O’qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi




Download 15 Kb.
bet1/4
Sana28.01.2024
Hajmi15 Kb.
#147509
  1   2   3   4
Bog'liq
6085-Текст статьи-15189-1-10-20220610
2.0 Malumotlar bazasi 2023 tushish aniq baza (2), p2p, Документ Microsoft Word, PARADIGMA YN, bo-lajak-informatika-o-qituvchisini-innovatsion-faoliyatga-tayyorlashning-metodik-aspektlari, uzluksiz-ta-lim-tizimini-rivojlantirishda-pedagogik-innovatsiyalar-va-integatsiyaviy-yondashuv, ta-limda-innovatsion-texnologiyalarning-turlari-va-ahamiyati, ta-limda-innovatsion-texnologiyalarning-turlari-va-ahamiyati, dildora kamalova

O’QITUVCHILARNI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI




Nurmamatov Zuxriddin Shavkat o’g’li


Termiz davlat universiteti texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi. e-mail: zuxriddinbekjon@umail.uz


Annotatsiya: Maqolada bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash jarayonlari yoritib berilgan.
Kalit so’zlar : Texnologiya, o’qituvchi, innovatsiya, faoliyat, tayyorlash.

***


Резмю: В статье описан процесс подготовки будущих учителей- технологов к инновационной деятельности.
Ключевые слова: технология, учитель, инновации, деятельность, обучение.

***


Annotation: The article describes the process of preparing future technology teachers for innovative activities.
Keywords: Technology, teacher, innovation, activity, training.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 20 apreldagi - Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qarori mamlakatimizda ta‘lim tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan

ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali mutaxassislar tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning 9 darajasida shart-sharoit yaratish, ruhi va talabiga mos zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga alohida e‘tibor qaratilgan.[2]
Bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish, ularda fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.
Bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi, bugungi kunda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Innovatsiyalar u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan, yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va konstruktorlik loyihalari va hokazo) foydalanishni anglatar ekan, mos ravishda innovatsiyalar texnologik, iqtisodiy, ekologik, boshqaruv, harbiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa turlarga taqsimlanadi. Innovatsiyalar dunyosi inson faoliyati sohalari kabi rang- barang va turli-tuman ko’rinishga ega. Innovatsiyalarning qudrati jamiyat turmush tarzi, salomatligini himoyalash, ilmiy salohiyatini oshirishda katta imkoniyatlarni taqdim etadi.

Download 15 Kb.
  1   2   3   4




Download 15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi

Download 15 Kb.