Navoiy viloyati qiziltepa tumani 27-umumiy o’rta ta’lim maktabi




Download 3.81 Mb.
bet1/14
Sana27.03.2024
Hajmi3.81 Mb.
#178660
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Metodika
1665031982, 40 rasm, 11- Маvzu ona tili, To\'plam, amaliy 14 va 15

NAVOIY VILOYATI QIZILTEPA TUMANI 27-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI

5-SINF GEOGRAFIYA DARSLARIDA AMALIY MASHG’ULOTLARNI YECHISH USULLARI


Abdulloyeva Gulmehra Bomurotovna
27-umumiy o’rta ta’lim maktabi geografiya fani o’qituvchisi

Navoiy-2024


Annotatsiya
Ushbu metodik qo’llanma geografiya ta’limida o‘quvchilarni faollashtiradigan, o‘rganish uchun qulay bo‘lgan usul va uslublarni, o‘qitish shakllarini, vaziyatlarni o’z ichiga olgan. Amaliy topshiriqlarning maqsadi dars davomida egallangan bilimlarni amalda tatbiq etish va ularni mustahkamlshdir. Amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida yuzaga keladigan matematika, fizika, chizmachilik kabi fanlar bilan aloqadorlik o’quvchining mantiqiy fikrlash qobiliyatini yanada o’stirishga xizmat qiladi.
Kalit so’zlar: Ufq, azimut, masshtab, daraja to’ri, geografik koordinata, shamol guli, havo bosimi, havo harorati, hisbiy namlik, namlanish darajasi

Muallif: Abdulloyeva Gulmehra Bomurotovna


Ma’sul muharrir informatika fani o’qituvchisi:
Bobojonova Shahnoza Usmonovna
Taqrizchi tabiiy fanlar metodbirlashma boshlig’i:
Boboyeva Dilnoza Abdullayevna

Mundarija


1.Kirish……………………………………………………………………………4
2.O’quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar………………….6
3.Ufq tomonlari va ularni joyda aniqlash…………………………………………7
4.Azimutni kompas yordamida aniqlash………………………………………….10
5.Masofani o’lchash……………………………………………………………….11
6.Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar……………………………………………..13
7.Xarita masshtabidan foydalanib masofani o’lchash……………………………..14
8.Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar……………………………………………..16
9.Daraja to’ri yordamida nuqtani qaysi yarimsharda joylashganligini aniqlash…..16
10.Daraja to’ri yordamida geografik koordinatani aniqlash………………………17
11.Berilgan koordinataga qarab xaritadan geografik obyektlarni topish………….19
12.Havoning sutkalik o’rtacha haroratini aniqlash……………………………….19
13.Havo harorati va bosimining balandlikka bog’liq holda o’zgarishi …………...21
14.Shamolning yo’nalishi va kuchini aniqlash…………………………………….22
15.”Shamol guli”ni chizish………………………………………………………...23
16.Havoning namligini aniqlash…………………………………………………...25
17.Namlanish darajasini hisoblash…………………………………………………26
18.Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar va testlar…………………………………..27
19.Xulosa…………………………………………………………………………...39

Kirish
Maktabda geografiyaning asosiy vazifasi o‘quvchilarda fanning mazmun va mohiyatini egallash va uning negizida universal o‘quv faoliyat turlarini shakllantirish hamda fikrlash salohiyatini rivojlantirishdir.


