagi panelda tovush platasi va akustik tizimdan yakka holda foydalanishga rejalashtirilgan maxsus tinglovchi moslama ulagichi mavjud bo’lishi mumkin. Tovush tinglashdagi minimal funktsiyalarni ta’minlovchi boshqa tugmalar yuzadagi panelda joylashgan, ulardagi belgilar standartlashgan bo’ladi va siz ular bilan quyida tanishasiz.

    Tovushli kompakt disklarni tinglashda kengroq imkoniyatlarni WINDOWS 95 turkumiga kiradigan CD Plaer lazerli dasturi yaratadi. Ushbu opreatsion tizim shunday tashkil etilganki, undagi CD Plaer dasturi o’ta xayrixohlik bilan o’z xizmatlarini taklif etadi va kompakt disk o’rnatilishi bilan muttasil tarzda faollanib boradi. Bu esa maxsus choralar ko’rmasdan faqat texnik vositalar bilan chegaralanganda tinglash imkonidan mahrum etadi. Maxsus choralardan biri kompakt disk o’rnatilishi bilan Shift kla-vishasiga bosish zaruratidan iborat. WINDOWS 95 audio kompakt disklarni kompyuter disklari kabi qabul qiladi. Bunday sifat uchun aniqrog’i Autoplay funktsiyasi uchun tizim mualliflaridan minnatdor bo’lishimiz lozim. Agar CD Plaer dasturi ishga tushirilgan bo’lsa, zaruratiga ko’ra uni yopish kerak bo’ladi.

    CD Plaer dasturini bosh tavsiyanomadan bevosita ishga tushirish esa Programmi /Standartnie multimedia Lazerniy proigrovatel Programs Accessories Multimedia CDPlaer buyrug’i bilan amalga oshiriladi.
    Maksimal tarzdagi boshqarish imkoniyatlari va ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlagan CD Plaer darchasi CD ifodalovchining birlamchi panelini eslatadi. Uning dasturiy taqlidchisi oddiy CD ifodalovchiga nihoyatda yaqin. Bu dastur darchasining tuzilishi tavsiyanomaning View (Vid) bandidagi buyruqlar turkumi bilan belgilanadi.

    CD Plaer dasturini funktsional imkoniyatlari bo’yicha o’ta zamonaviy, keng ko’lamli kompakt disklarni ifodalovchisi bilan taqqoslash mumkin.

    Kompakt disklarni tinglash uchun amalda har qanday CD ifodalovchida mavjud tugmalar mazmunini aniqlab olishimiz zarur:

    Play (Vosproizvedenie)- kompakt diskning boshidan yoki Pause (Pauza) klavishasini bosishdan to’xtatilgan joyidan boshlab tinglash;

    Pause (Pauza)-kompakt diskni ifodalashda rejali uzilish. Rejani davom ettirish uchun shu tugmani qayta bosish kerak yoki Play (Vosproizvedenie) klavishasini bossa ham bo’ladi;

    Stop (Stop)- ifodalashni to’xtatish. Bu holda Play (Vosproizvedenie) klavishasi bosilsa disk boshidan ifodalanadi;

    Eject (Izvlech)- kompakt diskni CD-ROM jamlovchidan chiqarish yoki teskarisini joylashtirish. Ba’zi jamlovchilargina kompakt disklarni joylash-tirish va chiqarishni dasturiy ta’minlaydi;
    Previous Track (Predidushaya zapis)- avvalgi asarga o’tish. Ammo bu tugma ilk bor bosilganda ifodalanayotgan asarning boshiga siljishi sodir bo’ladi;

    Next track (Sleduyushaya zapis) - keyingi asarga o’tish;


