• 1. Moment, tok va o‘rin joyini rostlash.
  • Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti mustaqil ish




    Download 220.1 Kb.
    bet1/7
    Sana10.11.2023
    Hajmi220.1 Kb.
    #97162
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    bub44
    ДАРС ЖАДВАЛИ, 10-sinf INFORMATIKA, 7-amaliy (2), Kompyuter savodxonligi, 8-maruza, ta-limning-turli-bosqichlarida-innovatsion-texnologiyalardan-foydalanish-samaradorligini-oshirish, isajon-sulton-hikoyalarida-bo-ri-obrazi, qotishmalar nazariyasi, metallar, 88 (18), 88 (11), 88 (14), Mashina detallar, Tojiboyev R.N. Mashina detallari. (1)

    NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

    MUSTAQIL ISH
    FAN: ___________________________________________
    Mavzu: _________________________________________




    Bajardi: ____________________________
    Guruh: ___________________
    Qabul qildi: _________________________

    MUSTAQIL ISH

    Mavzu: . Tezlikni rostlash konturi parametrlarini xisoblash.
    Reja:

    1. Moment, tok va o‘rin joyini rostlash.


    2. Tok va momentni rostlash.

    1. Moment, tok va o‘rin joyini rostlash.

    Ishlab chiqarish mashinalarining ko‘pchiligida (prokat stanlarda, ko‘tarish-transport mexanizmlarda, metallarni qayta ishlovchi qurilmalarda, to‘qimachilik mashinalarda va boshqalarda) ijro organining harakat tezligini rostlash amalga oshiriladi. EYU yordamida ijro organlari harakatining turli tezliklari, tezlikni belgilangan qiymatlaridagi barqarorligi, shuningdek ixtiyoriy o‘zgaruvchan vazifa signalga (taqlid) yoki oldindan qo‘yilgan dasturga mos ravishda tezlikni o‘zgartirish tapminlanadi.


    EYU ning mexanik qismini sxemasidan (1- rasm) ko‘rinadiki, ijro organining aylanma va ilgarilama harakatida, mos ravishda dvigatel va ijro organining tezliklari o‘zaro quyidagicha bog‘lanishida bo‘ladi
    io=/i; io =   (1)
    (1)ifodani qarab chiqish shuni ko‘rsatadiki, ijro organining harakat tezligini rostlashda mexanik uzatmaga, yoki dvigatelga, yoki bir paytda xam unga, xam bunga taosir orqali erishish mumkin. Birinchi usul mexanik uzatmaning uzatish sonini i yoki keltirish radiusini r, dvigatel tezligi doimiy bo‘lganda, o‘zgartirish bilan bog‘liqdir va shuning uchun u rostlashning mexanik usuli deb nomlanadi. Bu usulni amalga oshirish uchun uzatish qutilari (bosqichli rostlanadi), variatorlar va elektromagnit muftalari (ravon rostlanadi) ishlatilishi mumkin. Bu usul, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdagi murakkabligi, uzatmalar ishidagi ishonchliligi va tejamliligining pastligi uchun kam qo‘llaniladi.
    Ikkinchi, elektr usuli deb nom olgan usulda, mexanik uzatmaning ko‘rsatkichlari o‘zgarmagan xolda, dvigatelga taosir o‘tkazish nazarda tutiladi.
    Zamonaviy EYU larda, bu usul, o‘zining rostlash imkoniyatini kengligi, soddaligi va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning umumiy sxemalarida ishlatishni qulayligi va tejamliligi bilan asosan qo‘llanishga ega bo‘lmoqda. Baozi bir ishchi mexanizmlarida (masalan, metall qirquvchi dastgoxlarda) kombinatsiya qilingan tezlikni rostlash usuli xam ishlatiladi.
    SHunday qilib, zamonaviy ishlab chiqarish mashinalari va mexanizmlari ijro organlarining harakatini boshqarish, ko‘pchilik xollarda elektr dvigatelga uning boshqarish sistemasi yordamida maqsadga yo‘naltirilgan taosir orqali erishiladi, bu esa dvigatel va ijro organining tezligini rostlash imkoniyatini beradi.
    Tezlikni rostlash quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar bilan baxolanadi:
    1. Rostlash diapazoni D - dvigatel validagi yuklamani berilgan chegarasida maksimal max va minimal min tezliklarni nisbati bilan aniqlanadi:
    D = max / min
    Turli ishchi mexanizmlar xar xil rostlash diapazonini talab qiladi.Masalan, prokat stanlari D=(2050):1 diapazon bilan xarakterlanadi, dastgoxlar D=(34):1 dan D=(50100):1 gacha, to‘qimachilik mashinalari uchun D=20:1 ga tengdir.

    Download 220.1 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 220.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti mustaqil ish

    Download 220.1 Kb.