O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlarida siyosiy partiyalar ma’naviy-ma’rifiy faoliyatining aks etishi




Download 430.97 Kb.
bet8/38
Sana21.03.2017
Hajmi430.97 Kb.
#504
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlarida siyosiy partiyalar ma’naviy-ma’rifiy faoliyatining aks etishi.

Bugungi qunda demakratik huquqiy davlatni siyosiy partiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Demakratik jamiyatda siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular bevosita davlat faoliyatining ustuvorligi yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faolitining tashkiliy-huquqiy asoslarini 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida bo‘lsada, lekin unga qadar qabul qilingan “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi qonunlarning dastlabkisi hisoblanadi. 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ushbu qonunning 1-moddasida “o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniylikni birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqorolarning hohish irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari ilmiy texnikaviy, ma’daniy – ma’rifiy, fizkultura-sport va boshqa ko‘ngilli birlashmalar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqorolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi”1 deb ko‘rsatib o‘tilgan.

Asosiy qonunimizda siyosiy partiyalar tashkiliy huquqiy asosining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, uning siyosiy partiyalar huquqiy maqomi belgilanishi bilan bir qatorda, fuqorolarning siyosiy partiyalarga uyushishi huquqlari ham belgilangan (34-modda). Siyosiy partiyalar muhim konstitutsiyaviy institut sifatida konstitutsiyamizning XII jamoat birlashmalari bobi 60-moddasida “siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demakratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat xokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar O‘zbekiston faoliyatining moliyaviy ta’minlash manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan belgilangan tartibda oshkora tartibda xisobotlar berib turadilar.”2

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning jami 13 ta moddasida partiyalarga doir qoidalar keltirilgan. Asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyada siyosiy partiyalarga doir bu qadar e’tibor respublikamizda siyosiy partiyalarni muxim konstitutsiyaviy institut ekanligidan dalolat beradi.

“Siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi o‘rni va roli hamda ular faoliyatining bunday konstitutsiyaviy-huquqiy jixatdan mustaxkamlanishi zamonaviy konstitutsiyaviy qonunchilikda quyidagi bir necha yondashuvlar mavjud ekanligini ko‘rsatadi.

Birinchi yo‘nalish, konstitutsiyalarda siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi so‘z bormaydi,

Ikkinchi yo‘nalish, Konstitutsiyalarda to‘la yoki qisman siyosiy partiyalarning roli va siyosiy partiyalarning ayrim tamoyillari haqida qoidalar mavjud,

Uchinchi yo‘nalish, Konstitutsiyalarda yagona, boshqaruvchi va rahariy partiyalarning mavjud bo‘lishini nazarda tutadi va boshqa partiyalarning faoliyati taqiqlanadi,

To‘rtinchi yo‘nalish, barcha partiyalar ta’qiqlanadi va shu sabali siyosiy partiyalar to‘g‘risida so‘z bormaydi,

Beshinchi yo‘nalish, aniq ko‘rsatilgan partiyalarga yoki muayyan soxadagi partiyalarga ruxsat beriladi va boshqa partiyalar ta’qiqlanadi.”1

Mamlakatimiz Konstitutsiyasida siyosiy partiyalarga doir qoidalarning sezilarli darajada mavjudligi Konstitutsiyamizni ikkinchi guruhga taalluqli ekanligini ko‘rsatadi va Konstitutsiya belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar asosida siyosiy partiyalar faoliyatini aniq yo‘nalishlarini tartibga solishga maqsadida qator qonunlar qabul qilindi.

1996 yil 26 dekabrda Oliy Majlis tomonidan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda siyosiy partiya tushunchasi, siyosiy partiyalarni tuzish va ularni faoliyat qo‘rsatish prinsiplari, ular faoliyatining qafolatlari, siyosiy partiyalar ustavi va dasturi, siyosiy partiyalarga a’zolik, siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish, siyosiy partiyalarning huquqlari, siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda maxalliy xokimiyat vakillik organlarigi partiyalar guruxlari, siyosiy partiyalar mulki, siyosiy partiyalarni mablag‘ bilan ta’minlashga oid qoidalar belgilangan. Qonunning 1-moddasida siyosiy partiyaga ta’rif berilib, uni quyudagicha izohlanadi: “Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi fuqorolarini qarashlar manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat xokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda jamiyatning muayyan qismining irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir.”2

O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonuni ayrim yo‘nalishdagi siyosiy partiyalarni tuzishni man etadi. Ular quyudagilar:

Birinchidan, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qiluvchi,

Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi suveriniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqorolarning qonstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi,

Uchinchidan, urishni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi,

To‘rtinchidan, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatigi tajovuz qiluvchi,

Beshinchidan, milliy va diniy ruxdagi partiyalar.

