• Eshpulatova Xadicha Muradovna
  • Kalit so‘zlar
  • Ilm-fan
  • Ilm-fan muammolari yosh




    Download 26.6 Kb.
    bet1/2
    Sana28.01.2024
    Hajmi26.6 Kb.
    #147479
      1   2
    Bog'liq
    ta-limda-innovatsion-texnologiyalarning-turlari-va-ahamiyati
    2.0 Malumotlar bazasi 2023 tushish aniq baza (2), p2p, Документ Microsoft Word, PARADIGMA YN, bo-lajak-informatika-o-qituvchisini-innovatsion-faoliyatga-tayyorlashning-metodik-aspektlari, uzluksiz-ta-lim-tizimini-rivojlantirishda-pedagogik-innovatsiyalar-va-integatsiyaviy-yondashuv, ta-limda-innovatsion-texnologiyalarning-turlari-va-ahamiyati, 6085-Текст статьи-15189-1-10-20220610, dildora kamalova

    Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi


    TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TURLARI VA AHAMIYATI




    Eshpulatova Xadicha Muradovna Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘zbek tili va adabiyot fani o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7359518


    Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi kunda rivojlangan ta’lim sharoitida innovatsion ta’lim texnologiyalarining ahamiyati haqida so‘z yuritilgan. Ta’limni yanada samarali qilish usullari, zamonaviy texnologiyalardan dars davomida qanday foydalanish usullari haqida ma’lumot berib o‘tilgan.
    Kalit so‘zlar: interaktiv metodlar, innovatsion ta’lim, innovatsiya, pedagogic texnologiya, axborot texnologiyalari, an’anaviy ta’lim.

    Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchlik funksiyasini bajaradi.


    Ta’lim jarayonida o‘quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o‘quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchi-talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.




    Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi

    Hozirgi davr taʼlim taraqqiyoti yangi yo‘nalish - innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi. Аxborot - yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XXI asrga kelib, taʼlim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga eʼtibor yanada kuchaytirildi. O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda birinchilardan bo‘lib taʼlim tizimiga kirib keldi va innovatsiyani taʼlim jarayonida qanday o‘z aksini topganligini quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin. Pedagogik fanlar tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini pedagogika fanlari tarkibiga quyidagilar bilan belgilandi.


    a) Gendr pedagogikasi; b) Evristik pedagogika;

    1. Majburiy pedagogika; g) Аndrogogik pedagogika

      • O‘qitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv metodlarining kirib kelishi misolida ko‘ramiz. Аktiv metodni qo‘llash talabalarni dars jarayonidagi faolligini oshirishga xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha berilishi bilan izohlanadi. Interaktiv metod esa birgalikda faol harakat qilishi (o‘qituvchi bilan talaba, talaba bilan talaba) tushuniladi.

      • Dars shakliga innovatsiyani kirib kelishini standart, nostandart hamda vertual dars shakllari misolida ko‘rishimiz mumkin.

      • O‘qitish turlaridagi innovatsiyani muammoli taʼlim, evristik taʼlim, darajalangan taʼlim, integratsiyalangan taʼlim, interfaol taʼlim, informal taʼlim, rasmiy taʼlim, norasmiy taʼlim turlari mavjud.

      • O‘qitish vositalariga innovatsiyani kirib kelishini dars jarayonida multimedia, elektron doskalar va boshqa vositalarni misol qilish mumkin.

      • O‘qitish metodlaridagi innovatsiyani quyidagi metodlarda ko‘rishimiz mumkin.

    1. Аktiv metod - dars jarayonida faollashuviga, maʼlum bir holat va voqelikka nisbatan fikrlashga-mulohaza yuritishga undaydi.

    2. Passiv metod - dars jarayonida talabalarda o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bir tomonlama tushuncha hosil bo‘lishiga olib keladi.

    3. Interaktiv metod. Bu metodni maqsadi dars jarayonida o‘qituvchi va talabalarni birgalikdagi faol xatti-harakatlariga asoslanadi.




    Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi

    Dars shaklidagi innovatsiyani quyidagi shaklda ko‘rishimiz mumkin.



      1. Standart dars – dars ichidagi struktura o‘zgarmaydi.

      2. Nostandart dars – dars ichidagi struktura o‘zgaradi.

    v) Vertual dars – ya’ni masofadan o‘qitish. Pedagogik innovatsiyada “yangi” tushunchasi markaziy o‘rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va subʼektiv yangilikka qiziqish uyg‘otadi.
    Xususiy yangilik V.А.Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko‘zda tutadi. Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi maʼlum unsurlarning yig‘indisi shartli yangilik hisoblanadi. Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. V.I. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga taʼrif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g‘oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari bo‘lib, o‘zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda taʼlim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg‘or boshlanmalarini o‘zida aks ettiradi. Pedagogik innovatsiyalar - bu maqsadlarga samarali erishishga yordam beradigan ta’lim sohasidagi yangiliklarni ishlab chiqish, joriy etish, sinovdan o‘tkazish va baholash jarayoni. Ular orasida: ta‘lim jarayoni vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, mehnat bozori bo‘lajak xodimlarga yangi talablarni qo‘yadi va o‘qitish o‘zgartiriladi, yangi maqsadlarga moslashtiriladi, bunga erishish uchun yangi pedagogik usullar, uslublar va usullar zarur.
    Ta’limdagi innovatsiyalar quyidagi maqsadlarga erishishga yordam beradi: Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish;
    Talabalarning kognitiv faolligini faollashtirish;
    Ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish;
    O'quv materialining metodika va didaktika nuqtai nazaridan o'zgartirishlari.
    Ta‘limga yondashuv - bu yangi texnologiyalar uchun asos bo‘lgan asosiy tamoyil, talablar va maqsadlar to‘plami.



    Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi

    Zamonaviy ta’limning talabi o‘quvchilarga imkon qadar ko‘proq bilim berish emas, balki ularni o‘z-o‘zidan o‘rganishga, nafaqat bilishga, balki olingan ma’lumotlar bilan ishlay olishga o‘rgatishdir.


    Pedagogik innovatsiyalar ikkita asosiy yondashuvga asoslanadi:
    Talabaga yo‘naltirilgan yondashuv o‘quv jarayonini har bir talaba shaxsiga yo‘naltirishni nazarda tutadi. Zamonaviy pedagogika har bir o‘quvchining o‘ziga xos tajribasi va xarakterini hisobga olishi, uning individualligi va iste’dodini rivojlantirishi kerak. Ushbu yondashuvni amalga oshirish tanlov tamoyillariga tayanishni o‘z ichiga oladi (talabalar o‘zlari xohlagan sohalarni tanlashlari mumkin), ishonch (o‘qituvchilar tomonidan avtoritar bosimning yo‘qligi), ijodkorlik va muvaffaqiyat, sub’ektivlik, individuallik;
    Xulosa qilib aytganda, ushbu innovatsion texnologiyalardan foydalanish Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida dars jarayonida qo‘llanmoqda hamda afg‘on talabalari ham chuqur bilimga ega bo‘lish, yangi g'oyalar yaratish, erkin fikrlash, so‘z boyligini oshirish bilan birgalikda ilmiy salohiyatlarini oshirishda samarali natijalarga erishmoqda.



    Download 26.6 Kb.
      1   2




    Download 26.6 Kb.