• Tayanch so’z va iboralar
  • O’tkir Hoshimov. “Bahor qaytmaydi” qissasi Dars rejasi




    Download 63 Kb.
    bet1/2
    Sana20.06.2024
    Hajmi63 Kb.
    #264770
      1   2
    Bog'liq
    O’tkir Hoshimov. “Bahor qaytmaydi” qissasi



    O’tkir Hoshimov. “Bahor qaytmaydi” qissasi
    Dars rejasi:

    1. Yozuvchi hayoti va ijodi haqida so’z

    2. Qissada o’tkinchi mayllarga berilishi, shaxsiyatparvarlik, umuinsoniy qadriyatlarni mensimaslik asar qahramonini fojiaga olib kelganligi tasviri

    Tayanch so’z va iboralar: Bolalik yillari, ilk ijodi, qissa va hikoyalari, “Dunyoning ishlari” haqida, asarlari, “Bahor qaytmaydi”dagi obrazlar, inson umrining boqiy emasligi, roman va qissalari, “Bahor qaytmaydi” qissasi va uning qahramonlari.
    Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko'z oldimga keladi... «Dunyoning ishlari» qissasining bir bobi shu so'zlar bilan boshlanadi. Chindan ham bu asar deyarli avtobiografik qissa. Faqat ba'zi odamlarning ismi o'zgargan. Aslida har qanday asarda ham ma'lum ma'noda qalamkash biografiyasining bir bo'lagi aks etadi (hatto tarixiy romanlarda ham). Bir qarashda bu g'alati tuyulishi mumkin. Lekin aslida baribir shunday. Yozuvchi o'zi yozayotgan asarga qalbini bag'ishlaydi.
    Menga qolsa, ijod jarayonida qandaydir ilohiyot bor, degan bo’lur edim. Haqiqiy ijodkor Xudo ko'ngliga solganda qo'liga qalam oladi. Chinakam badiiy asar yozilmaydi, tug'iladi! «Dunyoning ishlari» kitobi ham allanechuk iztirob bolib, dard bolib tug'ilgan. «Bahor qaytmaydi» va “Ikki eshik orasi”da ham, «Tushda kechgan umrlar» va «lnson sadoqati»da ham shunday holat ro'y bergan...
    Mening bobolarim o'z davrining mashhur kishilari bo'lishgan ekan. Jumladan, bobokalonlarim — bobomning otalari Abulqosimxon eshon Turkiston tarixida chuqur iz qoldirgan ulug' shaxslardan bo'lgan ekanlar.
    Toshkentda, Xalqlar do'stligi saroyi bilan Oliy Majlisning muhtasham binosi o'rtasida qadimiy obida — madrasa bor. Bu dargohda elimizning atoqli adibi Abdulla Qodiriy tahsil olgan. Mana shu obidani 1832- yili Abulqosimxon eshon bunyod etgan ekanlar. Bu zukko inson o'zbek tilidan tashqari arab, fors, rus va boshqa tillarni mukammal bilgan, Turkistonning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga qarshi kurashning g'oyaviy rahnamolaridan biri bo'lgan ekanlar. 1899- yili Sankt-Peterburgda nashr etilgan «Musulmonlikka oid materiallar to'plami» kitobida bunday deb yozilgan: « 1892- yili vafot etgan Abulqosimxon eshonning Toshkent va boshqa shaharlarda o'n minglab muridlari bolib, ulardan kelgan mablag'lar va vaqf yerlaridan tushgan daromadlar hisobidan eshon 30 ming oltin so'mga madrasa qurdirgan. Bu madrasada 100—150 talaba tahsil olgan... Uning aholi orasidagi nufuzi nihoyatda baland bo'lgan...» Madrasada faqat diniy emas, dunyoviy ilmlar ham o'rgatilgan.
    ...1892-yili Toshkentda vabo kasali tarqaldi. Ustiga-ustak kelgindilar zulmidan tinkasi qurigan xalq qo'zg'olon ko'taradi. Tarixga «Vabo qo'zg'oloni» nomi bilan kirgan milliy ozodlik harakati boshlanadi. Chor hukumati askarlari eski shaharga bostirib kirib, qirg'in solgan chog'ida Abulqosimxon eshon muqar-rar olimni bo'yniga olib, o'sha paytdagi Turkiston general-gubernatori Vrevskiy nomiga rus tilida ariza yozib, uning oldiga boradi. Bosqinchi askarlar Toshkentning mahalliy aholi yashaydigan qismidan (eski shahardan) olib chiqilmasa, oqibati ikkala tomon uchun ham fojiali bo’lishini tushuntiradi. Gubernator buyrug'i bilan «sallotlar» shahardan olib chiqiladi. Keyin esa undan ham g'aroyib hodisa ro'y beradi...
