|
-bo‘lim. Tanlovni tashkil qilish
|
bet | 2/6 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 42,68 Kb. | | #144821 |
Bog'liq MK vakant lavozimlariga ishga qabul TARTIBI 15.08.2022-y2-bo‘lim. Tanlovni tashkil qilish
Tanlov quyidagi bosqichlar asosida tashkil etiladi:
birinchi bosqich - Yagona Milliy Mehnat tizimi - “my.mehnat.uz” va
Milliy vakansiyalar bazasi - “ish.mehnat.uz” portallariga vakansiya haqida
ma’lumot kiritish;
ikkinchi bosqich - tanlov o‘tkaziladigan vakansiya nomi, tanlovni o‘tkazish
joyi, sanasi va vaqti, shuningdek, hamda nomzodlarga qo‘yilgan malakaviy talablar
to‘g‘risida e’lonni hamda qo‘shimcha ma’lumotlami tashkilotning rasmiy veb-
saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarida (agar mavjud bo‘lsa) joylashtirish;
uchinchi bosqich - nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish va saralash;
to‘rtinchi bosqich - nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish;
Vakant lavozimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar - Yagona Milliy Mehnat
tizimi - “my.mehnat.uz” va Milliy vakansiyalar bazasi - “ish.mehnat.uz”
portallariga joylashtirilgan sana mazkur lavozimni egallash bo‘yicha tanlov e’lon
qilingan kun deb hisoblanadi.
Tanlov e’lon qilingan kuni, tanlov haqidagi e’lon va qo‘shimcha
ma’lumotlar tashkilotining rasmiy veb-saytida, ijtimoiy tarmoqlarida
3
joylashtiriladi. Shuningdek, mazkur e’lon davriy nashrlarda ham joylashtirilishi
mumkin.
Tanlov o’kazish to‘g‘risidagi e’londa quyidagilar ko‘rsatiladi:
vakant lavozimga qo‘yiladigan malaka talablari;
lavozim majburiyatlari;
mehnat sharoitlariga oid ma’lumotlar.
Lavozimlarning ayrim toifalari uchun qo‘shimcha talablar mavjud bo‘lgan
taqdirda, c’longa bu haqda ma’lumot kiritiladi.
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha nomzodlaming hujjatlarini qabul qilish
muddati tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kunni tashkil qiladi.
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha hujjatlar kelib tushmagan taqdirda,
hujjatlarni qabul qilish muddati avtomatik tarzda 10 kalendar kunga uzaytiriladi.
Tanlovning barcha bosqichlari tanlovda ishtirok etish bo‘yicha hujjatlarni
qabul qilish muddati tugagan kundan boshlab o‘n besh ish kuni mobaynida
o’tkazilishi lozim.
Yagona Milliy Mehnat tizimi - “my.mehnat.uz” va Milliy vakansiyalar
bazasi - “ish.mehnat.uz” portallari orqali o‘zining ma’lumotnomasini
(ob’ektivkasi) elektron shaklda joylashtirgan nomzodlardan hujjatlar va ularning
nusxalarini qog‘oz shaklida talab qilish man etiladi.
Nomzodga bir vaqtning o‘zida tashkilotning uchtadan ortiq bo‘lmagan
vakant lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
Nomzodlar tomonidan tanlovda ishtirok etish bo‘yicha yolg‘on
ma’lumotlar taqdim etilganligi aniqlanishi ularni tanlovdan chetlatish uchun asos
hisoblanadi.
Tashkilot va uning hududiy boshqarmalarida tanlovni tashkil qilish va
o‘tkazish uchun yuqori turuvchi tashkilot vakillari jalb qilinishi mumkin.
|
| |