• Oqituvchi : Shahlo Sharipova Tinglovchi :Umarova O. Mavzu: Pedagogning tashqi korinishi va uning bolalarni estetikasiga tasiri.
  • O'qituvchi : Shahlo Sharipova Tinglovchi : Umarova O.' Mavzu: Pedagogning tashqi ko'rinishi va uning bolalarni estetikasiga ta'siri




    Download 0.63 Mb.
    bet1/2
    Sana08.07.2023
    Hajmi0.63 Mb.
    #76484
      1   2
    Bog'liq
    Pedagogning tashqi ko\'rinishi va uning bolalarni estetikasiga ta\'siri


    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI
    MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI DERIKTORI VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

    Tinglovchisi: Umarova O'giloy ning " Tarbiyachining kasbiy mahorati va kompetentligi”modulidan" fanidan


    MUSTAQIL ISHI

    O'qituvchi : Shahlo Sharipova
    Tinglovchi :Umarova O.'


    Mavzu: Pedagogning tashqi ko'rinishi va uning bolalarni estetikasiga ta'siri.

    Reja:

    1. O’qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo’llari.


    2. Nutq haqida tushuncha. Nutqning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni.
    3. O’qituvchining shakllantirish yo’llari.

    Pedagogik ta’sir etishda tashqi kо‘rinishning roli.  Pedagoglar har 


    tomonlama ta‘lim-tarbiya jarayonini tо‗g‗ri tashkil etishi bilan birga о‗zlarining 
    tashqi qiyofasiga ham e‘tibor berishi lozim. Tashqi qiyofa orqali insonlarning 
    qiziqishlarini orttirgan holda, о‗zini namoyon qila olish, о‗ziga og‗dira olish va 
    e‘tiborni qarata olish dars jarayonini samaradorligini oshiradi. Pedagoglarda 
    faqatgina iste‘dodining о‗zi yetarli emas, balki о‗quvchilarga yoqa olishni ham 
    bilishi kerak.
    Lug‗aviy jihatdan ―imidj‖ (ing. ―image‖) tushunchasi ―siymo‖, ―timsol‖, 
    ―qiyofa‖ va ―obraz‖ ma‘nolarini anglatadi. Mohiyatiga kо‗ra esa ushbu tushuncha 
    yordamida ―joziba‖, ―maftunkorlik‖ ma‘nolarini ifodalaydi. 
    Imidj - aniq bir insonga bо‗lgan munosabatda insonlar tafakkurida yuzaga 
    keladigan tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyekt qiyofasidir. 
    Pedagogik imidj - pedagogning ma‘naviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqi 
    kо‗rinishi о‗rtasidagi о‗zaro uyg‗unlik va mutanosiblikdir.
    О‗qituvchining tashqi qiyofasini ifodalovchi madaniyati 
    1. Gavdani tutish-tо‗g‗ri tutish (yurishda, о‗tirib turishda), qо‗llarning 
    о‗qituvchi stolida erkin holatda bо‗lishi, batartibligi, ixchamligi. 
    2. Kiyim-ozodaligi, shinam va bashangligi, kamtarligi, ranglning mos holda 
    tanlanishi, kiyimning yoshiga va kasbiga mosligi, kiyimni modaga muvofiqligi, 
    bijuteriya, taqinchoqlarning kо‗p va kamligi, ishiga mosligi. 
    3. Pardozning me‘yordaligi, yoshi, kasbi va ishiga mosigi. 
    4.Soch turmagi (sochning ma‘lum bir tartibliligi) 
    5. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi. О‗qituvchining pedagogik 
    texnikasi tizimida mimik va pantomimik ifodalari ham muhim о‗rin tutadi. 
    Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi, о‗qituvchining imo-ishorasida, 
    ma‘noli qarashlarida, rag‗batlantiruvchi yoki kinoyali tabassumida namoyon 
    bо‗ladi va ular о‗qituvchi-tarbiyachining pedagogik ta‘sir kо‗rsatishida, о‗quvchi-
    о‗quvchilarga mashg‗ulotlarni ta‘sirchan, qiziqarli, samarali va mazmunli о‗tish 
    uchun puxta zamin tayyorlab beradi.
    6. Mimika-his-hayajonning ifoda etishi, yuz mushaklarining, ma‘noli 
    harakatlarning sо‗zlayotgan nuqtaga gapga mosligi. Mimika - bu о‗z fikrlarini, 
    kayfiyati, holati, hissiyotini tinglovchi bajarayotgan ishdan roziligi yoki 
    norizoligini bildirish maqsadida uchun yuz, qosh, kо‗z muskullarini harakatga 
    keltira olish san‘atidir. Ba‘zan yuzning va nigohning ifodasi о‗quvchilarga katta 
    tarbiyaviy ta‘sir kо‗rsatadi. Mimik harakatlar, ifodalar ma‘lumotlarning hissiy 
    ahamiyatini kuchaytirib, ularni chuqur о‗zlashtirish uchun imkon yaratadi. 
    О‗quvchi pedagogga qarab uning kayfiyatini, munosabatini «о‗qib» oladilar. 
    Shuning uchun uydagi ba‘zi noxushliklar о‗quv mashg‗ulotlariga ta‘sir kо‗rsatadi. 
    Mimik ifodalar о‗quvchining о‗quv kayfiyatiga о‗zining salbiy ta‘sirini 
    kо‗rsatmasligi kerak. Yuz ifodasida, mimik belgilarida faqat dars mashg‗ulotlariga 
    xos ta‘sirini kо‗rsata bilishi talab etiladi. Bu о‗quv - tarbiya topshiriqlarini yechish 
    о‗quvchilar ta‘limi va tarbiyasiga ijobiy yо‗nalish bera oladigan kо‗rinishlarni 
    ifodalashi lozim. 

