O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
|
"TASDIQLAYMAN"
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
M.Esanov
______________________
“……_" …………… 2019 yil
|
« JAHON GEOGRAFIYASI »
fanining
ishchi o’quv dasturi
2019/2020 o‘quv yili kunduzgi ta'lim shakli, 2-kurslari uchun
Bilim sohasi: 100 000–gumanitar soha
Ta`lim sohasi: 140 000- Tabiiy fanlar
Ta’lim yo`nalishi: 5140600-geografiya (kundizgi) yo`nalishi
NAMANGAN 2019
Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 20___ yil -____________dagi ____-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturi asosida tuzilgan.
Tuzuvchi: (PhD) O’qituvchi. I.Soliyev_________
Fanning ishchi o’quv dasturi "Geografiyai " kafedrasining 2019 yil .... ................ dagi .....-son yig’ilishida muxokamadan o’tgan va fakultet kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: X.Mirzaaxmedov
Fanning ishchi o’quv dasturi "Tabiiy fanlar" fakulteti kengashida 2019 yil .... ................ dagi .....-son yig’ilishida ko’rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya qilingan
Fakultet kengashi raisi: Nazarov A
Kelishildi:
O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: ____________ D.Dexqanov
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Tabiatga inson ta’sirining yildan-yilga ortib borishi, o’z navbatida tabiat qonuniyatlarini chuqur bilishni, shuningdek, tabiat va uning resurslaridan tejab-tergab, oqilona foydalanishni talab etadi. Bu esa geografik bilimlarni chuqur bilishni, tabiatdan foydalanishda ularga amal qilishni taqazo etadi. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi dunyo tabiati komplekslari va komponentlarining tarkib topishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Ushbu fan talabalarga yer kurrasida ro’y beradigan tabiiy jarayon va hodisalarni, geografik tizimlar yoki ularni tashkil qilgan ayrim komponentlar orasidagi o’zaro aloqadorlik va ta’sirni, o’xshash va farq qiluvchi qonuniyatlarni o’rganish bo’yicha bilimlar beradi.
II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Jahon geografiyasi fani umumkasbiy fanlar majmuasiga taalluqli bo’lib, talabalar uni III va IV semestrlarda o’rganishadi.
Fani o’qitishdan maqsad – talabalarda materik va okeanlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, tuzilishi, tarkibiy qismlari, rel’efi, iqlimi, suvlari, tuproqlari, o’simliklari va hayvonot dunyosini, landshaftlar, tabiiy komplekslar hosil bo’lishida ro’y beradigan hodisalarga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.
Fanning vazifasi - talabalarga umumiy tabiiy geografik qonuniyatlar, sabab va oqibat bog’lanishi orqali materiklar va okeanlardagi voqea va hodisalarni kelib chiqishi xususiyatlari, rivojlanish tarixi va inson ta’sirida o’zgarishlarini o’rgatishdan iborat.
Fan bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga qo`yiladigan talablar.
“Jahon geografiyasi (Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi)” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- materiklar va okeanlarning vujudga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini bilishi kerak;
- talaba geografik qobiqdagi qonuniyatlarni, quruqlik va okeanlarning o’zaro aloqadorligi, ta’siri va oqibatlarini, Quyosh energiyasi tabiat rivojlanishining bosh omili ekanligi, materik va okeanlarning rivojlanish qonuniyatlarini to’g’ri tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
- talaba muayyan xududlar tabiiy resurslarini baholash, tabiiy resurslarni ishlab chiqarishdagi o’rni, insoniyat farovonligiga ta’sirini tahlil qilish, geosistemalarning rivojlanishini bashorat qilish malakalariga ega bo’lishi kerak.
Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha xajmi
Fanga umumiy 386 soat ajratilgan bo’lib, 3- semestrga 128 soat, 4- semestrga 258 soat taqsimlangan. 3-semestr uchun auditoriya mashg’ulotlari 68 soat bo’lib, haftasiga 6 soatdan, 4-semestr uchun auditoriya mashg’ulotlari 136 soat bo’lib, haftasiga 8 soatdan o’tiladi.
