• Yosh afg’oniylar
  • Osiyo va afrika mamlakatlari yangi tarixi




    Download 278.81 Kb.
    bet4/19
    Sana08.04.2021
    Hajmi278.81 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Tayanch atamalar

    Ikkinchi anglo-afg’on urishi - 1878-1881 yillarda Angliya va Afg’oniston o`rtasidagi urush.

    Pushtunvayli - afg’onistondagi pushtu qabilanlarining tashki dushmaga qarshi birlashishga qaratilgaí odati.

    Roulinson memorandumi - 1870 yillarda ishlab chiqilgan Afg’onistonni buysurrishga qaratilgan reja

    Axloq majmuasi - Afg’on ma`rifatchisi Mahmudbek Tarzining asari.

    Yosh afg’oniylar - Afg’onistonda progressiv konstitutsion manarxiya jamiyatini tuzish tarafdorlari.

    Habibiya, Harbiya – 1903, 1909 yillarda yosh afsoniylar tomonida Qobulda ochilgan dunyoviy maktablar.

    Siroj ul axbor Afg’oniya – afg’on xabarlari yoritgichi gazetasi 1911-1019 yillarda yosh afg’onlar nashr qilgan.
    Afg’oniston - Yaqin va O`rta Sharqda joylashgan asosiy qismi tog’likdan iborat o`lkadir. Uning maydoni Fransiya davlati bilan tengdir. Bu hududda qadimdan afg’onlar, tojiklar, o`zbeklar, qozoqlar, turkmanlar yashab kelganlar. Boshqa Osiyo mamlakatlariga qaraganda afg’onlarga feodal munosabatlar jarayoni ancha kech kirib kelgan. Afg’oniston Yangi zamon boshlarida siyosiy jihatdan tarqoq edi. XVIII - asrning 40-yillariga kelib, Afg’onistonda 3 ta beklikning roli oshdi. Qabul bekligi, hamda Hirot bekliklarining boshqa davlatlarga nisbatan mavqeyi baland bo`lgan. XVIII - asrning 40-yillarida Afg’oniston Eron hukmdori Nodirshoh Afrosh davlati tarkibiga kirgan. 1747 yil Nodirshoh o`z qo`shinlari tomonidan qo`zg’olon ko`tarib Nodirtepada o`ldirildi. Undan so`ng hokimiyat jagirlarning qo`liga o`tib, Afg’oniston qo`shinlarining boshlig’i Ahmadshoh Duroniy qo`liga o`tadi. U afg’on turkiy qavmlari vakili bo`lgan. U juda ham aqlli, dono, bilimdon va tadbirkor bo`lganligi uchunn Duroniy (durigavqarboshli) taxallusi qo`yilgan.