    Skip Backwodrs (Peremotka nazad)- kompakt diskni teskariga \altaklash (aylantirish);
    Skip Forwodrs (Peremotka vpered)- kompakt diskni oldiniga g’altaklash (aylantirish);
    Tasvirlangan bu tugmalarni bosish sichqonchaning faol klavishasini mos holatda bosish bilan amalga oshiriladi. Ammo oxirgi ikkita g’altaklash tugmalarini ishlatganda jarayon tugamaguncha barmoqni sichqonchaning klavishasida bosilgan holda saqlab turish lozim. Odatda jamlovchining holatiga ko’ra muayyan tugmani bosish imkoni belgilangan bo’ladi. Tinglanadigan asarni almashtirish Play yoki Pause holatida amalga oshirilishi mumkin. Asarlarni almashtirish ketma-ket tarzda amalga oshirilishi ham mumkin. Aslida bunday almashtirishlarni diskret almashtirish deb atasa bo’ladi. Ifodalash, asarni almashtirish va g’altaklash jarayonlarini kuzatishda vaqt indikatori va ma’lumotlar zonasi ko’maklashadi.
    Shu kabi, ammo biroz cheklangan tugmalar majmui CD-ROM jamlovchisining yuza panelida joylashgan bo’lib, ular kompakt disklarni CD Plaer dasturisiz tinglaganda ishlatiladi. Bu dastur ishlatilganda real tugmalarni unutsa ham bo’ladi.
    Vaqt indikatori :
    - muayyan asarni tinglashga ketgan vaqtni (Track time Elepsed-Proshlo vremeni (zapis));
    - tinglanayotgan asarning tugashigacha qolgan vaqtni (Track time Remaining-Ostalos vremeni (zapis));
    - kompakt diskni tinglab bo’lish uchun qolgan vaqtni (Disc Time Remaining-Ostalos vremeni (disk) ko’rsatib turishi mumkin.
    Keltirilgan birinchi va ikkinchi holatlarda qo’shimcha tarzda tanlangan asarning tartib raqami ham ko’rsatiladi (raqamlash birdan boshlanadi). Vaqt indikatorining holatini o’zgartirish uchun tavsiyanomaning View (Vid) bandi yoki qurollar paneli-ning mos tugmalaridan foydalanish mumkin. O’z vaqtida bu tugmalarni tavsiyanomaning View (Vid) bandidagi Panel instrumentov (Instrumentlar paneli) buyrug’i bilan mos satrga chiqarsa bo’lad
    CD Plaer dasturining darchasida ma’lumotlar zonasi mavjudligini tavsiyanomaning View (Vid) bandidagi Disc Track info (Svedenie o diske i zapisi) buyrug’i ta’minlaydi. Bu zonada:
    - ijrochining nomi (Artist-Ispolnitel);
    - kompakt diskning nomi (Title-Nazvanie);
    - asarning nomi va tartib raqami (Track-Zapis)

    aks ettiriladi.


    Agar siz avvaldan asarlar ro’yxatini tuzmagan bo’lsangiz, ma’lumotlar zonasidan faqat foydalanilayotgan jamlovchining nomi va asarning raqami aniqlashingiz mumkin.
    Kompyuterda bir nechta CD-ROM jamlovchilari mavjud bo’lganda, ulardan biriga Artist (Ispolnitel) nomli ro’yxatdan murojaat qilish mumkin.
    Track (Zapis) ruyo’ati unga kiritilgan ixtiyoriy asarni tezda topish va tinglash imkonini beradi. Bu ro’yxat siz tomondan maxsus tuzilgan bo’lmasa, unda kompakt diskdagi barcha asarlar yozilgan bo’ladi.
    CD Plaer dasturining qo’shimcha imkoniyatlari:
    -(Random Track Order-Proizvolniy poryadok)- asarlarni tasodifiy tarzda ifodalash (eshittirish)
    -(Continuous Play-Neprerivnoe vosproizvedenie) kompakt disklarni uzluksiz eshittirish - asarlarning bosh qismlarini eshittirish (Into Play-Rejim oznakomleniya);
    - eshittirish lozim bo’lgan asarlar ro’yxati va mos ketma-ketlikni belgilash.
    Bu imkoniyatlarning birinchi uchtasi tavsiyanomaning Parametrlar bandining buyruqlari yoki «Qurollar paneli»dagi mos tugmalar vositasida amalga oshiriladi.