Maktab geografiyasining maqsadini to‘g‘ri va to‘liq tasavvur etmay turib ta’lim tarbiyada to‘la muvaffaqiyatlarga erishib bo‘lmaydi. Maktab geografiyasi o‘quvchilarga o‘rta geografik ma’lumot berishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning zaminida o‘quvchilarni muayyan geografik tasavvur va tushunchalar bilan qurollantirish, ularda mustaqil geografik bilim egallash taqazo etgan ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish, geografik mushohada yuritish qobiliyatlarini o‘stirish va barkamol insonni tarbiyalash vazifasi yotadi.
Geografiya darsligi matn bilan birgalikda unga aloqador xarita, xarita-chizma, shartli belgi, diagramma, metodik ishora singari didaktik modellar hamda savol va topshiriqlardan iborat murakkab ta’limiy majmuadir. Majmuaning tarkibiy qismlari har jihatdan o‘zaro aloqadorligini chuqur anglagan holda ulardan ya’lim jarayonida oqilona foydalanilsa, ayniqsa, didaktik ashyolar bilan o‘quvchilar mustaqil ishlasa dars mavzusining ma’lumotlari yanada kengayib, mazmun teranlashadi.
Geografiya darslari o‘quv materiallari xaritaga, turli ko‘rgazmali qurollarga, shunungdek, muayyan geografik obyektga bog‘lab o‘rganish bilan boshqa o‘quv fanlaridan ajralib turadi. Ya’ni darslar tabiiy ko‘rgazmalardan, g‘oyaviy, ilmiy asoslangan aniq, daliliy materiallardan foydalanib olib borilganda qiziqish va e’tiborni yanada kuchaytiradi.
Geografiya ta’limida o‘qituvchi o‘quvchilarni faollashtiradigan, o‘rgatishi uchun qulay bo‘lgan usul va uslublarni, o‘qitish shakllarini, vaziyatlarni izlaydi, zamonaviy pedagogik texnologiyaga tayanib o‘quv jarayoni samaradorligini oshiradi. Oquvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib, oquv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishadi. Bu jarayonning maqsadi har tomonlama barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirish bo‘lib, asosan quyidagilardan tarkib topgan:
-ta’lim-tarbiya berish;
-mustaqil fikrlashga o‘rgatish;
-bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘rgatish va o‘zlashtirilishiga erishish;
-turli usul va uslublarni qo‘llash va takomillashtirish;
-ta’lim-tarbiya jarayonida insonparvarlik va vatanparvarlik tamoyillariga asoslanish.
Ta’limning metodologik asosi-dars jarayonini amalga oshirishda qanday metodlarga asoslanishini belgilaydi. Metodologik asosning ilmiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi pedagogik texnologiyaning muhim shartidir.
Geografiya ta’limida nazariy mashg’ulotlarni amaliy topshriqlar bilan birgalikda olib borish bilim samaradorligini oshirishning muhim omili bo’lib xizmat qiladi.
Amaliy topshiriqlarning asosiy maqsadi-o’quvchilarda geografiya faniga oid bo’lgan ko’nikma va malakalar (geografik masalalar ishlash, xarita bilan ishlash, tabiat hodisalarini kuzatish va tahlil qilish) ni hosil qilishdan iborat. Dars jarayonida o’rganilgan bilimlarni mustahkamlash amaliy topshiriqlarning asosini tashkil qiladi.
Amaliy topshiriqlarni o’quvchilar yakka tartibda ham, o’qituvchi bilan birgalikda ham bajarishlari mumkin. Bunung uchun avval o’qituvchi o’quvchilarga amaliy topshiriqlarning bajarilish tartibi va yechilish usullarini tushuntiradi. So’ngra oquvchilarga bajarishga ruxsat beriladi.
O’quvchilar bajaradigan amaliy topshiriqlarga quyidagi metodik talablar qo’yiladi:
1.Oquvchilar bajaradigan amaliy topshiriqlarning turi va mazmuni ularning yosh xususiyatlari, tayyorgarlik darajasi va individual xususiyatlariga mos bo’lishi kerak;
2.Amaliy topshiriqlarning mazmuni xilma-xil va qiziqarli bo’lishi kerak;
3.Amaliy topshriqlar o’quvchilarni ilgari egallagan bilim, ko’nikma va malakalaridan foydalanishni taqozo etadigan va yanada rivojlantiradigan bo’lishi lozim;
4.Amaliy topshiriqlar quyi sinflardan yuqori sinfga tomon murakkablashib borishi lozim;
5.Bajarilgan amaliy topshiriqning natijasi o’z vaqtida tahlil qilinishi, muhokama qilib baholanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Amaliy topshiriqlarning samarasi o’quvchilarning bilimi va tayyorgarligiga, o’qituvchining ijodiy faoliyati, mahorati, tajribasi, qamrov doirasiga bog’liq.



Download 3.81 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 3.81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy viloyati qiziltepa tumani 27-umumiy o’rta ta’lim maktabi

Download 3.81 Mb.