    Ya`ni uning kallasi durga o`xshatilgan 1747 yilda Nodirshoh o`limidan so`ng, Ahmadshoh Duroniy Afg’oniston hududlarini birlashtirib, duroniylar sullasi hukmronligiga asos soldi. 1747 yildan 1828 yilgacha Duroniy avlodlari taxtni boshqardi. O`sha paytlardan boshlab Afg’oniston yyerlarida donli ekinlar ko`p ekiladigan bo`ldi. Ahmadshohning boshidagi tojda oltin tojning o`rniga, bug’doydan yasalgan chambar bo`lgan. Shuning uchunn uning gyerbida ham bug’doy tasviri tasvirlanagan. Afg’oniston shohi nafaqat o`ziga tegishli bo`lgan rayonlarni, balki qo`shni hududlarni ham o`ziga bo`ysundirdi. Afg’oniston feodalizm bir tekisda rivojlanmagani ko`pchilik afg’on qabilanlarida urug’ - qabilanchilik qoldiqlari saqlangan bo’lib, Do`st Muhammad taxtga kelgan. Yerga feodal egalik qilish jarayoni XIX - asrgacha davom etdi. Geografik jihatdan qulay joyda joylashgan Qobul bekligida harbiy munosabatlar har tomonlama rivojlangan edi. 1826 yilda uning hukmdori Do`st Muhammad amir qilib sayladi. Bu vaqtda afg’on qabilanlari ko`pchiligi ko`chmanchi hayot tarzida kun kechirib, chorvachilik bilan shug’ullanardilar. 1828 yilda Do`st Muhammad taxtga keldi va bu sulola o`z umrini tungatdi. Ayni ana shu tarixiy davr Yevropa rivojlangan tarixiy, Sharq mamlakatlarini o`z ta`siriga olish uchunn kurashni kuchaytirgan davrga to`g’ri keldi. Ayniqsa XIX asrning 2-yarmida Afg’onistonni Angliya o`z ta`siriga olish va uni o`z mustamlakasiga aylantirish uchun tayyorgarlik ko`ra boshladi. Afg’oniston qulay savdo yo`llari ustida joylashgan edi. Hindiston esa bu vaqtda Angliyaning ta`siri ostida edi. Inglizlar Afg’onistonni egallash va uni bo`ysundirish maqsadida, juda katta mablaqlar, yangi, saralangan qo`shin to`pladilar. XIX - asrda afg’onlarda feodal jamiyat va davlati bo`lib, shu vaziyatdan foydalanib, Angliya mustamlakachilari Afg’onistonga kirib kela boshladilar. Ular Sharq xalqlarini Sharqliklar orqali "bo`ysuntirish" siyosatini yurgizdilar.

    1839 yilda inglizlar Afg’onistonga qarshi birinchi marta urush e`lon qildi. O`lkadagi tog’larning ko`pligi, va afg’on xalqining jangovor qobiliyati yuqori ekanligi, chet ellik bosqinchilarni bu o`lkada o`rnashishga to`sqinlik qildi. Afg’onlarning kam sonli aholisi va natural xo`jaligi kapitalistik Yevropa mamlakatlari bilan taqqoslaganda, ular o`rtasida juda katta farq bor edi. Afg’on qabilanlari tarqoq bo`lsa ham, urush harakatlarini 1841 yilgacha davom ettirdi. Ushbu harbiy to`qnashuvlar Afg’oniston tarixiga birinchi anglo - afg’on urushi nomi bilan kirgan. Afg’on pushtunlari odati "Pushtunvayli" deyilgan. Tarixchi Resnyerning yozishicha: Agar bir pushtunning uyida mehmon kelsa, ikki - uch oy davomida ochiq chehra va xushmuomilalik bilan mehmondorchilik qilishi kerak bo`lgan.

    Tashqi dushman hujum qilganda pushtunivayli odati bo`yicha ichki nizolar unutilib afg’onlar birlashgan. Inglizlarning bu hududlarini bo`ysundirishi, boshqa Osiyo mamlakatlari singari oson kechmadi. qabilanrning bir qismini bo`ysurdirsalar, orqadan yanya boshqa qabilan qo`zg’olon ko`tarardi.

    Shunday qilib, afgonlar inglizlarga qarshi mardonavar jang qilib, XIX - asr

    70 - yillarining boshida ham ular o`z mustaqilliklarini to`la saqlab qola oldilar.

    Lekin mamlakati janubiy-sharqiy chegaralarida Brita mustamlakachilari kirgan edi. Demak, birinchi anglo-afgon urushi inglizlar uchunn muvafaqqiyatsizlik bilan tungab, afgonlar g’alaba qilgan. Anglshiya hukumatining tashki ishlar bo`limi, afgoniston masalasini hal qilish uchunn, bir necha bor muhokama qilib, uni buysundirish rejalarini ishlab chiqish uchunn maxsus komissiya tuzdi. Komissiyaning bir qator rejalarini qabul qilib, ular orasida Raulinson memarandumini qabul qildi. Raulinson memarandumiga binoan quyidagi masalalar hal qilinishi kerak edi.

