Международный научный журнал № 7(100), часть 1
«Научный импульс» Февраль, 2023
642
DAVOMATI VA O‘ZLASHTIRISHI PAST O‘QUVCHILARNI INGLIZ TILI FANIDAN
O‘QITISH METODIKASI
Farg‘ona ICHSHUI kasb-hunar maktabi
Ingliz tili fani o‘qituvchisi
Muminova Shaxzoda Akramovna
Annotasiya: Davomati va o‘zlashtirishi past o‘quvchilarni ingliz tili fanidan o‘qitish
metodikasi xaqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: zamonaviy, innovatsiya, bo‘sh o‘zlashtiruvchi, o‘yin, ta’limiy, innovatsion
ta’lim.
Bugungi kunda dunyo aholisining qariyb 60 foizi ikki yoki undan ortiq tillarda so‘zlasha
olishi barchaga ma’lum.
Chet til ta’limida sifat va samaradorlikni ta’minlash maqsadida chet tillarni
o‘rganish/o‘rgatish yoshini qisqartirish tajribasi ommalashib bormoqda. Bunga «the
younger the better / early is better» mazmunidagi tushunchaning keng tarqalganligi sabab
bo‘ldi.
Chet til, xususan, ingliz tilini kichik yoshdan o‘rganish va o‘rgatish ham o‘z tarixiga
ega. Kichik yoshdan inliz tili o‘rganish va o‘rgatish dastlab yuqori tabaqa 7 oilalarda tajriba
qilingan bo‘lsa (Anna-and-the-King-of-Siam), 1950 - yillarda AQSH va Yevropa
mamlakatlarida ommaviy tus oldi va o‘n yil ichida «Foreign Language in Elementary
School» dasturi asosida ta’lim oluvchi o‘quvchilar soni bir millionga yetdi. Fransiya,
Shvetsiya va Gollandiyada esa 1950-yillar o‘rtalarida «English without a book» dasturi
asosida ingliz tili 3-sinfdan o‘qitila boshlandi.
2013 - yil Moskva (Rossiya)da «Chet tillarni o‘qitish nazariyasi va amaliyoti: an’analar
va innovatsiyalar» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiyamaliy konferensiyada ham
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘qitish metodikasining dolzarb muammolari
muhokama etildi.
O‘zbek maktablari uchun dastur tayyorlashning o‘z tarixi bor. 1968-yilga qadar o‘zbek
maktablarida Rossiya uchun mo‘ljallangan dasturlarning mahalliylashtirilgan nusxalaridan
foydalanib kelingan. O‘zbek maktablari uchun dastur loyihasi 1968-yilda ishlab chiqilgan va
1970/71-o‘quv yilida maktablarda joriy etilgan. 1999-yilda o‘quv dastur yangilandi va uning
asosida yangi darsliklar yaratildi.
Chet tilni barcha umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfidan boshlab ommaviy
o‘rganish joriy etilishi munosabati bilan Yevropa Kengashining «Chet tilni egallashning
umumyevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish, baholash» to‘g‘risidagi xalqaro hujjat
(CEFR)ning ayrim holatlarini nazarda tutgan holda Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar
bo‘yicha Davlat ta’lim standarti va O‘quv dasturlari ishlab chiqildi va 2013–2014 o‘quv
yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etildi.
Международный научный журнал № 7(100), часть 1
«Научный импульс» Февраль, 2023
643
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limda ingliz tilini o‘qitish metodikasi «(Inter)Cultural
Awareness», «Language Awareness» va «Humanity» ta’lim konsepsiyalari asosida
rivojlantirilmoqda.