    1892- yil 30- iyun kuni Abulqosimxon eshon Xo'ja Ahror jome maschitida ming-ming odamlar orasida va'z aytib, Toshkent ahli bir balodan qutulgani — bosqinchi askarlar shahardan olib chiqilgani bilan xaloyiqni qutlaydi va tag'in bir ofatni — vaboni o'zi bilan olib ketish niyatida ekanini aytib, Ollohga iltijo qiladi. «Turkiston viloyatining gazeti» muharriri N. Ostrournov «Fon Kaufman — Turkiston o'lkasining tashkilotchisi» degan maqolasida bu hayratomuz hodisa haqida shunday deb yozadi: «Munkillagan yoshida so'nggi kunlardagi voqealardan («Vabo qo'zg'oloni»dan demoqchi) qattiq larzaga tushgan muhtaram Abulqosimxon shundan so'ng tezda — 4- iyulda vafot etdi. Qiziqarlisi shundaki, vabo barham topdi, toshkentlik sartlar buni uning vafotiga nisbat berdilar...»
    Ajdodlarim to'g'risida bu qadar batafsil to'xtalganimning sababi shundaki, ellik yoshga chiqqunimcha bobolarimning kim bo'lganini bilmaganman. 1991- yil taniqli olim va jurnalist Sirojiddm Ahmedov shajaramiz to'g'risida ma'lumotni qo'limga topshirdi. Keksa yoshdagi qarindoshlarimdan bu dalillarni nega menga aytishmaganini so'raganimda, juda asosli javob eshitdim. Gap shundaki, agar bu gaplarni bilganimda qayerdadir aytishim yoki yozishim muqarrar edi. Sho'ro siyosati esa «xalq dushmanlari»ga aloqador bo'lgan odamni ko'kartirmasligi aniqedi...
    Otam Atoulloxon Hoshimov tazyiqlardan bezor bolib Do'mbirobodga ko'chib kelgan, xarobagina kulbada tirikchilik qila boshlaganlar... Faqat ro'za kunlari sahar pallasi chiroyli qiroat bilan Qur'on tilovat qilganlari yodimda. Otam eski kitoblarni ham, zamonaviy adabiyot va gazetalarni ham muntazam o'qib borar, o'ta haqparast,nohaqlikni ko'rsa yonib ketar edilar.
    ...Onam —Hoshimova Hakima esa otamning aksicha, nihoyatda yuvosh, juda mehribon edilar. Oyim qancha soda bo'lsalar, shuncha donishmand ham edilar! lloji boricha hammaga yaxshilik qilishni xohlar, o'ta oqko'ngil, gina-kuduratni bilmaydigan ayol edilar. («Dunyomng ishlari»da qanday tasvirlangan bo'lsa, onam xuddi shunday edilar.)
    Men 1941-yil 5- avgustda Toshkent biqinidagi Do'mbirobod qishlog'ida tug’ilgan ekanman. Qishloqda, tag'in, poytaxt biqinidagi qishloqda tug'ilganim taqdirning hadyasi bo'lsa ajab emas. Negaki, ijodkorda qishloqmng qalbi, shaharning aqli bo’lishi kerak.
    Oilamizda bir qiz, to'rt o'g'il bor edik. Men uchinchi o'g'il edim...
    Otamdan qattiq hayiqar edik. Otam biron marta ham birontamizni bir tarsaki urgan emaslar. Otamni qattiq izzat qilishni onam o'rgatganlar: «Hozir adang keladilar, uyni supurib qo'y», «Adangni jahllari yomon, tinch o'tiringlar», «Adangni ketmoniga tegma», «Adangni soatiga qo'l tegizma...»
    Bilmadim, baiki hozirgi — zamonaviy oilalarga bizning holat «feodallik» bolib tuyular. Ammo bizning oilamizda ota shaxsiga sig'inish farzandlarga ziyon keltirganini eslay olmayman...
    Yetti yoshga to'lar-to'lmas, akalarimga ergashib, Do'mbiroboddagi maktabga bordim. Bu — yetti yillik maktab edi. Uni bitirib, ancha naridagi “katta” maktabda o'qishni davom ettirdim. «lkki eshik orasi» romanida Muzaffarning «katta maktab»ga borishi, «Alvasti ko'prik», Bo'rijar manzaralari o'sha palladagi kuzatuvlar hosili bo'lsa ajabmas. Urushdan keyingi og'ir yillar edi. 0'qituvchilarda ham, o'quvchilarda ham allaqanday fidoyilik bor edi... 0'qituvchilarimiz biz uchun namuna edi. Kiyinishi ham, yurish-turishi ham... Ayni paytda, domlalarimiz dars o'ta turib, temir pechkaga o'tin tashlab qo'yishdan ham erinmasdi. «Alifbe»ni o'rgatgan Ma'suda opani, faqat direktor emas, haqiqiy tashkilotchi bo'lgan Odil akani, Zuhriddin aka, Abduusmon aka, Qo'chqor aka, Maryam opa, Abduvali aka degan o'qituvchilarimni unuta olmayman.
    Birinchi «she'rim»ni 5- sinfda o'qiyotganimda yozganman. Erta bahor edi. Maktabdan kelayotsam, devorning kungay etagida qoqigul ochilib yotibdi. Hayajonlanib ketib «Oltin tugmacha» degan “she'r” yozdim. Chamamda bu o'lgudek bema'ni she'r bo'lsa kerak. Esimda qolmagan. Faqat qoqigulni oltin tugmachaga o'xshatganimni unutolmayman.