    Asarlar ro’yxatini shakllash uchun tavsiyanomaning Disk(Disk) bandidan Edit Play List (Opisanie diska) buyru\idan foydalaniladi yoki bir xil nomli tugma bosiladi. Natijada muloqot darchasi ochiladi.


    Bu muloqot darchasida quyidagilarni terish lozim:
    Ijrochi (Artist-Ispolnitel) nomini ko’rsatish;
    Kompakt disk (Title-Nazvanie) nomini ko’rsatish;
    Kompakt diskdagi asarlar nomini belgilash yoki o’zgartirish.
    Kompakt diskdagi barcha asarlar ro’yxati Available Tracks (Zapisi na diske) darchasida ifodalanadi. Asar nomini belgilash yoki o’zgartirish uchun uni avval ajratish, keyin Track nn (Zapis nn) darchasida mos o’zgartirish va Set Name (Zadat nazvanie) klavishasini bosish kerak.
    Kompakt diskdagi asarlar ro’yxatini qayta ishlashni yakunlagach Play List (Spisok vosproizvedeniy) ro’yxatidan mantiqiy kompakt disk hosil qilish mumkin. Bu ro’yxatda aslida tanlanadigan asarlar mos ketma-ketlikda ko’rsatilgan bo’ladi. Play List (Spisok vosproizvedeniya) ro’yxatini o’zgartirish uchun quyidagi buyruq tugmalaridan foydalanish mumkin:
    Add (dobavit)-Abailable Tracks (Zapis na diske) ro’yhatida ajratilgan asarlar Play List (Spisok vosproizvedeniya) ro’yhatiga kiritilsin;
    Remove (Udalit)-ajratilgan asarlar Play List (Spisok vosproizvedeniya) ro’yhatidan o’chirilsin;
    Clear All (Ochistit vsyo))-Play List (Spisok vosproizvedeniya) ro’yhati kerakli tartibda shakllantirish maqsadida to’la tozalansin;
    Reset (Sbros)-Play List (Spisok vosproizvedeniya) ro’yhati asli holatida, ya’ni Abailable Tracks (Zapis na diske) ro’yhati bilan ustma-ust tushadigan holatiga keltirilsin.
    Tinglash vaqtida tovushlar balandligi, balansi va tembirini boshqarish uchun ViewControlVolume (VidGromkost) buyrugi beriladi va natijada Mikser deb ataluvchi ilova ishga tushadi. Bu dastur va parametrlarni o’rnatish uchun ishlatiladigan boshqa usullar quyida tavsiflanadi.
    CD Plaer dasturini OptionsPreferens (Parametricheskaya nastroyka) buyrugi bilan ochiladigan muloqot darchasida muvofiqlashtitrish mumkin. Muloqot darchasidagi uch buyruq quyidagicha talqin qilinadi:
    -Stop CD Playing on Exit (Zavershit vosproizvedeniya pri vhode) - dasturdan chiqish bilan kompakt diskni eshittirish to’htatilsin. Agar bayroqcha yo’q bo’lsa, kompakt disk dasturdan chiqilsa ham oxirigacha eshittiriladi.
    -Save Settings on Exit (Sohranit parametri pri vhode)-amalga oshirilsa, barcha moslashishlar keyingi seanslarda ham ishlatiladi, ya’ni saqlanadi;
    -Show tool Tips (Vvodit vsplivayushie podskazki)-sichqoncha ko’rsatkichi taqalganda uskuna tugmalarining nomlari bilan bir vaqtda ilova yoki izohlar ifodalanadi
    -Into Play Lengh (Oznakomitelnoe vosproizvedenie)-hisoblagichda sekundlarda ifodalanadigan, Into Play rejimida har bir asarni eshittirish uchun zarur bo’lgan vaqt saqlanadi.
    -DisPlay font (Shrift) – sohasi vaqt ko’rsatkichida kichik (Small font - Melkiy) ¸yoki katta (Large font – Krupniy)shriftni tanlash imkonini beradi.
    Download 25.62 Kb.




    Download 25.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Multimediali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar Reja: Multimediya tizimlari

    Download 25.62 Kb.