Bu yo‘nalishlarni ayrim tadqiqodchilar toraytirib yoki kengaytirib yuboradilar. Jumladan I.Bekov o‘z ilmiy ishida bu ro‘yxatga kasbiy yo‘nalishdagi partiyalarni ham qonunchilikka kiritishni tavsiya qilib, bir kasb egalari manfaatlparini ko‘zlaydigan siyosiy partiyalarning jamoat birlashmasidan farqi qolmasligini dalil sifatida keltiradi.1

Prezidentimiz I.A.Karimov ba’zi buzg‘unchi, mamlakatda demakratik tuzumni ag‘darish bilan yo‘g‘rilgan g‘oyalarni ilgari suruvchi partiyalar faoliyatni ta’qiqlash masalasiga atroflicha yondoshar ekan shunday fikrlarni bildiradilar: “Ayni zamonda mavjud konstitutsiyaviy hokimiyatni kuch bilan ag‘darishni maqsad qilib olgan partiyalar va harakatlar, shuni aniq aytishim kerak, ta’qiqlab qo‘yilishi kerak. Respublikasi chegaralari daxlsizligi va xavfsizligiga qarshi kurashuqchi, fashizm, irqchilik, zo‘ravonlik, milliy va diniy nizolarni targ‘ib qilivchi, demakratik erkinliklar va xalqning ma’naviyatiasoslariga tajovuz qiluvchi xar qanday partiyalar va jamoat harakatlari qonunga xilof deb e’lon qilinishi lozim.”2

Siyosiy partiyalar faoliyatda uning ustavi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har bir partiya ustavida partiyaning faoliyat yo‘nalishi, rejasi, uning siyosiy taktikasi belgilangan bo‘ladi. Partiyalar ustavlarini shartli ravishda partiyalarning pasporti deb xisoblasak bo‘ladi. Chunki Ustavda partiyaning nomi, maqsad va vazifalari, partiyaning tuzilishi, partiya a’zoligiga qabul qilish va undan chiqish shartlari, partiya a’zolaring huquq va majburiyatlari, partiya tashkilotlari raxbpr organlarining vakolatlari, ularni vakolatlari, partiya mablag‘lari shakllantirish manbalari, partiya rahbar organi manzili, partiya faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek partiya faoliyatiga oid boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tish uchun ustav qabul qilingandan so‘ng bir oydan kechiktirmay zaruriy xujjatlarni taqdim etadi. Adliya vazirligi bir oy ichida xujjatlarni ko‘rib chiqib ro‘yxatdan o‘tkazadi va partiyalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.

Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasida siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olishni rad etish tartibi belgilangan, unga ko‘ra “Agar siyosiy partiyaning ustavi, maqsadlari, vazifalari va faoliyat uslubi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya, ushbu qonunga hamda boshqa qonun hujjatlariga zid bo‘lsa yoki oldinroq xuddi shunday nomdagi siyosiy partiya yoki jamoatchilik harakati ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu partiya ro‘yxatga olinmaydi.”1

Bundan tashqari Respublikada faoliyat yuritayotgan biror-bir siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya, siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonun yoki O‘zbekiston ustavini buzgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buzilgan normani xisobga olgan xolda partiyaning raxbar organiga yozma xabar yuborib bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agarda belgilangan muddatda davomida buzilishlar bartaraf etilmasa, Adliya vazirligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi siyosiy partiyaning faoliyatining olti oygacha to‘xtatib quyishi mumkin.