    Yuz ifodasi, esa о‗z navbatida nutq va munosabat xarakteriga mos bо‗lishi 
    kerak. U ishonch, ma‘qullash, ta‘qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, 
    qiziquvchanlik, befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlarda ifodalanishi mumkin. 
    Mimik ifodaning asosiy detali sifatida qayd qilinganidek qosh, kо‗z, yuz kо‗rinishi 
    va muskullari ishtirok etadi. Kо‗z, qosh, yuz о‗quvchi-о‗quvchilar javobidan 
    qoniqish, xursand bо‗lish, faxrlanish yoki e‘tirof, norozilik, qoniqmaslik, xafa 
    bо‗lish va boshqa belgilarni ifodalasa, ta‘lim oluvchilar diqqatini bо‗lmasdan, 
    boshqalarga xalaqit bermasdan ta‘lim - tarbiya ishlarini olib borish muvaffaqiyatli 
    kechadi. Shuni ham alohida e‘tirof etish joizki, mimik ifodalar namoyish 
    qilinayotgan paytda о‗qituvchining nigohi о‗quvchi-о‗quvchilarga, yoki ayrim 
    holatini boshqara olishi ta‘lim-tarbiya jarayoni uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 
    О‗qituvchi ta‘sir kо‗rsatish vaqtida (darsda, darsdan tashqari mashg‗ulotlar 
    paytida, tarbiyaviy ishlar jarayonida) о‗z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy 
    bо‗lishi, umidbaxshlik, hayrixohlik kayfiyatda bо‗la olishi ham pedagogik texnika 
    tizimining muhim elementidir. Buyuk rus pedagogi A.S.Makarenko aytganidek: 
    «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, yoki jahldor bо‗lishini 
    bilishi lozim, U о‗zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin 
    va о‗qitsin». Bunday malakaga ega bо‗lgan pedagog о‗z-о‗zini nazorat qila oladi, 
    pedagogik faoliyati davomida sog‗lom asab tizimini о‗zida tarbiyalay oladi, 
    asabiylashishdan, hissiy va aqliy zо‗riqishlardan о‗zini asraydi. О‗z xatti - harakati, 
    hissiy holatini nazorat qilishda pedagog, avvalo, о‗zida quyidagilarni 
    shakllantirishi lozim: 
    - hayrixohlik va optimizm ruhida bо‗lish; 
    - о‗z hulqini nazorat qilish, (muskul zо‗riqishini, harakatini, nutq tempini, 
    nafas olishini tartibga solish); 
    - faoliyatni dam oldirish, ya‘ni lirik, musiqaviy, yumoristik, jismoniy 
    daqiqalarni yaratish;
    - о‗z - о‗ziga salbiy ta‘sir kо‗rsatishning oldini olish va h. k. 
    О‗qituvchining aktyorlik va rejissyorlik malakalari. О‗qitish 
    samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta‘sir kо‗rsatish uchun о‗qituvchi 
    pedagogik texnikasi tizimidan о‗rin olgan yana bir malaka – bu о‗qituvchining 
    aktyorlik va rejissyorlik malakasidir. Xususan, adabiyot, odobnoma, ma‘niviyat 
    asoslari, tarix о‗qituvchilari uchun aktyorlik malakasi nihoyatda zarur. Ma‘lum 
    mavzular, obrazlar, tarixiy qahramonlarni tavsiflayotganda aktyorlik, о‗quv 
    ma‘lumotlarini sо‗rash, о‗quvchi-о‗quvchilar faoliyatini tashkil etishda esa, 
    о‗qituvchiga rejissyorlik malakalari zarur. Bu malakalar о‗qituvchiga yoshlar bilan 
    muomala qilishda tarbiyalanuvchi - о‗quvchilarning aql - idrokkina emas, balki 
    ularning his-tuyg‗ulariga ta‘sir kо‗rsatish, ularga olamga nisbatan hissiy - 
    qadriyatli munosabatda bо‗lish tajribasini о‗zlashtirishga yordamlashadi. 
    Shunday qilib, о‗qituvchida yuqorida qayd etib о‗tilgan pedagogik texnika 
    kо‗nikmalarini tarbiyalangan bо‗lsa, u yoshlarni о‗qitish, tarbiyalash, va ularni 
    shaxs sifatida kamol toptirish sohasida muvaffaqiyatga erishadi. 
    Ta‘kidlanganidek shaxsiy-kasbiy malakalar о‗qituvchining ijtimoiy – 
    gumanitar, ixtisoslik hamda maxsus fanlar bо‗yicha bilimlarini boyitadi pedagogik 
    mahoratni egallashga intilishni kuchaytiradi, о‗z kasbiga qiziqish va burch, hamda 
    mas‘uliyatni his qilishni rivojlantiradi. Va bu malakalar yoshlarni о‗qitish, 
    tarbiyalash, tashkil qilish, targ‗ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam 
    beradi. 

