• Hasan Paydoyev
  • Ona yurtim tabiati Yurtim manzaralari Yurtimizning betakror tabiati




    Download 3.28 Mb.
    Sana24.03.2023
    Hajmi3.28 Mb.
    #46561
    Bog'liq
    Ona yurtim tabiati
    1 курс Бошлангич таълим семестровка СИРТКИ 32 лик, элементарная математика 2022, 1. O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining ya, A.Obidjon, Tabiatdagi simmetriya, Muminov , 11-mavzu. Iqtisodiy indekslar reja Indekslar to’g’risida tushun, elektr-yuritma-asoslari-fanidan, klaviatura, Masofaviy ta’lim texnologiyasi, Reja Mexanik harakat, РПЛРПЛ, hgfhgf, uiuhiuhuh

    Mavzu: Ona yurtim tabiati
    Reja:

    1. Ona yurtim tabiati

    2. Yurtim manzaralari

    3. Yurtimizning betakror tabiati

    O‘zbekistonda, shu jumladan Qoraqalpog‘istonda tabiatga g‘amxo‘rlik masalalari katta ahamiyatga ega. O'zbekiston nafaqat o'zining noyob madaniy va tarixiy merosi, balki ekotizimlarining xilma-xilligi bilan ham tanilgan. O'simlik va hayvonot dunyosi turlarining xilma-xilligi ekotizimlarning holatiga bevosita bog'liqdir. Bugungi kunda hayvonlarning biologik xilma-xilligini saqlash muhim va dolzarb vazifadir. Ilgari Janubiy Orol dengizi mintaqasi Markaziy Osiyodagi eng yirik delta zonasi bo'lgan.



    O'zR FA Qoraqalpog’iston bo’limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari va doktorantlari Ustyurt platosiga (Sayg'oqchi qo'riqxonasi hududiga) ekspeditsiyasi uyushtirdilar.

    Sayg'oqchi davlat tabiat qo'riqxonasi maydoni 628,300,0 gektar, Qoraqalpog'iston Respublikasining Qo'ng'irot va Mo'ynoq tumanidagi Ustyurt platosining Qoraqalpoq qismining shimoliy qismida joylashgan.
    Ekspeditsiya davomida Salsola arbusculiformis, Atraphaxis spinosa va Artemisia terrae-albae, Anabasis salsa butalari Ustyurtning qoraqalpoq qismida katta rol o'ynashi aniqlandi.
    So'nggi yillarda doimiy texnologik ta'sirlar natijasida katta maydonlar tanazzulga yuz tutdi. Ustyurt sharoitida faqat shimoliy qismida toza boyalishzorlar hosil bo'ldi. Tabiiy o'simlik qoplami asosan bijurgun, shuvoq, do'lana va cheklangan miqdordagi qora saksovul jamoalaridan iborat. Ushbu geobotanik rayonda boyalishzor jamoasi 55-60%, shuvoqzorlar 20-25%, buyurg'unzorlar 10-15%, qora saksovulzorlar 3-5% maydonni egallaydi. O't o'simliklar esa alohida jamoa hosil qilmaydi, ular boyalishzorlar va shuvoqzorlar ichida cheklangan (kam) miqdorda uchraydi.
    Hayvonot dunyosi quyidagi turlar bilan ifodalanadi: O'rta Osiyo toshbaqasi Agrionemys horsfieldi, taqir to'garakboshi Phynocephalus heliosscopus, dasht agamasi Trapelus sanguinolentus, Stsink gekkoni Teratoscincus skincus, tez kaltakesakcha Eremias velox, Tamarisk qumsichqoni Meriones tamariscinus, tulki Vulpes vulpes, Qorsak Vulpes korsak, dasht mushugi Felis libyca, bo'ri Canis lupus, yovvoyi cho'chqa Sus scrofa, sayg'oq tatarica va boshqalar.