    1. Afgoistonni to`g’ridan-to`g’ri bir zarbada bo`ysundirish mumkin emas. Buni birinchi anglo-afgon urushi isbotladi. Eng avvallo bu xalqning psixologik ijtimoiy xolatini o’rganish kerak deydilar.

    2. Hindiston va Afgoniston chegaralarida Angliya kuzatuv puktlarini tashkil qilish kerak. Ular doimo Afgoniston haqidagi ma`lumotlarni to`plab borsin.

    3. Afgonistonning asosiy shaxarlari hisoblangan: Qobul, Hirot, Qandahor, Balx, Juzjon, Maymana, Saripul, Samangan kabi joylarda ingliz vakolatxonalari ochishga yerishish kerak.

    Ingliz vakolatxonalari doim Afg’oniston vaziyati haqida ma`lumotlar etkazib tursin deyilgan edi.

    Kallikutta genyeral - gubyernatorligi bu vazifalarni xal qilish uchun, qancha mablag’ ketishi va hisob kitobi, tashkiliy tomonlarini o`z zimmasiga olishi kerak edi. 1870 yillarda Roulinson memarandumini amaliyotga tadbiq qilish xarakatlari boshladi. Ingliz harbiy qismlari maxsus lagyerlar tashkil qilib, Afgoniston chegaralariga joylashtirildi. 1874 yilda boshlab bu harakatlar boshlandi. Tezlik bilan ingliz-hind davlati Afgon hukumatidan u yyerda brita rezidentsiyasi o`rnatilishi va muhim aloqa yo`llarida ingliz ofitsyerlari qo’riqbonlik qilishini talab qildilar. Sharq krizisi va rus-turk urushi 1877-1879 yil britanlar afgonistonga hujumi davrigacha davom etdi. Rossiya Turkistonni bo`ysundirib, Afgoniston chegarasiga yaqinlashib qolgan edi.

    1878 yil 3 noyabrda Angliya, Afgoniston hududiga bostirib kirdi. O`sha paytda Afgoniston amiri Shyeralixon bo`lgan. Shyeralixon rus hukumati bilan yaxshi munosabatda edi. Shuning uchunn uni "rusparast amir" deyishgan. Inglizlar bostirib kelganligi to`g’risidagi xabarni Rossiyaga etkazdi. O`shà paytda Rossiyaning Angliyadagi elchisi Stoletov ingliz hukumati boshini Bikonsfiltga norozilik notasini yuborgan. Shimoliy viloyatlarga qarshi siljigan, Angliya Rossiyadan ajralmaslikni so’ragan. Ya`ni shunday qilib, ikkinchi anglo afg’on urushi boshlanib ketdi. Kalikuttada tashkil qilingan genyeral - gubyernatorlik inglizlarning juda katta mablag’ bilan ta`minladi. Angliya hukumati Rossiyaning har qanday talabini inkor qiladi. Afgoniston amiri Shyeralixon Afg’onistonning Shimoliga ketdi. O`zining qo’riqchilari bilan taxt uning o`g’li Yoqubxonga qoladi. Yoqubxon inglizparast amir bo`lganligi uchun inglizlar bilan 1870 yilda Gandamakda shartnoma imzolaydi. Bu noteng shartnoma bo`lib, Qobul va uning atrofidagi yyerlar Angliya ta`sir doirasida bo`lib, amirga 600 ming rupiya subsidiya belgilandi.

    Shimolda 1880 yilda Amir avlodlarida Abdurahmon Qobulga qarab, qo’shin tortadi. O`ziga xos uch hokimiyatchilik vujudga keladi. Shimolda Abdurahmon hukumdor bo`lgan, Qobul va Qandahor inglizlar ko`lida, Pushtiniston esa o`ziga-o`zi mustaqil bo`lgan. 1880 yilda Maymanda degan joyda afgonlar bilan inglizlar o`rtasida katta to’qnashuvlar bo`ladi. Bu urushda afg’onlar g’alaba qiladi. 1881 yilning boshlarida afg’onlar inglizlarni haydab chiqardilar.