    Kiyimning vazifasi – bu nafaqat insonni issiqdan, sovuqdan himoya qilish, 
    balki о‗ziga jalb etishni ham uddalashi kerak. Kiyimga qarab insonga baho beriladi 
    albatta, ozoda, yarashgan va sipo kiyim kishining ishiga talabchanligi va ichki 
    kamtarligi haqida ma‘lumot beradi.
    Pedagogning ijobiy qiyofasi va jozibasi, о‗quvchilarga psixoterapevtik ta‘sir 
    о‗tkazadi hamda ta‘lim samaradorligini oshiradi.
    О‗qituvchida aniq bir obrazidagi individual, kasbi va yoshi imidji 
    muajassamlashadi. Yon atrofdagilar pedagogning shaxsiy, yoshiga doir, jinsiy 
    hamda kasbiy sifatlarini muhokama qilishadi. 
    О‗qituvchi imidji individual va shaxsiy sifatlari, kasbiy faoliyati va 
    xulqining kommunikativ xususiyatlari kabi xossalardan iborat. 
    Imidjni nimadan boshlab shakllantirish kerak? 
    Imidjning ma‘lum qoidalariga tayanib, uning asosiy xossalarini ajratib olamiz. 
    Eng ahamiyatli xossalarga: 
    * tashqi kо‗rinish; 
    * muloqotning verbal va noverbal vositalarining qо‗llanilishi; 
    * kasb obraziga ich-ichidan mos kelishi – ichki ―shaxsiyat‖; 
    * pedagogik faliyatining uslubiy xususiyatlari; 
    * kasbiy yо‗naltirilganlik.
    Birinchi bosqich – tashqi kо‗rinish, bunda pedagog imidjining asosiy 
    xususiyati – ilk taassurot fenomeni, yangi ―vizual gо‗zallik‖ muhim rol о`ynaydi. 