Siyosiy partiyaning faoliyat ushbu xalatlarda butunlay tugatiladi: ­­­­­­­­­­­­­­­­partiyalarning o‘z ustaviga muvofiq tarqalib ketishi orqali, bu haqda partiya oliy organi uch kunlik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ga xabar qiladi;

Partiyalar siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonunning 3- moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan xatti-xarakatlarni sodir etgan xollarda yoki o‘zfaliyati to‘xtatib qo‘yilgandan so‘ng bir yil muddat ichida o‘sha xatti xarakatlarni takror sodir etgan xollarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiyaning faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi qarori ommaviy axborot vositalaridagi e’loni siyosiy partiyalar faolitini yakunlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi siyosiy partiyalarning rivojlanish tarixida partiyalarning tugatilishi va birlashishi jaroyoni bir necha marta sodir bo‘ldi. Lekin ikki palatali professional parlamentimiz shakllangandan beri partiyalarning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turilishi yoki tugatilishi holatlari sodir bo‘lmadi. Shu o‘rinda “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunda siyosiy partiyalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilganda yoki tugatilgandagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiya xuquqiy xolati ko‘rsatib berilish masalasi ochiq qoldirilgan. Ushbu holatlar sodir bo‘lganda siyosiy partiya fraksiyaning qanday tartibda faoliyat yuritilishi qonunda aniq belgilab qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.

Shu o‘rinda aytish lozimki, partiyalarning ijtimoiy-siyosiy xayotda faoliyat ko‘rsatishlarining kafolati, bu ularning uzliksiz moliyaviy asoslarga ega bo‘lishlaridir. “Hozirgi davr qonunchiligi siyosiy partiyalar faoliyatining barcha yo‘nalishlaridagi moliyaviy mablag‘larini aniqlashtirib, ularning partiyalar faoliyati turlariga qo‘ra taqsimlanish, partiyalarning aniq manbalardan mablag‘ olish shartlari va ishlatish tartibini xuquqiy jixatlarini mustaxkamlab bermoqda. Bu faoliyatdagi turli cheklovlarni, ya’ni xayriya berish me’yorlari xarajatlar kabilarni muvofiqlashtirishga doir huquqiy asoslar ishlab chiqilgan. Siyosiy partiyalar belgilangan shartlarni bajarmasliklari yoki ularni buzishlari huquqbuzarlik sifatida talqin etilib, partiyalarga turlicha to ularni tarqatib yuborishga qadar sanqsiyalar berishning huquqiy amaliyoti ham o‘rnatilgan.”1

Bugingi kunda Evropa, Shimoliy Amerika, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Hindiston kabi demakratik mamlakatlarda siyosiy partiyalar faoliyati kengayishi va bu soxada ularning sarf-xarajatlari yildan-yilga kengayib borishi natijasida ularning serqirra faoliyatini davlat tomonidan ta’minlash muommolari kelib chiqmoqda. Partiyalarning rivojlanish tarixidan ma’lumki, partiyalar uzliksiz keladigan moliyaviy mablag‘larsiz o‘z maqsadlarini to‘liq bajara olmaganlar. SHu munosabat bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari qonunchiligi partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishga axamiyat bera boshladi. Demakratik xuquqiy mamlakatlar qonunchiligiga e’tibor bersak, siyosiy partiyalarni ta’minlashga bog‘liq uch xil yondashuvga guvox bo‘lamiz.

Birinchi guruh, partiyalarni xususiy mablag‘lari ya’ni partiyaga kirish va a’zolik badallari, partiya tadbirlaridan ( ko‘rgazmalar, ma’ruzalar va boshqa mab.) olinadigan tushumlar va tadbirkorlik faoliyati va mulkdan keladigan daromadlar.

Ikkinchi guruh, partiyalarni qisman moliyalashtirish. Bunda davlat siyosiy partiyalarni ayrim faoliyatlarini moliyalashtiradi.

Uchinchi guruh, partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish.Bu moliyalashtirish siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi hozirgi davr qonunchiligining asosiy tamoyillaridan biriga aylanmoqda.

Respublikamizda ham siyosiy partiyalarni moliyaviy mustaqilligini mustaxkamlash maqsadida, 2004 yil 30 aprelda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi. Ushbu qonunda partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish, partiyalarning moliyaviy manbalari va ularning qanday foydalanishlari to‘g‘risidagi normalalar kiritilgan. Qonunnin 2- moddasida “Siyosiy partiyalar, agar u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniniga muvofiq Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyani tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o‘rinlarini olgan bo‘lsa, o‘zining ustavida nazarda tutilgan faoliyatni moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi”1 deb belgilab qo‘yilgan. Demak mamlakatimizdagi qonunchiliq siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishni sharti sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida fraksiya tuzish uchun zarur bo‘lgan deputatlik o‘rinlarini ( 9 nafar) talab etadi.

