• Taqrizchilar
  • Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»




    Download 44.21 Kb.
    bet1/9
    Sana04.07.2023
    Hajmi44.21 Kb.
    #76196
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    04. Kurs ishlari (uslubiy ko\'rsatma) 2022
    Sekvenirlash usullari, Biotexnologiya laboratoriya, 5-mavzu ep, NAMUNA PEDAGOGIKA sulaymonov d, 2-laboratoriya Fitopatogen virusli kasalliklarni belgilar, Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan, 1. o\'quv dasturi, 1.o\'quv dasturi, Mikroorganizmlar gen muxandisligi, KARUPSIYAGA QARSHI KURASH, Anabaena cylindrica, Илова 1 Lotincha (1), sohibjon kondukto, adsobtsion xromatagirafiya111111111111, 0100000

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
    IQTISODIYOT KAFEDRASI
    «IQTISODIYOT NAZARIYASI»
    fanidan kurs ishlarini bajarish bo’yicha


    U S L U B I Y K O’ R S A T M A


    NAMANGAN – 2022


    Tuzuvchi:
    Murodxo’jayeva.F.M NamDU «Iqtisodiyot » kafedrasi katta o’qituvchisi
    Taqrizchilar:

    1. Sirojiddinov K.I. NamDU «Iqtisodiyot» kafedrasi mudiri, i.f.n.dotsent

    2. Umarkulov K.M. NamDU «Menejment» kafedrasi dotsenti, i.f.n.

    Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo’yiladigan asosiy talablar.
    Kurs ishi talabalarning dastlabki ilmiy ishi hisoblanadi. Kurs ishlari talabalar mustaqil ishlarining bir shakli bo’lib, uni muvaffaqiyatli bajarish uchun fan to’g’risida aniq tassavurlarga ega bo’lishlari kerak. Talabalar kurs ishining ilmiy, nazariy, g’oyaviy darajasiga, shuningdek, uning yozilishi va rasmiylashtirish tartibiga e’tibor berishlari lozim.
    Talabalar kurs ishlarini bajarish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridan, mahalliy va chet el yetakchi iqtisodchi olimlarning asarlaridan, ularning iqtisodiy g’oyalaridan, O’z.R Prezidenti farmonlari, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar mahkmasining qarorlari, Vazirliklarning me’yoriy hujjatlari, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlaridan, fanga tegishli bo’lgan darslik va o’quv qo’llanmalardan, internet ma’lumotlaridan keng foydalanishi hamda ularni mustaqil tahlil etishi va o’zlarining fikrlarini bayon etishi kurs ishining mazmunini yanada boyitadi.
    Kurs ishlarining tematikasi (1-ilova) kafedra o’qituvchilari tomonidan butun kursni qamrab oluvchi mavzular ketma-ketligi tartibida tuziladi. Bunda guruhdagi har talabaga kamida 4-5 ta mavzu to’g’ri kelishiga e’tibor qaratiladi, chunki talaba kurs ishi mavzularini tanlay olish imkoniyatiga ega bo’lsin. Buning uchun talabalar ismi shariflarining birinchi harfiga mos keladigan mavzulardan birini tanlaydi. Bunda professor-o’qituvchilarning asosiy vazifasi talabalarga kurs ishi bo’yicha mustaqil ishlashlarining yo’l-yo’riqlarini ko’rsatish va kurs ishini yozish bo’yicha umumiy tasavvurga ega bo’lishi haqida maslahatlar berishdan iboratdir. Kurs ishini har bir talaba o’z xusni hati bilan yozishi shart.
    Talabalar kurs ishi mavzusini tanlagandan so’ng, mavzuga tegishli bo’lgan adabiyotlarni, ilmiy maqolalarni va turli xil manbalarni qidirib topib o’rganishlari kerak. SHuningdek, talaba kurs ishi mavzusiga tegishli bo’lgan rus tili va boshqa xorijiy tillardagi adabiyot hamda materiallardan mustaqil ravishda keng foydalanishlari lozim. To’plangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda talabalar kurs ishi mavzusini to’liq yoritib berishga qaratilgan kurs ishi rejasini tuzishlari kerak va shu reja asosida kurs ishining mohiyatini yoritishlari zarur. Kurs ishi rejasi na’muna sifatida ilova qilinadi (ilova-2). Kurs ishini yozish bo’yicha tavsiya etilgan yo’riqlarga rioya qilish mavzu mazmunini to’g’ri yoritib berish va uning mohiyatidan chetga chiqmaslik imkonini beradi.
    Talabalarga kurs ishlari mavzularini kursning boshida e’lon qilish maqsadga muvofiqdir, chunki kafedra o’qituvchilari kurs ishi ustida har bir talaba bilan mustaqil ishlashlari kerak, qisqa davrda berilgan mavzularni esa kurs ishi sifatida bajarish mazmun jihatidan talabga javob bermaydi. Bunday holatda tegishli adabiyotlardan, oldingi yillardagi ijobiy baholangan kurs ishlaridan ko’chirib kelishlik holatlari yuzaga kelishi mumkin. Kurs ishining hajmi o’rtacha 30-35 bet bo’lishi kerak.
    Talabalar kurs ishini oq qog’ozga ravon tarzda qo’lda ko’chirib yozishlari kerak. Kurs ishini kompьterda yozish mumkin emas. Sahifalarga tartib bilan raqam qo’yiladi va taqrizchi professor-o’qituvchi uchun o’z mulohazalarini yozishga kurs ishining boshiga bitta oq qog’oz qo’yiladi. Kurs ishi titulini rasmiylashtirish 3-ilovada keltirilgan.
    Kurs ishining birinchi betiga kurs ishi rejasiga tegishli savollarning sahifalari qo’yiladi. Undan keyingi varaqlarda kurs ishining matni bayon qilinadi va mavzudagi har bir savolning nomi hamda unga tegishli betlari alohida beriladi. Kurs ishi faqat varaqning bir tomoniga yoziladi va sahifalar tartib raqami bilan belgilanadi.
    Kurs ishining oxiriga talaba o’z imzosini qo’yib, unga bajargan vaqtini ko’rsatishi zarur. Kurs ishini tayyorlab kafedra professor-o’qituvchilariga taqrizga berish muddati yilning 10 apreliga qadar belgilanadi. Chunki har bir kurs ishini professor-o’qituvchi o’qib chiqib o’z xulosasini berishlari lozim. Bu vaqt talab etadi. Kurs ishlarini taqriz qilish yilning 10-aprelidan 10-mayigacha amalga oshiriladi. Bajarilgan kurs ishiga ijobiy taqriz yozilgandagina u himoyaga qo’yiladi. Keyin talbalar kurs ishi himoyasiga tayyorlanishlari kerak. Agar kurs ishi bo’yicha professor-o’qituvchi kamchiliklar ko’rsatgan bo’lsa, u holda talaba ushbu kamchyailiklarni to’g’rilab, qayta taqrizga topshirishi lozim.
    Kafedra professor-o’qituvchilari kurs ishlarini himoyasini reja asosida belgilangan muddatda o’tkazishlari kerak. Kurs ishlari himoyasini hay’at a’zolari qabul qilishlari kerak.



    Download 44.21 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 44.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»

    Download 44.21 Kb.