• KBK 65.290-2 1. Y.M.O‘rinov 2. Sh.N.Xayitov Taqrizchilar
  • ISBN - 978-9943-362-68-0
  • Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov menejment




    Download 8.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/194
    Sana07.03.2024
    Hajmi8.58 Mb.
    #168664
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
    Bog'liq
    Menejment
    6-klass texnologiya, ПРАКТИЧЕСКОЕ ЗАНЯТИЕ №1, 2 5370784117484949762, Personalni boshqarish, Amaliy mashg\'ulot, Toshkent 20.10.2022 (2), Kurs ishi MahliyoO\'ralova, www.idum.uz Siz shunday buyuksiz, muallim(1), 3-mavzu, MAVZU1, Umumiy yer bilimi (H.Vahobov, O\'.Abdunazarov va b.) (2), DSP, samarqand shahar turizm bozorining rivozhlanishida marketingning


    0 ‘ZBEK IST0N RESPUBLIKASI 
    OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    N.M.Ziyavitdinova, Y.M.O‘rinov, Sh.N.Xayitov
    MENEJMENT
    0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi 
    tomonidan iqtisodiyot ta ’lim y o ‘nalishi talabalari uchun o ‘quv 
    q o ‘llanma sifatida tavsiya etilgan
    «Tafakkur-Bo‘stoni» 
    Toshkent — 2012


    UDK: 338.24(075)
    65.290-2 
    Ziyavitdinova N.
    M enejm ent: o ‘quv qo‘llanma/N.M.Ziyavitdinova, Y.M.O‘rinov, 
    Sh.N.Xayitov ; 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
    ta’lim vazirligi. - Т.: «Tafakkur-Bo‘stoni», 2012-yil, 312 bet.
    KBK 65.290-2
    1. Y.M.O‘rinov
    2. Sh.N.Xayitov
    Taqrizchilar: i.f.d., professor Sh.N. Zaynutdinov
    i.f.d., professor A.B.Nizomov
    Ushbu o ‘quv qo‘llanma namunaviy va ish dasturlari asosida 
    tuzilgan. 0 ‘quv qoMlanmada menejmentning umumiy tavsifi, 
    uslubiy asoslari, rivojlanishi, maqsadlari, vazifalari, menejment 
    tizimida tashkilot turlari, tashkilot madaniyati, rahbar rollari, 
    qarorlar, menejmentda axborot va kommunikatsiya, menejment 
    samaradorligi, ishlab chiqarish menejmenti, sohaga oid boshqaruv 
    tamoyillari, marketingni boshqarish to ‘g‘risidagi mavzular yoritilgan 
    bo‘lib, oliy ta’lim tizimida iqtisodiy yo‘nalishda ta’lim olayotgan 
    bakalavrlar uchun o ‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi. Bundan 
    tashqari, menejmentning sir-asrorlarini o ‘rganuvchilar, o ‘qituvchilar, 
    iqtisodiyot mutaxassislarini tayyorlash 
    va qayta tayyorlash 
    markazlarining tinglovchilari qo‘llanma sifatida foydalanishi 
    mumkin.
    ISBN - 978-9943-362-68-0
    © «Tafakkur-Bo‘stoni» MChJ nashriyoti, 2012. 
    © N.Ziyavitdinova, Y.O‘rinov, Sh.Hayitov, 2012.
    2


    KIRISH
    Har qanday ijtimoiy mehnat jarayoni u xoh kichik, xoh katta 
    doirada boMsin, boshqaruvni talab qiladi. Kimdir xodim lar oldiga 
    maqsad qo‘yishi, vazifalarni taqsimlashi, vazifalar bajarilishini 
    nazorat qilishi, kishilami mehnat qilishga undashi, ularning hara- 
    katini baholab, muvofiqlashtirib borishi lozim.
    Bugungi zamonaviy rahbar ham mutaxassis, ham tadbirkor, 
    ham tashkilotchi, shu bilan birga, ayni paytda o ‘z huquqini biladigan 
    va himoya qila oladigan kishi boMishi kerak.
    Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda to ‘plangan 
    amaliy tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, xo‘jalikni uzoq davomli 
    va muvafaqqiyatli faoliyat yuritishining eng asosiy omillaridan biri 
    menejment va menejerlar faoliyati bilan bogMiq ekan.
    Menejmentning eng ixcham ta’rifini quyidagicha keltirish 
    mumkin: menejment — bu mehnat, aql-idrok, qobiliyat, tajriba va 
    malakalarni ishga solgan holda maqsadlarga samarali erishishni 
    tashkil etish, boshqarishdir. Menejment nafaqat biznesni qanday 
    olib borishni tushunishga yordam beruvchi, balki turli-tuman 
    vaziyatlarda xatoliklardan qochishni o ‘rgatuvchi inson bilimlari 
    sohasidir. Zamonaviy menejment ko‘pincha strategik rejalashtirish 
    va boshqarishning zaruriyati muammolari bilan duch kelmoqda, 
    chunki tashqi muhitning to‘satdan va tez o ‘zgarishi, asosan 
    texnologiyalarda, bozordagi raqobatda, real holdir. Shu bilan birga 
    boshqaruv strukturalari ham o‘zgarmoqda, ko‘proq nomarkazlashuv 
    afzal ko‘rilmoqda. Tashkiliy mexanizmlar yangi muammolaming 
    chiqishiga va original yondashuvlaming ishlab chiqilishiga mos- 
    lashib bormoqda. Qabul qilingan qarorlaming bajarilishi ustidan 
    nazorat qilish ketma-ketlikda bormoqda. Resurslarni taqsimlashdagi 
    manyovrlar yangi vaziyatlarda ulami sarflashdagi punktuallikka 
    qaraganda ko‘proq qadrlanadi.
    3


    Kompaniyani boshqarishning yangi xususiyatlarini o ‘rganish 
    iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida birinchi darajali ahamiyatga 
    ega. Yuqori noaniqlik vaziyatida faoliyat ko‘rsatish korxona 
    rahbariyati uchun oddiy bozor xo‘jaligi sharoitidagiga qaraganda 
    ancha murakkabdir.
    M enejmentni fan sifatida kiritish hozirgi vaqtda katta iqtisodiy 
    yutuqlar, innovatsion o ‘zgarishlar, inson mehnatiga umuman 
    yangicha b o ‘lgan yondashuvlar, ijodiy individuallikning rivojlanishi 
    va boshqalar bilan bog‘liq. Ushbu yo‘nalishlaming barchasini 
    o ‘rganish mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan, rivojlangan hamda 
    samarali bozor iqtisodiyotini yaratishga ko‘maklashadi.
    Bozor munosabatlari sharoitida fanini o‘rganish ehtiyoji kun 
    say in kengay ib bormoqda. Zamonning o ‘zi yangicha fikrlay oladigan, 
    aql-zakovatga ega, keng qamrovli bilimlar va tashkilotchilik 
    qobiliyatlarini o ‘zida mujassamlantirgan rahbar xodimlarga talabni 
    kuchaytirmoqda. Mazkur o ‘quv qo‘llanma menejment fani doirasida 
    talabalar bilimlarini shakllantirishga va kengaytirishga xizmat qiladi 
    degan, umiddamiz.

    Download 8.58 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




    Download 8.58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov menejment

    Download 8.58 Mb.
    Pdf ko'rish