• Mavzusida tayyorlagan D ARS ISHLANMASI
  • Namangan viloyati chortoq tumani




    Download 5,36 Mb.
    Sana08.02.2024
    Hajmi5,36 Mb.
    #153445
    Bog'liq
    7-sinf Kimyo fanidan Oddiy va murakkab moddalar mavzuda ochiq dars ishlanma
    23, Ferment injeneriyasi fanidan yakuniy nazorat ishi 2023, Фан ва техника тараққиётида, saytlar, Raymond Murphy English Grammar in Use Ca



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
    NAMANGAN VILOYATI CHORTOQ TUMANI
    XTB ga qarashli
    __________ o’rta ta’lim maktabining
    Kimyo fani o’qituvchisi
    _____________________________ning
    7-sinf o’quvchilari uchun kimyo fanidan
    Oddiy va murakkab moddalar”
    Mavzusida tayyorlagan
    D ARS ISHLANMASI
    2023-2024-o’quv yili
    Fan: Kimyo Sinf:7 Sana 2023-yil
    Mavzu: Oddiy va murakkab moddalar
    O’quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
    Kommunikativ kompetensiya:
    B1
    Jamiyatda o’zaro muloqotga kirishish uchun kundalik hayotda uchraydigan kimyoviy birikmalar va mazkur birikmalarning nomini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda ham bilish.
    B1+
    O’zoro samarali muloqotga kirisha olish layoqati.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
    B1
    Mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish. Xavfsizlik choralari haqida bilish.
    B1+
    Medimanbalardan olingan ma’lumotlarni saralash va ulardan samarali foydalanish.
    O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
    B1
    Kimyo fani va undagi asosiy qonuniyatlar haqida bilish, doimiy ravishda o’zini o’zi rivojlantirib, kamolotga intilish, kimyo bo’yicha bilimlarni mustaqil ravishda oshirib boorish.
    Darsning blok sxemasi:





    Darsning qismlari

    Berilgan vaqt

    1.

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2.

    O’tilgan mavzuni takrorlash

    12 daqiqa

    3.

    Yangi mavzu bayoni

    14 daqiqa

    4.

    Mustahkamlash

    12 daqiqa

    5.

    Baholash

    2 daqiqa

    6.

    Uyga vazifa

    2 daqiqa

    DARSNING BORISHI
    Darsning maqsadi:
    -o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqishini oshirish
    -kimyo fanida o’rgangan bilimlarini hayotda qo’llash jarayonlarini o’rgatish
    -darslikdagi materillarni o’rganish usullarini tushuntirish
    -o’quvchilarga o’rganiladigan ma’lumotlar haqida tushuncha berish
    Dars turi: yangi bilimlarni bayon qilish
    Dars shakli : kichik guruhlarda mavzuni o’rganish
    Dars metodi: aralash metod
    Darsda foydalaniladigan ma’lumotlar manbalari: I.Asqarov muallifdoshligi asosida 7-sinf kimyo darsligi, P.N. Mirzayevning repititorlar uchun “Kimyo” kitobi . Xalq ta’limi vazirligining axborot ta’lim portal (www.edu portal. uz).
    Darsda foydalaniladigan texnik vositalar va jihozlar: kompyuter proektor, kimyoviy elementlar davriy jadvali, electron shakli, mavzu taqdimoti, guruh uchun tarqatma materiallar va baholash uchun baholash kartochkalar, doska , bo’r, daftar.
    Tashkiliy qism:
    Salomlashish va davomatni aniqlash
    O’quvchilarni darsga tayyorlash
    Sinf holati bilan tanishish , tozaligiga e’tibor berish
    O’quvchilarni guruhlarga ajratishdan avval uchta ixtiyoriy o’quvchi chaqiriladi.Bittadan bilet tanlanadi .biletlarda shunday yozilgan bo’ladi .
    I.Davriy sistemani yaratgan olim.
    II.”Tib qonunlarining asoschisi.
    III.Avogadro qonuni asoschisi.
    Biletlarning orqa tomonida:
    I.Mendeleyiv guruhi.
    II.Ibn Sino guruhi.
    III. .Avogadro guruhi.

    O’quvchilar 3 guruhga bo’lingan holatda joylashadilar va nom beriladi(har bir guruh stoliga guruh nomi yozilgan etiketka joylashtiriladi)


    O’tilgan mavzuni takrorlash:
    Guruhlarga avval o’tilgan mavzular yuzasidan hamda kimyo faniga oid kompetentliklarni aniqlashmaqsadida bir xil ko’rinishdagi topshiriq beriladi va bajarish uchun 5daqiqa vaqt beriladi. Eng ko’p to’g’ri javob topgan guruhga rag’bat kartochkalari beriladi.
    “Kim chaqqon “ o’yini
    Bunda jadval beriladi eng tez va to’g’ri bajargan guruh g’olib bo’ladi.
    Berilgan moddalarning nisbiy molekulyar massasini toping .

