• KIRISH: 1.Shavkat Mirziyoyev Ozbekistonning novator rahbari.
  • Mustaqil ish mavzu: Shavkat mirziyoyev O'zbekistonning novator rahbari mavzusida slayd va maruzalar matni tayyorlab ber




    Download 40.99 Kb.
    bet1/9
    Sana08.06.2023
    Hajmi40.99 Kb.
    #70988
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    4 (2)
    11-muatqil ish, 1-mustaqil ish, awfw1aw, 1640340967, Mustaqil ish mavzulari-сиртқи (2), Batafsil, Algoritm va loyihalash 2, Документ Microsoft Word (4), Jo\'raboyeva Z. Majmua. 4-kurs. Husnixat., 344 03.06.2021, Deysktra alogorithm, SAYLOV BETLIK, Irregular Verbs List, KURS ISHI, Balalardıń dem alıw qan aylanıw fizyalogyaliq avtanomi ózgesheligi


    4_chi fakultet Xorij til va Adabiyot yo’nalishining
    XT-15 Gurux talabasi: Qurbonova Yulduzing
    Talimda axborot texnologiyalari Fannidan
    Mustaqil ish
    MAVZU: Shavkat mirziyoyev O'zbekistonning novator rahbari mavzusida slayd va maruzalar matni tayyorlab ber

    Bajardi: Qurbonova Yulduz


    Qabul qildi:G.B_Taylakova

    Toshkent 2023


    Reja:
    1.Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonning novator rahbari.
    2.Xorijiy davlatlar bilan hamkorligi.
    3.Shavkat Mirziyoyev davriga kelib O'zbekistonning xorijiy mamlakatlari bilan hamkorligining yo'lga qo'yilishi.
    KIRISH:
    1.Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonning novator rahbari.
    O‘zbekiston va Shavkat Mirziyoyev, u olib
    Oxirgi vaqtlarda xorijiy davlatlar mediasida borayotgan siyosatga bag‘ishlangan maqolalar tez-tez bo‘y ko‘rsatyapti. Shunday maqolalardan biri “New Delhi Times” nashri tomonidan e’lon qilindi. Uning muallifi doktor Ankit Srivastana.
    Maqolada Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti bo‘lgach, mamlakat faqatgina har tomonlama rivojlanishda qiyosi yo‘q davrni o‘tkazibgina qolmay, shu bilan birga xalqaro maydondagi pozitsiyasini mustahkamlagan va Markaziy Osiyodagi yetakchi davlatga aylangani ta’kidlangan.
    “Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda islohot kurashchisi deb e’lon qilindi”, degan maqola muallifi.
    Ankit Srivastana Shavkat Mirziyoyevning hokimiyatga kelishini ham eslatib o‘tgan. U Birinchi Prezident Islom Karimovning vafotidan keyin 2016 yil sentyabrda Oliy Majlis tomonidan davlat rahbari vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan. Keyinroq 2016 yil dekabrda o‘tkazilgan saylovda to‘liq muddatga Prezident etib saylangan. 14 dekabrda esa rasman yangi lavozimda ishga kirishgan.
    “Mirziyoyev lavozimga kelishi bilan demokratik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun qat’iy qarorlar qabul qildi. Uning qarashlari quyidagi fikrida yanada yaxshi aks etgan: “Hukumat xalqqa xizmat qilishi kerak, aksincha emas”. Mirziyoyev O‘zbekiston savdo va investitsiyalar uchun ochiqligini ta’kidladi”, deyiladi maqolada.

    O‘zbekistonning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan milliy rivojlanish strategiyasi yangi Prezident qarashlari bilan qabul qilingani qayd etilgan. O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantirish strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi belgilab olingan:


    Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.
    Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash.
    .Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, shuningdek, Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish.
    4. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish va ishchi o‘rinlari yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.
    5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash yo‘nalishlari hamda Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.
    “Shavkat Mirziyoyevning prezidentligi bu majburiyatlarni amalga oshirishni ta’minladi. Deputatlar odamlar bilan muloqot qilishga va muntazam ravishda o‘z okrugiga borishga undalyapti”, deydi muallif.
    Ko‘rilgan choralar mamlakat siyosiy tizimi uchun ijobiy natijalar bergani hamda siyosatchilar va siyosiy partiyalarning jamoatchilik orasida obro‘si oshishiga olib kelgani, O‘zbekistonning fuqarolik va siyosiy manzarasi sezilarli o‘zgargani qayd etilgan.
    Jamoat tashkilotlari va OAVga nisbatan liberal muhitda faoliyat yurita boshlagani, siyosiy jarayonlarga nisbatan dushman emas, hamkor bo‘lishni boshlagani Mirziyoyev prezidentligining yutug‘i sifatida e’tirof etilgan.
    Boshqaruvda shaffoflikni oshirishda yutuqlarga erishilgani, natijada Transparency International harakatining 2019 yildagi “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da O‘zbekistonning o‘rni sezilarli yaxshilangani aytib o‘tilgan.

    Download 40.99 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 40.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish mavzu: Shavkat mirziyoyev O'zbekistonning novator rahbari mavzusida slayd va maruzalar matni tayyorlab ber

    Download 40.99 Kb.