Saylov yakunlariga ko‘ra zarur deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar ustavida nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik xajmi shu mablag‘lar olinishi uchun mo‘jallangan yildan oldingi yilning 1 yanvar holatida belgilangan eng kam ish haqining ikki foizini Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar royxatiga kiritilgan fuqorolar soniga ko‘paytmasi o‘z deputatlari soniga mutanosib belgilangan mablag‘lardir. Bugunda mavjud siyosiy partiyalarimizning faoliyatini kengayib turli yangi yo‘nalishlar ochilayotganini va bozor munosabatlariga tortilayotgani sababli ulaning yanada samarali faoliyati uchun ushbu moddadagi miqdorni ko‘paytirish lozim. Siyosiy partiyalarga bugungi kunda fuqorolar orasiga yanada chuqurroq kirib borishi va boshqa aniq maqsadli vazifalarining amalga oshirish uchun davlat mablag‘larining yillik xajmi shu mablag‘lar olinishi uchun mo‘jallangan yildan oldingi yilning 1 yanvar holatida belgilangan eng kam ish haqining ikki foizini to‘rt foizga qadar oshirilishi maqsadga muvofiq deb xisoblayman.

Shu o‘rinda siyosiy partiyalarning moliyalashtirishga doir ayrim cheqlovlarga ham to‘xtalib o‘tish lozim. “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonkunning 5-moddasida siyosiy partiyalarga xayriya yordamini cheklashga doir normalar ko‘rsatilgan.Unga ko‘ra siyosiy partiyalarga pul va boshqa ko‘rinishdagi mablag‘larni:

- Chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vaklatxonalari va filiallari,

- Xalqaro tashkilotlar, ularning vaklatxonalari va fqiliallari

- Chet el investitsiyasi asosidagi korxonalar,

- Chet el fuqorolari,

- Fuqoroligi bo‘lmagan shaxslar1 tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunchilikdagi bunday cheqlovlarning mavjud bo‘lishi siyosiy partiyalarning ba’zi xorijiy “xayrixohlar”dan halos etib, mamlakat barqarorligi va mavjud xokimiyatning samarali faoliyati uchun zaruriy jarayondir. Oxirgi yillarda Ukraina. Gruziya va qo‘shni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan “rangli inqiloblar” da asosiy xarakatlanuvchi kuchlar turli jamoat tashkilotlari, jumladan, siyosiy partiyalar eqanligi bu cheklovlarning mavjudligi ijobiy xol ekanligini isbotladi.

“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunining 13, 14 moddalaridagi O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslarining xayriya yordamlarining miqdorini ham ko‘rib chiqilishi lozim. Qonunda siyosiy partiyaning yil davomida bir yuridik shaxs tomonidan olinadigan xayriya yordami yilning birinchi yanvardagi holatiga ko‘ra belgilangan eng kam ish haqining besh ming barobaridan, O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslarining xayriya yordamlarining miqdori besh yuz barobaridan oshmsligi belgilangan. Ushbu miqdorni siyosiy partiyalar faoliyatini yanada faollashtirishni nazarda tutgan holda ikki barobarga O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari uchun o‘n ming barobargacha, jismoniy shaxslar uchun ming barobargacha oshirish maqsadga muvofiqdir.

Siyosiy partiyalarning moliyaviy jihatdan barqarorligining oshishi ularning faoliyatining jonlanishini, raqobatdoshligini oshiradi, saylovlar oralig‘idagi ishlash mexanzlarinining ham taqomillashishiga, partiyalarning joylardagi bo‘linmalarini kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga partiyalarning yillik xisobotlariga jamoatchilikning e’tibori oshishiga xizmat qiladi.

Ma’lumki siyosiy partiyalar respublikamizda jamoat birlashmalari sifatida ko‘rsatiladi. SHu o‘rinda siyosiy partiyalarning jamoat birlashmalaridan farqli jixatlarini anglab olish zarur. Nemis olimi doktor Raynxard Krumm bu borada qarashlarni bayon etib, “birinchidan partiyalarni nodavlat notijorat tashkilotlari bilan aralashtirib yubormaslik, ikkinchidan bir semantik tushuncha ostida siyosiy partiyalarning har xil turlari umumlashtirmasligi uchun ushbu tushunchaning semantik doiralarini xaddan tashqari toraytirib qo‘ymaslik zarur.”1

Muallif partiya tushunchasi quyudagi mezonlarga javob berishini nazarda tutadi: jamoatchilik fikrini shakllantirishga ta’sir o‘tkazish, tashkilish tuzulmalarning ochiq oshkoraligi, jamoatchilikning keng qatlamlari uchun ochiqlik va ular bilan o‘zoro xamkorlik qilishdan manfaatdorlik. Muayyan miqdorda partiya a’zolaring bo‘lishi kerakligi va nihoyat faqat saylov kompaniyasi davrida emas, faoliyati davomida faoliyatining tartibga solinishi.