    Ma’naviy va axloqiy jihatdan yetuk, barkamol farzand voyaga yetkazish
    hamma davrlarda ham katta siyosiy mohiyat va ahamiyat kasb etib kelgan. Har bir
    ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot vaturmush darajasi
    fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir.
    Fan va madaniyat rivojlanishi ta’lim-tarbiya ishlarining qay darajada olib
    borilishidan kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan
    ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi.
    Yoshlarni kamolga yetkazish ta’lim tizimida axloqiy va estetik bilimlar
    orqali amalga oshadi, ularning ijtimoiylashuvi esa insonni bevosita hayotga va
    voqelikka yaqinlashtiradi. Ijtimoiylashuv – inson tomonidan kishilik
    madaniyatining, xususan axloqiy-estetik madaniyatning
    o‘zlashtirib borilishi jarayoni sifatida ham talqin etilishi mumkin. Shu nuqtai
    nazardan o‘sib kelayotgan yoshlarni estetik tarbiyasi muhim hisoblanadi.
    Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib
    chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiya oldida
    quyidagi vazifalar turadi:
    1. Bolalarni hayotdagi, voqelikdagi go‘zallikni tushunishga, sevishga,
    tabiatda va turmushda, yaratuvchilik mehnatida, ijtimoiy hayotda, kishilar
    xattiharakatida bolalarga tushunarli bo‘lgan go‘zalliklarni ko‘ra bilishga o‘rgatish.
    Ularda estetik his, estetik did, estetik munosabatni tarbiyalash, kuchlari yetganicha
    hayotda go‘zallik yaratishda faol ishtirok etish istagini tarbiyalash.
    2. Bolalarni badiiy ijodning turli janrlarida (badiiy asar, musiqa, qo‘shiq,
    rasm va boshqalar) yaratilgan san’at asarlarini ko‘rish, tushunish va sevishga
    o‘rgatish orqali ularda estetik ong qirralarini shakllantirish; chiroylini xunuk-dan,
    g‘amginlikni xursandchilikdan farqlay olish; ranglarni, shakl, tovushlarni
    birbiridan ajrata olish kabi sensor etalonlar bilan tanishtirish.
    3. Bolani san’atning turli sohalari: ashula, o‘yin, she’r o‘qish, qayta hikoya
    qilish, ijodiy faoliyat (ijodiy o‘yin, hikoya qilib, rasm chizish, biror narsa yasash
    yoki qurish) ka-bilarda yanada faolroq harakat qilish va o‘zini ko‘rsata bilishga
    o‘rgatish. Bular orqali bolalarda badiiy ijodiy qobiliyatni, xayolni o‘stirish, fazoviy
    va rang munosabatlarini, mo‘ljalga olish, ko‘rish xotirasi, qo‘llarni chaqqon
    harakat qildira olish malakasi, jo‘shqin kayfiyatni ko‘rsatuvchi hissiy sezgirlikni
    rivojlantirish va h.k.
    Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar asosida maktabgacha tarbiya yoshidagi
    bolalarning har bir yosh guruhlarida estetik tarbiya berishning mazmuni va
    metodlari ishlab chiqiladi.
    Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalga
    oshiriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni, estetik hissiyot, qiziqish, estetik
    ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. Bular quyidagi
    yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
    o‘yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari
    bilan tanishtirish orqali tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan estetik
    munosabatni tarbiyalash;
    san’at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya berish.
