|
O‘tkazgich materiallarning xossalari. O‘tkazgich materiallarning tasnifi Reja
|
bet | 4/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #243288 |
Bog'liq o\'tkazgichlarKompozitsion o‘tkazuvchan materiallar bu dielektrik bog‘lanishli o‘tkazuvchan to‘ldirgichning mexanik aralashmasi hisoblanadi. Komponentlar tarkibini o‘zgartirish yo‘li bilan bunday materiallarning elektr xossalarini boshqarish mumkin. O‘tkazuvchan bosqich komponentlari sifatida metalllar, grafit, qurum ishlatiladi. Bog‘lovchi element sifatida organik va noorganik dielektriklar (masalan, shisha yoki sintetik smolalar) xizmat qiladi.
5- rasm. Ko‘mir uglerodning solishtirma qarshiligini haroratga bog‘liqligi
Organik smolalar asosida kontaktollar– tok o‘tkazadigan elimlar, bo‘yoqlar tayyorlanadi. Ular metallararo, metallar va yarim o‘tkazgichlar orasida elektr kontaktlarni olish uchun, dielektriklar sirtida elektrodlarni yaratish va boshqalar uchun xizmat qiladi.
Kermetlar noorganik bog‘lovchili, ko‘pincha shishali yoki SiO kremniy monooksidili kompozitsion materialar hisoblanadi. Yupqa rezistorlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Bunday rezistorlarning qarshiligi o‘tkazuvchan komponentlar foizli tarkibi va tayyorlashdagi termik ishlov berish rejimlariga bog‘liq. O‘tkazuvchan komponent sifatida odatda mayda dispersiyali xrom kukuni yoki xromdisilitsidi xizmat qiladi.
Uglerodli materiallarning elektr qarshiligini kamaytirish uchun kukunli metall qo‘shimchasi qo‘llanadi.
O‘tkazuvchan oksidlar. Metallarning ko‘plab oksidlari dielektriklar hisoblanadi. Lekin to‘liq bo‘lmagan oksidlanishda qalay ikki oksidi (SnO2) va indiy oksidi (In2O3) qatlamlari etarlicha katta o‘tkazuvchanlikni ko‘rsatadi. Qatlamlarning solishtirma qarshiligi stexiometrik tarkibning buzilishi darajasiga bog‘liq va 10 mkOm∙mga etishi mumkin.
Yuqori optik shaffoflik va oshirilgan elektr o‘tkazuvchanlik birikmasi ulardan shisha elektrovakuum asboblarning ichki devorlaridagi shaffof o‘tkazuvchan qoplamalar, suyuq kristalli indikatorlar, tasvir kuchaytirgichlarida elektrodlar va boshqalar sifatida qo‘llashga imkon beradi.
|
| |