O‘tkazgich materiallarning xossalari. O‘tkazgich materiallarning tasnifi Reja




Download 0,63 Mb.
bet2/4
Sana18.05.2024
Hajmi0,63 Mb.
#243288
1   2   3   4
Bog'liq
o\'tkazgichlar

Latunlar misning rux bilan qotishmasi hisoblanadi. Rux misning mexanik xossalarini yaxshilaydi va materialni arzonlashtiradi. Latun atmosfera, ichimli va dengiz suvida, lekin po‘lat bilan kontaktsiz korrozion barqarorlikka ega. Latun yaxshi deformatsiyalanadi, kesish bilan oson ishlov beriladi, kavsharlanadi va nuqtaviy payvandlash bilan payvandlanadi, lekin quruq ishqalanishda tez eskiradi.
U yoki bu xossalarni berish uchun qo‘shimcha elementlar - alyuminiy, temir, kremniy, marganets, nikel, qalay, qo‘rg‘oshin kiritiladi.
Latun turli qo‘yilmalar, shaybalar, asboblar karkaslarining detallari va mahkamlashlar uchun, shuningdek 80-100°S haroratda ishlaydigan prujinalar va boshqa elementlar uchun qo‘llanadi.
Bronzalar qalay, fosfor, alyuminiy, marganets va boshqa ayrim boshqa elementlar qo‘shimchalarili mis qotishmalari hisoblanadi.Bronzalarning ko‘plab turlari yuqori mexanik xossalarli yuqori elektr va issiqlik o‘tkazuvchanlikni o‘zida mujassamlashtiradi, masalan, berilliyli, kadmiyli, kremniy-marganetsli, xromli.
Boshqa legirlash elementlari ham qo‘shiladigan qalayli, alyuminiyli va kremniyli bronzalar konstruktsion nomagnit korrozion-barqaror materiallar sifatida qo‘llanadi.
Ular yaxshi payvandlanadi, kavsharlanadi, yaxshi antifriktsion xossalarga ega. Armaturalar, prujinali elementlar, kontaktlar tutgichlari detallarini tayyorlash uchun qo‘llanadi.
Alyuminiy misga qaraganda tabiatda kengroq tarqalgan va shuning uchun arzon. Alyuminiyning solishtirma qarshiligi misning solishtirma qarshiligidn 1,6 martaga katta, lekin alyuminiy 3,5 martaga engil. Alyuminiyning kamchiligi uning past mexanik mustahkamligi va kavsharlash hamda payvandlashning qiyinligi hisoblanadi. Alyuminiyning sirti aktiv oksidlanadi va Al2O3 oksidi bilan qoplanadi, u mis oksididan farqli ravishda yaxshi dielektrik hisoblanadi, mustahkam va qizishga barqaror.
Alyuminiy elektrotexnikada o‘tkazgichlar va elektrolitik kondensatorlarni tayyorlash uchun keng ishlatiladi, mikroelektronikada integral mikrosxemalardagi kontaktlar va bog‘lanishlarni yaratish uchun qo‘llanadi.
Yuqori qarshilik qotishmalari (1.1-jadval). Bu solishtirma qarshiligi 0,3 mkOm∙mdan kichik bo‘lmagan o‘tkazuvchan materiallar hisoblanadi. Ular elektr o‘lchash asboblari, rezistorlar, elektr isitish qurilmalarini tayyorlash uchun ishlatiladi. Binobarin, sanab o‘tilgan maqsadlar uchun ishlatiladigan materiallar qoniqtirishi kerak bo‘lgan talablar turlicha.
Elektr isitish qurilmalarida o‘tkazuvchan material 1000 oS tartibdagi yuqori haroratlarda uzoq vaqt ishlashi kerak. Elektr o‘lchash asboblari va rezistorlarni tayyorlash uchun kichik αр – solishtirma qarshilik harorat bo‘yicha koeffitsienti va misga nisbatan past termo-EYuK qiymatiga ega bo‘lish muhim. Ko‘rsatilgan maqsadlar uchun mis asosidagi qotishmalar - manganin (86% Cu, 12% Mn, 2% Ni) va konstantan (60%Cu, 40% Ni), shuningdek nixromlar (nikel va xromning turli tarkiblari) eng keng tarqalgan.
1.1– jadval
Yuqori qarshilik qotishmalarining asosiy xossalari

Qotishma

P, mkOmm

«Р 10,К*1

Termo-EYuK, misga nisbatan, mkV-K

Ishchi harorat,
С

Manganin

0,4

5-30

1 -2

100 -

Konstantan

0,4


Download 0,63 Mb.
1   2   3   4




Download 0,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘tkazgich materiallarning xossalari. O‘tkazgich materiallarning tasnifi Reja

Download 0,63 Mb.