    Pedagogika fanida bolalarni chizishga, loy va plastilindan narsalar yasashga,
    ashula aytishga va shunga o‘xshashlarga o‘rgatish metodikasi mukammal ishlab
    chiqilgan.
    Bola ijodining mazmuniga ta’sir etadigan asosiy vosita, bolani
    hayajonlantiradigan, uning xayol va hislariga ta’sir etuvchi narsa tevarakatrofdagi
    yorqin, jonli taassurotlardir.
    Badiiy faoliyatning hamma turlarida ham ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish
    estetik idrok va hislarni rivojlantirish bilan bog‘liq holda olib boriladi. Agar bola
    qishki tabiatning go‘zalligini his eta olsa, u albatta shu go‘zallikni rasmda,
    hikoyasida aks ettiradi. Agar bola badiiy adabiyotlardagi obrazlarni idrok eta olsa,
    undagi qahramonlar bola tushunchasiga yaqin bo‘lsa, bunday kitoblar bolalar
    o‘yini uchun kerakdir.
    Bolalarga estetik zavq uyg‘otish uchun ularga kuzatilayotgan narsaning
    mazmuni va ahamiyatini tushuntirish kerak. Bola-larning hislariga ta’sir etish
    uchun bu hali yetarli emas. Eng muhimi, bu yerda kattalarning namunasidir.
    Tarbiyachi-ning o‘zi zavqlansa, ortiqcha so‘zlarsiz go‘zallikka qiziqish uyg‘ota
    oladi va bolalarda estetik kechinmalar paydo qila oladi.
    Bolalar tarbiyachidan «Nima uchun oltin kuz deyiladi?»- deb so‘rashadi,
    tarbiyachi istirohat bog‘iga borib ko‘ramiz, deb javob beradi. Bog‘ta borishganda
    bolalarga taklif etadi: «Sayr qilib daraxtlarni, yo‘lkalarni kuzatamiz». Bog‘ning
    eng xushmanzara joyiga kelganda bolalar to‘xtab, jim atrofga nazar tashlashadida,
    nima uchun oltin kuzligini tushundik. Chunki barglar tillaga o‘xshaydi. «Ana qizil
    barglar», deyi-shadi ular hayajon bilan. Shamol bo‘lishi bilan barglar yerga
    tushadi. yo‘lkalar esa gilamga o‘xshaydi.
    Ko‘chaga sayrga chiqishadi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: «Biz hozir
    sizlar bilan bog‘cha ko‘chasidan yurib o‘tamiz. Sizlar diqqat bilan kuzatib
    boringlar, kim qanday chiroyli narsa ko‘rsa, sayrdan keyin so‘zlab beradi».
    Shuni ta’kidlash kerakki, ajoyibot yonimizdadir, bolalar-ni shu ajoyibotni
    ko‘ra bilishga, undan hayratlana olishga o‘rgatish lozim. Tabiatning go‘zalligini va
    ajoyibligini inson hayot go‘zalligiga, san’at go‘zalligi va ajoyibotiga aylantiradi.
    Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Tevarakatrofdagi tabiat go‘zalligi hatto eng kichik bolani ham quvontiradi. Uning
    tuyg‘ular va xayollarda saqlangan go‘zalligi bolalikda ayniqsa yorqin va chuqur
    idrok qilinadi, inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi.
    Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini tabiatning
    rangbarangligiga, uning o‘zgarishi va uyg‘unligiga qaratadi, tabiat hodisalariga
    qiziqish uyg‘otadi, unga muhabbat va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi,
    asrab-avaylashga o‘rgatadi. Bularning hammasi bolalarning estetik didlarini
    tarbiyalaydi, ular kishilarning mehnat natijalarini yaqqol ko‘rib, atrofdagi go‘zallik
    inson mehnati tufayli yuzaga kelishiga ishonch hosil qiladilar.
    Musiqa bolalarning kayfiyatini ko‘tarib ertalabki badan tarbiyada yangray
    boshlaydi. Iilning quruq va issiq vaqtlarida ekskursiya, sayr va o‘yin vaqtlarida
