• Standartlashtirishning uslubiy asoslari va tashkiliy tuzilishi.
  • I bo`lim. Umumiy qoidalar; II bo`lim. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar; III bo`lim. Standartlar ustida davlat nazorati;
  • Mustaqil ishi




    Download 28.2 Kb.
    Sana21.02.2022
    Hajmi28.2 Kb.
    #17920
    Bog'liq
    ---
    4-sinf fonetika, NOMUROTOVA DILZODAXON XAYITOVNA, 1, NAZORAT VAZIFALAR VARIANTLARI (3), 1-topshiriq Ekologiya.sirtqi

    Farg`ona Politexnika Instituti
    Mexanika-mashinasozlik fakulteti
    S7A-20 TMJ gurux talabasi
    Qurbonov Shaxbozning Metrologiya,standartlashtirish va sifatni boshqarish fanidan tayyorlagan


    MUSTAQIL ISHI

    Standartlashtirishning uslubiy asoslari va tashkiliy tuzilishi.


    • O`zbekiston respublikasida ,,Standartlashtirish to`g`risida’’ gi qonun.

    • Standartlashtirish bo`yicha asosiy tushuncha va atamalar.

    • Standartlar toifalari va ularning turlari.

    O`zbekiston respublikasida standartlashtirishning tashkiliy asoslari O`zbekiston Respublikasining ,,Standartlashtirish to`g`risida’’ gi qonuni bilan qonunlashtirilgan. Qonun 1993-yi 28-dekabrda qabul qilingan. 1994-yil 28-fevralda umumiy axborot vositalarida chop etilgan va shu kundan boshlab kuchga kirgan. Qonun 4 ta bo`lim 12 ta moddadan iborat bo`lib, qonunning bo`limlari quyidagicha nomlanadi;




    I bo`lim. Umumiy qoidalar;
    II bo`lim. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar;
    III bo`lim. Standartlar ustida davlat nazorati;
    IV bo`lim. Davlat yo`li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti. Standartlarni qo`llashni rag`batlatirish.

    2.Standart-ko`pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo`naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlari yoki natijalariga tegishli bo`lgan umumiy va takror qo`llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tastiqlangan meyoriy hujjatdir.