    Inglizlarga qarshi xalq harakatlari birinchi bo`lib Qobulda bo`lib o`tadi. Afg’on soldatlari tog’larning orasida byerkinib olib, Angliyaning otliq askarlariga zarbalar byerdilar. Ingliz mustamlakachilarga qarshi afg’on xalqi qahramonona kurash olib bordilar. Garchi ularning qurollari oddiy bo`lsa ham, Angliya soldatlari esa zamonaviy qurollangan, saralangan jangchilardan iborat edilar. Inglizlarga qarshi afg’onlar, tojiklar, o`zbeklar, xazarlar amir Yoqubxonga urushni "muqaddas urush" deb e`lon qilishini talab qila boshladilar. Ba`zi ingliz soldatlari afg’onlarning ancha mustahkam bo`lgan shaharlariga yashirindilar. Lekin ularning hayoti xavf ostida qoldi. Hindiston chegaralarida esa afg’on pushtunlari turdilar. Lekin afg’on soldatlarining yagona bir raxbarlari yo`q edi. Inglizlizparast Abdurahmon va inglizlar o`rtasida kelishuv amalga oshiriladi. Unga binoan Abdurahmon amir deb tan olindi. O`shanda inglizlar tomondan bir qancha qurol - aslahalar va katta mablaglar va pul byerildi. Abdurahmon bundan tashqari Angliya bilan diplomatik aloqalarni olib borishini aytdi. Kandahor esa yagona knyazlik bo`lib,ajralib chiqdi va inglizlar u yerda o`zlarining harbiy qismlarini qoldirdilar. Nihoyat, 1878-81 yillarda davom etgan 2-anglo-afg’on urushi inglizlarning mag’lubiyati bilan yakulangandi.

    Afgoniston yarim mustamlaka holda bo`lib, inglizlarga qaram edi. 1881 yilda Afg’oniston taxtiga Abdurraxmon keldi. 1881-1901 yillarda afgonlarning amiri Abduraxmon davlatni boshqarishni o`z qo’liga oldi. U mamlakatda bir qator islohotlar o`tkazdi. Bu islohotlar ma`muriy, harbiy siyosiy va madaniy sohalardagi islohotlar bo`lib, Yevropa tipidagi vazirliklarga asos soldi. Armiyani zamonaviy qurollar bilan qurollantirdi. O`zi esa katta savdo tizimidan foyda olib, boyib ketdi. Chunki Afgoniston qulay savdo yo`llari kesishgan nuqtada joylashgan edi. U ikki marta ko`tarilgan pushtunlarning qo`zgolonidan (1894-1897 y) foydalanib, inglizlarni afg’on chegaralaridan uloqtirmoqchi bo`ladi. Ammo, pushtunlar uyushmaganligi tufayli, ularning maqsadlari amalga oshmadi. Tashqi siyosatda Afg’onistonni birlashtirishga harakat qildi.

    Afg’onistonning tog’li rayonlaridan Kofiristonda aholi ko`p xudolikka e`tiqod qilardi. Xuddi ana shu yerda qo’shin tortib borib, uning barcha aholisini islom diniga o`tkazdi va Kofiristonni Nuriston deb o`zgartirdi. Nuriston so`zi "islom nuri bilan, nurafshon bo`lgan yurt" - degan ma`noni anglatadi. Abdurahmon Afgoniston taxtini boshqargan davrda mamlakat qoloq, agrar bo`lib qolavyerdi.

