• MYSQL SERVER TIZIMI XIZMATI Bajardi:__Eshmoʻminov Habibulla TOSHKENT 2023 MYSQL Server tizimi xizmati Reja
  • MySql га кириш




    Download 67.16 Kb.
    bet1/12
    Sana05.08.2023
    Hajmi67.16 Kb.
    #78072
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    mysql (копия)
    dif geometriya

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    MALUMOTLAR BAZASI ”


    FANIDAN


    MUSTAQIL ISH.


    MYSQL SERVER TIZIMI XIZMATI
    Bajardi:__Eshmoʻminov Habibulla


    TOSHKENT 2023
    MYSQL Server tizimi xizmati


    Reja:



    1. MySql ga kirish

    2. Ma`lumotlar ombori kontceptciyalari

    3. Tarmoqli ma`lumotlar ombori

    4. MySql asosiy xarakteristikalari

    5. Ma`lumotlar omborini yaratish, jadvallar bilan ishlash asoslari

    6. Foydalanilgan adabiyotlar

    MySql ga kirish.
    Hozirgi kunda ma`lumotlar ombori haqida tez-tez gapirilmoqda. Kompyuterlar zamonaviy jamiyatning ajralmas qismini tashkil qiladi, shu sababli quyidagiga o’xshash iboralarni ko’p eshitish mumkin «Men yozuvlaringni ma`lumotlar omboridan qidirib ko’raman». Bu erda hujjatlar saqlanadigan katta qutilar emas, balki ma`lumotlarni tezkor qidirishga mo’ljallangan kompyuter tizimlari nazarda tutiladi.
    Kompyuterlar hayotimizga chuqurroq kirib bormoqda, chunki ularni tez takrorlanadigan operatciyalarni bajarish yoki kompyuterning hisoblash tezligi va ma`lumot tashish sig’imisiz echib bo’lmaydigan masalalarning echimini topishga dasturlash mumkin. Ma`lumotni qog’ozga joylashtirish va qog’ozlarni jild va kartotekalarda saqlash sxemasini ishlab chiqish – aniq ishlangan jarayon bo’lsada, qattiq diskdagi elektron hujjatlar jildlarining ko’chirilishi mumkinligi ko’pchilikka ma`qul keldi.
    Ma`lumotlar omborining funktciyalaridan biri ma`lumotni tartiblash va indeksatciya qilish hisoblanadi. Bu kutubxona kartotekasi singari, faqat kerakli yozuvni topish uchun arxivning yarmini ko’rib chiqish shart emas. hammasi ancha tez bajariladi.
    Barcha ma`lumotlar ombori ham bir xil printcip asosida yaratilmaydi, lekin an`anaviy tarzda ularda yozuvlar ko’rinishida ma`lumotlarni tashkil kilish g’oyasi qo’llaniladi. Har bir yozuv belgilangan maydonlar to’plamiga ega. Yozuvlar jadvalga joylashtiriladi, jadvallar yig’indisi esa ma`lumotlar omborini tashkil qiladi.
    Ma`lumotlar ombori bilan ishlaganda MOBT (ma`lumotlar omborini boshqarish tizimlari), ya`ni ma`lumotlarga kirish bilan bog’liq barcha ishlarni o’z zimmasiga oluvchi dastur zarur. Unda jadvallar yaratishga imkon beruvchi buyruqlar mavjud, jadvallarga yozuvlar kiritish, qidirish va hatto yozuvlarni o’chirishi xam mumkin.

    Download 67.16 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 67.16 Kb.