Semestr(lar)_bo’yicha_mashg’ulot_turlariga_ajratilgan_soatning_taqsimoti'>Semestr(lar) bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatning taqsimoti
Semestr
|
Umumiy yuklama
|
Auditoriya
yuklamasi
|
SHundan
|
Ma`ruza soatlari
|
Amaliy mashg`ulot soatlari
|
Must. ish soatl.
|
3
|
128
|
68
|
34
|
34
|
60
|
4
|
258
|
136
|
68
|
68
|
122
|
Jami
|
386
|
204
|
102
|
102
|
182
|
Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar
3-semestr uchun
№
|
Mavzular
|
Qisqacha tarkibi
|
Soat
|
1
|
Yer yuzasining shakllanishi va rivojlanishi
|
Yer va sayyoralarning kelib chiqishi haqidagi tahminlar (gipotezalar). Litosfera plitalari va ularning harakatlari. Yer yuzasidagi asosiy rel’ef shakllari: geostruktura, geoskul’ptura haqida tushuncha.
Yerda quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi. Radiatsiya va issiqlik balansi. Iqlim mintaqalari va ularning hosil bo’lishi. Yer yuzasining notekis isishi, past va yuqori bosim oblastlarining hosil bo’lishi, asosiy havo massalari, atmosfera havosining doimiy va mavsumiy harakatlari, past va yuqori bosim markazlari. Iqlim va vegetatsiya. Gidrotermik sharoit va biomassa miqdori haqida tushuncha.
|
4
|
2
|
Quruqlikdagi tabiat zonalari
|
Quruqlikdagi tabiat zonalarining geografik mintaqalar bo’yicha ta’rifi. Ekvatorial mintaqa. Tabiat zonalari: doimiy yashil sernam va nam o’rmonlar (gileya); doimiy yashil, bargini to’kadigan o’rmonlar. Subekvatorial mintaqa. Tabiat zonalari: quruq savanna, siyrak o’rmon va butalar; nam va mo’’tadil nam savanna va siyrak o’rmonlar; bargini to’kuvchi mo’’tadil nam va quruq o’rmonlar; doimiy yashil yarimquruq o’rmon va butazorlar; nam va mo’’tadil nam yashil o’rmonlar; nam va mo’’tadil nam doimiy yashil o’rmonlar. Tropik mintaqa. Tabiat zonalari: doimiy yashil nam o’rmonlar; yarim doimiy yashil mavsumiy nam o’rmonlar; savanna, siyrak o’rmon va butazorlar; chalacho’l; cho’l. Subtropik mintaqa. Tabiat zonalari; o’tloq dasht va preriyalar; dasht; yozi nam siyrak o’rmon va butazorlar; cho’l; chala cho’l; o’rta dengiz bo’yi tipidagi o’rmon va butazorlar; yarim doimiy yashil keng bargli o’rmonlar; doimiy va yarim yashil aralash o’rmonlar, igna bargli o’rmonlar. Mo’’tadil mintaqa. Tabiat zonalari: chalacho’l va cho’l; cho’lacho’l; dasht; o’rmondasht va preriyalar; keng bargli o’rmonlar; aralash o’rmonlar; igna bargli o’rmonlar; okean bo’yi o’tloqlari va sirak o’rmonlar. Subarktika va subantraktika mintaqalari. Tabiat zonalari: tundra; o’rmon-tundra. Arktika va antraktika mintaqalari. Tabiat zonalari: muz sahrolari; tundra.
Balandlik mintaqalari. Hosil bo’lishining asosiy sabablari. Balandlik mintaqalarining joylashishidagi asosiy qonuniyatlar. Balandlik va kenglik mintaqalari orasidagi farqlar va o’xshashliklar, har bir geografik mintaqalardagi balandlik mintaqalarining ta’rifi.
|
4
|
3
|
Okeanlar tabiiy geografiyasi
|
Okeanlar tabiiy geografiyasining maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi. Dunyo okeani tushunchasi. Dunyo okeani tabiatining asosiy xususiyatlari.
Okeanning birlamchiligi, ikkilamchiligi va litosfera plitalari tektonikasi nazariyalari. Okean tagi rel’efining asosiy shakllari, okean tagi yotqiziqlari.
