|
Namangan muhandislik qurilish instituti
|
bet | 1/3 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 118,73 Kb. | | #127263 |
Bog'liq 55-G
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK QURILISH INSTITUTI
Sanoatni axborotlashtirish fakulteti
Informatika va axborot texnalogiyalari kafedrasi
Boshqarish jarayonini axborot texnalogiyalari fanidan
Bajardi: 55C-G-IAT-19 guruh talabasi
________ Abdullayeva Zuylayho
Qabul qildi: _________ A.Ismoilov
Namangan-2023
Mavzu: Real ob’ektlarni tanlash va ularni ishlas hxolatini urganish Real ob’ektlarning matematik modellarini qurish.
Reja:
1. Ob’yekt va model tushunchasi.
2. Model turlari.
3. Matemetik modellashtirish bosqichlari.
4. Dasturlash muhitida modellashtirish
Ob’yekt va model tushunchasi.
Ob’ekt deganda har xil xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan tabiat elementi tushuniladi. Suv yoki gaz oqayotgan truba, paxta terish mashinasining shpendeli, elektr toki o’tkazuvchisi, qurilishda ishlatiladigan temir-beton plitalar ob’ektga misol bo’la oladi. Ob’ektni o’rganish o’ta murakkab jarayon bo’lib, u bir necha xil usullar yordamida amalga oshiriladi.
A ob’ekt va V model o’rtasida quyidagicha munosabat mavjud:
Ob’ekt
Model
A V
Ya’ni, A ob’ekt o’rganiladi va unga mos model quriladi. Model o’rganilib, uning kompyuterli modeli tuziladi va uning natijalari ob’ektga qo’llaniladi.
Model turlari.
Modellar materiallashgan va abstrakt modellarga bo’linadi. Materiallashgan modellar ob’ektning asosiy geometrik, fizik va shu kabi xususiyatlarini ifodalaydi. Materiallashgan modellarga ob’ektlarning kichiklashgan holatlari masalan, kanal yoki stanokning maketi kiradi. Abstrakt modellar esa inson fikrining mahsuli bo’lib, unga qarashlar, tushunchalar, gipotezalar kiradi. Modellar modellashtirish usuli bo’yicha so’zlashuv – ifodali model (SIM) va matematik model (MM) ga bo’linadi.
SIM - bu ob’ektni ifodalovchi iboralar majmuidir. Unga instruktiv – metodologik xujjatlar, texnik instruksiyalar kiradi. SIM orqali ob’ektning ichki xususiyatlarini to’liq aks ettirish imkoni bo’lmaydi. MM - bu ob’ektning xossa va xususiyatlarini matematik formulalar va mantiqiy ifodalar orqali tasvirlashdir.
Model va ob’ekt o’rtasidagi o’xshashlik darajasiga ko’ra izomorf va gomomorf modellarga bo’linadi. Model ob’ektga izomorf deyiladi, agar ular o’rtasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatilsa. Real tizimlarning murakkabligi izomorf modellarni tuzish imkonini bermaydi.
• Ob’ektning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi modellar gomomorf modellar deyiladi.
• Matematik model qurish va uni yechish jarayoni matematik modellashtirish deyiladi. MM quyidagi sinflarga bo’linadi:
• vaqt bo’yicha o’zgarmas modellar- statik modellar;
• vaqt bo’yicha o’zgaruvchi modellar- dinamik modellar;
• ham fazoda, ham vaqt bo’yicha o’zgaruvchi modellar- tarqoq modellar;
• Statik modellarda tekshirilayotgan ob’ekt vaqtga bog’liq bo’lmagan holda qaraladi, ya’ni masalaning yechimi vaqtga umuman bog’liq emas. Bu holda ob’ekt fazoviy koordinatalarga bog’liq ravishda o’rganiladi.
• Dinamik modelda esa aksincha, ob’ekt faqat vaqtga bog’liq ravishda o’rganiladi.
• Ob’ektni matematik ifodalashda analitik, eksperimental va aralash usullardan foydalaniladi. Analitik usul - fizika, ximiya, biologiya kabi fanlar qonunlaridan foydalanadigan masalalarning matematik ifodasini tuzishga mo’ljallangan. Analitik usulda matematik ifodalash uchun ob’ekt ustida tajribalar o’tkazish shart emas. Tuzilgan matematik ifodalarning murakkabligi analitik usulning kamchiligidir.
• Eksperimental usulda ob’ekt ustida tajribalar o’tkazish kerak bo’ladi. Bu usulning yutug’i – ob’ekt xossalarini qisman o’rganib chiqishdan iborat bo’lsa, kamchiligi – ayrim ob’ektlar ustida uzoq vaqt, har xil sharoitlarda ko’p sonli tajribalar o’tkazishning zarurligidir.
• Aralash usulda ob’ektni analitik ifodalash va eksperimental tadqiqotlar birgalikda olib boriladi.
|
| |