Organik kimyoning xalq xo'jaligidagi ahamiyati




Download 0.97 Mb.
Sana03.12.2023
Hajmi0.97 Mb.
#110385
Bog'liq
Презентация1
Davlatimizni yosh avlodni tarbiyalash sog\'lig\'ini himoya qilish yo\'lida olib borayotgan ishlari, Ta\'lim psixologiyasi, Mavzuga oid test4, 1-amaliy (1), 1676263329 (2), 1 amaliy , 1526915340 71681, Qurilish-jarayonlari-ishlari

Organik kimyoning xalq xo'jaligidagi ahamiyati
Qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi jarayonlarida kimyoviy moddalarni qoʻllash; kimyo, biokimyo, mikrobiologiya va agrokimyo fani yutuklaridan foydalangan holda kam mehnat va mablagʻ sarflab olinadigan mahsulot hajmini koʻpaytirish va sifatini yaxshilashga qaratilgan kompleks tadbirlardan biri. Qishloq xoʻjaligini "kimyolashtirish" atamasi 20-asrning 30-yillarda turli zonalarda oʻgʻitlar tizimini qoʻllash tufayli rus olimi D.N.Pryanishnikov (1865—1948) tomonidan taklif qilingan.
Oʻgʻitlardannnn foydalanish, tuproqni kimyoviy melioratsiyalash (ohaklash, gipslash), oʻsimliklarni begona oʻtlardan, zararkunandalar va kasalliklardan muhofaza qilish; defoliatsiya va desikatsiya; oʻsimliklarning oʻsishi hamda hosil berishini boshqarish; chorvachilikda ozuqa va dorivor vositalar ishlatish, qishloq xoʻjaligi mahsu-lotlarini konservalash, melioratsiya, qishloq xoʻjaligi qurilishi va boshqalarda sintetik materiallardan foydalanishni oʻz ichiga oladi. Oʻgʻitlardan foydalanish Qishloq xoʻjaligik.ning asosiy yoʻnalishidir.
Oʻgʻitlardan foydalanish Qishloq xoʻjaligik.ning asosiy yoʻnalishidir. Oʻgʻit hosildorlikni oshiradi. Mineral oʻgʻitlar ishlatilganda hosilning qay darajada ortishi koʻpgina omillar (tuproq, iqlim, tashkiliy-iqtisodiy sharoit, ekin navlari, ekish texnologiyasi, oʻgʻitning sifati va boshqalar)ga hamda birinchi navbatda, dehqonchilik madaniyatiga bogʻliq. Oʻgʻitlarni ilmiy asosda qoʻllash nafaqat hosildorlikning oshishi, balki qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, mas, donda oqsil miqdorining hamda uning aminokislota tarkibini yaxshilanishini taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishda intensiv texnologiyalarning oʻzlashtirilayotganligi, hosildorlikni programmalashtirish natijasida oʻgʻitlar roli keskin oʻsmoqsa.
Pestitsidlar qishloq xoʻjaligi ekinlarini begona oʻtlardan, zararkunanda va kasalliklardan himoyalovchi kuchli vosita. Ularning qoʻllanishida oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va aralash (integral) usuli ishlab chiqilgan. Pestitsidlardan optimal meʼyorlarda va kerakli muddatda foydalanish qishloq xoʻjaligi ekinlarini intensiv texnologiya asosida yetishtirish elementlaridan biridir.
Oʻsimlikshunoslikda oʻsimliklarning oʻsishi va hosilga kirishini boshqaruvchi moddalar — gibberellinlar, auksinlar, mutagenlar va boshqa hamda defoliantlar, desikantlar qoʻllaniladi. Poliploidlar olish uchun mutagenlardan foydalaniladi.
Chorvachilikda turli mineral ozuqalar — fosforitlar, karbamid, premikslar, vitaminlar qoʻshilgan yemlardan foydalaniladi. Bunday qoʻshilmalar qishloq xoʻjaligi hayvonlarining toʻliq oʻsishi, oziqlanishi va mahsuldorligini taʼminlaydi.
Ulardan toʻliq ratsionli aralash yem ishlab chiqarishda foydalaniladi. Chorvachilikda ozuqa va dorivor vositalar sifatida hayvonlarga zarur mineral moddalar: makroelementlar va mikro-elementlar; mineral qoʻshimcha sifatida osh tuzi, boʻr, ohak, ftorsizlantirilgan fosfat, suyak uni va boshqa beriladi. Tuproqda mikroelementlar kam rayonlarda hayvonlar ratsioniga temir, kobalt, mis, yod, marganets birikmalari qoʻshiladi. Hazm boʻladigan pro-tein yetishmaganda chorva mollari ratsioni korbamid (mochevina) bilan toʻldiriladi. Veterinariya amaliyotida kimyoviy sintez asosida olingan dori vositalari qoʻllaniladi
Qishloq xoʻjaligiga azotli, fosforli va kaliyli mineral oʻgʻitlar, murakkab oʻgʻitlar yetkazib beriladi. Suyuq oʻgʻitlar, ayniqsa, azotli oʻgʻitlar hamda mikrooʻgʻitlar koʻplab ishlab chiqarilmoqda va ishlatilmoqda.
Bakterial oʻgʻitlar (azotobakterin, nitragin, entobakterin va boshqalar) dukkakli oʻsimliklar ildizida azot toʻplovchi tuganaklar hosil boʻlishiga va tuproqda azot toʻplovchi mikroorganizmlar koʻpayishiga yordam beradi.