Zamonaviy boshlang‘ich ta’limdagi eng asosiy va ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan
qarorlardan biri bu O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi
“Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-
1875-sonli Qaroridir. Ushbu qaror asosida chet tillarini, asosan, ingliz tilini o‘rganish
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq
darslari shaklida, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘qitish bosqichma-
bosqich boshlanadi. Qarorga ko‘ra, Chet tillarni o‘rganishni yanada rivojlantirish bo‘yicha
doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash boshchiligida ta’lim sohasining barcha
yo‘nalishlarida beqiyos ko‘lamli ishlarni amalga oshirishga kirishildi. Masalan, 2013-2014
o‘quv yilidan e’tiboran umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni o‘yin
tarzidagi mashg‘ulotlar va og‘zaki nutq darslari shaklida uzluksiz o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, ushbu sinflarga mo‘ljallangan darslik hamda o‘quv-metodik majmualar
yaratildi. Diqqatga molik jihati, birinchi sinflar uchun yaratilgan majmualardagi o‘yin-
mashg‘ulotlarning kichkintoylar yoshiga mutanosibligi ta’minlanadi. Bolalar xorijiy til bilan
ilk tanishishni salomlashish madaniyati, ranglar va kundalik so‘zlarni dialog shaklida
o‘rganishdan boshladilar.
Shubhasiz, mamlakatimiz ta’lim dargohlarida xorijiy tillar xonalarini zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘qitishning ilg‘or texnik vositalari bilan
jihozlash, teleradiokanallarda bolalar va o‘smirlarni xorijiy tillarga o‘rgatuvchi ko‘rsatuv va
eshittirishlarni berib borish, boshqa mamlakatlar tarixi va madaniyati, jahon ilm-fani va
texnik yangiliklariga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy va multiplikatsion filmlarni
o‘zbekcha subtitr yordamida muntazam namoyish etish yoshlarimizga dunyo xalq-
larining o‘tmishi, madaniyati, ilm-fani bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Ilmiy manbalarni o‘rganib chiqib boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitishning
didaktik tamoyillarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
1. O‘quvchilarning ingliz tili o‘rganish usullari, strategiyalari va qobiliyatini inobatga
olish.
2. Tinglab tushunish mashqlariga ustuvor ahamiyat qaratish.
3. Darslarda ma’noli kontekstlar va mavzuga oid nutq vaziyatlarini yaratish.
4. Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan keng foydalanilish.
5. O‘quvchilarning yoshiga mos autentik materiallaridan foydalanish.
6. Nutq namunalari asosida ingliz tilio‘rgatish.
7. Mavzularni obrazlashtirish (gapiruvchi qo‘g‘irchoqlar yordamida).
2021-2025 yil ichida ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni joriy qilish va
rivojlantirish xaqida xukumat tomonidan qarorlar qabul qilindi. Bu esa albatta ta’lim
muassasalardagi davomati va o‘zlashtirishi past o‘quvchilar uchun juda ko‘p imkoniyatlarni,
qulayliklar olib keladi.
Международный научный журнал № 7(100), часть 1
«Научный импульс» Февраль, 2023
644
Davomati va o‘zlashtirishi past boshlang‘ich o‘rganuvchi o’quvchi guruhlarda, ayniqsa,
dastlab o‘quvchilarga chet tillarni o‘rgatishda o‘quvchining yoshi, fiziologik, psixologik
xususiyatlarini hisobga olish kerak. Qarorda ta’kidlanganidek, davomati va o‘zlashtirishi
past o‘quvchilar birinchi bosqichlarda o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari
shaklida chet tillarini o‘rgatishni amalga oshirish, haqiqatan, kichik yoshdagi o‘quvchilarga
mosligidir.
