О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
KASB TA’LIMI METODIKASI
KAFEDRASI
KASB TA’LIMI METODIKASI
FANIDAN OCHIQ DARS ISHLANMASI
MAVZU: Kasb-hunar ta’limini amalga oshirish metodlari
26- Sentabr 2015
Bajardi “Kasb ta’limi metodikasi”
kafedrasi dotsenti v/b, p.f.n.: A.I.AVAZBOYEV
Toshkent – 2015
KASB-HUNAR TA`LIMINI AMALGA OSHIRISH METODLARI MAVZUSIDAN “KEYS” STADI TEXNOLOGIYASI.
Keysning asosiy maqsadi: O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi metodlari klassifikatsiyasi, kasb-hunar ta`limining og’zaki, amaliy metodlari, ko’rgazmalilik metodlari to’g’risida tushuncha berish. Ta`lim metodlarini tanlash mezonlari. Kasb-hunar ta`limini amalga oshirish metodlarini o’rganish, tahlil etish va kasb ta`limining umumiy metodlarini klassifikatsiyasi ma’lumotlar berish.
Reja
-
O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi metodlari klassifikatsiyasi
-
Kasb-hunar ta`limining og`zaki metodlari
-
Kasb-hunar ta`limining amaliy metodlari.
-
Kasb-hunar ta`limida ko’rgazmalilik metodlari to’g`risida tushuncha
-
Ta`lim metodlarini tanlash mezonlari.
-
Kasb-hunar ta`limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
1.O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi metodlarini o’ziga xosliklarini ochib berish;
2.Ta`lim metodlarini tanlash mezonlarini o’rganish;
3.Kasb-hunar ta`limini amalga oshirish metodlarini o’rganish, tahlil etish va kasb ta`limining umumiy metodlarini klassifikatsiyasi tayyorlash.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun talabalar oldindan quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari lozim:
Talaba quyidagilarni bilishi kerak:
- kasb-hunar ta`limi, klassifikatsiya, metod, og’zaki metod, amaliy metod, ko’rgazmalilik metodi, metodlarni tanlash mezonlari, pedagogik texnologiY.
- talaba quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak:
- tahlil etish, taqqoslash, umumlashtirish, abstraktlashtirish, loyihalash, modellashtirish.
- talaba quyidagi malakalarga ega bo’lishi kerak:
- individual va hamkorlikda ishlash, kognitiv, evristik, kreativ faoliyat malakalari.
Ushbu keysdan “Kasb ta`limi metodikasi” va “Kasbiy pedagogika” fanlarini o’qitishda foydalanish mumkin.
Tavsiya etilayotgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon beradi:
1. Kasb-hunar ta`limi metodlari klassifikatsiyasi haqidagi bilimlarni mustahkamlash;
2. Topshiriqlarni hal etish orqali kasb-hunar ta`limi metodlari klassifikatsiyasiga doir modellarni o’zlashtirish;
3. Mustaqil ravishda kasb-hunar ta`limi metodlari klassifikatsiyasini modellashtirish ko’nikmasini egallash.
MUAMMOLI TOPSHIRIQLARNI BOSQICHMA-BOSQICH TAHLIL ETISH VA HAL ETISH BOYICHA TALABALARGA METODIK KO’RSATMALAR
Talabalarga yo’riqnoma
Ish bosqichlari
|
Maslahat va tavsiyanomalar
|
1.Keys va uning axborot ta`minoti bilan tanishish
|
Og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarga doir modellar bilan tanishing va modellarning tarkibiy qismlari, ularning mazmunini o’rganing. O’rganib chiqish vaqtida modellarga tavsifnoma yozishga va kasb ta`limining umumiy metodlari modelini ishlab chiqishga shoshilmang (1-2-3-ilovalar).
|
2.Muammoli topshiriqlar bilan tanishish
|
Taqdim etilgan modellar mazmuni bilan yana bir marotaba tanishib chiqing. Modellar tarkibidagi tushunchalar va jumlalarga diqqatingizni jalb qiling. Modellarda kasb ta`limining umumiy metodlari qaysi jihatlariga e`tibor qaratishni aniqlang (1-2-3-ilovalar).
|
3.Muammoli topshiriqni tahlil eting.
|
Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb eting.
Asosiy muammo: Kasb-hunar ta`limini amalga oshirish metodlari.
Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling:
-
Kasb - hunar ta`limining og’zaki metodlari.
-
Kasb - hunar ta`limining ko’rgazmalilik metodlari.
-
Kasb - hunar ta`limining amaliy metodlari.
-
Ta`lim metodlarini tanlash mezonlari.
-
Kasb - hunar ta`limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlar modellarini tahlil eting va har biriga tavsifnoma yozing (1-2-3-ilovalar).
|
4.Muammoli topshiriqlarni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash
|
Kasb-hunar ta`limini amalga oshirish metodlariga doir modellarga tavsifnoma yozishda “Kasb ta`limining umumiy metodlari” jadvalini to’ldirishga kirishing. Tavsifnomalarni yozishda aniq xususiyatlarni belgilab olishga harakat qiling. Jadvalni to’ldiring.
“Kasb ta`limining umumiy metodlari”ni ishlab chiqishda kasb ta`limi metodlarini yodda saqlang va ularning funktsiyalarini ko’z oldingizda gavdalantiring (1-2-3-4-5-ilovalar).
|
|