    H2O

    CO3

    CH4

    HCl

    H2SO4

    SO2

    MgO

    C6H12O6

























    Javobi:


    H2O

    CO3

    CH4

    HCl

    H2SO4

    SO2

    MgO

    C6H12O6

    18

    44

    16

    36.5

    98

    64

    40

    180

    Rag’bat kartochkalari quyidagicha qiymatga ega.
    Ofarin=5ball Barakalla=4ball Harakat qil=3ball

    Yangi mavzu bayoni:


    Oddiy va murakkab moddalar haqida tushuncha beriladi.
    Oddiy moddalar- deb tarkibi faqatgina bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalarga aytiladi.
    Murakkab moddalar – deb modda tarkibiga bir necha xil element atomlarini o’zida saqlaydigan moddalarga aytiladi.
    Allatropiya-bitta kimyoviy elementning birnecha xil oddiy moddalar hosil qilish hodisasiga aytiladi.
    Allatropik modifikatsiya-bir elementning bir-biridan fizik va kimyoviy xossalari bilan farqlanuvchi shakl o’zgarishlaridir.
    Kimyoviy elementlar oddiy moddalarni hosil qiladi.
    Elementlarning nomlari va ular hosil qilgan oddiy moddalar deyarli har doim bir-biriga mos keladi, shuning uchun ularni ma’nosi bilan farqlash kerak: 1. Kislorod probirkaga yig‘ildi – bunda kislorod oddiy moddadir;
    2. Suv molekulasining tarkibida kislorod bor – bu holatda kimyoviy element haqida gapirildi.
    Bitta kimyoviy element allotropik modifi katsiya deb ataladigan bir necha turdagi oddiy moddalarni (allotropiya) hosil qilishi mumkin.
    Turli allotropik o‘zgarishlar bir-biriga o‘tishi mumkin.




    Natriy elementi –oddiy modda holida yumshoq, kulrang metalldir.Tipik metallar kabi elektr va issiqlik o’tkazuvchanlikka, metal yaltiroqligiga, plastiklikka ega. Natriy ionlari alangani sariq rangga kiritadi. Bu xususiyatidan uni birikmalarini aniqlashda foydalaniladi. Kuchli ishqoriy xossaga ega shuning uchun qo’l bilan tegish, ushlash mumkin emas. Kimyoviy jihatdan juda faol metal bo’lgani uchun tez reaksiyaga kirishib ketadi. Tarkibi o’zgzrib ketmasligi uchun kerosin ostida saqlanadi.
    Xlor elementi –Cl
    Oddiy modda holida Cl2
    Molekulyar massasi 35,5+35,5=71gramga teng.
    Ikkita bir xil xlor atomlaridan tashkil topgan bo’ladi. Sarg’ish-yashil rangli juda zaharli gaz hisoblanadi. Nafas olishga yaroqsiz bo’lib hayot uchun xavfli hisoblanadi.
    NaCl –Natriy va xlor elementi atomlaridan tashkil topgan molekula bo’lib, inson uchun xavfsiz modda hisoblanadi.
    NaCl-o’rta tuzlar sirasiga kiradi va osh tuzi yoki galit deb ataladi.
    Osh tuzi sanoat miqyosida oziq-ovqat mahsulotlari sifatida ishlab chiqariladi.


    “Dev va pakana”o’yini
    Bu o’yinda oddiy moddalar nomi aytilganda o’quvchilar joylarida o’tiradilar.Murakkab moddalar nomi aytilganda o’quvchilar o’rnidan turadilar.
    Kislorod
    Osh tuzi
    Olmos
    Ozon
    Suv
    Oq fosfor
    Sulfat kislota
    Qora fosfor
    Glukoza
    Xlor
    O’quvchilar ancha tetiklashib olgach .mavzuni mustahkamlash
    Krossvord beriladi vaqt 4 daqiqa
    1


































    2






















    3












































    4































    5































    6
















    7








































    8
    9














































    10

















    Bo’yiga :1-bitta kimyoviy elementning bir nechta oddiy modda hosil qilish hodisasi
    Eniga: 2- Bo’linmas eng kichik zarracha
    3-Uglerod modifikatsiyalaridan biri
    4-oddiy modda sifatida nafas oladigan gazimiz
    5-davriy sistemadagi 3-element nomi
    6-osh tuzi tarkibidagi metalmas
    7-Atmosfera yuqorisidagi himoya qatlami
    8-eng tez zanglaydigan metal
    9-Siz hozir qaysi darsdasiz
    10-Osh tuzi tarkibidagi metal nomi

    Javob:

















    A

    T

    O

    M










    O

    L

    M

    O

    S










    L

























    K

    I

    S

    L

    O

    R

    O

    D










    L

    I

    T

    I

    Y
















    X

    L

    O

    R

























    O

    Z

    O

    N




    D

























    T

    E

    M

    I

    R




    K

    I

    M

    Y

    O













    N

    A

    T

    R

    I

    Y

    Topshiriq bajarilgach ,natijasi tekshirilib g’olib guruh aniqlanadi va rag’batlantiriladi .


    Darsga yakun yasash va o’quvchilarni baholash .
    G’olib guruhning barcha ishtirokchilari va boshqa guruhning eng faol o’quvchilari jurnalga baholanadi .
    Eng a’lochi o’quvchi ,eng bilimdon o’quvchi ,eng odobli o’quvchi rag’batlari beriladi.

    Oddiy va murakkab moddalarga ajratib,kimyoviy formulasi va molyar massasini yozish .
    Mavzuni o’qib o’rganish

    Download 5,36 Mb.




    Download 5,36 Mb.