Ta’limda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish, eng samarali vositalardan biridir. O‘yin
davomida ularning tafakkuri, dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boradi. Olimlar ta’limga o‘yin
orqali yondashuv ta’lim jarayonida osonlashtiradi, deb hisoblagan. Nafaqat osonlashtiradi,
balki bu fanga qiziqishini kuchaytirib, bolani chuqur bilim olishiga undaydi. O‘yin tarzidagi
darslar bolalarning og‘zaki nutqini rivojlanishiga yordam beradi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar asosan rasmli yoki videoli turli ko‘rishlarni juda yaxshi ko‘rishadi. Turli xil rangli
rasmlar orqali, ularning nutqlarini o‘stirishda o‘yinlardan muntazam foydalanib turish
lozim. Masalan, Bu nima?, Bu kim?, Kim ko‘p so‘z biladi?” kabi o‘yinlardan foydalanish
mumkin. O‘yin jarayonida o‘quvchilarning so‘zlarni eslab qolishi, to‘g‘ri talaffuz etishiga
qarab rag‘batlantirib borish zarur. O‘quvchilarning so‘z boyliklarini ortib borishiga qarab
boshqa turdagi o‘yinlar, turli xil musobaqalarni tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Bo‘sh o‘zlashtirishchi o‘quvchilarga dastlab “Meva nomlari”, “Kasblar”, “Uy jihozlari”
kabi mavzulardagi mashqlarni o‘yinlar yordamida bajartirish mumkin. So‘ngra ular
kompyuterdagi rang-barang tasvirlarga uyg‘un holatda ko‘rsatilsa, o‘quvchilarning nutqi
rivojlanib, atrof-muhitga munosabat doirasi kengayadi. Yangi mavzuni namoyish etish
bosqichida ekranda so‘zlar va uni aks ettiruvchi rasmlar paydo bo‘ladi. O‘quvchilar so‘zlarni
tinglab, ularni talaffuz etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mavzuni kompyuter yordamida
taqdim etishda ta’limni individuallashtirish printsipiga e’tibor berish lozim. Ayrim
o‘quvchilar so‘zning grafik, ayrimlari esa tovushli obrazni qabul qilishda qiyinchilikka
uchraydilar. Kompyuter u yoki bu qiyinchilikni mashqlar vositasida bartaraf etib,
o‘quvchining ingliz tilidan o‘zlashtirishga qiynalayotgan jihatlarini topishga va ularni
bartaraf etishga yordam beradi.
Ikkinchi bosqichdan boshlab grammatikani o‘zlashtirishga qaratilgan boshqa ta’limiy
o‘yinlarni ham tashkil etish mumkin. Masalan, “Kim savodxon?”, Kim zukko?, “Men
kimman?“, “Zanjir“, “Rolli o‘yin“, “So‘z o‘rnini top kabi qiziqarli o‘yinlar shular
jumlasidandir. “Kim zukko? “ o‘yini imlo savodxonlikni oshirishda yaxshi natija beradi.
Bunda karton qog‘ozga 5-6 ta so‘z yozilgan bo‘lib, so‘zlar to‘g‘ri va noto‘g‘ri yozilgan
bo‘ladi. O‘quvchilardan noto‘g‘ri yozilgan so‘zni topib, to‘g‘ri yozib berish talab qilinadi.
Qaysi o‘quvchi noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni to‘g‘ri va birinchi bo‘lib yozib berishga qarab
o‘yin g‘olibi aniqlanadi.
Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jaroyonida o‘quvchi sub’ekt bo‘lishi lozim. Bunda ko‘proq
interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga
qo‘yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil fikrlashga o‘rgatishdir. Bugungi kunda ingliz
Международный научный журнал № 7(100), часть 1
«Научный импульс» Февраль, 2023
645
tili o‘qituvchilari Amerika Qo‘shma Shtatlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan
holda, quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelmoqda:
“Quvnoq topishmoqlar” (Merry riddles) o‘quvchilarga topishmoqlar o‘rgatish. Ingliz
tilini o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o‘zlariga notanish bo‘lgan so‘zlarni
o‘rganadilar va o‘ylab topishmoq javobini topadilar.“Tezkor javob” (Quick answers) o‘tilgan
dars samaradorligini oshirishda yordam beradi.“Chigil yozdi” (Warm-up exercises)
o‘quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o‘yinlardan foydalanish. “Pantomima”
(Pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo‘lgan darsda yoki yozma
mashqlar bajarilib, o‘quvchilar charchagan paytda foydalanilsa bo‘ladi. “Hikoya zanjiri” (A
chain story) usuli o‘quvchilarning og‘zaki nutqini oshirishda va xotirani mustahkamlashda
yordam beradi. “Rolli o‘yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida
qo‘llanilishi mumkin “Rasmlar so‘zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo‘lib,
ingliz tilini o‘rgatishda, o‘quvchilarning o‘g‘zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi,
buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim. “Kviz kartochkalari” (Quiz cards)
o‘quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma o‘quvchilar bir vaqtda
darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi.
