• FAOLIYATINING TAHLILI Muborak Ganiyeva
  • Tasdiqlandi: 26-iyun 2024-yil Jurnal soni: 11 Maqola raqami: 20 DOI
  • KALIT SO‘ZLAR/ Ключевые слова/ keywords
  • Issn: 2181-1695 oak: 01-08/1819/6




    Download 199,29 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana11.10.2024
    Hajmi199,29 Kb.
    #274507
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANTIRUVCH



    64 
    ISSN:
    2181-1695 
    OAK: 
    01-08/1819/6
     
    www.herald.kokanduni.uz
     
    MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLAR 
    FAOLIYATINING TAHLILI 
     
     
    Muborak Ganiyeva 
    Qo‘qon universiteti Ta`lim sifatini nazorat qilish departamenti boshliq‘i
    Madaliyeva Xurshida
    Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi
    MAQOLA HAQIDA 
    ANNOTATSIYA
     
    Qabul qilindi: 
    24-iyun 2024-yil

    Tasdiqlandi: 
    26-iyun 2024-yil
     
    Jurnal soni: 
    11
     
    Maqola raqami:
    20
     
    DOI: 
    https://doi.org/10.54613/ku.v11i11.958
     
     
    Bugungi kunda ta‘lim sohasida turli xususiyatdagi, yo‘nalishdagi va ahamiyatdagi nihoyatda ko‘p 
    innovatsiyalar mavjud, katta yoki kichik ko‘lamli davlat islohotlari o‘tkaziladi, ta‘limning tashkil 
    etilishiga, mazmuniga, uslubiyotiga, texnologiyasiga yangiliklar kiritiladi. Ushbu maqolada 
    maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish yo‘llari, maktabgacha ta’lim jarayonida innovatsion 
    pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish mazmuni, maktabgacha ta’lim jarayonida 
    innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish usullaridan foydalanish haqida so‘z 
    boradi.
    KALIT SO‘ZLAR/
     
    Ключевые слова/ 
    keywords
     
    maktabgacha ta’lim, pedagog, innovatsiya, 
    faoliyat, takomillashtirish, texnologiya, 
    malaka, jarayon, zamonaviy, rivojlanish
    usullar.
    Kirish.
    Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat 
    tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo‘lgan 
    kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko‘p asrlik tajribasini 
    o‘zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy 
    muloqotning eng muhim vositasi - til orqaligina berish mumkin. Til – 
    hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, biz unga o‘z-o‘zidan bo‘lishi shart 
    bo‘lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‘zi nima, biz unda qanday 
    so‘zlayapmiz, biz qanday qilib so‘zlashni o‘rganishimiz haqida esa 
    unchalik ko‘p o‘ylab ham o‘tirmaymiz.
    Zamonaviy maktabgacha ta‘lim tashkilotlari – bola o‘z rivojlanishi 
    uchun eng ahamiyatli sohalarda va jihatlarda kattalar va tengdoshlar 
    bilan keng hissiy-amaliy o‘zaro muomala tajribasini oladigan joydir, 
    maktabgacha ta‘lim muassasalarida bola o‘z ehtiyojlari, qobiliyatlari va 
    imkoniyatlariga muvofiq holda individual rivojlanishiga bo‘lgan 
    huquqini shu jarayon uchun tashkiliy-pedagogik sharoitlar yaratilgan 
    holda amalga oshiradi; pedagog o‘zining kasbiy va shaxsiyat 
    fazilatlarini rivojlantiradi, rahbar, bolalar va pedagoglar faoliyatining 
    muvaffaqiyatli bo‘lishini ta‘minlaydi; tashkilot ota-onalarning o‘z 
    bolalari uchun ko‘zda tutgan kelajagi yuzasidan fikrlari xususiyatlarini 
    inobatga oladi va ularni bolalar bilan, hamda ta‘limiy jarayonning 
    barcha ishtirokchilari bilan konstruktiv-hamkorlik munosabatlarini 
    ro‘yobga chiqarishga yo‘naltiradi.
    Bugungi kunda ta‘lim sohasida turli xususiyatdagi, yo‘nalishdagi 
    va ahamiyatdagi nihoyatda ko‘p innovatsiyalar mavjud, katta yoki 
    kichik ko‘lamli davlat islohotlari o‘tkaziladi, ta‘limning tashkil 
    etilishiga, mazmuniga, uslubiyotiga, texnologiyasiga yangiliklar 
    kiritiladi. Maktabgacha ta‘lim jarayonida innovatsion pedagogik 
    texnologiya bu -bolalarni vositalar yordamida ta‘lim materiallarini 
    o‘rganish orqali nutqini rivojlantirish, o‘z fikrini erkin bayon eta olish, 
    o‘zaro muloqot, tevarak-atrof bilan tanishish jarayonini yangicha talqin 
    etishdir. Ma‘lumki, Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim-tarbiya 
    berishdan asosiy maqsad ularni sog’lom, barkamol shaxs sifatida 
    tarbiyalash va maktab ta‘limiga tayyorlashdan iboratdir. 
    Maktabgacha 
    ta‘lim 
    jarayonida 
    innovatsion 
    pedagogik 
    texnologiyalarni amaliyotga joriy etish usullaridan foydalanish ijobiy 
    natija beradi. Ta‘lim-tarbiya tizimi markazida bola shaxsi turib, uning 
    rivojlanishi va tabiiy salohiyatini tatbiq etish uchun qulay, bexatar va 
    nizosiz sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutiladi. Insonparvar shaxs 
    texnologiyalari bu- texnologiyalar bolaga hurmat va muhabbatni, uning 
    ijodiy kuchlariga optimistik ishonchni targ’ib qiladi, majburlashni man 
    etadi.
    Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida markazlar faoliyatini yuqori 
    saviyada tashkil etish va uning samaradorligini oshirish maqsadida 
    tarbiyachi mashg’ulot uchun berilgan vaqtdan unumli foydalanishi, turli 
    texnologiyalar, usul va metodlardan foydalanib turli mashg’ulotlarni 
    o‘tishi, tarbiyachi bu tajribalarni puxta o‘zlashtirishi muhim ahamiyat 
    kasb etadi. Shu sababali ham tarbiyachi mashg’ulotlarni o‘qitishda 
    zamonaviy yondashuvlar qilish va turli mashg’ulotlarning o‘ziga xos 
    xususiyatlarini inobatga olgan holda innovatsiyalardan foydalaninib 
    ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etish talab etiladi va tavsif beriladi. 

    Download 199,29 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 199,29 Kb.
    Pdf ko'rish