|
O‘tkazgich materiallarning xossalari. O‘tkazgich materiallarning tasnifi Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #243288 |
Bog'liq o\'tkazgichlar
O‘tkazgich materiallarning xossalari. O‘tkazgich materiallarning tasnifi
Reja
O‘tkazgich materiallarning tasnifi
Metallar guruhi
Metall qotishmalar
3. Metall bo‘lmagan materiallar
Hozirgi kunda o‘tkazgichli materiallarning umumiy qabul qilingan klassifikatsiyasi mavjud emas. Fizika, kimyo va texnikada o‘tkazgich materiallar turli belgilar bo‘yicha tasniflanadi. O‘tkazgichlarning tarkibi, xossalari va texnik maqsadlari bo‘yicha mumkin bo‘lgan bitta sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
Klassifikatsion sxemadan ko‘rinib turibdiki, hamma o‘tkazgich materiallar kimyoviy tarkibi bo‘yicha metallar va nometalllarga bo‘linadi. Solishtirma qarshilik bo‘yicha metall qotishmalar toza metallar va o‘tkazgich muhitli metall bo‘lmaganlar orasida joylashgan. Metallar va qotishmalar orasidan umumiy va maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan materiallarni ajratiladi. Umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan materiallarga yuqori o‘tkazuvchan metallar va yuqori qarshilikka ega bo‘lgan qotishmalar kiradi. Elektronikada qiyin eriydigan metallar va elektrovakuumli qotishmalar, kavsharlar va kontakt materiallar, tartiblangan magnitli metallar va termoparalar uchun qotishmalar spetsifik qo‘llanishda o‘rin egallagan.
O‘ta o‘tkazgichlar alohida materiallar guruhini tashkil etadi, ularda past haroratlarda elektr xossalarining anomaliyasi namoyon bo‘ladi. O‘ta o‘tkazuvchanlik holatiga faqatgina metallar va qotishmalar o‘tmasdan, balki oksidli birikmalarning butunqatori o‘tishi mumkin. Normal sharoitlarda elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan, oksidli birikmalar, keng tarqalgan sovitgich bo‘lib hisoblangan - suyuq azotning qaynash haroratidan katta bo‘lgan rekordli yuqori haroratlarda o‘ta o‘tkazuvchanlik holatlarini saqlab qoladi.
Yuqori o‘tkazuvchan materiallar. Materiallarning ushbu guruhiga solishtirma qarshiligi normal sharoitda 0,1 mkOm·m dan katta bo‘lmagan o‘tkazgichlar kiradi. Materiallar ichida ko‘p tarqalgani mis va alyuminiydir.
1-rasm O‘tkazgich materiallarning klassifikatsiyasi
Mis. Misning, o‘tkazgich materiallar sifatida keng tarqalishini ta’minlovchi afzalliklari quyidagilar:
kichik solishtirma qarshilik (metallar ichida faqat kumush misga nisbatan bir necha kam solishtirma qarshilikka ega);
yetarlicha yuqori mexanik mustahkamlik;
ko‘pchilik holatlarda korroziyaga qoniqarli turg‘unlik, hattoki, namlik yuqori sharoitlarda mis havoda masalan, temirga nisbatan sekin oksidlanadi, misning intensiv oksidlanishi ko‘tarilgan haroratlarda sodir bo‘ladi (2-rasm);
yaxshi qayta ishlanuvchanlik: mis list, lenta ko‘rinishiga keladi va sim holatiga keladi, uning qalinligi millimetrning ming ulushigacha keltiriladi;
nisbatan oson payvandlash va kavsharlash.
Misni olish. Misni tabiatda ko‘p uchraydigan sulfid rudalarni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. Elektrotexnik maqsadlar uchun mo‘ljallangan rudani misni intensiv portlatish bilan qator eritishlardan va qizdirishdan so‘ng majburiy elektrolitik tozalanadi. Elektrolizdan so‘ng olingan misning katod plastinalarini massasi 80-90 kg li olish usullariga bog‘liq ravishda mis qattiq yoki yumshoq bo‘lishi mumkin. Yumshoq mis yumshatish, ya’ni keyingi sekin sovutiladigan bir necha yuzlab graduslarga qizdirish natijasida olinadi. Yumshoq mis qattiq misdan egiluvchanroq va kichik qarshilikka ega.
2-rasm. Oksidlanish tezligini haroratga bog‘liqligi temir, volfram, mis, nikel, xrom uchun (havoda)
Elektrovakuumli texnikada kislorodga ega bo‘lmagan mis turlari qo‘llanadi. Kislorod misdashi eng zararli aralashmalardan biri hisoblanadi, mexanik xossalari yomonlashadi, kavsharlash qiyinlashadi. Eng toza mis gazning qoldiq past bosimida vakuumda eritish usulida olinadi, bu metallga kislorod tushishini oldini oladi. Elektrotexnikada o‘tkazgichlar, kabellar, transformatorlar va elektr mashinalarning cho‘lg‘amlari, folgalashtirilgan getinaks va tekstolitni tayyorlash uchun qo‘llanadi.
Mikroelektronikada gibrid mikrosxemalarni tayyorlashda taglikka o‘tqazilgan qatlamlar ko‘rinishida qo‘llanadi.
Konstruktsion materiallar sifatida mis asosidagi qotishmalar – latunlar va bronzalar keng qo‘llanadi.
|
| |