    Abdurahmon vafotidan keyin o`g’li Xabibullaxon (1901-1919 y ) davlatga hukmronlik qildi. Xabibullaxon Afg’oniston tarixida inglizlarga moil amir sifatida qayd qilinadi. Abdurahmon o`ziga qarshi chiqqan barcha kishilarni mamlakatdan haydab chiqardi. Ammo, Habibullaxon esa odamlarga ya`ni qamoqdagilarga amnitsiya byerdi. Suriya, Iroq, Hindiston va Turkiyada muxojirlikda yashab kelayotgan afg’onlar Afg’onistonga ya`ni o`z yurtlariga qaytdilar. Ulardan ayniqsa Turkiyada bo`lgan muxojirlar, ilg’or fikr va g’oyalar bilan qaytdilar. Bu davrda Afg’oniston va Yevropa o`rtasida juda katta farq bor edi. Yevropa juda ham taraqqiy qilib, rivojlangan edi. 1903 - yilda Habibullaxon dunyoviy ilm beradilar maktab ochdi mazkur dargoh "Habibiya" deyilgan. Bu maktabda asosan, turli mamlakatlarda muxojirlikda bo`lgan afg’on progressiv namoyondalari dars byerishga. "Habibiya" maktabida Afg’oniston tarixiga jurnalist, lirik, shoir, matbaachi, o`z davrining ilg’or siyosatshunosi bo`lgan Maxmudbek Tarzi ishladi. Mahmudbek Tarzi Turkiyada muxojirlikda bo`lgan edi.

    U Turkiyadagi "Yosh turklar" harakati programmasiga moil inson edi. Shuning uchunn Afg’onistonda 1906 yilda "Jonboshi Javonxon Afg’on" - "yosh afg’oniylar" tashkilotini tuzadi. Yoki tarixga bu "joyboshi mashrutxo" - yosh kontitutsiyachilar" partiyasi nomi bilan kirgan. Bu guruhning dasturida quyidagi masalalar bor edi:

    1. Amirlik tartibini saqlagan holga, kosituttsion monarxiya tartibini joriy qilish.

    2. Afg’onistonda diniy maktablar bilan birglikda, dunyoviy maktablarni ochish tarzi o`z nutijada hozirgi tarixni bilmay turib, jahondagi eng rivojlanga davlatlar qatoriga kirib bo`lmaydi deydi. Afg’on bolalari boshidagi neyronlarni qo’zgatish kerak.

    3. Yoshlarni chet ellarga o`qishga yuborish.

    4. Afg’onistonning zamonaviy armiyasiga asos solish. Ayniqsa ular dasturida inglizlaga bo`ysunmaslik, mamlakat milliy mutaqilligini ta`minlash "asosiy vazifa qilingan edi".

    Yosh afg’oniylarning maqsadi va vazifalari Maxmudbek Tarzining maqolalarida va uing "Axloq majmuasi" kitobida bayon qiligandir. Uning kitobi pushtin tilida yozilgan va arabcha imloda yosh afg’oniylariga qarshi amirning amakisi Nasrulloxon o`zining "keksa afg’oniylar" tashkilotini tuzdi. 1907 yilda ingliz genyeral gubyernatori Chelemfort Habibullaxonni chaqirdi. "Yosh afg’oniylar" esa amirni bormaslikka da`vat qildilar. Biroq Habibullaxon Hindistonga boradi. 1907 yildan boshlab Habibullaxonning mamlakatda obro`si tushadi.

    1909 yilda "Yosh afg’oniylar" tayyorlaydigan harbi maktablar ochildi 1909 yilda "yosh afg’oniylar" o`zlarini matbuot organlariga asos soladilar ular gazetasining nomi "Siroj ul Axbar al Afg’oniya - ("Afg’on xabarlari yoritgichi") bo`lib bu gazeta Afg’oniston uchun juda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Chunki gazetada Afg’onistonning milliy mustaqillikka yerishishiga da`vat qilindi. Ayniqsa gazeta 1914 yil urush yillarida, jangovor maqolalari bilan chiqqan. Gazeta juda ko`p Sharq malakatlariga tarqaldi. Hatto Buxoroda 120 ta obunachisi bo`lgan. Bu esa Afg’onistonda ommaviy axborot vositalaridan matbuotchilik roli oshganligidan dalolat byerardi.



    Download 278.81 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 278.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Osiyo va afrika mamlakatlari yangi tarixi

    Download 278.81 Kb.