|
Oak byulleteni
|
bet | 1/4 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 119 Kb. | | #126347 |
Bog'liq АСОСНОМА Хурмат.2.12.23
ASOSNOMA
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusini ro‘yxatdan o‘tkazish va
“OAK Byulleteni” jurnalida e’lon qilish bo‘yicha asosnoma.
Tadqiqotchining familiyasi, ismi-sharifi: Eshchanov Xurmatbek Matnazarovich
Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi:
O‘zbekistonning bronza asri va ilk Temir davrlari mudofaa inshootlari Ixtisoslik shifri va nomi: 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi”
Dissertatsiya ishi bajarilayotgan fan tarmog‘i: “O‘zbekiston tarixi”
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni:
Tarix fanlari nomzodi, dotsent, Abdirimov Razzoqberdi.
Dissertatsiya ishi bajariladigan tashkilotning to‘liq nomi va elektron manzili: Urganch Davlat universiteti, info@urdu.uz .
Tadqiqotchining maqomi va qabul qilingan sanasi: mustaqil ilmiy izlanuvchi, Eshchanov Xurmatbek.
1. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi .
O‘rta Osiyo markazida joylashganligi odamzotning kelib joylashishiga qulay xududlardan biri. Uning tabiiy sharoiti, ekologiyasi va tabiiy boyliklarga serob bo‘lgan yerlarni qamrab olgan. Vatanimiz xududini ko‘p qismini (70%) egallagan tekislik sernam va serunum Toshkent, Farg‘ona, Zarafshon Surxondaryo va Quyi Amudaryo xududlar odamzotning kelib joylashib, mavjud bo‘lgan tabiiy resurslardan o‘z manfaatlariga xizmat qildirishga tayyor xolatda bo‘lgan. E’lon qilingan arxeologik adabiyotlarda qayd qilinishcha, zaminning tabiiy-iqtisodiy xududlari qadimgi tosh davri ilk bosqichidan boshlab (ashel davri) odamlarning Farg‘ona, Toshkent va Zarafshonning tog‘li va tekisliklarni o‘zlashtirib, ularning avlodlari boshqa xududlarni o‘rta, so‘nggi, mezolit, neolit va eneolit davrlarda faoliyat olib borib, bronza davrigacha jamiyatning iqtisodiy tizimini geografik xususiy ta’sirida rivojlantirib bronza davriga yetib kelganlar.
O‘zbekiston tarixiy-geografik xududlarida turli atamada arxeologik ekspeditsiya va guruhlar bronza va ilk temir davrlariga mansub arxeologik izlanishlar natijalarni e’lon qilingan tadqiqotlar axborot-resurs markazlari bo‘limlarida kuzatiladi. Arxeologik nashrlardagi ma’lumotlar, bronza davri aholisi turar-joylarida mudofaa bilimlarning aks etishi Quyi Amudaryo, Zarafshon va Toshkent xududlarida kuzatilmaydi. Lekin, Farg‘ona vodiysi va Surxon vohalarida bronza davri, uning so‘nggi bosqichlariga tegishli turar-joylari mudofaa devorlar bilan o‘rab olinganligi, bu jarayon ilk temir davrida xam davom etganligi tadqiqotchilar asarlarida qayd qilingan (Y.A.Zadneprovskiy, A.Asqarov, B.Abdullaev). Ammo tadqiqotchilar asarlarida bronza davri aholisining istehkomli turar-joylarni joylashish topografiyasi, mudofaa tizimini tadqiq qilishni ob’ekt sifatida tanlab olinmagan, xuddi shu masala milliy mustaqillik yillari boshlarida xam davom etganligini kuzatish mumkin. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning bronza asri va ilk temir davri aholi turar-joylari mudofaa inshootlari tarixiga mavjud bo‘lgan tarixiy ma’ulmotlarni nazariy-qiyosiy taxlil qilish xamda yangi tadqiqotlarda qayd qilingan tarixiy ma’lumotlarni umumlashtirish, yangicha qarashlar va yondoshuv asosida yoritish maxsus mavzu sifatida belgilab olinishi uning dolzarbligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy va arxeologiya merosi ob’ektlarini muxofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risidagi farmoyishida, Vazirlar Maxkamasining me’yoriy-huquqiy xujjatlarida belgilangan ilmiy-tadqiqot faoliyatlari rivojlantirish, O‘zbekistonning tarixi va madaniy merosni ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilish kabi vazifalarni bajarishda ushbu tadqiqot mavzusi muayyan darajada xizmat qiladi.
|
| |