    ashulalar ijro etilishi kerak, bu bolalarni yanada bir-biriga yaqinlashtiradi, ruhini
    ko‘taradi. Maydonchada mehnat qilish jarayonida ijro etilgan ashula harakat
    ritmini uyg‘unlashtiradi, bolalarga mehnat quvonchini bag‘ishlaydi.
    Bolalarda estetik idrokning rivojlanishi uchun ularni haqiqiy san’at asarlari
    bilan tanishtirish zarur. Radio, oynai jahonda san’at ustalari va tengdoshlari ijro
    etgan asarlar bolalarning estetik rivojlanishida katta yordam beradi.
    Ashula aytib o‘yinga tushishda asosan xalq ijodi asarlaridan foydalaniladi,
    bu bolalarni ahloqiy-estetik tarbiyalash uchun g‘oyat qimmatli vositadir. Bolalar
    xalq kuylari va obrazlarini ijro etayotib, xalq tili va kuyining hamohangligini,
    ravonligini bilib oladilar. Bu bolalarda vatanparvarlik hislarini tarbiyalaydi,
    musiqaviy didini shakllantiradi, bolalarni zamonaviy va klassik kuylarni idrok eta
    olishga tayyorlaydi. Ashula va raqsga tushishga o‘rgatishda faqat to‘g‘ri aytish va
    to‘g‘ri harakat qilishni emas, balki ifodali aytish va yengil, chiroyli va latofat bilan
    raqsga tushishga o‘rgatiladi.
    Bolalarning badiiy qobiliyatlarini tarbiyalash masalasi ularning ijodiy o‘sishi
    bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun bolaga o‘rgatish, undagi ijodiy
    tashabbusni rivojlantirish ishi bir-biri bilan uzviy aloqada amalga oshirilishi lozim.
    Pedagog tarbiyaviy nuqtai nazardan yondashib, bola ijodining eng birinchi, hali
    to‘liq namoyon bo‘lmagan tomonini seza bilishi va baholay olishi kerak, bu bilan u
    boladagi kamolot yo‘lini to‘g‘ri belgilashi mumkin.
    MTMda o‘tkaziladigan bayramlar bolalarga chuqur ta’sir etadi. Bayramning
    tarbiyaviy kuchi va o‘ziga xosligi uning g‘oyaviy va estetik mazmuni san’atning
    turli ko‘rinishlari bilan bog‘liq bo‘lishidadir. Har qaysi bayram o‘z g‘oyasiga ega
    bo‘lib, u bolalarga yorqin obrazlar orqali ta’sir ko‘rsatadi.
    Demak, estetik tarbiyaning vositalaridan biri qo‘g‘irchoq teatridir. Uning
    nihoyatda kuchli ta‘sir etishi uning soddaligi, odatdan tashqari jo‘shqinligi va
    qo‘g‘irchoqligi (o‘yinchoqligi), shuningdek, badiiy so‘z, musiqa, ashula, raqs,
    tasviriy san’at kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi kishi ko‘zi
    o‘ngida yaqqol namoyon bo‘lishidadir. Qo‘g‘irchoq teatrini bolalar faqat tomosha
    qilibgina qolmay, balki unda o‘zlari ham qatnashadilar. Bu bolaning dramatik
    qobiliyati, tashabbusi, nutqini o‘stiradi, hayotiga quvonch bag‘ishlaydi.
    Kichkintoylar, ayniqsa 2-3 yoshli bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so‘zlardan
    ko‘ra rasmlarning ta’siri ayniqsa qatta bo‘ladi. Bola kitobdagi rasmlarni qaytaqayta o‘z o‘rtoqlariga, kattalarga, qo‘g‘irchog‘iga «o‘qib» berish bilan uning
    mazmunini o‘z xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yorqin rasmlar
    bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Qattalar mehnati, qahramonlik, shuningdek,
    ona Vatanga bo‘lgan muhabbat, do‘stlik,

    Download 0.63 Mb.
      1   2




    Download 0.63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'qituvchi : Shahlo Sharipova Tinglovchi : Umarova O.' Mavzu: Pedagogning tashqi ko'rinishi va uning bolalarni estetikasiga ta'siri

    Download 0.63 Mb.