Oʻsimliklarni begona oʻtlar, kasalliklar va zararkunandalardan kimyoviy yoʻl bilan muhofaza qilish keng yoʻlga qoʻyilgan, bu maqsadda xlororganik birikmalar, fosfororganik birikmalar, oltingugurtning organik birik-malaridan foydalaniladi. Begona oʻtlarni yoʻqotish uchun ishlatiladigan kimyoviy vositalar (gerbitsidlar), shuningdek, defoliantlar va desikantlar ishlab chiqarishda ham anchagina muvaffaqiyatlarga erishildi.
Oʻzbekiston kimyo sanoati qishloq xoʻjaligi uchun jami 607,34 ming t (100% oziq modda hisobida) mineral oʻgʻitlar, jumladan, 463,77 ming t azotli, 117,16 ming t fosforli, 26,48 ming t kaliyli oʻgʻitlar yetkazib berdi (2004).
Baʼzi organik moddalar insonga juda qadimdan maʼlum. Masalan, kishilar uzum sharbati achiganda spirtga aylanishini, musallas ochiq havoda turganida sirka kislota hosil qilishini bilardilar. Oʻsimlik moylari va hayvon yogʻlari oziq-ovqat sifatida qadimdan ishlatib kelinadi. Sovun va har xil boʻyoqlardan foydalanish qadim zamonlardan beri maʼlum.
Sof holdagi organik moddalarni dastlab 900-yillarda arab alkimyogarlari hosil qildilar. Lekin organik kimyo fan sifatida 19-asrning 2-yarmida shakllandi. „Organik kimyo“ terminini fanga ilk bor 1827-yilda Y. Ya. Berselius kiritdi. 1828-yilda nemis kimyogari F. Vyoler laboratoriya sharoitida mochevinani sintez qildi. Nemis olimlari A. Kolbe, F. A. Kekule, shotlandiyalik kimyogar A. Kuper va boshqalar uglevodning 4 valentligini, uning atomlari halqa hosil qilish xususiyatiga ega ekanligini aniqladilar.
Keyinchalik Organik kimyo A.M. Butlerovning organik birikmalarning tuzilish nazariyasi (1861) asosida rivojlanadi. F. Kekule benzolning zamonaviy siklik formulasini taklif qildi (1865). Ya. X. Vant-Goff va fransuz kimyogari J. Le Bel atomlarning molekulada fazoviy joylashish nazariyasini olgʻa surishdi. Elektron va, ayniqsa, kvant-mexanika tasavvurlarining rivojlanishi natijasida kimyoviy bogʻlarning fazodagi yoʻnalishi, toʻyingan va toʻyinmagan birikmalarning xossalari orasidagi tafovut, benzolning aromatikligi, organik birikmalar molekulalaridagi atomlarning oʻzaro taʼsiri tushuntirib berildi. Fizik usullar yordamida organik birikmalarda kimyoviy bogʻlarnng uzunligi, valent burchaklar kattaligi va geometrik tuzilishdagi molekulalarning boshqa parametrlari topildi. Shu usullar bilan baʼzi murakkab organik birikmalar — B12 vitamini, penitsillin, xlorofill, bir qator oqsillar, nuklein kislotalar va boshqalarning kimyoviy tuzilishi aniklandi.
Organik kimyo — uglerodning boshqa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu birikmalarning oʻzgarish qonunlarini oʻrganadigan kimyoning bir boʻlimi hisoblanadi. Organik kimyoning asosiy vazifasi — organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmini, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yoʻllarini tadqiq qilishdan iborat.
Organik birikmalar insonning Yer mavjud boʻlishi va uning amaliy faoliyatda oʻta muhim ahamiyatga ega. Tirik organizmlarni tashkil qiladigan barcha asosiy komponentlar — oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, yogʻlar, vitaminlar, gormonlar va boshqa — organik birikmalardir. Deyarli barcha sintetik va tabiiy tolalar, plastmassalar, pestitsidlar, boʻyoqlar va dorilar ham organik birikmalarga taalluqli. Hozirgi vaqtda ajoyib xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgan organik birikmalar yiliga 250 mingdan 300 minggacha sintez qilinadi, ularning umumiy soni esa 10 milliondan oshdi.
Organik kimyoning rivojlanishida Oʻzbekiston kimyogarlarining ham katta hissa-si bor. 20-asrning 20-yillarida Oʻrta Osiyo universiteti kimyo fakultetida professor S. N. Naumov boshchiligida xinon va toluxinon — dibromidlar tuzilishini aniqlash ustida kuzatuvlar amalga oshiriddi (1933). 2, 3-siklogeksandion 1,4-dikarbon efiri tuzilishi oʻrganildi. Mazkur modda hosilalaridan xinoksalin, monoksalin, dioksim, monogibrazon, pi-razolon, bipirazolon, oazonlar olindi, shoʻrsuv nefti tadqiq qilinib, uning tarkibidagi uglevodorodlar va oltingugurt miqdori aniqlandi.
E‘tiboringiz uchun rahmat
Download 0.97 Mb.




Download 0.97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Organik kimyoning xalq xo'jaligidagi ahamiyati

Download 0.97 Mb.