Mamlakatimiz siyosiy hayotida siyosiy partiyalarning qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi, ularga yaratilgan huquqiy bazaning nechog‘lik mustaxkamligigi bog‘liqdir. Respublikamizda tadrijiy ravishda rivojlanib borayotgan bu soxaga oid qonunchilik siyosiy partiyalar uchun jamiyatda o‘z tarafdorlarini manfaatlarini ifodalash, saylovlar jarayonidagi halol siyosiy raqobatga kirishish va davlat xokimiyatini shakllantirishda erkinlik yaratmoqda. SHu bilan birga siyosiy partiyalarga oid qonunchilikni xorijiy tajribalar asosida doimiy ravishda rivojlanib borishi ham zaruriy va tabiiy jarayon bo‘lishi darkor deb xisoblayman. YUqorida ko‘rsatilgan qonunchilik doirasida, o‘zlariga tegishli bo‘lgan vakolatlar doirasida partiyalar o‘zlarining turli chiqishlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida quyidagi vazifalarga ustuvor vazifalar sifatida qarashlari zarur deb hisoblayman:



  • yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy madaniyatini oshirish, axloqiy fazilatlarning milliy mustaqillik, yuksak insoniy fazilatlar bilan chambarchas bog‘liq ekanligini talabalar tomonidan ongli va puxta o‘zlashtirishiga erishish;

  • yoshlarda fidoyilik, xamjihatlik, tinchliksevarlik, or-nomuslilik, sodiqlik, mardlik singari fazilatlar tizimi vositasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish va rivojlantirish;

  • ularda odoblilik, olijanoblik, halollik, rostgo‘ylik, sabrlilik, bag‘rikenglik, vijdonlilik, odillik, o‘z-o‘zini anglash kabi fazilatlar vositasida axloqiylikni shakllantirish, doimiy uyg‘oq vijdon bilan yashyashga o‘rgatish;

  • yoshlarda tirishqoqlik, tashabbuskorlik, intizomlilik, jo‘shqinlik, qat’iyatlilik kabi xislatlar yordamida mehnatsevarlik tuyg‘ularini shakllantirish;

  • ularda ezgulik, andishalilik, rahmdillik, sahovatlilik, kamtarlik, insoflilik, bolajonlik, mehmondo‘stlik yovuzliklarga murosasizlik kabi xislatlar vositasida insonparvarlik tuyg‘ularini kamol toptirish.

  • yoshlarda tahdidlarga nisbatan doimo ogoh, sezgir va xushyor bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • hushyorlikning turmush tarzida, ta’lim olishda, tarbiya sohasida qanday namoyon bo‘lishini tahlil eta olishiga erishish;

  • yoshlarda milliy-madaniy merosimizga, buyuk allomalarimiz ijodlariga, milliy qadriyatlarimizga katta qiziqish bilan qarash, ularni muntazam o‘rganib borish uchun shaxsiy intilishlarini shakllantirish;

  • yoshlarda madaniyatimiz, adabiyotimiz va san’at ilmiga oid yodgorliklarning asl mohiyatini to‘g‘ri anglash, talqin qilish va izohlay olishga doir ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;

  • adabiyot va san’atga doir masalalarni, milliy-ma’naviy qadriyatlar mazmuni va mohiyatini ilmiy-mantiqiy jihatdan bilish, ulardagi yuksak insoniy g‘oya va tuyg‘ularni his eta olish, turli dunyoqarash va saviyaga ega bo‘lgan yoshlarning mulohaza bildirish, bahs yurita olishlariga erishish;

  • yoshlarni g‘aflatdan saqlanish, befarqlik, loqaydlik, beparvolikka qarshi jamoaviy kurashchanlikni shakllantirish, dahldorlik tuyg‘usi bilan yashashga tayyorlash, ularni olib borilayotgan siyosatningfaol ishtirokchilariga aylantirishga erishish va shu kabilar.




Download 430.97 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Download 430.97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlarida siyosiy partiyalar ma’naviy-ma’rifiy faoliyatining aks etishi

Download 430.97 Kb.