    Shunday qilib, migratsiya yo'llari va hayvonlarning qishlash joylarini ekologik monitoringini amalga oshirishga imkon beradigan innovatsion ilmiy texnologiyalar asosida yangi tashkil etilgan transchegaraviy qo'riqlanadigan hududlarni yosh mutaxassislar tayyorlash va ekologik turizmni yanada rivojlantirish uchun tadqiqot bazasi sifatida qo'llash zarur deb hisoblaymiz.
    Yurtimizda huquqiy demokratik davlat, fuqorolik jamiyati etilmoqda. Yanada mustahkam huquqiy demokratik jamiyat barpo etish uchun ko‘p ezgu ishlami amalga oshirishimiz kerak. Buning uchun iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirishimiz, yerosti va yerusti boyliklarimizdan unumli foydalanishimiz, jahon tajribasidan andoza olib, taraqqiy topgan davlatlar bilan hamkorligimizni mustahkamlashimmiz, iqtidorli, bilimli yoshlarimizni taraqqiyoti yuksak davlatlarga tajriba almashish uchun chet davlatlarga yuborishimiz darkor. Vatanga muhabbat tuyg‘usi insonga bir umr hamrohdir. Vatanning nomi aytilishi bilan uning bag‘rida o‘tgan yillarimiz, ota – onamiz, qadrdon uyimiz esimizga tushadi, qalbimiz his – tuyg‘ularga to‘ladi.
    Yurtimizning betakror tabiatini tomosha qilganda, uning boyliklaridan bahramand bo‘lganda , olis ellarda vatandoshlarimiz bilan ko‘rishganda, ularning sport, madaniyat, san’at va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini eshitganda yutuqlarini eshitganda beixtiyor quvonamiz. Vatanga muhabbat tuyg‘usi insonga ona allasi, bobolar o‘giti, otaning ibrati, ona tabiat bilan muloqot jarayonida singadi. Vatan tuyg‘usi og‘ir damlarda bizga kuch – quvvat beradi,xalqimizni, yurtimizni dunyoga tanishtirishga, ajdodlarimizning buyuk an’analariga sodiq bo‘lishga da’vat etadi.
    Ota – bobolarimiz uzoq o‘lkalarga ketayotganlarida yurt tuprog‘idan bir siqim olib, ro‘molchaga tugib qo‘yganlar. Olis yurtlarda Vatan sog‘inchi yuraklarini o‘rtaganida anashu tuproqni hidlab, ko‘zlariga to‘tiyo qilib qadrdon diyorimiz mehrini, nafasini tuyganlar. Insonlar qalbidagi Vatanga intilish tuyg‘usi shunchalik kuchli bo‘ladiki, ular nafaqat tirikligida, balki bu dunyodan ko‘z yumganidan keyin ham ona yurt tuprog‘iga yaqinroq bo‘lishni orzu qiladilar. Olis Hindiston o‘lkasida podshohlik qilgan Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz vafotidan so‘ng o‘z jismini ushbu yurtga emas, balki Vataniga yaqinroq bo‘lgan joy – Afg‘onistonning hozirgi poytaxti bo‘lmish Qobul shahriga qo‘yishlarini vasiyat qilgan. Bu buyuk ajdodimizning muborak qabri hozir Qobul shahrida. Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng Bobur tug‘ilgan yurt – Andijon shahrida buyuk ajdodimizning ramziy qabri barpo etilib, uning atrofida ulkan bog‘ yaratildi. Bobur bobomizning vorislari – boburiylar sulolasining aksariyat nomoyondalari ota – bobolarining yurti – O‘zbekiston zaminida yashamagan bo‘lsalar – da, Vatanga, ona zaminida mehr – muhabbat tuyg‘usi ulami bu tabarruk tuproqqa chorlab turgan, ulaming bugungi avlodlari ham mana shu zaminni o‘zlariga tarixiy Vatan deb biladilar. Tarixiy Vatan tuyg‘usi boshqa xalqlarga ham xos. Masalan, hozirgi kunda Amerika qit’asida yashayotgan xalqlarning ota – bobolari qadimda Evropadan ко’chib borgan. Shuning uchun bu xalqning bugungi avlodlari Evropa mamlakatlarini o‘zining tarixiy Vatani, deb hisoblaydilar.
    Ulug‘ allamolarimiz o‘z Vatanlariga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini har ishda, har qadamda madadkor bo‘lsin deb, o‘z ismi shariflariga nomini qo‘shib yozganlar. Buxoriy, Zamaxshariy, Samarqandiy, Shoshiy, Farg‘oniy, Marg‘iloniy, Xorazmiy, Termiziy, Nasafiy singari nomlar shu tarzda pay do bo‘lgan. Inson qalbidagi orzularning eng ulug‘i ota-onaga, el-yurtga beminnat hizmat qilish, ularning oldidagi farzandlik burchini sidqidilda ado etishdan iborat. Unga erishish uchun bolalikdan boshlab oldimizga aniq maqsad qo‘yib, zamonaviy bilim va kasb-hunarlami puxta egallagan, jismoniy va ma’naviy jihatdan kuchli bo‘lishimiz lozim. Tomirida millliy g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urgan odamlargina buyuk ishlariga qodir bo‘ladi.
    Vatanimni faqat beqiyos boyliklari, go‘zal tabiati, boyliklari, go‘zal tabiati, qulay sharoitlari uchun sevmaydilar. Ona yurt iqlimi, tabiati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, inson uchun hech narsaga almashtirib bo‘lmaydigan, uning joni, ruhi orom topadigan muqaddas makon hisoblanadi. Vatanni sevmaslik – eng ulug‘ insoniy baxtdan, hissiyotdan mahrumlikdir. Ona yurt taqdiriga beparvo qarash – uni o‘zgalar qo‘liga topshirib qo‘yish bilan barobardir. Haqiqiy farzand Vatanni butun vujudi bilan sevadi, uni asrash, ravnoq toptirish uchun bor kuch va imkoniyatlarini bag‘ishlaydi.
    Necha ming yillar davomida ajdodlarimiz ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan aziz Vatanimizni sevib, uning har qarich tuprog’ini ko‘z qorachig‘idek asrab yashash eng oliy burchimizdir.Vatanni sevmaslik – eng ulug‘ insoniy baxtdan, hissiyotdan mahrumlikdir. Ona yurt taqdiriga beparvo qarash – uni o‘zgalar qo‘liga topshirib qo‘yish bilan barobardir. Haqiqiy farzand Vatanni butun vujudi bilan sevadi, uni asrash, ravnoq toptirish uchun bor kuch va imkoniyatlarini bag’ishlaydi

    Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
    Ona vatanimiz goʻzal maskanlarga, muqaddas qadamjolarga boy joy. Uning tabiati, havosi oʻzgacha. “Xalq soʻzi” fotomuxbiri Hasan Paydoyev Oʻzbekistonning ana shunday soʻlim goʻshalaridan bir qismini suratga oldi.
    Quyida ushbu fotojamlanma bilan tanishib olishingiz mumkin:
    Zomin (Jizzax viloyati) togʻlari









    Qizilga burkangan Qashqadaryo


    Download 3.28 Mb.




    Download 3.28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona yurtim tabiati Yurtim manzaralari Yurtimizning betakror tabiati

    Download 3.28 Mb.