• Qo’shko’pir tuman Axborot – kutubxona markazi direktori ____________ G.Saidova
  • TARTIB 1-bo‘lim. Umumiy qoidalar
  • Kelishilgan




    Download 42.68 Kb.
    bet1/6
    Sana24.01.2024
    Hajmi42.68 Kb.
    #144821
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    MK vakant lavozimlariga ishga qabul TARTIBI 15.08.2022-y
    Документ Microsoft Word (2), Tikuv buyumlarini konstruksiyalash. Kamilova X.X Hfmraeva N.K, reyting-daftar-304201109205, BONU, 11 sinf Informatika test 1-4 chorak, Условия конкурса стартапов Роосия FINAL, Problems-in-Training-Young-People-to-IT-in-Uzbekistan (1), Web texnologiyasi .M.Aripov. 2013. compressed, Tarmoq xavfsizligi 2-dedline


    «TASDIQLAYMAN»


    KELISHILGAN”



    Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazi direktori


    ____________ R.Qurbanov

    “___”__________2022 – yil




    Qo’shko’pir tuman Axborot – kutubxona markazi direktori


    ____________ G.Saidova

    “___”__________2022 – yil




    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va
    ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
    Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tizimidagi

    Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat Axborot-kutubxona markazi hamda Qo’shko’pir tuman Axborot – kutubxona markazining
    vakant lavozimlariga ishga qabul qilish hamda xodimlarni boshqa lavozimga
    o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risidagi


    TARTIB



    1-bo‘lim. Umumiy qoidalar


    l. Mazkur Tartib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
    3-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik
    xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843 – son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 – yil 6 – iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 5177 – sonli Qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi
    Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
    Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tizimidagi Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazi hamda Qo’shko’pir tuman Axborot – kutubxona markazining vakant
    lavozimlariga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazish
    jarayonida shaffoflikni ta’minlash, ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq talabgor
    fuqarolar va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarining barchasiga teng
    imkoniyatlardan foydalangan holda saralab olish va tanlov tartibini belgilaydi.

    1. Ushbu Tartib qoidalari quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston
    Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va Vazirlar Mahkamasi
    tomonidan tayinlanadigan yoki ular bilan kelishiladigan lavozimlar, agar qonun
    hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa;



    2


    tashkilotning xodimlari boshqa teng yoki quyi lavozimiga o‘tkazilganda;
    tashkilotning markaziy apparati xodimlari tuzilmadagi quyi bo‘linmalariga
    rahbar lavozimiga o‘tkazilganda.
    Tashkilotning texnik va xizmat ko‘rsatuvchi toifadagi lavozimlarga
    xodimlami ishga qabul qilishda, barchaga teng imkoniyatlarni yaratish maqsadida,
    mazkur tartibda keltirilgan shaffof tanlov amaliyotidan foydalanish tavsiya etiladi.

    1. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

    vakant lavozim – tashkilotning tuzilmasi va shtatlar jadvalida belgilangan
    hamda egallanmagan, shu jumladan vaqtincha bo‘sh bo‘lgan shtat birligi;
    nomzod – tashkilotdagi vakant lavozim bo‘yicha ishga qabul qilish uchun
    Yagona Milliy Mehnat tizimi - “my.mehnat.uz” va Milliy vakansiyalar bazasi - “ish.mehnat.uz” portallari orqali o‘zining ma’lumotnomasini (ob’ektivkasi)
    elektron shaklda joylashtirgan shaxs, shuningdek, yuqori tashkilotdan yozma
    ravishda yuborilgan yoki tavsiya etilgan, tashkilotning kadrlar zahirasiga kiritilgan
    yoki kadrlar zahirasiga kiritish uchun ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlardan
    tanlab o’ganilgan shaxs;

    1. Tanlov meritokratiya, ochiqlik, muqobillik va mustaqillik tamoyillari
      asosida o‘tkaziladi.

    2. Tanlov paytida nomzodlarni jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
      chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga ko‘ra kamsitishga yo‘l
      qo‘yilmaydi.


    Download 42.68 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 42.68 Kb.