Muqobil energiya manbalaridan foydalanish istiqbollari




Download 1.61 Mb.
bet1/3
Sana21.01.2024
Hajmi1.61 Mb.
#142447
  1   2   3
Bog'liq
Muqobil energiya manbalaridan foydalanish istiqbollari
1-Falsafa fanining predmeti. Qadimgi dunyo falsafasi., «Insert» metodi, AMALIY TOPSHIRIQ ABDUXALILOVA FERUZA, Hayoti va ijodi, gipersilka, Reference-320211102210, sinfdan-tashqari-ishlarni-tashkil-etishda-zamonaviy-ta-lim-texnologiyalaridan-foydalanish, test raqamli, 18, Mazmun21, Windows sistemasi, 1 Тезис Серчалли МФЙ 10 12 2023 тайёр, termodinamika, Fe\'l so\'z turkumi

1-1fiz-20 guruhi talabasi Ixtiyorova Maftunaning fizika tarixi fanidan tayyorlagan slaydi

Muqobil energiya manbalaridan foydalanish istiqbollari

Reja:

  • Muqobil energiya manbalariga bo`lgan ehtiyoj
  • Quyosh elektr stansiyalari
  • Quyosh batareyalarining ishlash prinsipi

Maʼlumki, insoniyat suv, quyosh, shamol va boshqa tabiiy hodisalar energiyasidan foydalanishni, tabiiy resurslar – koʻmir, neft va gazni qazib olish va yoqish orqali energiya olish boshlangan vaqtdan ancha avvalroq oʻrgangan. Oʻsha davrda suv, quyosh, shamol energiyasidan foydalanishda ularning miqdorlari, bunga ehtiyoj boʻlmaganligi sababli, hozirgi kundagidek muhim rol oʻynamagan.
Jamiyatlarni industriyalashtirish davrida energiyaga boʻlgan talab jadal surʼatlarda oʻsib bordi. Bunday sharoitda barqaror va uzluksiz energiya taʼminotiga esa koʻmir, neft va gazdan foydalanish tufayli erishildi. Energiya resurslaridan foydalanish miqyosining ortib borishi bilan birgalikda ommaviy tarzda elektr energiyasi ishlab chiqarishining tabiatga va ekologiyaga salbiy taʼsiri ham kuchayib bordi. Lekin insoniyat foydali, qazib olinadigan yoqilgʻi ham chegaralanganligini, ular yer yuzining ayrim joylarida, maʼlum miqdorlarda mavjudligini, ularning zahiralari esa yaqin vaqtlar ichida tugashini tushunib yetdi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslarning yetishmasligi hamda uning tabiatga va ekologiyaga salbiy oqibatlarining mavjudligi kabi omillar – resurslar va energiyani tejashga asoslangan texnologiyalarni yaratish boʻyicha texnikaviy taraqqiyotga va yaqin kelajakda muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini chuqurroq va atroflicha oʻrganish uchun kuchli turtki berdi.
Muqobil energetika – qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻlmish cheksiz tabiiy resurslar va hodisalardan energiya olish maqsadida foydalanishdir. Bugungi kunda muqobil energetika manbalariga suv energetikasini, shamol energetikasini, quyosh energetikasni, vodorod energetikasini, atom energetikasini va boshqalarni kiritish mumkin. Hozirgi kunda dunyo miqyosida cheksizligi va atmosferaga tashlanadigan zararli chiqindilarining yoʻqligi borasida energiyaning anʼanaviy manbalariga nisbatan katta ustunlikka ega boʻlgan shamol va quyosh energiyalaridan foydalanish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) hisobotiga koʻra, agar 2008-yilda dunyo boʻyicha
muqobil energetika loyihalariga $140 milliard, koʻmir, neft va gaz qazib olishga $ 110 milliard miqdorida investitsiyalar kiritilgan boʻlsa, 2018-yilga kelib muqobil energetikaga jalb qilingan investitsiyalar hajmi $288,9 milliardni tashkil etd
Hozirgi kunda jahon miqyosida quyosh va shamol energetikasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarining oshishida asosiy rolni oʻynamoqda, bunda 2019-yilda ushbu turdagi energetika quvvatlari oʻsishining ulushi jahondagi jami qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlari sof oʻsishining 90 foizini tashkil etdi.
Haqiqatdan ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari bugungi kunda jadal surʼatlarda rivojlannayotgan elektr taʼminoti manbasi hisoblanadi, lekin ayni paytda shu narsaga alohida eʼtibor qaratish lozimki, energetikaning ushbu sohasi hissasiga jami isteʼmol qilinayotgan energiyaning 20 foizi toʻgʻri kelmoqda. Qolgan energiya esa qazib olinadigan yoqilgʻilardan – koʻmir, neft va gazdan foydalanish evaziga ishlab chiqarilmoqda” – deydi YUNEP energetika boʻyicha eksperti Mark Radka.
Bugungi kunda mutaxassislar oldida turgan asosiy vazifa – quyosh va shamol elektr stansiyalarida oʻrnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyentini (KIUM) maksimal darajada oshirish uchun texnologiyalarni takomillashtirish turibdi, chunki energetikaning ushbu sohalari afzalliklari (cheksizligi, ekologik jihatlari, kelajakda energiya ishlab chiqarishda past tannarxga erishish imkoniyatlari mavjudligi) bilan birgalikda, quyidagi qator sezilarli kamchiliklarga ham ega hisoblanadi:
iqlim-havo sharoitlariga va kunning vaqtiga bogʻliqligi;
foydali ish koeffitsiyentining pastligi;
texnologiyalarda qimmatbaho materiallarning (kremniy, alyuminiy) foydalanilishi natijasida tannarxning yuqoriligi;
oʻrnatilgan quvvatlar birligining pastligi
Shamol elektr stansiyalari quvvatidan foydalanish 34% ni tashkil etadi
quyosh stansiyalarida esa 24,5 foizni tashkil etadi 
Shamol elektr stansiyalari quvvatidan foydalanish 34% ni tashkil etadi
issiqlik elektr stansiyalarining oʻrnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyenti oʻrtacha 40 foizdan 63 foizgacha tashkil qilmoqda. 
Bugungi kunda gelioenergetika, yaʼni quyosh energiyasini generatsiya qilish qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning eng istiqbolli yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi, chunki mutaxassislar hisob-kitoblariga koʻra, butun insoniyatni taʼminlash uchun 0,0125 foiz quyosh nuri, oʻsib borayotgan kelgusi ehtiyojni qondirish uchun esa 0,5 foiz quyosh energiyasi yetarli boʻladi.
Atom elektr stansiyalari reaktori ish rejimini oʻzgartirishda katta xavf mavjudligi sababli ular eng past darajada manevr qilish imkoniyatiga egadirlar. Qattiq yoqilgʻida (koʻmir) ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari ham kam manevrli hisoblanadi, suyultirilgan yoqilgʻida yoki gazda ishlaydigan elektr stansiyalari esa ish rejimini oʻzgartirish uchun yetarli darajada manevr qila oladi, lekin bu turbinalar foydali ish koeffitsiyenti darajasini keskin pasaytirib yuborishi mumkin.

Download 1.61 Mb.
  1   2   3




Download 1.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muqobil energiya manbalaridan foydalanish istiqbollari

Download 1.61 Mb.