• «O’ZBEKNEFTGAZ» AJ «UNG training» MCHJ
  • TASDIQLAYMAN «UNG training» MCHJ direktori ________A. Q. Buxorov «____» _________ 2022 y.
  • «Ishlab chiqdi» Mehnatni tashkillashtirish va ish haqi bo’yicha muhandis ____________ U. B. Ravshanov «____» __________ 2022 yil
  • 2022 yil UMUMIY QOIDALAR
  • II. VAZIFALARI
  • Национальная холдинговая компания «узбекнефтегаз»




    Download 221.5 Kb.
    bet1/2
    Sana08.11.2022
    Hajmi221.5 Kb.
    #29509
      1   2
    Bog'liq
    17 Малакани баҳолаш маркази бошлиғи
    3 мавзу Талаб ва таклиф таҳлили асослари, gazlarni-quritish-usullari-va-jarayon-parametrlari

    Integratsiyalashgan boshqaruv tizimi hujjatlari









    «O’ZBEKNEFTGAZ» AJ
    «UNG training» MCHJ


    KELISHILDI
    « UNG training » MCHJ
    Birlashgan kasaba uyushma qo’mitasi raisi
    ____________ A. X. Mirzayev
    «_____»__________ 2022 y.


    TASDIQLAYMAN
    «UNG training» MCHJ
    direktori
    ________A. Q. Buxorov
    «____» _________ 2022 y.

    «UNG training» MCHJ
    MALAKANI BAHOLASH MARKAZI BOSHLIG’INING MANSAB YO’RIQNOMASI № 17/22

    «Ishlab chiqdi»
    Mehnatni tashkillashtirish va
    ish haqi bo’yicha muhandis
    ____________ U. B. Ravshanov
    «____» __________ 2022 yil






    «Kelishildi»
    O’quv ishlari bo’yicha
    direktor o’rinbosari
    ____________ Sh. B. Jumayev
    «____» __________ 2022 yil



















    SS va MMXda qayd etildi
    № _____ «____»_________2022 y.

    Joriy etilgan vaqti ________________dan


    Amal qilish vaqti_______________gacha

    2022 yil


    1. UMUMIY QOIDALAR

    1. Ushbu yo’riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish tizimini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 20 avgustdagi PQ-3913-son va 2022 yil 7 iyuldagi PQ-309-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2021 yil 30 sentabrdagi 616-son qarori, Nizomiga va boshqa amaldagi qonun hujjatlariga asosan tuzilgan bo‘lib, Kasbiy malakani baholash markazi boshlig‘ining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
    2. Markaz boshlig‘i o‘z ish faoliyatida bevosita direktorga bo‘ysunadi.
    3. Markaz boshlig‘i direktorning buyrug‘iga binoan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
    4. Markaz boshlig‘i «UNG training» MCHJga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini ta’minlashda qatnashadi, mazkur lavozim yo‘riqnomasi bilan o‘rnatilgan tartibda o‘z huquq va majburiyatlari doirasida uning ish faoliyatini tashkillashtirishda va boshqarishda qatnashadi.
    5. Markaz boshlig‘i o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlariga va “O‘zbekneftgaz” AJning buyruq va farmoyishlariga, «UNG training» MCHJ direktori buyruqlari, ko‘rsatmalari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek, mazkur lavozim yo‘riqnomasiga qat’iy amal qiladi.
    6. Markaz boshlig‘i lavozimiga oliy ma’lumotga, ish stajiga, shu jumladan kamida 3 yil mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanishi mumkin.
    II. VAZIFALARI

    • kasbiy malakani baholash jarayonini kompetensiyani baholash markazi va metodik hujjatlarning talablari asosida o‘tkazilishini ta’minlaydi;

    • malakani baholash markazi talablarining yagonaligini ta’minlaydi;

    • kasbiy malaka va uning darajasining mutanosibligi bo‘yicha qaror qabul qiladi;

    • talabgorga malakani baholash natijasi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilishi to‘g‘riligini va o‘z vaqtida berilishiga javobgar bo‘ladi;

    • malakani baholash imtihoni natijalarini malakani baholash komissiyasiga topshirishni ta’minlaydi;

    • malakani baholash markazi ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlaydi;

    • malakani baholash markazi ish faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi;

    • malakani baholash komissiyasi a’zolarining huquq va majburiyatlari malakani baholash markazi rahbari tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi;

    • malakani baholash komissiyasi malakani baholash markazining buyrug‘i, tushgan arizalarining soniga qarab shakllantiriladi;

    • yetakchi mutaxassislar va call markazi xodimining ish faoliyatini nazorat qiladi;

    • malakani baholash komissiyasi malakani baholash markazining buyrug‘i asosida apilyatsiya (qayta ko‘rib chiqish) arizalarini ko‘rib chiqadi;

    • malakani baholash markazi tarkibida malakani baholash va texnik ekspertlar faoliyat yuritadi;

    • kompetensiyani baholashni o‘tkazish uchun talabgor tomonidan o‘tkazilgan

    to‘lovlar haqida ma’lumot oladi.

    • korrupsiya holatlariga qarshi kurashadi va ularning profilaktikasiga faol harakatlar olib boradi;

    • doimiy ravishda o‘z malakasini oshiradi.

    1. HUQUQLARI

    - Markaz xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma, topshiriq va buyruqlarni tayyorlashda qatnashadi;
    - «UNG training» MCHJ vazifalari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqishda majlislarda qatnashadi;
    - O‘rnatilgan tartibda «UNG training» MCHJ mol-mulki va vositalaridan foydalanadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzilishida qatnashadi;
    - Vazifalarni hal qilish maqsadida shartnoma asosida turli tashkilotlarni, shuningdek, alohida mutaxassislarni, shu jumladan vazirlik, muassasa mutaxassislarini jalb qilishda qatnashadi;
    - Mehnat qonunchiligiga mos ravishda buyruq, farmon va yo‘riqnomalar tayyorlanishida, ishchilarni ishga qabul qilinishi va bo‘shatilishiga, ularga nisbatan mukofotlash va jazolash choralarini ko‘rishga direktorga takliflar kiritadi;
    - O‘rnatilgan tartibda bo‘lim faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni oladi;
    - Kasbiy malakani baholash bo‘yicha o‘tkaziladigan malaka imtihonini yanada takomillashtirish xususida «UNG training» MCHJ rahbariyatiga takliflar kiritishida qatnashadi;
    - Qonunchilikda belgilangan tartibda vazifa (topshiriq)ni o‘z vaqtida va sifatli bajarilgani uchun lavozim maoshiga ustama, mukofotlar va boshqa turdagi taqdirlash pullarini, mehnat ta’tili hamda moddiy yordam olish;
    - Amaldagi qonunchilikka muvofiq berilgan barcha huquqlardan foydalanadi.

    Download 221.5 Kb.
      1   2




    Download 221.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Национальная холдинговая компания «узбекнефтегаз»

    Download 221.5 Kb.