Ахборотга санкциясиз кириш-




Download 109.8 Kb.
bet17/21
Sana02.03.2022
Hajmi109.8 Kb.
#133
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Ахборотга санкциясиз кириш- киришга ҳуқуқий бўлмаган шахсни қонун бузарлик йўли билан конфиденциал ахборотга эга бўлишидир.

16-Mavzu: Axborot chiqib ketish texnik kanallarining tasnifi va tarkibi
Ma’lumot maydon yoki modda orqali uzatiladi. Bu yo akustik to‘lqin (tovush), yo elektromagnit nurlanish yo matn yozilgan bir varaq qog‘ozdir. Biroq, na uzatilgan energiya, na foydalanilgan modda o‘z-o‘zicha hech qanday qiymatga ega emas, ular faqat ma’lumot tashuvchi hisoblanadi, xolos.
Fizik tabiatiga ko‘ra quyidagilar ma’lumot tashuvchi vositalar hisoblanadi: yorug‘lik nuri; tovush to‘lqinlari; elektromagnit to‘lqinlar; material va moddalar.
Tabiatda ma’lumotlarni tashish uchun bulardan boshqalari mavjud emas. O‘z manfaatlariga qarab insonlar u yoki bu fizik maydondan foydalanib o‘zaro ma’lumot uzatishning biror tizimini yaratadilar. Bunday tizimlarni aloqa tizimi deb nomlash qabul qilingan. Ixtiyoriy aloqa tizimi (ma’lumot uzatish tizimi) ma’lumotlar manbai, uzatgich, ma’lumot uzatish kanali, qabul qilgich va qabul qilib oluvchi haqidagi ma’lumotdan tashkil topadi.Bu tizimlar kundalik hayotda biror maqsad uchun foydalaniladi va ma’lumot uzatishning rasmiy vositasi hisoblanadi. Uning faoliyati
ishonchlilikni, aniqlilikni va ma’lumot uzatish xavfsizligini ta’minlash maqsadida nazorat qilinadi. Bu esa raqobatchilarning tizimga ruxsatsiz kirishni oldini oladi. Biroq, ma’lum sharoitlar mavjudki, unda bir joydan boshqasiga ma’lumot uzatish tizimi obyekt va manbaning xohishiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bunday hollarda, albatta, bunday kanal o‘zini ochiqcha namoyon qilmasligi kerak. Ma’lumotlar uzatish kanali singari bunday kanal ma’lumot chiqib ketish kanali deb ataladi. U ham signal manbai, uni tarqatuvchi fizik muhit va yovuz niyatli shaxslar (buzg‘unchilar) tomonidagi qabul qiluvchi qurilmalardan tashkil topadi. Quyidagi rasmda ma’lumot chiqib ketish kanalining tuzilishi keltirilgan. Ma’lumotlar chiqib ketish kanali deb konfedensial ma’lumotlar manbasidan yovuz niyatli shaxsgacha bo‘lgan fizik yo‘l tushuniladi. Bu yo‘l orqali ma’lumot chiqib ketishi yoki saqlanayotgan ma’lumotga ruxsatsiz kirish mumkin. Ma’lumotlar chiqib ketish kanalining vujudga kelishi (paydo bo‘lishi, o‘rnatish) uchun ma’lum fazoviy, energetik va vaqtdagi sharoit hamda yovuz niyatli shaxsda ularga mos ma’lumotlarni qabul qilish va qayd qilish vositalari mavjud bo‘lishi kerak. Fizik xususiyatlarini inobatga olgan holda ma’lumotlar chiqib ketish kanalining paydo bo‘lishini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
– vizual-optik;
– akustik;
– elektromagnit (magnit va elektrik maydonni o‘z ichiga oladi);
– material-buyumli (qog‘oz, foto, magnitli tashuvchilar, turli ko‘rinishdagi qattiq, suyuq, gaz holatidagi sanoat chiqindilari).
Ma’lumot chiqish kanali Manba Signal manbasi Muhit Qabul qiluvchi Buzg‘unchilar

Download 109.8 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 109.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ахборотга санкциясиз кириш-

Download 109.8 Kb.