    Bolaligimda osmonga, yulduzlarga tikilishni yaxshi ko'rardim. Nazarimda har bitta yulduz meni o'ziga chaqirayotgandek bo'lardi...
    «...Studentlik — oltin davrim» deyishadi. «Oltin davrini» mazza qilib o'tkazgan tengqurlarimga havas qilaman. Men uchun bu davr ko'p ham oltin bo'ldi deyolmayman. Garchand o'rta maktabni medal bilan bitirgan bo'lsam ham sirtqi bo'limga kirdim...
    Birinchi kitobim 3- kursda o'qiyotganimda chiqqan. Bu «Po'lat chavandoz» degan ocherklar to'plami edi. Birinchi badiiy asarim — «To'rt maktub» hikoyasi esa 1963- yil 17-aprel kuni «Toshkent haqiqati» gazetasida bosilgan (shundan beri har yili 17- aprelni o'zimcha nishonlayman).Shu hikoya asosida «Cho'l havosi» degan qissa yozildi. «Sharq yulduzi»da bosildi (To'rtinchi kursda o'qirdim.) Qissaga atoqli adib Abdulla Qahhor nihoyatda xayrixohlik bilan xat yozganidan keyingina o'zimga ishonch paydo bo'ldi. Mendan yozuvchi chiqishi mumkin ekan, degan xayolga bordim. Toshkent zilzilasidan keyin — 1966- yildan 1982- yilgacha «Toshkent oqshomi» gazetasida bolim mudiri bolib ishladim.
    Bu davr men uchun eng hayajonli, eng sermahsul damlar bo'ldi. «Bahor qaytmaydi», «Qalbingga quloq sol», “Kvazarlar” qissalari, «Nur borki, soya bor» romani,«Inson sadoqati», «Vijdon dorisi», «To'ylar muborak» sahna asarlari, ko'plab hikoya va hajviyalar, publisistik asarlar shu yillar yozilgan... Har gal yangi kitobim chiqishi bilan birinchi nusxasini Onamga taqdim etardim, «Birinchi ustozirn Oyimga» deb yozib berardim.
    1982- yildan 1985- yilgacha G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida bosh muharrir o'rinbosari bo’lib ishladim. «lkki eshik orasi» romani shu yillari dunyoga keldi.
    1985- yildan 1995- yilgacha «Sharq yulduzi» jurnalida bosh muharrir bolib ishladim. «Bahor qaytmaydi» (saylanma), «Tushda kechgan umrlar» romani, «Ikki karra ikki — besh» hajviy qissasi, ko'plab hikoya va hajviyalar, publisistik asarlar shu yillari yaratildi. Jurnal sahifalarida muqaddas Qur'oni karimning ma'no tarjimasi tarixda birinchi marta o'zbek tilida bosildi...
    1995- yildan hozirgacha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Matbuot va axborot qo'mitasi raisi bolib ishlayapman... Bu yillarda «Nurli dunyo», «Umr savdosi» degan ikki jildli saylanma asarlarim ikki marta chop etildi. «Daftar hoshiyasidagi bitiklar», «Osmondan tushgan pul», “To'ylar muborak” kitoblarim nashr qilindi. «Qatag'on» fojiasi sahnalashtirildi. «Tushda kechgan umrlar» romanidan boblar AQSHda, «Ikarus» jurnalida bevosita o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilinib, bosildi. Xudoga shukur, shu paytgacha 50 dan ortiq kitobim turli tillarda 2 milliondan ko'proq nusxada chop etildi. Yozuvchi sifatida bir narsani allaqachon anglab yetganman va bu qoidaga qat'iy amal qilaman. ljod — yuz metrlik masofaga kim o'zarga yugurish musobaqasi emas, olis, mashaqqatli va mas'uliyatli yo'ldir. Adib Xudo bergan iste'dodini avaylashi, havoyi havaslardan tiyilishi, varrakka o'xshab shamol qay tarafga essa, o'sha yoqqa qarab shox tashlashdan saqlanishi kerak. Qalamkash, avvalo, Inson bolasining quvonch va iztiroblarini, muhabbati va nafratini, buyukligi va tubanligini haqqoniy tasvirlamog'i lozim. Shundagina uni kitobxon tan oladi, kitobini bag'riga bosib o'qiydi.
    ... Hamisha bir orzu bilan yashayman. Shunaqa kitob yozsangki, uni o'qigan kitobxon hamma narsani unutsa, asarni o'qib bo'lgan kuni kechasi bilan uxlolmay, to'lg'onib chiqsa. Oradan yillar o'tib asarni qaytadan qo'liga olganida tag'in hayajonlansa... Eng katta orzum shu.

    Download 63 Kb.
      1   2




    Download 63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’tkir Hoshimov. “Bahor qaytmaydi” qissasi Dars rejasi

    Download 63 Kb.