-bo‘lim. Suhbat bosqichini o‘tkazish tartibi




Download 42,68 Kb.
bet4/6
Sana24.01.2024
Hajmi42,68 Kb.
#144821
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MK vakant lavozimlariga ishga qabul TARTIBI 15.08.2022-y

4-bo‘lim. Suhbat bosqichini o‘tkazish tartibi

  1. Suhbat nomzodning intellektual salohiyati, ma’naviy fazilatlari hamda
    kasbiy mahoratini baholash maqsadida o‘tkaziladi.

Suhbat intervyu, taqdimot, muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish
mahorati (“case-study”)ni aniqlash kabi usullar asosida amalga oshiriladi.
Suhbat jarayonlari videoyozuvlarda qayd etib boriladi hamda real vaqt
rejimida ijtimoiy tarmoqlarda translyatsiya qilinadi.
Suhbat jarayoni videokonferensaloqa rejimida (ZOOM orqali) o‘tkazilganda,
videokonferensaloqa kirish uchun havola yuqori turuvchi tashkilotning tegishli
kuzatuvchi vakiliga yuboriladi.

  1. Suhbat tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Suhbatda tanlov
    komissiyasi a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda
    vakolatli hisoblanadi.

Agar tanlov komissiyasi a’zosi suhbatdan o‘tayotgan shaxsning yaqin
qarindoshi bo‘lsa yoki suhbat natijasidan bevosita manfaatdor bo‘lsa yohud uning
xolisligiga shubha tug‘diruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, a’zo o‘zini o‘zi rad
etishi shart.

  1. Suhbat davomida tanlov komissiyasi a’zolari har bir nomzodga ko‘pi
    bilan beshta savol berishi mumkin.

Suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlar har bir Tanlov komissiyasi a’zosi
tomonidan 100 (yuz) ballik tizim asosida baholanadi.
Suhbatdan o‘tish bali kamida 56 (ellik olti) ball hisoblanadi. Tanlov
komissiyasi raisi o‘tish balini vakant lavozimning vazifa, funksiya, mas’uliyatliligi
va boshqa o‘ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqib belgilashi huquqiga ega.
Suhbatdan o‘tish uchun belgilangan ball nomzodlarga oldindan ishga qabul
qilish haqida beriladigan e’londa ma’Ium qilinadi.

  1. Tanlov komissiyaning har bir a’zosi, mazkur Tartibning
    1-ilovasida keltirilgan shakldagi alohida baholash blankasini to‘ldiradi.

Baholash blankasini komissiyaning boshqa a’zolariga ko'rsatish taqiqlanadi
va ballarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suhbat yakunlari bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan nomzodga
qo‘yilgan ballarni umumlashtirish va o‘rtacha balini hisoblab chiqish uchun Ishchi
organga beriladi.

  1. Ishchi organ Tanlov komissiyaning har bir a’zosini alohida baholash
    blankasidagi ballarni hisoblab, nomzodlarni umumiy ballarini yig‘indisini
    chiqaradi va Tanlov komissiyasi raisiga ma’lumot beradi.

Bunda, tanlov g‘olibi deb topilgan nomzodning o‘rtacha bali Tanlov
komissiyasi raisi tomonidan belgilangan va vakant lavozimga ishga qabul qilish
uchun berilgan e’londa nomzodlarga oldindan ma’lum qilingan o‘rtacha balldan


6


past bo’lishi mumkin emas.
Nomzodlarning o‘rtacha ballari teng bo‘lgan taqdirda, Tashkilot rahbarining
Ish beruvchi sifatidagi mustaqil qontmiy qaroriga asoslanib yakuniy qaror qabui
qilinadi.
Tanlov g‘olibi o‘z arizasiga ko‘ra mehnat shartnomasini tuzishdan bosh
tortgan taqdirda, tanlov komissiyasi xulosasiga asosan hisoblangan o‘rtacha ballga
kowra ikkinchi o‘rinni egallagan nomzod tanlov g'olibi deb topilishi mumkin.

  1. Suhbatda to‘plangan ballar yig‘indisi natijasiga ko‘ra, eng yuqori
    o‘rtacha ball to‘plagan nomzod tanlov g‘olibi deb topilib, mazkur Tartibning
    2-ilovasida keltirilgan shaklda Tanlov komissiyasi yig‘ilish bayonnomasi qarori
    bilan tasdiqlanadi.

Suhbat yakunlari bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan nomzodga
qo‘yilgan ballarni umumlashtirish natijasida, biron bir nomzodning o‘tish bali
suhbatdan o‘tish uchun belgilangan ballga yetmagan bo‘lsa, Tanlov
komissiyasining qarori bilan Tanlov yakunlanmagan deb topiladi hamda mazkur
Tartib talablari doirasida takroran ishga qabui qilish uchun e’lon berilib Tanlov
o‘tkaziladi.

  1. Qonun hujjatlarida yoki tashkilotda o‘rnatilgan tartibda qabui qilingan
    ichki lokal hujjatda vakant lavozimga tayinlashda nomzodni tegishli vazirlik yoki
    idora bilan kelishish lozimligi belgilangan bo‘lsa, ishchi organ qaror qabui qilingan
    kundan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida tegishli hujjatlami vazirlik yoki idoraga
    kelishish uchun yuborishi lozim.

Vazirlik yoki idora bilan nomzodning kelishilishi qonunchilikda belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.

  1. Yuqori turuvchi tashkilot suhbat bosqichida kuzatuvchi sifatida ishtirok
    etish uchun o‘z vakilini yuborish huquqiga ega.

Suhbat o‘tkazish jarayoni tanlovni tashkillashtirish va o‘tkazish qoidalariga
mos kelmasligi holatlari, shuningdek, tanlov komissiyasining xolis qaror qabui
qilishiga ta’sir o’tkazadigan noqonuniy xatti-harakatlar aniqlangan taqdirda,
Yuqori turuvchi tashkilotning kuzatuvchi vakili tomonidan tanlov komissiyasi
yig‘ilishi bayonnomasida izoh qoldiriladi.

  1. Yuqori turuvchi tashkilot vakillari tomonidan bayonnomada keltirilgan
    holatlar bo‘yicha tekshirish o‘tkazadi. Tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan
    kamchilik va qoidabuzarliklami bartaraf qilish bo‘yicha taqdimnoma kiritadi.

  2. Tanlov g‘olibi aniqlangan kundan e’tiboran 3 (uch) ish kuni mobaynida
    tashkilotning rahbari tanlov g‘olibi bilan mehnat shartnomasini tuzadi.

Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish nazarda tutilgan hollarda,
belgilangan tartibda kelishilgandan keyin 3 (uch) ish kuni mobaynida mehnat
shartnomasi tuziladi.


7


Ishchi organ tomonidan bir kimlik muddatda tanlov komissiyasining
bayonnomasi, tanlov g‘olibi bilan tuzilgan mehnat shartnoma va tashkilotning
tegishli buyrug’i Yagona Milliy Mehnat tizimi - “my.mehnat.uz” va Milliy
vakansiyalar bazasi - “ish.mehnat.uz” portallariga joylashtiriladi.

Download 42,68 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 42,68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bo‘lim. Suhbat bosqichini o‘tkazish tartibi

Download 42,68 Kb.