    Davlat standartlari: mahsulotni ishlab chiqarish va uni ishlab chiqarishga qo`yish bosqichida yangi maxsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o`zlashtirishni tezlashtirishga , ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi o`rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yo`naltirilgan.
    Standartlar darajasiga ko`ra , xalqaro, mintaqaviy, davlatlararo, milliy va miqiyosida faoliyat ko`rsatadi.
    Vaqt o ‘tishi bilan suv soatlari o ‘z o ‘rnini qum soatlariga, ular ham vaqti kelib mayatnikli mexanizmlarga ega soatlarga almashdi. Insoniyat taraqqiyot rivojlanishining ilk davrlaridanoq «moddiy» o‘lchashlar va o ‘lchov birliklarining katta ahamiyatga egaligini tushunib yetgan. Fan va texnikaning rivojlanishi turli fizikaviy kattaliklarning o ‘lchamlarini muayyan o ‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida o ‘lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya yuzaga keldi. Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o ‘lchash vositalari va usullarini mukammallashtirishni talab eta boshladi. O‘lchashlar nazariyasi hamda vositalarining rivojini aniqlab bergan texnika yutuqlarining uchta asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin: — ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va stanoklarga biriktirilgan o ‘lchash vositalarining yaratilishini talab qiluvchi texnologik bosqich (manufaktura va mashina ishlab chiqarishning yuzaga kelishi); — ishlab chiqarish jarayonlarini kuchaytirish sharoitida foydalanilayotgan o ‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi va unumdorligini keskin oshirishni talab qiluvchi energetik bosqich (bug‘ energiyasini ishlatish, ichki yonuv dvigatellarining yuzaga kelishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va ishlatish); — zamonaviy fan yutuqlarining barchasini o ‘lchash vositalarining tarkibiga kiritishni talab qilgan ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lash va uni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirish) bosqichi. Bu bosqichning alohida xususiyatlaridan biri — obyektlar va jarayonlar holatining muayyan ko‘r9 satkichlar yordamida umumiy baholovchi o‘lchash tizimlarini yaratish bo‘lib, olingan natijalardan bevosita texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun foydalanishdan iboratdir. Amaliyot juda keng ko‘lamdagi fizikaviy kattaliklar qiymati, ko‘pincha juda tez (sekundning milliarddan bir ulushlarida), yuqori aniqlikda (xatolik o ‘lchanayotgan qiymatning 10% idan kichik) va nafaqat inson sezgi organlari to‘g‘ri ilg‘ay olmaydigan, balki hayot uchun sharoit bo‘lmagan holatlarda ham aniqlashni talab qiladi. Shu kunlarda fanga yuzdan ortiq har xil fizikaviy kattaliklar ma’lum bo‘lib, ularning 70 dan ortig‘ini o‘lchash mumkin. Hozirgi kunlarda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli ilgari o ‘lchab bo‘lmaydi deb hisoblangan kattaliklarni o ‘lchash va baholash imkoni yaratilmoqda. Masalan, Sankt-Peterburg aloqa instituti olimlari hidni o ‘lchash borasida birmuncha yutuqlarni qo‘lga kiritganlar. Bu xususda buyuk italiyalik olim Galileo Galileyning quyidagi so‘zlarini eslab o ‘tish o ‘rinli bo‘ladi: «O‘lchash mumkin bo‘lganini o ‘lchang, mumkin bo‘lmaganiga esa imkon yarating». Kondensatorning elektr sig‘imi, nurlanish oqimi, erigan metallning temperaturasi va atomning magnit maydoni kuchlanganligi kabi kattaliklarni maxsus texnikaviy vositalar — o‘lchash o ‘zgartkichlari, asboblari va tizimlaridan foydalanmasdan o‘lchashni amalga oshirish mumkin emas. Bularning hammasi ongimiz, hayotimizga shunchalik singib ketganki, aksariyat hollarda biz ularning atrofimizda mavjud ekanligini sezmaymiz. Hamma joyda: uy-ro‘zg‘or va ishlab chiqarish, dala va kasalxona, avtomobil va ilmiy laboratoriyada ular bizning beg‘araz va tengsiz yordamchilarimizdir. Ishonch bilan aytish mumkinki, o‘lchash inson ongli hayotining asosini tashkil etadi. Bu borada ko‘plab olimlar o ‘lchash texnikasining rivojiga munosib hissa qo‘shganlar. Ular orasida birinchi navbatda Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ulug‘bek, Mixail Lomonosov, Dmitriy Mendeleyev va boshqalarni alohida ko‘rsatib o ‘tish o ‘rinli bo‘ladi. Ahmad al-Farg‘oniyning «Miqyosi Nil», ya’ni Nil daryosining sathini tutash idishlar qonuniyati asosida o ‘lchash va uning natijasiga ko‘ra yilning yog‘ingarchiligi va uning ekin hosiliga ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumot10 lari, Ulug‘bekning «Zij jadvallari»da keltirgan, hozirgi kunda eng zamonaviy o ‘lchash qurilmalarida olingan natijalardan juda oz tafovut qiluvchi ma’lumotlari alohida tahsinga sazovordir. Bundan tashqari, Forobiyning astronomik kuzatishlar va o‘lchashlar uchun maxsus asbob — usturlob yasash sirlari xususidagi qimmatli ma’lumotlari juda katta ham ilmiy, ham falsafiy ahamiyatga ega. O‘lchash texnikasi ehtimollar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa ilmiy yo‘nalishlar bilan birgalikda axborot-o‘lchash, ya’ni o ‘zida asosiy axborot olish imkonini beradigan vositalarni jamlagan (o‘lchash, nazorat qilish, hisoblash, tashxis, umumlashtirish va tasvirlarni aniqlash) texnikasining rivojiga asos bo‘ldi. Qo‘yilgan muammolar, ularni yechish usullari va olingan natijalarning turliligidan qat’i nazar, axborot olish mobaynida asosiy o ‘lchash, ya’ni qayta ishlash, qabul qilish va biror jarayon yoki manba haqidagi ma’lumotni tasavvur qilish amallarini bajarish ko‘zda tutiladi. Xulosa sifatida metrologiyaning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, quyidagi muhim bosqichlarni keltirishimiz mumkin: — 1791-yilda metr etalonining Fransiyada qabul qilinishi (1 metr Yer meridiani uzunligining 110—7 bo‘lagiga teng qilib olingan); — 1875-yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiyaning qabul qilinishi (bu mavjud metrik sistemani takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, metr o ‘lchov birligiga asos soldi); — 1893-yilda Rossiyada D.I. Mendeleyev tomonidan o ‘lchov va og‘irlik (tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi; — 1931-yilda Leningrad shahrida o‘lchov va tarozi Bosh palatasi asosida D.I. Mendeleyev nomidagi Butunittifoq metrologiya ilmiytadqiqot institutining tashkil topishi; — 1960-yilda Xalqaro birliklar tizimi — SIning qabul qilinishi. Bu tizim bo‘yicha 1 metrning vakuumda to‘lqin uzunligining 1650763,73 ga ko‘paytmasiga teng qilib olinishi (kriptonning etalon metri); — 1983-yilda metrni qabul qilishda uni yorug‘likning vakuumda 1/299792458 sekundda o‘tgan yo‘lga teng qilib qabul qilinishi; 11 — 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazining («O‘zdavstandart») tashkil etilishi; — 2002-yilda O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazining O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish («O‘zstandart») agentligiga aylantirilishi. Bugungi kunda ham olimlarimiz o ‘lchash nazariyasi va texnikasi rivoji borasida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
    Download 28.2 Kb.




    Download 28.2 Kb.