Dunyo okeanining iqlimi va suv massalari. Iqlim hosil qiluvchi omillar. Doimiy va mavsumiy past va baland atmosfera bosimi markazlari, doimiy shamollar. Suvning sho’rligi va harorati. Suv massalari va ularning harakati. Okeandagi hayot. Okean mavjudotlarining geologik faoliyati. Dunyo okeani biotsenozlari va biogeografik oblastlari.
Dunyo okeanining geografik mintaqalari. Suv yuzasidagi va okean tubidagi geografik mintaqalar. Okean tabiatini muhofaza qilish.
|
4
|
4
|
Tinch okeani
|
Geografik o‘rni va chegaralari. Tekshirilish tarixi. Dengiz va orollari. Okean tagi relyefi va geologik rivojlanishi. Iqlimi va suvlarining hususiyati. Oqimlari. Okeanning tabiat zonalari. Organik dunyosi. Okean tabiatini muhofaza qilish masalalari.
|
4
|
5
|
Atlantika okeani
|
Geografik o‘rni va chegaralari. Tekshirilish tarixi. Dengiz va orollari. Okean tagi relyefi va geologik rivojlanishi. Iqlimi va suvlarining hususiyati. Oqimlari. Okeanning tabiat zonalari. Organik dunyosi. Okean tabiatini muhofaza qilish masalalari.
|
4
|
6
|
Xind okeani
|
Geografik o‘rni va chegaralari. Tekshirilish tarixi. Dengiz va orollari. Okean tagi relyefi va geologik rivojlanishi. Iqlimi va suvlarining hususiyati. Oqimlari. Okeanning tabiat zonalari. Organik dunyosi. Okean tabiatini muhofaza qilish masalalari.
|
4
|
7
|
SHimoliy muz okeani
|
Geografik o‘rni va chegaralari. Tekshirilish tarixi. Dengiz va orollari. Okean tagi relyefi va geologik rivojlanishi. Iqlimi va suvlarining hususiyati. Oqimlari. Okeanning tabiat zonalari. Organik dunyosi. Okean tabiatini muhofaza qilish masalalari.
|
4
|
8
|
Yevrosiy materigi geografik o’rni, geologik tuzilishi va relefi
|
Tabiiy geografik xususiyatlari. SHakllanish tarixi. Materikning tarkib topishidagi asosiy bosqichlar. Yevrosiyo materigi platformalari. Kaledon, gertsin, kimmeriy, laramiy va al’p burmalanishi oblastlari va ularning rel’efda aks etishi. Foydali qazilmalarini joylanish qonuniyatlari va ulardan foydalanish darajasi. To’rtlamchi davr muzliklarining rel’ef shakllarini hosil bo’lishidagi ahamiyati. Asosiy rel’ef shakllari.
|
4
|
9
|
Yevrosiy materigi iqlimi va ichki suvlari
|
Iqlimi. Iqlimini hosil qiluvchi omillar. Atrofidagi okeanlarning materik iqlimiga ta’siri. Iqlimni fasllar bo’yicha almashinishi. Iqlim mintaqalari va ularning ta’rifi. Ichki suvlari. Daryo turlari, yirik daryolar ta’rifi. Ko’llar va ularning kelib chiqishi. Suv resurslari.
|
4
|
10
|
Yevrosiy materigi tuproqlari, o’simlik va xayvonot dunyosi
|
O’simligi, tuproqlari va hayvonot dunyosi. O’simliklarining kelib chiqish markazlari va hozirgi o’simlik qoplamining shakllanish tarixi. Tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosining tarqalish qonuniyatlari. O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish masalalari. Milliy bog’lar, qo’riqxonalar va alohida qo’riqlanadigan joylar.
|
4
|
11
|
Yevrosiy materigi tabiiy geografik o’lkalari
|
Yevrosiyoning yirik regional tabiiy geografik o’lkalari: SHimoliy Yevropa, Markaziy Yevropa, Janubiy Yevropa, SHarqiy Yevropa, g’arbiy Sibir’, SHarqiy Sibir’, Uzoq SHarq, SHarqiy Osiyo, Janubi-SHarqiy Osiyo, Markaziy Osiyo, O’rta Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-g’arbiy Osiyo, Old Osiyo. Yirik regional tabiiy geografik o’lkalarning kichik tabiiy geografik o’lkalarga ajratilishi.
|
6
|
Jami
|
34
|
|