|
Kelishilgan
|
bet | 3/6 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 42,68 Kb. | | #144821 |
Bog'liq MK vakant lavozimlariga ishga qabul TARTIBI 15.08.2022-y3-bo’lim. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarni saralash
Tanlovda qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob beradigan
shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Tashkilot va uning hududiy boshqarmalari tarkibiy tuzilmalari
tomonidan tanlovlarni o’tkazish uchun doimiy faoliyat yurituvchi Tanlovlami
tashkillashtirish va o‘tkazish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda - Tanlov komissiyasi)
tuziladi.
Tanlov komissiyasining tarkibi Tashkilot rahbari tomonidan buyruq bilan
tasdiqlanadi.
Tanlov komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Tashkilot rahbari - Tanlov komissiyasining raisi;
4
Tashkilot rahbarining o’rinbosarlari (Tanlov komissiyasi raisi bo'lmaganda
Lining vazifasini rahbar о ‘rinbosarlaridan biri bajaradi).
Tashkilotning kadrlar bo‘limi boshlig‘i (xodimi);
Tashkilotning yuridik bo‘lim boshlig4i (xodimi);
Tashkilotning kasaba uyushrnasi qo‘mitasi raisi;
Tashkilotning vakant lavozimiga tanlov e’lon qilingan tarkibiy bo‘linmasi
rahbari;
Tashkilotda kompleans nazorat bo‘yicha mas’ul xodimi;
qonun hujjatlarida vakant lavozimga tayinlashda nomzodni tegishli davlat
organlari, mahalliy hokimiyat organlari yoki yuqori turuvchi tashkilot bilan
kelishish belgilangan bo‘lsa, ularning vakillari.
Zaruratga ko‘ra, vakant lavozimlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib
chiqqan holda, tashkilotning boshqa sohaviy bo‘linmalaridagi malakali xodimlar
tanlov komissiyasi tarkibiga kiritilishlari mumkin.
Tanlov komissiyasi o’z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va
betaraflik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Tashkilotning kadrlar bo‘limi tanlov komissiyasining ishchi organi
(keyingi o’rinlarda - ishchi organ) hisoblanadi.
Tanlov unda ishtirok etish uchun kamida ikkita nomzoddan hujjatlar
kelib tushgan taqdirda o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish uchiin bitta nomzod
talabgor bo‘lganda, yuqori turuvchi tashkilot bilan kelishilgan holda tanlov
komissiyasi rahbarining qarori bilan tanlov o‘tkazilishi mumkin.
Ishchi organ hujjatlar qabul qilish muddati tugagan kundan e’tiboran uch
ish kuni mobaynida nomzodlarning vakant lavozim uchun belgilangan malaka
talablariga mosligini o‘rganib chiqadi va malaka talablariga mos kelgan nomzodlar
ro‘yxatini shakllantirilib, tanlov komissiyasiga taqdim qiladi.
Bir kunlik rnuddatda tanlovning keyingi bosqichiga o‘tgan nomzodlar
Tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi organ tanlov bosqichlari
natijalari va o’tkazilishi bo'yicha ma’lumotlami nomzodlarga Portallar orqali
yuborilishini yoki boshqa aloqa vositalari orqali yetkazilishini ta’minlaydi.
Tanlov o’tkazishda oshkoralik va xolislikni ta’minlash maqsadida
uchinchi va to‘rtinchi bosqichlar videoyozuvi qurilmalariga yozib boriladi.
Tanlovni tashkillashtirish va o’tkazishda belgilangan qoidaga rioya
etmaslik holatlari, shuningdek, tanlov komissiyasining xolis qaror qabul qilishiga
ta’sir o’tkazgan noqonuniy xatti-harakatlar aniqlangan taqdirda, yuqori turuvchi
tashkilot tanlov natijasini to‘liq yoki qisman bekor qilish huquqiga ega.
Tanlov bosqichlari o‘tkazilishi to‘g‘risida o‘rnatilgan tartibda xabardor
qilingan, lekin unda ishtirok etmagan nomzodlar tanlovdan chetlashtiriladi.
5
|
| |