• 3.Dissertatsiyaning Davlat dasturlari yoki ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi
  • Mavzuning Respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ustuvor yo‘nalishlariga mosligi




    Download 119 Kb.
    bet2/4
    Sana21.12.2023
    Hajmi119 Kb.
    #126347
    1   2   3   4
    Bog'liq
    АСОСНОМА Хурмат.2.12.23

    2.Mavzuning Respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ustuvor yo‘nalishlariga mosligi: Mazkur tadqiqot mavzusi respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining. 1. “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida amalga oshirish nazarga olingan.
    3.Dissertatsiyaning Davlat dasturlari yoki ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining davlat innovatsion Universitetlari ilmiy tarixiy ishlari rejasida qayd qilingan vazifalar doirasida bajariladi.
    4.Muammoning o‘rganilganlik darajasi: XX asrning 50 yillaridan boshlab, O‘zbekiston viloyatlarida turli atamali arxeologiya ekspeditsiya va guruhlar qadimshunos olimlari bronza va ilk temir davri aholi turar-joylarida qazishma ishlari boshlangan. Arxeologik tadqiqtlar natijalariga ko‘ra, Quyi Amudaryo, Toshkent va Zarafshon tarixiy-geografik xududlarida bronza davri xamda ilk temir davrlariga mansub aholi turar-joylari mudofaa tizimiga oid tadqiqotchilar asarlarida ma’lumotlar kuzatilmaydi.
    XX asr 50 yillaridan boshlab, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida bronza va ilk temir davrlariga mansub aholi turar-joylari mudofaa inshootlari arxeologik tomonidan o‘rganilgan. Arxeologik adabiyotlarda qayd qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bronza davrida Chust manzilgohi tevarak-atrofi mudofaa devor bilan o‘rab olingan1.
    Y.A.Zadneprovsikyning Chust manzilgohining qurilish uslubiga oid fikriga e’tibor bergan B.X.Matboboev Chust madaniyatini olib borgan aholi ma’lum darajada o‘troqlashib, binokorlikda paxsa va xom g‘ishtdan foydalanib, shaxar ko‘rinishida markaz vazifasini bajargan va devorlar bilan o‘rab olingan. Bunday mudofaa bilimi Dalvarzintepada namoyon bo‘lgan2.
    Surxondaryo viloyatida Sherobod tumani Muzrabod dashtida Sopollitepada olib borilgan qazishma natijasida u uch qatorli mudofaa (paxsa va to‘g‘riburchak xom g‘isht) devor o‘rab olinganligi ma’lum bo‘ldi3. Sopolli madaniyati ijodkorlari mil.avv.II ming yillik o‘rtalari birinchi choragida Sherobod daryosi Bo‘stonsoy xududiga kelib Jarqo‘ton yodgorligini bino qilganlar. U to‘rt tomoni ikki qatorli to‘g‘riburchak burjlarga ega bo‘lgan mudofaa devor bilan o‘rab olingan. U bronza asri so‘nggi davrda shaxar vazifasini bajargan4.
    Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, mil.avv. X-VIII asrlar bronzadan Temir davriga o‘tishga asos bo‘lgan manbalar istehkomli Dalvarzin va Jarqo‘tondan olingan5.
    Yuqorida qayd qilingan tarixiy davrda Amudaryo o‘rta qismi xududida mudofaa devor bilan o‘rab olingan Odoytepa arxeologik jihatidan o‘rganilgan6. Ilk temir davrida Surxondaryo viloyatida Talashkan-1,Xantabad, Jondavlat, Qiziltepa, Qizilcha 1,2, Bandixon-1, Qashqadaryo vohasida Yerqurg‘on, Sangirtepa, O‘rta Zarafshonda Afrasiab, Ko‘ktepa qal’alari mudofaa tizimga ega bo‘lganlar7.

    Download 119 Kb.
    1   2   3   4




    Download 119 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuning Respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ustuvor yo‘nalishlariga mosligi

    Download 119 Kb.