“So‘z o‘rnini top“ o‘yinida so‘zlarning o‘rni almashtirib qo‘yiladi hamda so‘zlarni o‘z
o‘rniga to‘g‘ri qo‘yish orqali gap hosil qilinadi. “To‘plam“o‘yini ma'lum bir mavzu asosida
o‘quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. O‘yin qatorlar
musobaqasi yoki kichik guruhlarda ishlash shaklida tashkil etiladi. Masalan, belgini bildirgan
so‘zlarni toping deb, guruhlarga topshiriq beriladi. Berilgan vaqt iсhida qaysi guruh ko‘p
topa olsa g‘olib bo‘ladi. Multfilmlar. O‘quvchilarlar chet tilini o‘rganish mobaynida
multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilmdagi qahramonlarning harakatlari orqali ular
ishlatayotgan so‘zlarni tushunishga harakat qiladi. Bu esa bolalar uchun til o‘rganishda qiziq
va samarali yo‘l hisoblanadi. O‘quvchilar uchun ingliz tili qo‘shiqlaridan tortib she’r va
hikoyalar, videoroliklar orqali o‘rgatib kelinmoqda.
“ Rasmli” o‘yin. O‘quvchilar Present Continious tarkibini yaxshiroq o‘zlashtirishlari
uchun rasmli o‘yinni qo‘llash mumkin. O‘quvchilarga hali ko‘rmagan rasmlaridagi personaj
nima qilayotganini topish taklif etiladi. Masalan, P1: Is the girl sitting at the table? P 2 : No,
she is not.
P1: Is the girl standing? P 2:: Yes, she is
Rasmda ifodalangan harakatni to‘g‘ri topgan o‘quvchi g‘olib xisoblanadi. U boshlovchi
bo‘lib boshqa rasmni oladi.
“ Rasmdagi gaplar”o‘yini. Bu o‘yin grammatik formalarni mashq qildirish uchun yaxshi
ko‘rgazmali vosita hisoblanadi. Kartalarda odamni qandaydir harakatlarini ifodalovchi bir
necha rasmlar bor, masalan: konkida uchayotgan, shaxmat o‘ynayotgan, kitob o‘qiyotgan
rasmlar bor. O‘qituvchi rasmli kartalarni ko‘rsatadi (bola konkida uchayapti) va so‘raydi:
What is he doing? O‘quvchilar o‘zlarida xuddi shunday rasmni topadilar va javob beradilar:
He is skating.
Международный научный журнал № 7(100), часть 1
«Научный импульс» Февраль, 2023
646
Xulosa o‘rnida ta‘kidlash joizki, zamonaviy davrda ingliz tilini o‘qitishda o‘quvchilarni
yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ualarga kreativ yondashish,
o‘qituvchi motivator bo‘lish, ulardagi chet tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, o‘quvchilar
ehtiyojni to‘la qondirishga yordam beruvchi innovatsion pedagogik texnologiyalarga
asoslangan zamonaviy didaktika (anamal o‘quvchilar uchun) ishlanmalarni tayyorlash va
ularni amalga oshirishning dars o‘tish metodikalarini ishlab chiqish muaommoning amaliy
yechimini ta‘minlaydi.
|